
Strategic Focus: Central Asia
🇺🇿
O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro merganlar musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi
Mudofaa vazirligi merganlar terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan III Xalqaro merganlar musobaqasida 1-o‘rinni
egalladi
. Sakkizta davlatdan jamoalar qatnashgan musobqada Vetnam ikkinchi va Turkiya uchinchi bo‘ldi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
🇩🇪
🇷🇺
Россия бизга таҳдид қилмоқда
-
Германия ташқи ишлар вазири
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россиянинг таҳдиди нафақат ҳарбий соҳада, балки гибрид ҳужумлар, киберҳужумлар, диверсия, дезинформация ва муҳим инфратузилмага ҳужумлар орқали ҳам намоён бўлаётганини айтди.
Strategic Focus: LIVE
Fors ko‘rfazi davlatlari mintaqadagi inqirozga qanday javob bermoqda
Saudiya Arabistoni
neft eksportini saqlab qolish uchun muqobil quvurlarga tayanmoqda, biroq budjet taqchilligi va qarz yukining oshishi qirollikning mega-loyihalariga bosim qilmoqda.
BAA
esa inqirozni strategik imkoniyatga aylantirishga urinmoqda - Hormuzni chetlab o‘tuvchi yangi eksport yo‘llari va infratuzilmani tezlashtirmoqda.
Qatar
uchun esa vaziyat ancha murakkab: suyultirilgan tabiiy gaz eksportining Hormuzga yuqori darajadagi bog‘liqligi mamlakatni mintaqadagi eng zaif bo‘g‘inlardan biriga aylantirmoqda.
O‘mon
bir vaqtning o‘zida vositachi davlat va mintaqaning muhim muqobil logistika markaziga aylanmoqda.
Kuvayt
va
Iroq
esa neft eksportiga yuqori qaramlik va muqobil yo‘nalishlarning cheklangani sababli eng katta fiskal xavflarga duch kelmoqda.
Eng muhimi, bu jarayon vaqtinchalik bo‘lmasligi mumkin.
Fors ko‘rfazida energetik xavfsizlikning yangi modeli shakllanmoqda: Hormuzga qaramlikni kamaytirish, muqobil quvur va port yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda mudofaa infratuzilmasiga katta investitsiyalar kiritish.
To‘liq materialda
har bir davlatning iqtisodiy yo‘qotishlari, qo‘llayotgan strategiyalari, muqobil eksport yo‘llari va inqirozning mintaqa iqtisodiyotiga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilinadi.
Davomi
Endi esa masalaning eng muhim geosiyosiy qismiga o‘tamiz – Xitoy.
Xitoy iste’mol qiladigan neftning taxminan
73% import
hisobiga to‘g‘ri keladi. Import qilinadigan neftning qariyb
53% Yaqin Sharqdan
keladi. Bundan tashqari, urushdan oldin Venesuela va Eron Xitoy uchun nisbatan arzon neftning muhim manbalari bo‘lgan. Venesuela neft eksportining
85%
, Eron eksportining esa
90%
Xitoyga yo‘nalgan.
Shuning uchun Hormuz ustidan nazorat masalasi Eron bilan tugamaydi. Agar ushbu strategik yo‘lakdagi barqarorlik buzilsa, eng katta tashqi ta’sirlardan birini Osiyo, ayniqsa Xitoy his qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Eron AQSh va Xitoy o‘rtasidagi katta strategik raqobatning muhim geosiyosiy maydoniga aylanmoqda.
Buni sanksiyalar geografiyasining kengayishidan ham ko‘rish mumkin. AQSh Eron neftini sotib olayotgan Xitoy kompaniyalariga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Demak, iqtisodiy bosim faqat Tehronga qaratilmayapti. U Eron bilan savdo qilayotgan uchinchi tomon kompaniyalariga ham ta’sir qilmoqda. Natijada mojaroning iqtisodiy fronti Eron chegaralaridan chiqib, Xitoy iqtisodiyotiga ham kirib bormoqda.
Ammo bu bosim Xitoyni hozircha tizimli inqirozga olib kelgani yo‘q. 2026-yilning dastlabki besh oyida Xitoy neft importi qariyb
5% kamaygan
, biroq Pekinning bunga qarshi muhim himoya mexanizmlari mavjud. Xitoyning strategik va tijoriy neft zaxiralari
1 milliard barreldan oshadi
. Bundan tashqari, muqobil logistika kanallari va “soya floti” orqali neft tashish davom etmoqda.
Yana bir muhim raqam bor: Eron nefti Xitoyning umumiy energiya balansida atigi
2%
ulushga ega. Shuning uchun Pekin uchun Eron neftining yo‘qolishi qisqa muddatda halokatli zarba emas. Ammo masala faqat Eron neftining o‘zida emas. Asosiy xavf – Yaqin Sharqdagi butun energetik ta’minot tizimining beqarorlashuvidir.
Shu sababli 2026-yil kuzidagi vaziyatni men 3 ta parallel front orqali baholagan bo‘lardim.
Birinchisi
–
harbiy front.
Сheklangan zarbalar va Eronning harbiy infratuzilmasiga bosim davom etishi mumkin.
Ikkinchisi
–
iqtisodiy front
. Bu sanksiyalar, neft eksportini qisqartirish va tankerlar faoliyatiga bosim orqali amalga oshiriladi.
Uchinchisi
esa eng muhim front –
geosiyosiy front
. Ya’ni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik raqobat. Eron bu uchala yo‘nalish kesishgan nuqtaga aylanmoqda.
Shu sababli kuz uchun eng ehtimoliy ssenariy sifatida to‘liq urushni emas,
boshqariladigan qarama-qarshilikni
taxmin qilishimiz mumkin. Vashington uchun noyabrdagi saylovlar oldidan katta quruqlik urushiga kirish siyosiy jihatdan xavfli. Shuning uchun cheklangan zarbalar, yangi sanksiyalar, neft eksportiga bosim va tankerlar atrofidagi operatsiyalar davom etishi ehtimoli yuqori.
Bunday sharoitda Brent nefti kuz oylarida
90–120 dollar
oralig‘ida qolishi mumkin. Albatta, bu qat’iy prognoz emas. Hormuzdagi vaziyat, Eronning javob harakatlari yoki yangi yirik hujumlar narxni bundan ham yuqoriga olib chiqishi mumkin.
Shunday qilib, bugungi mojaroning mohiyatini faqat “AQSh Eronga qarshi urush olib bormoqda” degan formula bilan tushuntirish yetarli emas. Mojaro bir vaqtning o‘zida uchta maqsad atrofida shakllanmoqda: Eronning harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini cheklash, global neft oqimlariga ta’sir qilish va Xitoyning energetik xavfsizligiga bosim o‘tkazish.
Shuning uchun asosiy savol ham o‘zgaradi. Masala endi faqat Eron taslim bo‘ladimi yoki yo‘qmi, degan savolda emas.
Asosiy savol – Vashington Tehronni zaiflashtirish orqali Pekinning strategik imkoniyatlarini ham qisqartirmoqchimi?
Agar javob ha bo‘lsa, unda Eron atrofidagi mojaro oddiy Yaqin Sharq urushi emas. Bu AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning energetik frontidir. Va bu o‘yinda Eron eng ko‘zga tashlanayotgan figura bo‘lishi mumkin. Ammo taxtaning narigi tomonida ancha katta o‘yinchi –
Xitoy turibdi.
Strategic Focus: Central Asia
Neft, Eron va Xitoy: AQShning katta geosiyosiy o‘yini
M.Imomov,
Strategic Focus eksperti
2026-yil sentabriga kelib, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi oddiy harbiy mojaro doirasidan ancha chiqib ketdi. Dastlab asosiy e’tibor Eronning yadroviy dasturiga qaratilgan bo‘lsa, bugungi vaziyatda mojaroning iqtisodiy va geosiyosiy o‘lchami tobora kuchaymoqda. Ya’ni masala endi faqat Tehronning yadroviy salohiyatida emas. Gap neft, energetika yo‘llari, sanksiyalar va eng muhimi, Xitoyning energetik xavfsizligi haqida ham ketmoqda.
Buni voqealar dinamikasining o‘zi ham ko‘rsatadi. 2025-yildagi 12 kunlik urushdan so‘ng 2026-yil boshida AQSh mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirdi va 28-fevral kuni “Epik g‘azab” operatsiyasi boshlandi. Keyingi haftalarda mojaro Fors ko‘rfazidagi energetik infratuzilmaga ham ta’sir qila boshladi. 2-mart kuni Saudi Aramco’ning Ras-Tanura neft obyektiga zarba berilishi ortidan neft narxi 140 dollardan oshdi. 18-aprelda esa Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi.
Bu yerda bitta raqamning o‘zi vaziyatning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi: Hormuz orqali dunyo neftining taxminan
84%
, suyultirilgan tabiiy gazning esa
83%
tashiladi. Demak, bu bo‘g‘ozdagi har qanday jiddiy inqiroz Eron va Fors ko‘rfazi davlatlarining muammosi bo‘lib qolmaydi. U global energetika bozoriga bevosita ta’sir qiladi.
Shu sababli AQShning bugungi strategiyasini faqat harbiy g‘alaba orqali tushuntirish qiyin. Vashington bir tomondan Eronni kuchsizlantirishga intilmoqda, boshqa tomondan esa to‘liq miqyosdagi quruqlik urushiga kirishni istamaydi. Bosim tobora iqtisodiy urushga aylanmoqda: sanksiyalar, neft eksportini cheklash, tankerlarga zarba berish va Eronning moliyaviy imkoniyatlarini qisqartirish.
Bu strategiyaning yana bir muhim tomoni – neft narxi. Yuqori narxlar AQShning slanets nefti ishlab chiqaruvchilari uchun juda katta daromad manbasiga aylanishi mumkin. Rystad Energy hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yilda AQSh slanets kompaniyalarining daromadi
63,4 milliard dollarga
yetishi mumkin.
Ammo bu yerda Vashington uchun paradoks paydo bo‘ladi. Neft narxining oshishi ishlab chiqaruvchilar uchun foydali bo‘lsa-da, oddiy amerikalik iste’molchi uchun aksincha, salbiy oqibatga ega. Avgust oxirida AQShda benzin narxi
1 gallon uchun 4 dollardan oshdi
. Bu esa noyabrda bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlari oldidan siyosiy jihatdan sezgir masalaga aylanadi. Shuning uchun AQSh ma’muriyati uchun muhim vazifa – Eronga yetarlicha iqtisodiy bosim o‘tkazish, lekin ichki bozorda yoqilg‘i narxining haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Strategic Focus: Central Asia
Харитани тўғрилаш дунёни қандай кўришимизни ўзгартирадими? 1/2
БМТ Бош Ассамблеяси томонидан
"Correct the Map"
ташаббусини қўллаб-қувватловчи резолюция қабул қилиниши бир қарашда картографияга оид техник масаладек кўринади. Аслида унинг сиёсий маъноси, агар Меркатор проекциясини эътиборга олсак, анча катта.
XVI асрда яратилган бу харита навигация учун жуда қулай бўлган. Унда йўналишлар ва бурчаклар яхши сақланади. Шу сабабли у денгиз саёҳатларида узоқ вақт муҳим восита бўлиб хизмат қилган. Муаммо - қутбларга яқинлашган сари ҳудудларнинг катталашиб кўринишида. Экватор атрофидаги Африка эса ўзининг ҳақиқий майдонига нисбатан анча кичик тасаввур уйғотади. Африка Гренландиядан
қарийб
14 марта катта
. Меркатор харитасида эса бу фарқни кўз билан илғаш қийин.
Харита инсоннинг дунё ҳақидаги тасаввурини шакллантиради. Ҳудуднинг харитадаги кўриниши унинг ҳажми, аҳамияти ва глобал ўрни ҳақидаги интуитив тасаввуримизга таъсир қилади. Шу нуқтада харита сиёсий масалага айланади.
Европа
узоқ вақт давомида дунё хариталарининг марказида турган. У юқорида ва кўпинча марказга яқин жойлаштирилган.
Африка ва Жанубий Америка
эса нисбатан пастроқ ва кичикроқ кўринган. Бундай жойлашув дунё ҳақидаги муайян психологик кўникмани шакллантиради. Қайси ҳудуд марказда, қайси минтақа чеккада экани визуал образ орқали ҳам қабул қилинади.
Эдвард Саид "Ориентализм" асари
да Ғарбнинг Шарқ ҳақидаги тасаввурлари география билан боғлиқ образлар орқали шаклланганини қайд этади. "Ғарб" ва "Шарқ" тушунчалари оддий географик координаталардан кўра кенгроқ маъно касб этган. Кейинчалик танқидий назария мактаблари хариталарнинг ҳам ҳокимият, билим ва сиёсий тасаввурлар билан боғлиқлигини ўрганди.
Демак, харита шунчаки ҳудудни тасвирламайди. У дунёни маълум бир тартибда кўришга ўргатади. Мустамлакачилик тарихи бу фикрни янада яққол тасдиқлайди. Африка харитасидаги кўплаб давлат чегаралари маҳаллий жамиятларнинг тарихий ва ижтимоий тузилишига тўлиқ мос келмайди. XIX аср охирида Европа давлатларининг Африкадаги рақобати натижасида шаклланган ҳудудий чегаралар кейинчалик мустақил давлатларга мерос бўлиб ўтди. Географик маконни қандай бўлишиш масаласи сиёсий ҳокимиятдан ажралмаган эди.
Шу нуқтаи назардан
"Correct the Map" ташаббуси
Африка ва бошқа минтақаларнинг дунё харитасида қандай кўринишини қайта кўриб чиқишга ундамоқда. Уни деколониал тафаккурнинг замонавий кўринишларидан бири дейиш мумкин.
Того ташаббусининг муҳим жиҳати ҳам шунда. Меркатор проекциясини тарихдан ўчириб бўлмайди, у навигация учун яратилган ва ўз вазифаси учун самарали восита бўлиб қолади. Масала харитани қайси мақсадда ишлатаётганимизда. Майдонларни таққослаш учун бошқа проекциялар аниқроқ тасаввур беради.
Equal Earth
шундай вариантлардан бири сифатида таклиф қилинмоқда.
Дунёда мутлақо идеал харита мавжуд эмас. Ер шарини текис қоғозга туширишнинг ўзи маълум даражада бузилишни келтириб чиқаради. Бир проекция майдонни яхшироқ сақлайди, бошқаси масофа, шакл ёки йўналишни. Шунинг учун савол
"қайси харита тўғри?"
дан кўра
"қайси мақсад учун қайси харита тўғри?"
тарзида қўйилиши керак.
Рақамли даврда бу масала янада долзарб бўлиб қолмоқда. Бугун дунё харитасини атлас ва глобусдан ташқари
Google Maps
, онлайн платформалар, ахборот сайтлари ва ижтимоий тармоқлар орқали ҳам кўрамиз.
Web Mercator
каби проекциялар рақамли хариталашда кенг қўлланилади. Шу сабабли харита танлови миллиардлаб одамларнинг кундалик визуал тажрибасига таъсир қилмоқда.
@muxtor_nazirov
Харитани тўғрилаш дунёни қандай кўришимизни ўзгартирадими? 2/2
Хариталарда XXI аср геосиёсатининг яна бир хусусияти намоён бўлади. Маконни фақат ҳудудлар орқали тушуниб бўлмай қолди. Давлатларнинг қудрати уларнинг майдони билан бир қаторда транспорт йўлаклари, портлар, энергия тармоқлари, молиявий каналлар, маълумот оқимлари ва рақамли инфратузилмалар устидан назорат қилиш қобилияти билан ҳам белгиланади.
Дунё харитаси ҳудудлар харитасидан оқимлар ва боғлиқликлар харитасига ҳам айланмоқда.
Бу тенденция
Марказий Осиё
учун айниқса муҳим. Сабаби минтақанинг глобал аҳамиятини баҳолашда унинг ҳудудий катталигидан кўра транспорт коридорлари, Каспий орқали боғланиш имкониятлари, Европа ва Осиё бозорларига чиқиш каналлари, рақамли ва энергетик тармоқлардаги ўрни тобора кўпроқ аҳамият касб этмоқда. Шу боис геосиёсий харитани тушуниш учун давлатларнинг қаерда жойлашганини билиш билан етарли бўлмайди. Уларнинг қандай боғланганини ҳам кўра билиш керак.
Албатта,
"Correct the Map"
дунё сиёсий тартиботини бир овоз билан ўзгартирмайди. Африка харитада каттароқ кўриниши билан унинг иқтисодий ёки сиёсий қудрати автоматик равишда ошиб қолмайди. Лекин тасаввур ҳам сиёсатнинг бир қисми. Қайси ҳудуд қандай кўриниши ва қайси минтақа марказ ёки периферия сифатида қабул қилиниши глобал онгга барибир таъсир қилади.
Шунинг учун харитани тўғрилаш ҳақидаги баҳс аслида дунёни қайта кўриш ҳақидаги баҳсдир.
Харита дунёни ўзгартирмайди. Аммо дунёни қандай кўришимизни ўзгартириши мумкин.
"Correct the Map" ташаббусининг энг муҳим сиёсий маъноси ҳам шунда.
Глобал Жануб дунё қандай тасвирланиши ҳақидаги қарорларда фаолроқ иштирок этмоқда. Демак, геосиёсатда ҳудуд учун кураш билан бир қаторда дунёни қандай тасаввур қилиш ҳуқуқи учун кураш ҳам кучаймоқда.
@muxtor_nazirov
Bugungi vaziyatda eng katta xavf Eron va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilikning aynan
Hormuz bo‘g‘ozida yangi bosqichga chiqishi
bilan bog‘liq.
Yaqin haftalarda Hormuz bo‘g‘ozida yanada jiddiy to‘qnashuvlar yoki hujumlar sodir bo‘lishi mumkin. Buning sababi oddiy – bugungi kunda Hormuz bo‘g‘ozi Eronning AQShga qarshi eng muhim bosim vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Biroq bu ustunlik doimiy emas. Vashington ham Eronning Hormuz orqali bosim o‘tkazish imkoniyatlarini cheklash va ushbu vositaning strategik ahamiyatini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Fikrimizcha, eng katta xavf –
noto‘g‘ri hisob-kitobda
. Tomonlardan birining cheklangan deb hisoblagan zarbasi ikkinchi tomon tomonidan “qizil chiziq”ning buzilishi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday holatda keskinroq javob zarbasi beriladi va eskalatsiyani nazorat qilish tobora qiyinlashadi.
Shu sababli hozirgi vaziyatga haddan tashqari optimistik qarash to‘g‘ri emas.
Hormuzdagi bitta jiddiy hodisa ham bugungi cheklangan qarama-qarshilikni keng ko‘lamli urushga aylantirishi mumkin.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Даҳшатли мантиқ!
Асосан давлат хизматчилари ўқийдиган каналда бундай мизоген постлар биринчи марта чиқаётгани йўқ. Кўпчиликка ёқса ҳам, юристга ярашмайдиган асоссиз гап.
Ҳеч ким алиментга бирга яшаётган боласига ва аёлига берганчалик кўп пул бермайди. Гап фақат пулда ҳам эмас. Бола ўн саккиз ёшга етганида тугайди бу пул барибир. Ажрашиш ортидан келадиган ноаниқлик, беқарорлик алимент пулига арзимайди.
Аёл "бой эрга тегиб олиш"ни эплаганида ҳам, ҳеч ким алимент ундириш учун ажрашиб кетмайди. Бой одам билан бирга оила бўлиб яшагани ҳар томонлама яхши, агар у оилада жиддий муаммо бўлмаса.
Ҳатто бу абсурд мантиқни давом эттириб, фаразан алимент олишни бизнес деб баҳоласак ҳам, бу энг катта рискли бизнес бўлар эди. Чунки боланинг харажати кўп, 18 йил мунтазам бу харажатлар ортиғи билан ундирилишига кафолат йўқ.
Бўлиши мумкин бўлган нарса шуки, аёллар ўз фарзандларига яхши ота танлашни исташади, бўлажак турмуш ўртоғини шу нуқтаи назардан танлайди, шунинг учун ҳаётида пайдо бўлган энг омадли ва даромадли инсондан фарзанд кўргиси келади. Бу таъминотнинг энг катта кафолати оилани бузмай, эр билан бирга яшаш (агар эр бошқа чора қолдирмаса, ажрашади).
Бунақа постлар оилаларга путур етказади, болаларнинг нормал ҳаёти учун зарур таъминотдан маҳрум қилинишига ҳисса бўлиб қўшилади. Никоҳни расман қайд этиш хоҳишини камайтиради. Боласига алимент бераётган оталар ўзини алданган ва "соғилаётган" ҳисоблаб алиментдан қочишга уриниш кўпаяди, давлат тузилмаларига юкламалар ортади.
Юз минглаб одамларга гапираётганда, фикрининг жамиятга, айниқса унинг энг ожиз қатлами манфаатига қандай таъсир қилишини ўйлаш керак, сўз масъулияти, оддий инсонийлик бу.
Давлат алиментни болага белгилайди. Бола манфаати ҳамма нарсадан устун.
Шундай фикрлайдиган эркакларни тўққиз ой қорнига юк бойлаб юргизиб, 16 соат тўлғоқ азобини торттириб, 3 йил тунда ухлатмаслик, кейин бир умр боласига ҳам ота, ҳам она бўлиб, барча инжиқликлари ва муаммоларини ёлғиз кўтаришга мажбурлаш керак. Шунда "бола туғишни бизнес қилиб олиш" деган мантиқсиз фикрни ўйлашга ҳам ҳоли бўлмайди.
@shahnozxon
➖
Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, O‘zbekiston yetakchisi o‘tkazgan samarali uchrashuvlar;
➖
ShHTning Bishkek sammiti, unda muhokama qilingan mavzular yuzasidan siyosatshunos bilan suhbat;
➖
Bir asrlik binoga qayta hayot bergan Zamonaviy san’at markazidan reportaj.
“Yangi zamon”
da bugun ushbu mavzular tahlili va tafsilotini tomosha qiling.
⏰
Bugun, soat 20:20 da
📺
“Sevimli” telekanalida
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