Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Jamshid Muslimov

subnazar
Jamshid Muslimov fikrlari, tavsiyalari, prinsiplari Murojaat uchun: https://t.me/subnazargatbot jamshidmuslimzargar@gmail.com Kanal guruhi https://t.me/+s-gWi1_tOO1hM https://www.facebook.com/JamshidMuslimovZargar/ https://twitter.com/subjectnazar
Подписчики
2 961
24 часа
-2
30 дней
-11
Просмотры
634
ER
21,41%
Посты (30д)
34
Символов в посте
936
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 12, 10:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Vaksinadan qo‘rquv, SIga ishonish va kechikkan davo — tibbiyotdagi xatarlar haqida shifokor bilan | Nima dard?
Vaksina haqiqatan ham autizmga sabab bo‘lishi mumkinmi? Nega ayrim ota-onalar farzandini emlatishdan qo‘rqadi? Emlatmaslikning oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin? Sun’iy intellekt tashxisiga ishonish qanchalik to‘g‘ri?
«Nima dard?» loyihasining navbatdagi sonida infeksionist-gepatolog Ra’no Qosimova bilan shu va boshqa savollar atrofida suhbatlashildi.
Suhbat davomida emlashdan bosh tortish oqibatlari, qizamiq, qizilcha va tepkining asoratlari, dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish, farmasevtika bozoridagi muammolar, tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish, jigar kasalliklari va transplantatsiya, COVIDdan keyingi asoratlar hamda sog‘lom turmush tarzi haqida fikr yuritildi.
📹
TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING

September 11, 09:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Истеъдодга пул тикиб, даромад олиш: Максим Горкийнинг ноодатий бизнес модели қандай ишлаган?
Kun.uz
'нинг "Nima dard?" подкастида ёзувчи Максим Горкийнинг ижодкорлар билан ишлаш модели ва ундан бизнес сифатида фойдаланиш ёндашуви ҳақида сўз борди.
"
Горкийнинг асосий кучи фақат ёзувчилик маҳоратида эмаc, кучли энергияси, хоҳиши, амбицияси ва ижодкорлар билан ишлаш қобилиятида бўлган. Унинг ёзган матнларини котибалари ва ёрдамчилари таҳрирлаб, тузатиб борган. Ўзининг саводи эса жуда юқори бўлмаган",
— деди Жамшид Муслимов.
Унинг айтишича, Горкий кейинчалик ўзига хос бизнес моделини шакллантирган. У шеър, ҳикоя ва турли асарлар ёзадиган ижодкорларни топиб, молиявий қўллаб-қувватлаган.
"
Ижодкорга аванс берилган ва ундан маълум муддатда асар ёзиб топшириш сўралган. Бунда асосий мақсад ёзувчини кундалик молиявий ташвишлардан халос қилиш бўлган. Ижодкорнинг қўлига пул тушгандан кейин кўнгли хотиржам бўлади. Боласини боқади, оиласига етказади. Хотиржамлик кириб, у ижодга берилиб, яхшироқ ёзади",
— дейди у.
Интервьюни тўлиқ шаклда
Kun.uz
’нинг
YouTube
’даги саҳифасида томоша қилишингиз мумкин.
Kun.uz расмий канали

September 10, 07:42

Ҳар қандай бизнес — бу тизим. Ҳар қандай тизим ўзини ҳимоя қилади.
Тизим ичидаги муаммолар онаси — самарасизлик — ўзи ҳам алоҳида тизим. У катта бизнес тизимида паразит каби яшайди.
Паразит эгасини ўлдирмайди. Аммо қарор қабул қилувчиларга доимо таъсир ўтказиб туради.
Мулкдор ёки раҳбарият оғриқни ҳис қилади. Мижоз ва ходимлар ҳам — ҳар бири ўзича. Қарор қабул қила оладиганлар ўзгаришни излайди.
Аммо ўзгариш катта меҳнат ва оғриқли ечим талаб қилганда — кимнидир ишдан олиш, одатий жараёнларни бузиш, эски ёндашувлардан воз кечиш — паразит ҳимояга ўтади.
Унинг энг қулай қуроли — «ўзгаришлар иллюзияси».
Мулкдор тренинглар, презентациялар, чиройли дашбордларга қизиқиб кетади. Булар натижасиз гормонал драйв беради: кўтаринки кайфият, жараён туйғуси, вақтинча ҳаловат.
Муаммолар яна авж олганда, у онгсиз равишда ечимни эмас — айнан ўша кайфиятни излайди. Топади. Кайф олади. Муаммолар кўринмай қолади ёки ёлғон умид билан тинчланади. Кейин яна. (Инфолўттибозлар ва эртакчиларнинг кармони шу йўл билан тўлади.)
Бир сўз билан: қарорларга эмас, ўзгариш ҳиссига қарамлик пайдо бўлади.
Охирги марта қачон ўзгариш сизга оғриқ келтирди?

