
Strategic Focus: Central Asia
“Нетаньяху Эрон масаласида хатоларга йўл қўйди, аммо у АҚШ учун яхши ҳамкор”
АҚШ ва Эрон ўртасида ядровий дастурни музлатиш бўйича қалтис музокаралар кетаётган ҳамда Вашингтон Эрон урушидан чиқиш йўлларини излаётган бир пайтда, Оқ уй Исроил билан муносабатлардаги масофани расман намойиш эта бошлади. АҚШ Вице-президенти Жей Ди Вэнс “
Sunday Morning”
дастурига берган интервьюсида Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяху Эрон билан бўлган уруш ва минтақавий инқирозда “айрим стратегик хатоларга” йўл қўйганини очиқ тан олди. Вэнс Исроил АҚШнинг энг яқин иттифоқчиси бўлиб қолишини таъкидлаган бўлса-да, ушбу ҳамкорлик доирасида ҳам Вашингтон ва Тель-Авив манфаатлари ҳар доим ҳам тўлиқ мос келавермаслигини ва бундан буён Америка фақат ўз миллий манфаатларидан келиб чиқиб ҳаракат қилишини қатъий билдирди.
АҚШ вице-президенти Нетаньяху билан ишлаш жараёнида унинг ўз мамлакати манфаатларини ниҳоятда қатъият билан ҳимоя қилаётганига гувоҳ бўлганини, бу ҳолат эса баъзан икки давлатнинг бир хил фикрда эканини, баъзан эса мутлақо айро йўллардан кетаётганини англатишини тушунтириб ўтди. У Нетаньяхунинг йўл қўйган аниқ хатоларини жамоатчилик олдида муҳокама қилишни истамай, бундай нозик геосиёсий мавзуларни ёпиқ, хусусий суҳбатларда қолдирган маъқуллигини қайд этди. Шунга қарамай, Вэнс Исроил бош вазирини умумий маънода “яхши ҳамкор” деб атаб, Оқ уй у билан Олий даражадаги алоқаларни сақлаб қолишини, аммо икки давлат позицияси тўқнаш келган бошқа стратегик нуқталарда Қўшма Штатлар Исроилнинг ҳарбий кампаниясига кўр-кўрона шерик бўлмай, фақат ўз давлати манфаатларини биринчи ўринга қўйишини эслатиб қўйди.
@gayratkhodjasaydaliev
Pokiston–Eron quruqlik yo‘laklari Markaziy Osiyo savdosiga yangi imkoniyat ochmoqda
Central Asia-Caucasus Analyst
e'lon qilgan maqolaga
ko'ra
,
Markaziy Osiyo davlatlari uzoq yillardan beri dengiz portlariga chiqish uchun asosan Eron yo‘nalishiga tayanib kelgan. Biroq 2026 yilda Eron atrofidagi harbiy vaziyat va Hormuz bo‘g‘ozidagi inqiroz sabab Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlari orqali savdo qilish qiyinlashdi. Shu sharoitda Pokiston va Eron yangi yechim topib, Pokistonning
Gwadar, Karachi va Port Qosim
portlarini Eron chegarasidagi
Gabd va Taftan
punktlari bilan bog‘laydigan
6 ta yangi avtomobil yo‘nalishini
ishga tushirdi.
25 aprel kuni Pokiston hukumati yangi tranzit tartibini qabul qildi va yuklarni Pokiston portlaridan avtomobillarda Eron hududiga olib o‘tishga ruxsat berdi. Natijada ilgari Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron portlariga boradigan yuklar endi Pokiston portlariga tushirilib, quruqlik orqali Eronga yetkazilmoqda.
Bu qarorning natijalari allaqachon sezilmoqda. Masalan, 2025 yil davomida Gvadar porti orqali atigi
8,3 ming konteyner
o‘tgan bo‘lsa, 2026 yil aprel oyining bir necha haftasida port
11 ming konteynerni
qayta ishladi. Shu bilan birga, Karachi portida Eronga yuborilishi kerak bo‘lgan
3 mingdan ortiq konteyner
yig‘ilib qolgan.
Bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda ular janubiy yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirmoqda. Avvallari Pokiston portlariga chiqish uchun Afg‘oniston orqali o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Ammo Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolari va Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarining yomonlashuvi bu yo‘nalishni xavfli qilib qo‘ydi.
Endi esa yuklar Pokiston portlariga yetib kelgach, Afg‘oniston hududiga kirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron chegarasiga olib borilishi va u yerdan Eronning rivojlangan avtomobil hamda temiryo‘l tarmoqlari orqali Markaziy Osiyoga yetkazilishi mumkin.
Shunday qilib, Pokiston va Eron o‘rtasidagi yangi
6 ta quruqlik koridori
Markaziy Osiyo davlatlariga dengiz portlariga chiqish uchun yangi alternativ imkoniyat yaratmoqda. Agar Pokiston portlari samaradorligi va yo‘llar xavfsizligi ta’minlansa, ushbu yo‘nalish kelajakda Markaziy Osiyo savdosining muhim transport koridorlaridan biriga aylanishi mumkin.
https://t.me/policylaab
Rossiyaning Checheniston muammosi
Geopolitical Futures nashrida chop qilingan maqolaga
ko'ra
, Checheniston rahbari Ramzan Kadirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlar Rossiya uchun yangi geosiyosiy muammoga aylanishi mumkin. Masala faqat bir mintaqa rahbarining almashinuvi emas, balki Vladimir Putinning butun siyosiy merosi bilan bog‘liq. Checheniston Rossiyaning eng kambag‘al hududlaridan biri bo‘lsa-da, uning siyosiy ahamiyati juda katta. Aynan Chechen urushlari Vladimir Putinning siyosiy yuksalishiga asos bo‘lgan. 1990-yillarda Checheniston de-fakto mustaqillikka erishgan, Rossiya esa birinchi urushda jiddiy mag‘lubiyatga uchragan edi. 1999 yilda ikkinchi Chechen urushi Putinni “Rossiyani tiklagan lider” sifatida namoyon qildi va uning prezidentlikka yo‘lini ochdi.
Shu sababli bugungi kunda Chechenistondagi har qanday beqarorlik Kreml uchun oddiy mintaqaviy muammo emas, balki Putinning asosiy siyosiy narrativiga zarba bo‘lishi mumkin. Chunki Putin hokimiyatining eng muhim da’volaridan biri - Rossiya 1990-yillardagi tartibsizliklarni yengib, Chechenistonni nazorat ostiga qaytargani haqidagi tezisdir.
Maqolada ta’kidlanishicha, Kadirov Chechenistonda deyarli mutlaq hokimiyat tizimini yaratgan. Shu sabab uning ketishi butun tizimni izdan chiqarishi mumkin. So‘nggi yillarda Kadirov o‘g‘illarini yuqori lavozimlarga tayinlab, hokimiyatni oilaviy merosga aylantirishga urinmoqda. Dastlab asosiy voris sifatida uning o‘g‘li Adam Kadirov ko‘rilayotgan edi. Biroq 2026 yil boshidagi jiddiy avtohalokatdan keyin uning mavqei pasaygani aytilmoqda. Hozir e’tibor boshqa o‘g‘li - Ahmat Kadyrov kichikka qaratilgan.
Biroq Kreml uchun oilaviy meros modeli maqbul bo‘lmasligi mumkin. Rossiya xavfsizlik tizimi Chechenistonning amalda sulolaviy islomiy hokimiyatga aylanishidan xavotirda. Shu sabab Moskva uchun muqobil nomzod sifatida Ukrainadagi urushda tanilgan chechen qo‘mondoni Apti Alaudinov tilga olinmoqda. U Kremlga yaqinroq va Rossiya davlat tizimi uchun qabul qilinadigan figura sifatida ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, agar Kadirov kutilmaganda siyosiy maydonni tark etsa, Chechenistonda klanlararo kurash, xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi raqobat va diniy radikal guruhlarning faollashuvi xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda Rossiya Ukrainadan resurslarni olib chiqib, Shimoliy Kavkazdagi vaziyatni nazorat qilishga majbur bo‘ladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga javoblari
Savol:
Jahon chempionati davrida AQSH va Meksikaga borayotgan oʻzbekistonlik muxlislarga Tashqi ishlar vazirligining qanday tavsiyalari bor?
Javob:
Maʼlumki, 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada futbol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mamlakatimiz tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida AQSH va Meksikaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga bir qator muhim tavsiyalarni eslatib oʻtmoqchimiz.
Avvalo, safar oldidan mezbon davlatlarga kirish, viza va migratsiya talablari bilan sinchiklab tanishib chiqish, barcha zarur hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va ularning amal qilish muddatini tekshirib qoʻyish lozim.
Safar davomida pasport va boshqa muhim hujjatlarning asl nusxalari hamda ularning elektron va qogʻoz koʻchirmalarini saqlash, mahalliy qonunchilik, huquq-tartibot organlari talablari va umumqabul qilingan jamoatchilik xulq-atvor qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻraymiz.
Shuningdek, harakatlanish marshrutlarini oldindan rejalashtirish, transport va rasmiy axborot xizmatlaridan foydalanish, odamlar gavjum joylarda shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilish hamda ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlar, hujjatlarni yoʻqotish yoki boshqa masalalar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy tezkor xizmatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish lozim.
Barcha muxlislarimizni milliy terma jamoamizni munosib qoʻllab-quvvatlashga, mezbon mamlakatlar qonun-qoidalariga, jamoat tartibiga, mahalliy anʼanalar va madaniyatga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqiramiz.
Shuni unutmaslik muhimki, har qanday qonunbuzarlik shaxsiy javobgarlikka sabab boʻladi. Ayrim shaxslarning nooʻrin xatti-harakati esa butun oʻzbek jamoatchiligi va mamlakatimiz haqidagi tasavvurga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Jahon chempionati kabi yirik xalqaro sport musobaqalari davrida Oʻzbekiston va uning fuqarolariga boʻlgan eʼtibor yanada ortadi. Shu bois har bir vatandoshimiz xorijda nafaqat muxlis, balki Oʻzbekistonning munosib vakili sifatida ham namoyon boʻlishini unutmasligi lozim. Ularning madaniyatli, masʼuliyatli va qonunlarga hurmat ruhidagi xatti-harakati mamlakatimiz haqidagi ijobiy tasavvurlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini doimiy eʼtibor markazida saqlaydi hamda zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini yana bir bor bildiradi.
@TIVmatbuot
The Economist: Armanistondagi saylovlar Putin uchun navbatdagi mag‘lubiyat bo‘ldi
7 iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari postsovet hududida Rossiya ta’sirining asta-sekin qisqarayotganini namoyish
etdi
.
Moskvaning iqtisodiy bosimi, informatsion kampaniyalari va Nikol Pashinyanga qarshi ochiq tanqidlariga qaramay, uning "Fuqarolik shartnomasi" partiyasi qariyb 50 foiz ovoz olib, parlamentda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi.
Rossiya saylovlar oldidan Armanistondan import qilinadigan qator mahsulotlarni taqiqladi, Kremlga yaqin siyosatchilar esa Pashinyanning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashuvini tanqid qildi. Biroq bu bosim aks ta’sir ko‘rsatib, saylovchilar orasida Rossiyaga nisbatan salbiy kayfiyatni kuchaytirdi.
Qolaversa, saylov natijalari arman jamiyatining Rossiyaga tayanish siyosatidan uzoqlashib, Yevropa, AQSh, Turkiya va Ozarbayjon bilan pragmatik hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini ko‘rsatdi. Pashinyan tinchlik, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy integratsiyani asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surmoqd
a.
Dunyo xavfsizlik tizimi tobora beqarorlashmoqda
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Instituti jahondagi vaziyat bo'yicha o'z
xulosalarini
chop etdi. Unga ko'ra, bugungi kunda dunyo xavfsizlik muhiti tobora beqarorlashib bormoqda. Buyuk davlatlar raqobati kuchaymoqda, qurollanish poygasi jadallashmoqda, qurol nazorati tizimlari esa zaiflashmoqda. Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi mojarolari va boshqa nizolar xalqaro tizimda kuch siyosatining qayta tiklanayotganini ko‘rsatmoqda.
Asosiy xulosalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, xalqaro tartib parchalanmoqda
.
AQSh ittifoq tizimlarining zaiflashuvi, Rossiya va Xitoyning kuchayishi hamda ko‘p tomonlama institutlarning samarasizligi (BMT) global xavfsizlik arxitekturasini qayta shakllantirmoqda.
Ikkinchidan, harbiy kuch yana asosiy geosiyosiy vositaga aylanmoq
d
a. Hududlarni kuch bilan egallashga qarshi xalqaro norma zaiflashmoqda. Ukraina, G‘azo va boshqa mojarolar buning yaqqol misoli sifatida ko‘rilmoqda
Uchinchidan, urushlarning tabiati o‘zgarmoqda
.
Dronlar, sun’iy intellekt, yuqori aniqlikdagi raketalar va kiberhujumlar zamonaviy jang maydonining ajralmas qismiga aylandi.
To‘rtinchidan, yadroviy xavf yana ortmoqda.
Yadro quroliga ega barcha davlatlar arsenallarini modernizatsiya qilmoqda. Qurol nazorati bo‘yicha kelishuvlar yemirilmoqda.
Beshinchidan, iqtisodiy va texnologik raqobat harbiy sohaga ko‘chmoqda.
Ta’minot zanjirlari, noyob minerallar, mikrochiplar va sun’iy intellekt strategik ustunlikning muhim omiliga aylanmoqda.
Shu bilan birga, jahon harbiy xarajatlari 2025 yilda
2,9 trillion dollar
ga yetib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. AQSh harbiy xarajatlari
954 mlrd dollar
, Xitoyniki
336 mlrd dollar
, Rossiyaniki
190 mlrd dollar
bo‘ldi. 2021–2025 yillarda qurol savdosi Sovuq urush tugaganidan buyon eng yuqori darajaga chiqdi. Dunyoda jami
12 187 ta yadro kallagi
mavjud bo‘lib, ulardan qariyb
9 745 tasi
harbiy zaxirada saqlanmoqda. 2025 yilda qurolli mojarolar kuzatilgan davlatlar soni 4
9 tan
i tashkil etdi. Mojarolar oqibatida dunyo bo‘ylab
117 milliondan ortiq kishi
majburiy ko‘chirilgan.
Turkiya Afg‘onistonda yangi geosiyosiy karta o‘ynamoqdami? So‘nggi kunlarda Afg‘onistonda ilgari surilgan “Janubiy Turkiston” g‘oyasi mintaqaviy ekspertlar va xavfsizlik doiralarida faol muhokama qilinmoqda. Rasmiy jihatdan bu tashabbus Afg‘onistondagi etnik…
Turkiya Afg‘onistonda yangi geosiyosiy karta o‘ynamoqdami?
So‘nggi kunlarda Afg‘onistonda ilgari surilgan
“Janubiy Turkiston”
g‘oyasi mintaqaviy ekspertlar va xavfsizlik doiralarida faol muhokama qilinmoqda. Rasmiy jihatdan bu tashabbus Afg‘onistondagi etnik o‘zbeklar manfaatlarini himoya qilish bilan izohlanayotgan bo‘lsa-da, ayrim manbalar uning ortida
Turkiyaning geosiyosiy manfaatlari va maxsus xizmatlariga yaqin doiralar turishi
mumkinligini ta’kidlamoqda.
Gap shundaki, “Janubiy Turkiston” konsepsiyasi Afg‘oniston shimolidagi o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar yashaydigan hududlar asosida alohida siyosiy birlik shakllantirish g‘oyasini ilgari suradi. Bu esa o‘z navbatida
“Buyuk Turkiston” loyihasining
tarkibiy qismi sifatida talqin qilinmoqda. Mazkur konsepsiya Turkiyadan Xitoyning Shinjon hududigacha bo‘lgan makonda turkiy xalqlarning siyosiy va madaniy integratsiyasini nazarda tutadi.
Biroq masalaning eng muhim jihati shundaki,
Afg‘oniston bugungi kunda etnik federalizatsiya yoki hududiy qayta taqsimot tajribalarini ko‘tara oladigan davlat emas.
Mamlakat allaqachon uzoq yillik urushlar, iqtisodiy tanazzul va siyosiy fragmentatsiya oqibatlaridan aziyat chekmoqda. Shu sababli etnik asosdagi har qanday siyosiy loyiha ichki beqarorlikni kuchaytirishi mumkin.
Ayniqsa, “Janubiy Turkiston” tashabbusining amaliy jihatlari jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda. Shimoliy Afg‘oniston faqat etnik o‘zbeklardan iborat emas. Mazkur hududlarda tojiklar, pushtunlar, turkmanlar va boshqa etnik guruhlar ham istiqomat qiladi. Demak,
etnik mezon asosida yangi siyosiy tuzilma yaratishga urinish muqarrar ravishda yangi hududiy va etnik nizolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Geosiyosiy nuqtai nazardan ham loyiha murakkab oqibatlarga ega. Rossiya, Xitoy va Eron uzoq vaqtdan buyon Afg‘onistonning hududiy yaxlitligini saqlash tarafdori bo‘lib kelmoqda. Ushbu davlatlar har qanday separatistik yoki panturkistik tashabbuslarni o‘z manfaatlariga potensial tahdid sifatida baholaydi. Shu bois Moskva, Pekin va Tehron bugungi kunda Kobuldagi amaldagi hokimiyatni Afg‘onistonning parchalanishiga yo‘l qo‘ymaydigan asosiy siyosiy kuch sifatida ko‘rmoqda.
Masalaning yana bir muhim tomoni shundaki, Turkiya uzoq yillardan buyon Ahmad Shoh Mas’ud merosiga hurmat bilan qarab keladi va uning o‘g‘li Ahmad Mas’ud bilan aloqalarni saqlab qolgan. Tolibon esa Ahmad Shoh Mas’udni hanuzgacha qurolli qarshilikning asosiy ramzi sifatida qabul qiladi. Shu sababli ayrim kuzatuvchilar “Janubiy Turkiston” atrofidagi muhokamalarni Afg‘onistondagi ta’sir zonalari uchun kurashning navbatdagi elementi sifatida baholamoqda.
Biroq bugungi sharoitda asosiy savol “Janubiy Turkiston” loyihasining amalga oshish ehtimolida emas, balki uning o‘zi qanday siyosiy va xavfsizlik oqibatlarini keltirib chiqarishidadir. Chunki Afg‘onistonda etnik omilning siyosiylashuvi mamlakat ichidagi mavjud muvozanatni izdan chiqarishi, yangi qarama-qarshilik o‘choqlarini yuzaga keltirishi va butun mintaqa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Strategic Focus: Central Asia
So‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
Eron - AQSh qarama-qarshiligi fonida Tolibon ichida ikki asosiy siyosiy fraksiya oʻrtasida raqobat
kuchayib bormoqda.
Bir tomonda
Qandahor guruhi (Oliy Rahbar, Mulla Barodar va Mulla Yoqub)
turibdi. Mazkur qanot G‘arb bilan murosa qilish tarafdori hisoblanadi. Guruhning asosiy moliyaviy tayanchi BMT kanallari orqali mamlakatga kirib kelayotgan va haftasiga qariyb
40 million dollarni tashkil etuvchi mablag‘lar
dir. Shu bois ushbu qanot uchun G‘arb bilan aloqalarni saqlab qolish strategik ahamiyatga ega. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, aynan Qandahor guruhi Pokiston yo‘nalishi orqali Eron hududi bo‘yicha razvedka faoliyati olib borilishiga ko‘z yumayotgan asosiy kuchlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ikkinchi tomonda
esa
Haqqoniy tarmog‘i
joylashgan. Ushbu qanotning iqtisodiy va logistika manfaatlari ko‘proq Eron bilan bog‘langan. Mamlakatning sharqiy hududlaridagi yoqilg‘i ta’minoti, asosiy transport-logistika yo‘nalishlari, temiryo‘l tarmoqlari, avtomobil magistrallari hamda qator chegara nazorat punktlari Haqqoniylar ta’siri ostida ekani qayd etiladi. Pokiston bilan aloqalar buzilgani sababli tranzit imkoniyatlari qisqarganidan so‘ng, aynan Haqqoniy tarmog‘i tashqi savdo va ta’minot zanjirlarini Eron tomonga yo‘naltirishga majbur bo‘ldi.
Natijada Afg‘oniston ichida o‘ziga xos
ikki vektorli muvozanat
shakllangan: biri moliyaviy jihatdan G‘arbga, ikkinchisi esa energetik va logistika jihatidan Eronga tayangan holda faoliyat yuritmoqda.
Mazkur muvozanat buzilgan taqdirda, Afg‘oniston uchun xavfli ssenariylar yuzaga kelishi mumkin.
1.
Agar Kobuldagi kuch markazi Eronparast qanot foydasiga og‘sa,
AQSh va G‘arb tomonidan moliyaviy oqimlarning to‘xtatilishi iqtisodiy hamda gumanitar kollapsga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Chunki mamlakat byudjeti va valyuta bozori tashqi mablag‘larga yuqori darajada bog‘liq.
2.
Aksincha, agar Qandahor guruhi to‘liq ustunlikka erishib, Afg‘oniston AQShning Eronni jilovlash strategiyasiga faol qo‘shilsa,
Tehron buni milliy xavfsizlikka tahdid sifatida qabul qilishi va Afg‘onistonga qarshi front ochish xavfi paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday vaziyat chegaradosh hududlarning harbiylashuvi va Afg‘onistondagi beqarorlikning kuchayishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Shu nuqtai nazardan, bugungi Afg‘onistonning barqarorligi asosan
Qandahor guruhi va Haqqoniy tarmog‘i o‘rtasidagi nozik muvozanatning saqlanib qolishiga
bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Strategic Focus: Central Asia
🇺🇿
🇷🇺
Prezidenti Shavkat Mirziyoуev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zladi va qator tashabbuslarni
ilgari surdi
:
➖
“Evroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari”ni shakllantirish va uni har yili Toshkentda o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” innovatsion-sanoat ko‘rgazmasi platformasi bazasida amalga oshirish. Bu sanoat kooperatsiyasining yagona raqamli platformasi bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik klasterlarning o‘zaro bog‘liq tizimidir.
➖
Qo‘shma Raqamli ekotizimni shakllantirishga kirishish. Ilk bosqichda u raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, O‘zbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, bandlik bo‘yicha yagona raqamli profilni yaratish, sun'iy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirishni o‘zida qamrab olishi mumkin.
➖
Inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratish. Uning vazifasi – ta'lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat. Ushbu tizimda ta'lim dasturlari, til o‘rgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog‘lanish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin.
➖
“Samarqanddan Peterburggacha” kreativ-turistik yo‘lagi loyihasini ishga tushirish. Ushbu tashabbus san'at va kino festivallari, muzey ko‘rgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.
Strategic Focus: Central Asia