Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

spotuz_uz
O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari. Rasmiy sayt: www.spot.uz/oz Tahririyat: @SpotuzMuloqotBot (+998) 78-555-60-40 Reklama: 99-885-14-15, @AfishaMedia_Elonna
Subscribers
10 860
24 hours
-7
30 days
53
Post views
897
ER
8,26%
Posts (30d)
342
Characters in post
660
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 27, 04:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌐
🌐
🌐
“Ba’zan siz butun umringizni bag‘ishlagan loyiha hamkoringiz uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. U uchun bu ikkinchi darajali bir ermak, siz uchun esa butun hayotingiz mazmuni bo‘lishi mumkin”
Alina Simerman, tosh qahvaxonasi, Posta Coffee Shop asoschisi.
Manba: Kirill Altmanning “O‘zbekistonda yaratilgan” kitobidan
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 15:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonliklarning Misrga kirishiga talablar 2027-yil martgacha kechiktirildi
Tashqi ishlar vazirligi va Misr tomoni kirish tartibini qat’iylashtirish bo‘yicha avvalgi qarorni qayta ko‘rib chiqishga kelishdi.
Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar o‘zbekistonliklar Misrga amaldagi tartib asosida sayohat qilishlari mumkin.
Yangi tartib 1-noyabrdan kuchga kirishi kerak edi. Unga ko‘ra, 40 yoshgacha bo‘lganlar oila a’zolari bilan va $5 ming, 40 yoshdan oshgan mustaqil sayyohlar esa $3 ming naqd pul bilan safar qilishi lozim edi.
Shuningdek, kirish vizasini oldindan rasmiylashtirish va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish talabi belgilangan edi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/uz-egypt/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 14:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Million dollarlik kamomad va $128 minglik Mercedes: IMAN Invest’da nimalar bo‘lyapti?
IFCB kengashi IMAN Invest bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Kengash a’zosi Mahmud Usmon kompaniyada moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlanganini aytdi. Kompaniya rahbari Rustam Rahmatov esa ayblovlarni rad etdi.
Mahmud Usmon e’lon qilgan audit hujjatlarida $2,97 mln qarzdorlik, $9,5 mln muammoli kreditlar va oyiga $350 ming boshqaruv xarajatlari qayd etilgan. Shuningdek, investorlar mablag‘lari hisobidan Rahmatov uchun $128 minglik Mercedes-Benz S500 xarid qilingani aytilgan.
IFCB kengashi a’zosi kompaniyaning taxminan $70 mlnlik portfelida $20 mln kamomad borligini ham bildirdi. Rahmatov esa investorlar oldidagi majburiyatlarini bajarishini va audit natijalarini e’lon qilishini aytgan.
Bundan tashqari, IMAN Invest Rahmatovning videomurojaatini Telegram kanalidan o‘chirib, kompaniya faoliyatiga oid savollarni mustaqil tekshiruv asosida ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/iman-invest/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 13:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Biz raqobatdan qo‘rqmaymiz”: Rosatom O‘zbekistonda yangi AESlar qurishga tayyor
Rosatom rahbari Aleksey Lixachyov kompaniya O‘zbekistondagi yangi loyihalarda qatnashishga tayyorligini, hamkor tanlash esa mamlakat ixtiyorida ekanini bildirdi.
Unga ko‘ra, 2027-yilda O‘zbekistondagi kichik AESga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislar bilan dastlabki shartnomalarni tuzish rejalashtirilgan.
“Ishonchim komilki, O‘zbekiston hozirgi rejalar va mavjud to‘rtta energoblok bilan cheklanib qolmaydi”, — deya xulosa qildi Rosatom rahbari.
Avgustda Shavkat Mirziyoyev ikkinchi AES qurilishiga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qilib, hamkor davlatni oshkor etmadi.
Sentabrda Serbiya sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich stansiya Xitoy bilan hamkorlikda qurilishini aytgan.
O‘tgan hafta esa davlat rahbari O‘zbekistonda ikkinchi va uchinchi AESlarni qurish rejalari haqida ma’lum qildi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/24/rosatom/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 12:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💸
Dollar kursi ko‘tarildi — 11 861,96 so‘m
O‘zbekiston Markaziy banki 27-oktabr kuni uchun valyutalarning yangilangan qiymatini e’lon qildi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz
mumkin
.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 12:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

2027-yildan O‘zbekistonda shakar importiga yillik 300 ming tonna kvota joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi mahalliy shakar sanoatini qo‘llab-quvvatlash choralarini yopiq qaror bilan tasdiqladi.
Oq shakar importining yillik kvotasi 300 ming tonna bo‘lib, ichimliklar, qandolat va boshqa oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilariga 100 ming tonnadan ajratiladi.
Kvotaning aniq hajmi har yili noyabr oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Raqobat qo‘mitasi takliflari asosida belgilanadi.
Bunda ichki iste’mol, ishlab chiqarish quvvatlarining bandligi va narxlarni hisobga olgan holda kvotani har olti oyda qayta ko‘rib chiqish mumkin.
Bundan tashqari, mahalliy zavodlarning kreditlarni qaytarish muddatlari uzaytiriladi va foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/sugar-no-please/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 10:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

27-oktabrdan Urganch — Xiva yo‘nalishida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Urganchda Xorazm trolleybus saroyining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ertadan Urganch — Xiva yo‘nalishida Yutong rusumli yangi trolleybuslar qatnovi boshlanadi. Bu qatnov oralig‘ini 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda:
Trolleybuslar Urganch xalqaro aeroporti, Urganch temir yo‘l vokzali va Xiva temir yo‘l vokzalini bog‘laydi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/urgench-khiva/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 09:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun yangi investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
Jamg‘arma Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kompaniyalariga investitsiya kiritish uchun xizmat qilishi kutilmoqda.
Maqsadi esa sanoatni rivojlantirish, kompaniyalarni uzoq muddatli kapital bilan ta’minlash va yangi bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tashabbusda YTB, Xitoy va Ummon investitsiya tashkilotlari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Turkiyaning OYAK fondi va Shenwan Hongyuan Securities qatnashadi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/eabr-cacpef/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 08:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda AES qurilishi 2027-yilda kengaytiriladi — Rosatom
Rosatom rahbari Aleksey Lixachyovning ma’lum qilishicha, kelasi yil Jizzaxdagi ilk integratsiyalashgan AES loyihasi qurilish maydonida keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.
Ishchilar soni hozirgi 1 ming nafardan 12–13 ming nafargacha oshiriladi. Yirik AES bo‘yicha qidiruv va loyihalashtirish ishlarini esa yakunlash rejalashtirilgan.
Joriy yilda ikkita kichik energiya bloki reaktor bo‘limlari poydevorini betonlash, boshqaruv binosi, reaktor va turbina zallari qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Rosatom hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihada mahalliylashtirish darajasi 40% ga yetishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/npp-construction/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 07:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi
Potaxt hokimligining ma’lum qilishicha, markazlashgan isitish tizimi o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 °C dan past bo‘lganda ishga tushiriladi.
Mutasaddilar havo keskin sovigan taqdirda issiqlik berishni boshlash qarori kechiktirilmasligini bildirdi.
Ayni paytda tizimlarni isitish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/26/heating-season/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube