
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
INSONNI ANGLAGAN RAHBAR — XAVFNI OLDINDAN KOʻRA BILADI
🇺🇿
Zominda soliq tizimi rahbar va kadrlar mutaxassislari uchun “HR xavflarini boshqarish” mavzusida amaliy trening boshlandi.
📍
Jizzax viloyatining soʻlim Zomin tumanida 10–13-sentyabr kunlari Soliq qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun “
HR xavflarini boshqarish
” mavzusida amaliy trening oʻtkazilmoqda.
Bugungi tez oʻzgarayotgan mehnat muhitida tashkilot samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiya yoki mukammal tizimlarga, balki
inson resurslarini qanchalik toʻgʻri boshqara olishga
ham bevosita bogʻliq.
Zero, har bir xodimning oʻz kuchli va zaif tomonlari, qobiliyati, salohiyati, motivatsiyasi va kasbiy oʻsishga boʻlgan ehtiyoji bor.
Rahbarning vazifasi esa ana shu jihatlarni oldindan anglash, kuchli salohiyatga ega xodimni qoʻllab-quvvatlash va uning imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Chunki oʻz vaqtida aniqlanmagan muammo — keyinchalik boshqaruv xavfiga, eʼtiborsiz qoldirilgan salohiyat esa — yoʻqotilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, mazkur trening Soliq qoʻmitasi tizimida inson resurslarini samarali boshqarish,
kadrlar bilan bogʻliq xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish
, xodimlarning salohiyatidan oqilona foydalanish hamda zamonaviy HR yondashuvlarini amaliyotga keng tatbiq etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Treningda belgilangan roʻyxatga muvofiq hududiy soliq organlari hamda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari, barcha hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari va kadrlar boʻlimi rahbarlari, shuningdek, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
🎙
Tadbirni Soliq qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori
Toʻrabek Toʻrayev
boshqarib borib, treningning maqsad va vazifalari, inson resurslarini strategik boshqarishning bugungi kundagi ahamiyati xususida soʻz yuritdi.
U taʼkidlaganidek, samarali HR siyosati — bu faqat kadrlarni ishga qabul qilish yoki ularning faoliyatini baholash emas. Bu, avvalo,
insonni tushunish, uning salohiyatini toʻgʻri baholash, jamoadagi munosabatlarni boshqarish va ehtimoliy xavflarni muammoga aylanishidan oldin koʻra bilish
demakdir.
🤝
Shuningdek, tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligi masʼul xodimi
Xotambek Shokirov
ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, rahbarlik salohiyati va inson resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
🌐
Amaliy mashgʻulotlar jarayonida xalqaro tajribaga ega trenerlar ishtirok etib, HR sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, risklarni baholash, jamoani samarali boshqarish, xodimlarning kuchli va rivojlantirilishi zarur boʻlgan jihatlarini aniqlash hamda inson omili bilan bogʻliq xavflarni tizimli ravishda boshqarish boʻyicha tajriba almashilmoqda.
Zero,
kuchli xodimni faqat aniqlashning oʻzi yetarli emas.
Uning salohiyatidan toʻgʻri foydalanish, kasbiy oʻsishi uchun imkoniyat yaratish, munosib ish muhitini taʼminlash va mehnatiga munosib baho berish ham samarali boshqaruvning muhim shartidir.
Aks holda, eʼtiborsiz qolgan salohiyatli mutaxassisning motivatsiyasi pasayishi, jamoadagi ichki muvozanat buzilishi yoki kadrlar qoʻnimsizligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu maʼnoda,
HR xavflarini boshqarish — muammo paydo boʻlgach, uni bartaraf etish emas, balki muammoning paydo boʻlish ehtimolini oldindan koʻra bilish va unga oʻz vaqtida yechim topish sanʼatidir.
🤝
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari
Zafar Azimov
ham ishtirok etib, hududda samarali boshqaruv va inson kapitali bilan ishlash borasidagi yondashuvlar haqida fikr bildirdi.
🏨
Trening Zomin tumanidagi “Zafaron premium” mehmonxonasida tashkil etilgan.
Inson — har qanday tizimning eng qimmatli resursi. Rahbarning haqiqiy mahorati esa ana shu resursni nafaqat boshqarish, balki uni anglash, rivojlantirish va asrashdadir.
Chunki inson salohiyatini oʻz vaqtida anglagan rahbar — imkoniyatni boy bermaydi.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi
🧷
15-oktabr — mol-mulk va yer soliqlarini
to‘lashning
so‘nggi kuni!
Hurmatli fuqarolar! O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
423
- va
440
-moddalariga
muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarining joriy yil uchun belgilangan summasini
15-oktabrga qadar
to‘lashi lozim.
⏰
To‘lov muddatini kechiktirmang — soliqlaringizni o‘z vaqtida to‘lang!
💳
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish orqali nafaqat qonunchilik talablariga rioya qilasiz, balki hududlarimiz obodligi va infratuzilmasini rivojlantirishga ham o‘z hissangizni qo‘shasiz.
📌
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash — mas’uliyat va fuqarolik burchidir.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#hamkorlik
🇺🇿
🇷🇺
Soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi va Rossiya FSX YBB Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda soliq sohasi uchun zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida
Soliq qo‘mitasi huzuridagi
Soliq oliy maktabi
hamda
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati yetakchilik va biznes-jarayonlarini boshqarish Akademiyasi
(FSX YBB) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi
bitim imzolandi.
Soliq oliy maktabi rektori
Yigitali Narziyev
va FSX YBB Akademiyasi rektori
Ivan Yefremov
mazkur bitim ikki mamlakat o‘rtasida soliq sohasida kadrlar tayyorlash, kasbiy rivojlanish, ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Tashrif doirasida tomonlar
soliq ma’muriyatchiligi va kadrlar salohiyatini rivojlantirish
, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Akademiyaning ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishidagi faoliyati hamda ilg‘or o‘quv dasturlari bilan tanishildi.
Uchrashuvlar yakunida har ikki tomon o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, tajriba almashishning amaliy mexanizmlarini kengaytirish hamda soliq sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
📸
KUN FOTOSI
Ochiq muloqot — ishonchli hamkorlik sari qadam
Soliq xizmati xodimlari va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqotlar — oʻzaro ishonch, hamkorlik va qonuniy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashning muhim omili.
Zero, har bir tadbirkorga koʻmak — soliq maʼmuriyatchiligining xizmat ko‘rsatishga yoʻnaltirilganini namoyon etadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#ochiq_muloqot
Biznes vakillari bilan amaliy muloqotlar
Davlatimiz rahbarining
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-175-son Farmoni
mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirish maqsadida joylarda amaliy seminarlar o‘tkazildi.
Ochiq muloqotlarda Soliq qo’mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etdi.
📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Buxoro viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent viloyati
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
So'nggi o'n yillikdagi soliq tizimidagi yangiliklar
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi
👍
👍
-oktabr — jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.
👍
Mol-mulk va yer soliqlarini
o‘z vaqtida to‘lashni unutmang.
👍
Bugungi mas’uliyatli to‘lov —
ertangi farovonlikka munosib hissa.
🎚
Soliq to‘lovlarini so‘nggi kunga qoldirmang.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va biznes rivojida muhim omil bo‘lmoqda
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
👍
Yangiyo‘l shahrida kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Unda Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi “Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
https://uza.uz/uz/posts/toshkent-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_906685
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram