Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Namangan viloyati sport boshqarmasi

sportboshqarmasi
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy kanali Reklama va e'lonlar uchun: @dilshodhashimov
Подписчики
19 817
24 часа
17
30 дней
-401
Просмотры
390
ER
1,97%
Посты (30д)
263
Символов в посте
799
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Фитнес и питание
Краткое описание
October 26, 17:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“PREZIDENT OLIMPIADASI”GA RASMAN START BERILADI!
2026-yil 27-oktabrdan boşlab mamlakatimizda “Prezident olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga rasman start beriladi!
Mazkur nufuzli musobaqalarda Namangan viloyati sportçilari ham munosib iştirok etib, yuqori natijalarga erişiş hamda öz sport maktablarining reytingini oşiriş uçun bellaşadilar.
Namangan viloyati sportçilari erişgan natijalar, musobaqalar jarayoni hamda sport maktablarining reytingini
quyidagi Telegram bot orqali kuzatib borişingiz mumkin.
@Nam_olympicuzbot
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 16:20
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

O‘zbekiston kubogi va Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik davom etmoqda!
Joriy yilning
21–31-oktybar
kunlari Namangan viloyati
Namangan tuman sport maktabining, Beshkapa MFY
filialida sportning
O‘zbek jang san’ati
turi bo‘yicha o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Mazkur yig‘inlarda sportchilar jismoniy va texnik-taktik mahoratini yanada oshirish, musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda xalqaro tajribalarni mustahkamlash ustida izchil mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Ushbu o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari:
Noyabr oyida
bo‘lib o‘tadigan
O‘zbekiston kubogi
musobaqasi;
Mart oyida
Toshkent
shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Jahon chempionati
musobaqalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Sportchilarimizning mazkur yig‘inlarda egallayotgan bilim va tajribalari nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlariga xizmat qilishi shubhasiz.
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 15:24
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Prezident Olimpiadasi: og‘ir atletika bo‘yicha mandat yig‘ilishi o‘tkazildi
Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Prezident Olimpiadasi doirasida og‘ir atletika bo‘yicha mandat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hududiy terma jamoalar vakillari ishtirok etib, musobaqada qatnashuvchi sportchilarning talabnomalarini taqdim etdilar. Shuningdek, ishtirokchilar tarkibi va musobaqada qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirok etib, jamoa vakillariga musobaqa oldidan omad va sportchilarga yuqori natijalar tiladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 26, 15:03
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalariga tayyorgarlik doirasida sport turlari bo‘yicha mandat va qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda mas’ul tashkilotchilar qatnashib, musobaqalarni o‘tkazish tartibi, reglament talablari va tashkiliy masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Mandat komissiyasi tomonidan jamoalarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarning musobaqa nizomiga muvofiqligi tekshirildi.
Mazkur jarayon musobaqalarning adolatli, shaffof va yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 26, 13:33
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

💼
“Prezident Olimpiadasi”: chim ustida xokkey musobaqalariga qur’a tashlandi
🏑
Bugun “Prezident Olimpiadasi” doirasida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha musobaqalarning qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📑
Marosimda ishtirokchi jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar tartibi qur’a natijalariga ko‘ra belgilab olindi.
📝
Ma’lumot uchun, chim ustida xokkey bo‘yicha musobaqalar joriy yilning 27–29-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasidagi chim ustida xokkey maydonida bo‘lib o‘tadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 26, 12:10
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Andijon va Namangan delegatsiyalari poytaxtga yetib keldi
💼
“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etish uchun Andijon va Namangan viloyatlari sportchilari delegatsiyalari Toshkent shahriga yetib keldi.
📍
Poytaxtda delegatsiyalar vakillari munosib kutib olinib, sportchilarning musobaqalar oldidan dam olishi va tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Sportchilar maxsus avtobuslarda mehmonxonalarga olib borilib, belgilangan tartibda joylashtirildi.
✔️
Endilikda sportchilarimiz oldinda turgan mas’uliyatli bellashuvlarda o‘z mahorati, shijoati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularning har bir chiqishi viloyatlarimiz sport salohiyatini namoyish etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 12:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

NAMANGAN SPORTÇILARI “PREZIDENT OLIMPIADASI” SARI YÖL OLDI!
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 11:50
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Töraqörğon tumanidan yana bir oltin medalli çempion yetişib çiqdi
Joriy yilning 19 oktyabr kuni Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şahrida V yozgi Para Osiyo öyinlari boşlanib, musobaqaning ilk kunidayoq Özbekiston delegatsiyasiga tarixiy oltin medalni velosportçi Boburbek Toştemirov taqdim etdi va mamlakatimizda yoş sportçilarning xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erişiş imkoniyatlari kengayib borayotganini namoyon qildi.
Boburbek tumanimizning Isvaxon mahallasida tuğilgan, oilada 3 farzandning tönğiçi. Hozirda Olmazor tumanidagi velosport mahorat maktabining 9-sinfida tahsil oladi.
Hamyurtimizning yutuği barçani quvontirdi, faxrlaniş hissini ulaşdi. Bugun tuman hokimi Şerali Qosimov çempionni qutlab, uning xonadoniga bordi. Şunday farzandni kamolga yetkazgani uçun uning ota-onasiga minnatdorçilik bildirildi va qimmatbaho sovğalar hadya etildi.
Endigina 15 yoşga tölgan Boburbek sportga juda erta kirib kelgan va hozirgaça öndan ortiq nufuzli musobaqalarda iştirok etib, yuqori natijalarga erişgan.
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 11:40
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

PARA SHAXMATCHI YOSHLARIMIZ O'ZBEKISTON CHEMPIONATIDA G'OLIBLAR SAFIDAN JOY OLDILAR!
2026-yilning 20–25-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Shveytsarcha tizim asosida 9 ta turda o'tkazilgan musobaqada
5 nafar namanganlik yosh shaxmatchilar
g'oliblik uchun dona surdilar va yakuniy natijalarga ko'ra,
Ayollar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rinni - Ikromaliyeva Sabohat (Pop tumani)
🥈
2-o‘rinni - Olimjanova Zuhra (Kosonsoy tumani)
Erkaklar o‘rtasida:
🥉
3-o‘rinni - Ahmedov Muhammad Yusuf (Davlatobod tumani) qo'lga kiritdilar.
Shuningdek, 2026-yil 29-oktyabr – 8-noyabr kunlari
Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Para shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida
ishtirok etish uchun Namangan viloyati vakillaridan Sabohat Ikromaliyeva, Abbosxon Ahmadxonov hamda Zuhra Olimjanovalar yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Nufuzli xalqaro musobaqada ham sportchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 26, 09:50
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

KOSONSOYDA “BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA MUSOBAQALAR BÖLIB ÖTDI!
Kosonsoy tumanida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida Volibol sport turlari böyiça tuman bosqiçi musobaqalari taşkil etildi.
Musobaqalarda tumandagi umumta’lim maktablarining saralangan yoş sportçilari iştirok etib, özlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqalardan közlangan asosiy maqsad — yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalaştiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollikni oşiriş hamda yoşlarning tezkorlik, çaqqonlik va çidamlilik kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirişdan iborat.
Şuningdek, musobaqalar yoşlar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Namangan viloyati sport  boşqarmasi axborot xizmati
🌐
Web-Sayt
|
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube