Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Namangan viloyati sport boshqarmasi

sportboshqarmasi
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy kanali Reklama va e'lonlar uchun: @dilshodhashimov
Subscribers
20 407
24 hours
-8
30 days
-663
Post views
372
ER
1,82%
Posts (30d)
264
Characters in post
746
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Fitness & Nutrition
Summary
September 11, 14:40

https://uza.uz/uz/posts/davlatobodda-yosh-sportchilar-uchun-yangi-imkoniyat-yaratildi_907716

September 11, 13:00
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

NAMANGANDA PENCHAK SILAT BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI QIZG‘IN PALLADA!
Yangi Namangan tumanidagi
“Pahlavon” sport majmuasi
bugun penchak silat ixlosmandlari va mahoratli sportchilarni bir maydonga jamladi.
Ayni kunlarda kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida
penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston kubogi
bahslari murosasiz va qizg‘in kechmoqda.
Har bir bellashuvda g‘alaba uchun keskin kurash kechib, sportchilar o‘z mahoratini namoyon qilmoqda. Eng kuchlilar esa musobaqa yakunida
O‘zbekiston kubogi
sohibiga aylanish uchun bahs olib bormoqda.
Bunday nufuzli musobaqalarning Namanganda o‘tkazilishi yoshlar o‘rtasida penchak silat sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularning mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bahslar davom etmoqda! G‘alaba sari dadil qadam tashlayotgan sportchilarimizga omad tilaymiz!
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 05:49
Media unavailable
10
Show in Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha yarim final bahslari o‘tkazildi
Toshkent shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi Kubogi uchun gandbol sport musobaqasining Respublika final bosqichida erkaklar jamoalari o‘rtasida yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Murosasiz va keskin kechgan bahslarda jamoalar final yo‘llanmasi uchun munosib kurash olib bordilar.
Yarim final natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalar musobaqaning final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 11, 05:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“UZBEKISTAN JUDO TOUR – 2026” NAMANGANDA!
17–18-sentyabr kunlari Namangan viloyatida dzyudo bo‘yicha “UZBEKISTAN JUDO TOUR – 2026” musobaqasi bo‘lib o‘tadi!
Mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan mahoratli dzyudochilar ishtirok etib, tatamida o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etadilar.
17–18-sentyabr, 2026-yil
Manzil:
Yangi Namangan tumani, “Pahlavon” sport majmuasi
“UZBEKISTAN JUDO TOUR – 2026”
— kuch, mahorat, iroda va g‘alaba uchun kurash mujassam bo‘ladigan sport bayrami!
Barcha ishtirokchilarga omad va zafar tilaymiz!
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 05:21
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

ÇUSTDA — STOL TENNISI BÖYIÇA VILOYAT KUBOGI!
Çust tumani sport maktabida
sportning stol tennisi turi böyiça
U-13 öğil va qiz bolalar
örtasida
Namangan viloyati kubogi
musobaqasi qizğin davom etmoqda.
Yoş sportçilar tezkorlik, çaqqonlik va aniq zarbalar orqali öz mahoratlarini namoyiş etib, ğoliblik uçun murosasiz bahs olib bormoqda.
Musobaqa yakunida eng yaxşi natija qayd etgan sportçilar munosib taqdirlanadi.
Yoşlar sporti — kelajak çempionlari sari ilk qadam!
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 05:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

KICHIK O‘SMIRLAR O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI!
15–17-sentyabr kunlari Namanganda dzyudo bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi!
O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan iqtidorli yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar.
Musobaqa manzili:
Yangi Namangan tumanida joylashgan “Pahlavon” sport majmuasi
15–17-sentyabr, 2026-yil
Mazkur chempionat yosh avlod o‘rtasida dzyudoni yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash hamda ularning sport mahoratini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh dzyudochilarimizga omad va zafar tilaymiz!
Kuch, iroda va g‘alaba sari!
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 04:49
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Yoshlar sporti: imkoniyat va sharoitlar yanada kengaytiriladi
Yangiqo‘rg‘on tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Yoshlar kuni munosabati bilan «Mash’al» mahallasida joylashgan Namangan "Yosh gvardiyachilar" bolalar o‘smirlar sport maktabi faoliyati bilan tanishildi.
Ayni kunda mazkur maktabda 850 nafar bolalar va o‘smirlar 12 ta sport turi bo‘yicha shug‘ullanishmoqda.
Sport maktabida para og‘ir atletika, para pauerolifting bo‘yicha shug‘ullanayotgan yoshlarga mashg‘ulot o‘tishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, 30-umumta’lim maktabida para yengil atletika bo‘yicha shug‘ullanayotgan o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar qilib berish bo‘yicha  mas’ullarga vazifalar berildi.
O‘rganish davomida tuman hokimi A.Najmiddinov yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 04:39
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Bo‘sh turgan bino — yoshlar uchun yangi imkoniyat
Uchqo‘rg‘on tumani hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Norin mahallasida tadbirkor Shamsiddin Yunusaliyev tomonidan tashkil etilayotgan zamonaviy sport zali faoliyati bilan tanishdi.
Ilgari foydalanilmay turgan binoning tadbirkorlik loyihasi asosida zamonaviy sport maskaniga aylantirilayotgani — hududda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishning amaliy namunasidir.
Sport zalida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Eng muhimi, ob’yektda zamonaviy sport jihozlari bilan bir qatorda, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar ham nazarda tutilgan.
Ishchi guruh o‘rganishi davomida ob’yektni ishga tushirish jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bunday loyihalarning ahamiyati shundaki, tadbirkorlik faoliyati bilan bir vaqtda mahallada sog‘lom muhit, yangi xizmat turi va yoshlar uchun yangi imkoniyat paydo bo‘ladi.
Bo‘sh turgan binolarni ishga solish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni aholi ehtiyoji bilan uyg‘unlashtirish — mahallada iqtisodiy faollikni oshirishning muhim omillaridan biridir.
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 04:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

CHEMPIONLIK — MEDALDAN EMAS, MEHNATDAN BOSHLANADI!
Bir qarashda oddiy sport zali. Ammo bu yerda katta orzular, kuchli iroda va kelajakdagi g‘alabalar uchun tayyorgarlik ketmoqda.
Namangan shahar sport maktabida turli sport yo‘nalishlarida shug‘ullanayotgan yosh sportchilar, jumladan, chempionlar bilan suhbatlashdik.
Ularning bugungi natijalari ortida qanday mehnat bor? G‘alabaga nima undaydi? Endi qanday marralarni ko‘zlamoqda?
Ularning hikoyalarini tinglar ekansiz, bitta haqiqatni anglaysiz: katta g‘alabalar tasodifan kelmaydi.
Bugun mashg‘ulot zallarida ter to‘kayotgan yoshlar — ertaga xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishi mumkin.
Chempionlik — bugungi mehnat, ertangi g‘alaba!
💬
Sizningcha, haqiqiy chempion uchun eng muhim narsa nima: iste’dodmi, imkoniyatmi yoki mehnat?
Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

September 11, 03:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

😀
🥹
🥲
😍
📍
DAVLATOBOD TUMANI
NAMANGAN AXBOROTI
|
09.09.2026
KAMONDAN OTISH ZALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube