
Jamshid Muslimov
5-sentyabr kuni "Şamsi-Qamar" teatri zalida falsafa klubimizning birinçi jonli uçraşuvi bölib ötdi. Eduard Kreygning «Falsafa: Öta qisqa taniştiruv» kitobi atrofida suhbatlaşdik.
Suqrot nega qoçmadi? «Men» degan narsa bormi? Atom bomba taşlaş axloqan töğri bölişi mumkinmi? Nasroniylar kutayotgan "Dajjol" kim: Greta Tunbergmi yoki texnofeodallar? Va boşqa masalalar.
https://youtu.be/zk2PTzn-4Go?si=9nC_9XiBLJfIl9QA
Investision kompaniyalar ustidan professional nazorat bölgani yaxşi. Ammo öşa nazoratçilarni ham nazorat qiladigan professional uyuşma bölişi kerak. 2 yil “hamkorlik qilib” (!) endi xulosasini çaqirib oliş boşqa, taşkilot-mijozining içki holati haqida ayb hukmini çiqariş boşqa. Uzoq vaqt davomida ma’lumotlar berilmay kelgan bölsa, nega shartnoma töxtatilmagan? Nega hamkorlik davom etavergan?
Öta noprofessional yondaşuv bilan çiqiş qilingan. Investor mijozlar bundan foyda topmaydi, eng yomoni - sohani zaiflaştiradi.
«Sunʼiy intellekt kelişidan oldinroq fikrlaşni töxtatgandik» - Hamid Sodiq taʼlim inqirozi va ziyolilar haqida | Nima dard?
Nega bugungi yoşlar muvaffaqiyatga intilişdan sovib bormoqda? Jamiyatga qanday ziyolilar kerak va nega siyosiy tahlilçilarning özi ham çuqur bilimdan uzoqlaşib qolişi mumkin? Navbatdagi mehmon - faylasuf, tarjimon va siyosatşunos Hamid Sodiq.
Suhbatda insonni harakatga keltiruvçi içki dard, ğoyaga sadoqat, zamonaviy taʼlimning muammolari, SI va jamiyatdagi intellektual muhit haqida
söz yuritildi
.
📹
VIDEONI TOMOŞA QILING
👉
“Asl intellekt” — qaysi do‘konlarda bor?
Uzoq kutilgan, bizga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra biroz kechikkan kitoblarimiz nihoyat bugundan sotuvga chiqdi.
“Asl intellekt” turkumidagi ilk ikki kitob – Anthony Weston’ning
“Argument: asoslash va bahs mahorati”
va Sergey Povarninning
“Kitobni qanday o‘qish kerak”
kitoblarini quyidagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin:
🔹
Asaxiy kitob do‘konlari va internet do‘koni (
Argument
)
🔹
Qamar do‘konlari va
online buyurtma
🔹
Uzum market (
Kitobni qanday o‘qish kerak
;
Argument
;
to‘plam tarzida olish uchun
)
🔹
Book.uz
do‘konlari
Do‘konlar ro‘yxati yangilab boriladi. Kitoblarning chakana savdodagi narxlarini har bir do‘kon o‘zi belgilagani uchun narxlar bir-biridan biroz farq qilishi mumkin.
Jamiyat «tepadan» ruxsat yoki iltifot kutmasdan, zaruriy oʻzgarishlarni qanday vujudga keltirishi mumkin?
2016-yilda qandaydir jo'yali islohotlardan umidvor bo'lgan insonlar 2026-yilda o'zining biroz aldangandek his qilmoqda. Buning sabablaridan biri, jo'yali islohotlar farmon bilan amalga oshirib bo'lmasligidadir.
Jamiyatda samarali o'zgarishlarni amalga oshirish borasida ikki hil, zid qarash mavjud.
Rus yozuvchisi Lev Tolstoy'ning fikricha, buyuk yetakchilar (qirollar, prezidentlar, peshvoi millatlar va hkz) aslida tarixning (jamiyatdagi jarayonlarning) quli. Yetakchilar, to'ralar o'zlarining nazorati, qudratidan tashqarida bo'lgan millionlab sabab va jarayonlar natijasida vujudga kelgan tarixiy to'lqinlarning cho'qqisiga tasodifan chiqib qolgan piyodalardir, ularning tarixiy jarayonlarga ta'siri deyarli nolga teng.
«Для изучения законов истории мы должны изменить совершенно предмет наблюдения, оставить в покое царей, министров и генералов, а изучать однородные, бесконечно малые элементы, которые руководят массами. Никто не может сказать, на сколько дано человеку достигнуть на этом пути понимания законов истории; но очевидно, что на этом пути только лежит возможность уловления исторических законов» deydi Tolsoy.
Ingliz tarixchisi Tomas Karlayl esa o'zining "Great man" nazariyasida "tarix -bu buyuk insonlarning tarjimai holi' deb hisoblaydi. Ya'ni, buyuk yetakchilargina (qirollar, prezidentlar va hkz) butun boshli millatlarni taqdirini hal etishi, tarixni (jamiyatni) o'z xohishiga ko'ra shakllantirishi mumkin. Millat g'oyoki buyuk insonlarning qo'lida plastilin, qanday shaklni xohlasa, shuni beraveradi.
Karlaylcha yondashuv sovet davrida urf bo'lgan. Ilk kommunistlar paydo bo'lgan 19 asrda Tomas Karlaylning fikrlarining mashhurligi eng avjiga chiqqan payt edi. Ilk kommunistlar o'zini tanlanganlar, sarbadorlar partiyasi deb bilgan.
"О политической стратегии и тактике русских коммунистов" degan maqolasida Stalin shunday deydi: "Компартия как своего рода орден меченосцев внутри государства Советского, направляющий органы последнего и одухотворяющий их деятельность".
Kompartiyaning rasmiy shiorlari esa "Партия - это Ленин" (Lenin tirikligida), keyin esa «Сталин — это Ленин сегодня» bo'lgan. Kommunistlar buyuk insonlarning yetakchiligiga bunday katta urg'u berishi alaloqibat nafaqat shahsga sig'inish bilan tugadi, balkim jamiyatni chuqur isloh qilishga ham yo'l bermadi. Lenin, Stalinlar tayyor bo'lmagan, qarshilik ko'rsatayotgan jamiyat ustidan tajriba o'tkazdi. Natijada, bunday buyuk shaxs- markazli modernizatsiyaning kommunistik loyihasi tanazzulga uchradi desa ham bo'laveradi. Buni masalan, SSSR kabi qudratli davlat bir kunda tarix sahnasidan yoqolib ketganidan ham ko'rsa bo'ladi.
Biz, hozirgi o'zbeklar, ham Tomas Karlaylning nazariyasining dunyodagi eng so'nggi muhlislaridanmiz. Buni, masalan, O'zbekistonda barcha ishlar "muhtaram prezidentimiz rahnamoligida" amalga oshirilishidan, o'zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatini o'zimizdan emas, aynan rahbarlarning tashabbusi va shijoatida deb bilishimizdan ko'rsa bo'ladi. Amaldagi rahbarning bir so'zi bilan tashqi va ichki siyosatimizdagi masalalarga munosabatimiz ham bir zumda o'zgarib ketaveradi.
Boshqa rivojalngan va rivojlanayotgan davlatlarda esa millat taqdirini biror bir shaxsning hatti-harakatlariga bo'glashdan allaqachon voz kechilgan. Hech qaysi inson, naqadar u irodasi kuchli, aqli raso va boshqa buyuk hislatlar egasi bo'lmasin, yakka o'zi butun boshli millatni isloh qila olmagan, qila olmayapti va qila olmaydi ham.
Toki jamiyat islohotlarga egalik qilib, ularda faol ishtirok etmaguncha.
Shuning uchun "peshvoi millatlardan" najot kutmay yashash kerak. Bu borada Sharqiy Yevropaning tajribasi, jumladan Sovet zulmi ostida yashagan chex yoki polyaklar ixtiro qilgan parallel polis, muqobil madaniyat va hokazo tushunchalar qo'l keladi.
O'zbek ziyolilarimiz tanishib o'zlashtirishi lozim bo'lgan muhim konsepsiyalardan biri "Parallel polis" tushunchasidir. Chex faylasufi Vatslav Bendaning davlatga qarab qolmasdan jamiyat uchun kerakli islohotlarni amalga oshirish haqidagi fikrlarini tarjima qildim.
O'qib, o'z fikringizni bildiring, iltimos.
Ushbu kitobni barcha oliygohlarimizda muhim qo‘llanma sifatida o‘qitish kerak! (Keyinchalik bu mavzuda boshqa kitob ham o‘ylab ko‘rilar.) Mutolaa madaniyati nuqtayi nazaridan bu kitob va uning atrofida olib boriladigan mulohazalar juda muhim. Ayniqsa, kitobda…
Ushbu kitobni barcha oliygohlarimizda muhim qo‘llanma sifatida o‘qitish kerak! (Keyinchalik bu mavzuda boshqa kitob ham o‘ylab ko‘rilar.)
Mutolaa madaniyati nuqtayi nazaridan bu kitob va uning atrofida olib boriladigan mulohazalar juda muhim. Ayniqsa, kitobda quruq o‘qib ketmaslik masalasi yaxshi sharhlangan.
*universitetda birinchi bosqich paytlarim “Tarix falsafasi” degan dars bo‘lar edi. Asosiy kitobimiz Ibn Xoldunning “Muqaddima”si bo‘lgan. Lekin eng qizig‘i, ikki hafta davomida kitoblarni qanday tanlash, qanday o‘qish kerakligi yuzasidan saboq olganmiz.
Falsafaga qisqa kirish, tafakkurga uzoq sayohat…
Eduard Kreygning
“Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv”
asari tarjimoni
Jamshid Muslimov
“Charx”da.
▶️
Tomosha qiling
#Charx
#1000KITOB
Tushundimki, san'at biznes bo'lishi qiyin ekan. Biznesga aylangan chog'ida o'z jozibasini yo'qotadi va sanoatga aylanadi.
Chunki chin ijod yurakdan keladi. Ichki tortishuvlar, azob, his-tuyg'ular, qalb tubidagi jarayonlar aks etishi demakdir.
Haqiqiy san'at asari hech qachon foyda uchun qilinmaydi.