Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Saida Mirziyoyeva

sshmirziyoyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Подписчики
64 457
24 часа
91
30 дней
2 530
Просмотры
113 263
ER
175,72%
Посты (30д)
15
Символов в посте
959
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 06, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent | 05.09.2026

Ташкент | 05.09.2026

September 06, 11:12
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.
Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.
Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining katta sa’y-harakatlari natijasida ro‘yobga chiqdi.

В Ташкенте открылся Центр современного искусства (CCA Tashkent), объединяющий выставочные залы, библиотеку, концепт-стор, образовательные площадки, а также зоны для встреч и исследований. Такой комплексный формат делает его первой институцией подобного рода в Центральной Азии.
Новый культурный кластер разместился в здании бывшей дизельной электростанции, построенной в 1912 году. Архитектурную трансформацию выполнило всемирно известное бюро Studio KO. Здесь будут проводиться выставки, исследования, лекции, дискуссии, кинопоказы, концерты и перформансы.
Особенно важно, что у Узбекистана появилась ещё одна современная площадка такого уровня. CCA Tashkent будет работать с художниками, кураторами и международными организациями, помогая нашим авторам выходить на новую аудиторию и становиться заметнее за пределами страны.
Создание проекта стало возможным благодаря инициативе нашего Президента и большой работе Фонда развития культуры и искусства Узбекистана.

September 03, 14:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Doha | sentabr, 2026-yil

Доха | сентябрь, 2026 год

September 03, 11:32
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
​O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.

Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.

September 03, 06:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdik.
Ushbu e​kspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.
​Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
​Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.

Вчера вместе с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани открыли в Музее исламского искусства Катара выставку «Узбекистан: наследие в движении».
Здесь собраны уникальные экспонаты из музеев Узбекистана и коллекций Катара, начиная с доисламского периода, эпохи Саманидов и Темуридов и до современности, включая образцы традиционных ремёсел и текстильного искусства.
Это прекрасная возможность познакомить жителей и гостей Катара с историей и наследием
нашей страны и ещё один важный шаг в развитии культурных связей между Узбекистаном и Катаром.
В этот же день открылась выставка «Ektashif Uzbekistan» — итог поездки семи катарских ремесленников по Ташкенту, Самарканду и Бухаре.  Вдохновлённые культурой и традициями Узбекистана, они создали ювелирные изделия, тексты, исполненные в древнем каллиграфическом стиле, ковры, а также представили свои фото, сделанные в путешествии.

September 01, 05:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar!
​Vatanni sevish — bu uning musaffo havosi, tuprog‘i va suvini asrab-avaylash, inson qadrini yuksak tutish hamda bizdan keyin qoladigan meros oldidagi mas’uliyatimizni chuqur his etish demakdir.
Bugun O‘zbekiston jadal o‘zgarib, jahon maydonida o‘z o‘rni va ovoziga ega ekanini ishonch bilan ko‘rsatmoqda.
​Barchamizga ana shu yangilanish shiddatini yo‘qotmay, erishilgan marralar bilan to‘xtab qolmasdan, kelajak sari dadil olg‘a intilishni tilayman.
​Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

С Днём независимости, друзья!
Любить свою страну — это значит беречь её воздух, землю и воду, ценить людей и чувствовать ответственность за то, что мы оставим после себя.
Сегодня Узбекистан стремительно меняется и уверенно заявляет о себе в мире.
Хочется пожелать всем нам сохранить этот темп, смело идти вперёд и не останавливаться на достигнутом.
С праздником!

August 31, 15:55
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan
boshlangan
o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.
Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.
Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.
Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!

Очень рада видеть, что программа узбекских исследований,
запущенная
нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.
Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.
Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.
Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной!

August 31, 14:18
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — so‘nggi yillar davomida tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatimizning ulug‘ ayyomidir.
​Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” deb e’lon qildilar.
Oldinda keng ko‘lamli milliy dasturlar ijrosi, katta vazifalar turibdi: bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi hamda uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslarini har tomonlama tejash va atrof-muhitni asrash, qonun ustuvorligini to‘liq kafolatlash, mahalla institutini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish shular jumlasidandir.
​Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

День независимости Узбекистана — большой праздник страны, которая за эти годы очень изменилась и продолжает двигаться вперёд.
В своём выступлении Президент Шавкат Мирзиёев назвал следующее десятилетие Эпохой национального прогресса.
Впереди реализация больших национальных программ: превращение знаний и навыков в практический капитал, обеспечение здоровья и долголетия населения, создание высокотехнологичной
экономики, повсеместное водосбережение и защита окружающей среды, гарантия верховенства закона, укрепление института махалли, повышение авторитета Узбекистана на мировой арене.
С праздником, родной Узбекистан!

August 26, 16:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Pekin | 26.08.2026

Пекин | 26.08.2026

August 26, 15:11
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida bo‘ldim. Mamlakatning bir asrlik taraqqiyot solnomasini avaylab saqlab kelayotgan mazkur majmua o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishida hayrat uyg‘otadi.
Muzey zallarida Xitoy qanchalik murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani, shu davr ichida qanday ulkan o‘zgarishlarga erishganini chuqur his etasiz.

В Пекине посетила Музей истории Коммунистической партии Китая, который впечатляет своим масштабом и бережным хранением столетней истории развития страны.
В его стенах ощущаешь, какой непростой путь прошёл Китай и каких преобразований удалось достичь за это время.