
Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.
Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.
Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.
—
Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.
Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.
Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.
Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.
Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.
Toshkent | sentabr, 2026-yil
—
Ташкент | сентябрь, 2026 год
“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish.
Buning uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir — moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport — zamonaviy talablar asosida yangilanadi. Milliy kino merosini saqlash, restavratsiya va raqamlashtirish tizimi kuchaytiriladi, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash va xalqaro tajriba almashinuviga keng yo‘l ochiladi.
Eng muhimi, sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyati shakllanib, kinoijodkorning fikri, tajribasi va kasbiy obro‘si munosib qadrlanadi.
Tashrif yakunida Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda bo‘ldim. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning mehnati menda katta taassurot qoldirdi. Ijodiy jamoaga omad tilayman. Premyerada ko‘rishguncha!
—
Я посетила «Узбекфильм» и ознакомилась с текущим состоянием и деятельностью студии. Это не просто съёмочная площадка, а колыбель национального кинематографа, который уже почти век отражает на экране историю, судьбу, сокровенные чаяния и переживания нашего народа. Наша общая задача сегодня — превратить «Узбекфильм» в национальный бренд и опорный центр современной киноиндустрии Узбекистана.
Для этого необходимо изменить систему управления отраслью. Отныне государство будет не заказчиком, вмешивающимся в творческий процесс, а стратегическим партнёром, создающим условия для развития и финансовой поддержки. Главной же движущей силой индустрии призваны стать частные киностудии, независимые
продюсеры и авторы.
Вся цепочка от кинопроизводства до зрителя — финансирование, дистрибуция, прокат, участие в фестивалях и экспорт — будет модернизирована в соответствии с мировыми стандартами. Планируется укрепить систему сохранения, реставрации и оцифровки национального наследия, а также расширить возможности для подготовки нового поколения специалистов и международного обмена опытом.
Самое важное — в сфере должны сформироваться подлинно профессиональная среда и культура саморегулирования, где мнение, опыт и авторитет каждого режиссёра и других создателей кинопродукции ценятся по достоинству.
В завершение визита я побывала на съёмочной площадке исторической картины о детстве Абу Али ибн Сины. Меня очень впечатлили масштабные декорации и работа творческого коллектива. Желаю создателям удачи. До встречи на премьере!
Yangi Toshkent hududida bo‘lib, zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdik.
Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Britaniyalik me’morlar tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o‘n yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi. Poydevor qo‘yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo‘lishi endi bevosita o‘zimizga bog‘liq.
Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos.
Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!
—
Мы посетили Новый Ташкент и ознакомились с ходом строительства современных зданий и объектов.
Город действительно быстро растёт и развивается. Старт этому процессу дал наш уважаемый Президент, и уже сегодня здесь реализуются грандиозные проекты.
Концепция города, грамотно и дальновидно разработанная британскими архитекторами, заложила прочный фундамент на десятилетия вперёд. Основа есть, но то, каким город станет завтра, зависит уже от нас самих.
Именно поэтому я хочу, чтобы предприниматели обратили внимание на Новый Ташкент.
Инвестируйте, стройте, открывайте здесь своё дело. У этого места колоссальные
перспективы.
Давайте возводить этот уникальный город вместе!
Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi.
Bunday maskanlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozim. Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur.
Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri shu, biz boshlangan ishlarni qat’iy davom ettiramiz.
—
Ташкенту нужно больше зелёных пространств. Особенно в нашем жарком климате, где деревья, вода и тень напрямую влияют на качество жизни граждан.
Осмотрела территорию будущего парка в Шайхантахурском районе. Здесь появятся озеро, много зелени, места для прогулок, спорта и отдыха с детьми.
Такие зоны должны быть во всех районах столицы. Городу нужно активнее формировать парки, сохранять существующие зелёные насаждения и создавать новые экологически чистые массивы. Это одно из важных направлений развития Ташкента, и эту работу будем продолжать.
Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.
Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.
Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.
Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.
—
В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.
Мы регулярно работаем в таком формате. Определяем приоритеты, разбираем острые вопросы, предлагаем разные решения и выбираем те, которые могут дать лучший результат.
Такой подход, когда каждый вопрос подробно обсуждается всей командой, помогает увидеть больше возможностей и найти более эффективные решения.
По итогам определяем конкретные задачи и формируем предложения, которые затем представляем Президенту.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.
O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.
Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.
Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu.
—
Ознакомилась с работой специализированной
школы-интерната с углублённым изучением иностранных языков. Здесь начали обучение более 260 талантливых детей.
Особое внимание будет уделяться STEM-направлению: математике, физике, химии, биологии и IT. Ребята смогут изучать их углублённо, работать над проектами, учиться применять знания на практике, а также проводить самостоятельные исследования. Серьёзная языковая подготовка включает английский и китайский.
При этом значительная часть учебной программы посвящена родному языку, истории, литературе и культуре Узбекистана.
Мне близок такой подход — дать детям современное образование и возможности для будущего, сохраняя прочную связь со своей страной и её культурой.
Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.
Shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak.
Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi.
Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir.
—
Ташкент стремительно растёт, и мы всё чаще задумываемся о том, каким будет его будущее с учётом существующих градостроительных и экологических вызовов.
С этой целью мы провели встречу с инициаторами ряда крупных архитектурных проектов, независимыми специалистами и урбанистами, а также представителями ведущих профильных студий и вузов.
Вместе нам предстоит решить множество задач — от нагрузки на инженерные коммуникации и социальные объекты до вопросов энерго- и водоснабжения. Новое строительство должно развивать город, а не создавать дополнительный дисбаланс и перегружать его системы.
Задач много, и мы будем помогать бизнесу, который хочет сделать Ташкент лучше, красивее, чище и безопаснее для всех его жителей и гостей. Именно это соответствует политике Нового Узбекистана.
Ведь всесторонняя поддержка и помощь такому бизнесу — это прямая задача, которую ставит перед нами Президент.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.
Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.
Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.
Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства нового Национального музея Узбекистана в Ташкенте.
Автор архитектурной концепции музея — Тадао Андо, один из самых известных архитекторов современности, лауреат Притцкеровской премии.
Среди его работ — музеи и культурные объекты в Японии, Европе и США. Его архитектура узнаваема во всём мире своей простотой, точностью и особым
отношением к пространству и свету.
Национальный музей станет одним из крупнейших культурных проектов Центральной Азии. Здесь разместятся выставочные залы, библиотека, реставрационные лаборатории, образовательные центры.
Для нас важно, чтобы над такими знаковыми проектами в нашей стране работали архитекторы мирового уровня. Созданные ими объекты остаются городам на десятилетия и сами становятся произведениями искусства, новой частью его истории и культурного наследия.