Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

spotuz_uz
O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari. Rasmiy sayt: www.spot.uz/oz Tahririyat: @SpotuzMuloqotBot (+998) 78-555-60-40 Reklama: (+998) 90-919-1415, @AfishaMedia_Ivan
Подписчики
10 602
24 часа
6
30 дней
102
Просмотры
934
ER
8,81%
Посты (30д)
339
Символов в посте
712
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
July 28, 15:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❗️
O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Spot avgust oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi:
🌐
eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi;
🌐
banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasportsiz xarid qilish mumkin bo‘ladi;
🌐
jarima maydonchasidan avtomobilni QR-kod orqali olib chiqishga ruxsat beriladi;
🌐
mushuk va itlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
🌐
Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi va boshqalar.
Videoni YouTube-kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/6xd2uznlJPA
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 14:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uyga onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi
Bunday uy-joylarga fuqarolarni garovga oluvchining roziligisiz onlayn doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Barcha jarayonlar onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Mulkdor, garovga oluvchi yoki vakolatli organning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/sign-up/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davaktiv agentligi direktoriga xususiylashtirish rejasi nega bajarilmagani yuzasidan so‘rov yuborildi
Deputatlar xususiylashtirish dasturining ayrim maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilmaganini ta‘kidladi.
Xususan, davlat aktivlarini sotishdan budjetga tushumlar rejasi 66,3%, davlat mulkini ijaraga berish rejasi esa 34% darajasida bajarilgan.
Bundan tashqari, agentlik tomonidan savdoga chiqarilgan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning 1 321 ta aksiya paketi bo‘yicha monitoring to‘liq olib borilmagan.
Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli nazoratni ta‘minlash zarurligi ta‘kidlandi:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/parliamentary-inquiry/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 12:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Energetika sohasini noldan quramiz” — Hududiy elektr tarmoqlarining yangi rahbari
Korxona rahbari Sardor Isoqulovning aytishicha, yig‘ilishda elektr ta’minotidagi uzilishlar va xizmat sifati keskin tanqid qilinib, tizimni “noldan isloh qilish” vazifasi qo‘yilgan.
Qarzdorlik va uzilishlar ko‘p kuzatilayotgan hududlarga mas’ul rahbarlar biriktiriladi
.
Hududgazta’minot rahbari Ma’rufxon Xo‘jayev gaz yo‘qotishlari va qarzdorlikni kamaytirish hamda kuz-qishga tayyorgarlik doirasida gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish topshirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari raisi Abdumalik Nazirovga ko‘ra, elektr tarmoqlarini hududlardagi iste’mol o‘sishiga mos ravishda rivojlantirish vazifasi belgilangan.
O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i Axad Isoqjonov esa
energiya resurslarini ishlab chiqarishdan iste’molchigacha bo‘lgan butun zanjir ustidan nazorat kuchaytirilishi
, sun’iy intellekt va KPI tizimi orqali nazorat jarayonlari raqamlashtirilishini bildirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/energy-sphere/
Rasmda: Sardor Isaqulov
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 11:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💸
Dollar kursi ko‘tarildi — 12 050,34 so‘m
O‘zbekiston Markaziy banki 29-iyul kuni uchun valyutalarning yangilangan qiymatini e’lon qildi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz
mumkin
.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 10:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistonda sukuk va yangi turdagi obligatsiyalar muomalaga chiqarilishi mumkin
Deputatlar “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Loyiha bilan aholi va investorlar uchun barqaror rivojlanish obligatsiyalari, qoplangan hamda sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalarni muomalaga kiritish taklif etilmoqda.
Hujjatda investorlar va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, bozor infratuzilmasi faoliyatini tartibga solish ko‘zda tutilgan:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/new-bonds/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 09:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish tezlashtiriladi — yangi vazir
Kuni kecha energetika vaziri etib tayinlangan Sherzod Xodjayev prezident topshirig‘i bilan energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish, jumladan, suyultirilgan gaz yetkazib berishda raqobatni kuchaytirish ishlari jadallashtirilishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Energetika vazirligi uch oy ichida infratuzilmani rivojlantirish va
aholini ishonchli energiya bilan ta’minlash
bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni yakunlab, tizimni takomillashtirish yuzasidan prezident qarori loyihasini taqdim etadi.
Shuningdek,
sohani to‘liq raqamlashtirish
, xodimlar faoliyatini samaradorlik asosida boshqarish hamda energetika yo‘nalishida dual ta’lim tizimini keng joriy etish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiyda bittadan texnikumlarda xorijiy investorlar ishtirokida yangi laboratoriyalar va o‘quv poligonlari tashkil etiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/energy-reforms/
Rasmda: Sherzod Xodjayev (chapdan)
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 08:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘lari eskrou hisobvaraqlarida saqlanadi
Loyiha ulushli qurilish bozorida developerlar faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, fuqarolar mablag‘larini himoya qilishga qaratilgan.
Ulushli qurilishga kiritilgan mablag‘lar endi to‘g‘ridan to‘g‘ri developer ixtiyoriga o‘tkazilmaydi, balki
banklarda ochiladigan eskrou hisobvaraqlari orqali
saqlanadi.
Fuqarolar mablag‘larini jalb qilish huquqi faqat vakolatli bank bilan bosh bitim tuzgan hamda loyiha deklaratsiyasini e‘lon qilgan developerlarga berilishi taklif etilmoqda.
Agar developer fuqarolar mablag‘larini jalb qilsa, ulushdor mablag‘larini qaytarishni hamda ulardan foydalanilgan davr uchun
foiz undirilishini talab qilish huquqiga ega
bo‘ladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/equity-construction/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 06:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Uy-joy narxlari oshishi mumkin” — Adliya vazirligi eskrou tizimi joriy etilishi haqida
XDP fraksiyasi yig‘ilishida ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurishni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda deputatlar yangi tartibning narxlarga ta’siri masalasini ko‘tardi.
Adliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Mirzayev eskrou hisobvaraqlarining joriy etilishi qurilish tannarxi va uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkinligini tan oldi.
“Bu masala bo‘yicha to‘rtta ilmiy tashkilot o‘rganish qilib, o‘z xulosasini bergan: qurilish narxi ko‘tarilishi ehtimoli bor. Sababi hozir quruvchilar pulni fuqarolardan to‘g‘ridan to‘g‘ri, hech qanday foiz va risklarsiz olib ishlatyapti. Bu tartibda esa kredit olgach, unga foiz hisoblanadi”, — dedi u.
Shuningdek, Mirzayev yangi tizimda uy-joy narxi oshishi mumkin bo‘lsa-da, fuqaro quruvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda bankdan mablag‘larini qaytarib olish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/07/27/escrow-price/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 05:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Fido Biznes UZCARD milliy kredit kartalarini joriy etish uchun texnologik asos yaratdi
Fido Biznes va UZCARD hamkorligida O‘zbekistondagi ilk milliy kredit kartalarini joriy etish uchun texnologik infratuzilma yaratildi. Loyiha doirasida yangi karta mahsulotini bank tizimida to‘liq qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi yechim ishlab chiqildi (reklama).
https://www.spot.uz/oz/2026/07/28/fido-biznes/