September 10, 06:02

Assalomu alaykum!
Do'stlar, meni mana shu kanalda ham kuzatish mumkin endi. Unda biznes va iqtisod bo'yicha kontent bo'ladi. Lutfan, obuna bo'linglar va ulashinglar.
https://t.me/zaytuna_capital/1798

September 06, 17:57


Ориентация — Север
|
Метафизические ключи.
3. КОСМОС
>> предыдущий ключ

September 06, 17:48


3. KOINOT
|
Orientasiya — Shimol
Metafizik kalitlar
>> Avvalgi kalit
(
Rus tilidan
tarjima tahrir jarayonida)

September 04, 18:49

Kitob, taʼlim, jamiyat: dardning ildizi qayerda?
(davomi, boshi
bu yerda
)
Podkast
davomida iqtisodchi Jamshid Muslimov qiziq bir fikr bildirdi: "Rusiyzabon vatandoshlarimiz farzandining bilimiga investitsiya qilishga oʻzbekzabon vatandoshlarimizga qaraganda koʻproq tayyordir balki?". Qiziq fikr. Men oldin masalaga bu rakursdan yondashib koʻrmagan ekanman.
Yuqoridagi fikr nima munosabat bilan aytildi? Xurshid Yoʻldoshev misol keltirgan holatga oʻzim ham guvoh boʻlganman: "Farengeyt Press" nomidan kitob yarmarkalarida qatnashib, "Boshlangʻich saboqlar"
turkumini
olib chiqqanimizda koʻrganmiz - bola kitobni olib, varaqlab, qiziqyapti, olmoqchi, lekin ota-ona olib bermayapti. Koʻziga qimmatdek koʻrinyapti. Vaholanki, olishga moliyaviy imkoni bor - aks holda farzandini xususiy maktabda oʻqitmagan boʻlardi.
Misol uchun, shunga oʻxshash adabiyotlarning rus tilidagi muqobillari kitob doʻkonlari va rastalarida kamida ikki-uch baravar qimmatroq turadi, lekin ota-onalar farzandiga olib beradi. Balki PISA tadqiqotlari Oʻzbekistondagi oʻzbek tilli maktablar oʻquvchilari taʼlimda
rus tilli
maktablar oʻquvchilaridan oʻrtacha hisobda 1,5 yil
ortda
qolayotganini koʻrsatgani sabablaridan biri ham shudir.
Oʻsha gap: biz ota-ona sifatida, jamiyat sifatida ilmga munosabatimizni oʻzgartirishimiz kerak.

September 04, 08:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Asl intellekt” kitoblar turkumi – aqlingiz, fikringiz va mustaqilligingiz uchun
Bugun sun’iy intellekt hayotimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib bormoqda. U matn yozadi, tahlil qiladi, rasm chizadi, hatto murakkab qarorlar qabul qilishda koʻmaklashadi. Ammo bu qulaylikning badali ham bor ko‘rinadi: agar barcha aqliy mehnatni texnologiyaga topshirib qoʻysak, insonning oʻz tabiiy,
asl
intellekti zaiflashib, dangasalashib borishi mumkin.
Asl aql, tafakkur quvvati insonning bosh qo‘rg‘onidir. Shu bois sizga “Asl intellekt” turkum kitoblarni taqdim qilmoqchimiz.
Nega aynan “Asl intellekt”?
Ushbu turkumda chop etilajak kitoblardan ko‘zlangan bosh maqsad – tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash va xulosalash, mustaqil mulohaza yuritish koʻnikmalarini parvarishlash, charxlash hamda rivojlantirishdir.
Turkum doirasida talabalar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan, tushunarli va sara asarlar quyidagi yoʻnalishlarda nashr etiladi:
Amaliy mantiq
Tanqidiy fikrlash
Ijodiy va tizimli fikrlash
Turkum doirasida chop etilishi rejalangan ilk kitoblar qaysilar?
“Asl intellekt” turkumini o‘qish, o‘rganish, fikrlash madaniyatini shakllantirishda poydevor boʻla oladigan uchta muhim asar bilan boshlashga qaror qildik:
Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?”
Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi.
Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati”
(A Rulebook for Arguments
). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir.
Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash”
(
Thinking in Systems
) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan vaziyatlarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.
“Asl intellekt” shunchaki kitoblar turkumi emas. Bu o‘z fikriga ega, dalil bilan mulohaza yurita oladigan, teran o‘qiydigan va mustaqil qaror qabul qiladigan insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan loyiha.
Bugungi sun’iy intellekt davrida asl ustunlik texnologiyadan foydalanishda emas, balki uni ongli boshqara oladigan kuchli tafakkurni shakllantirishdadir. Mazkur turkum ana shu yo‘lda sizning ishonchli hamrohingiz bo‘lishiga umid qilamiz.

September 04, 04:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kitob o‘qimay qo‘ygan jamiyat qanday o‘zgaradi? — Ilm, tarbiya va ziyolilik haqida suhbat
Kitob o‘qishdan voz kechgan jamiyatning kelajagi qanday bo‘ladi? Insonga yaxshi yashash uchun faqat kasbiy bilimning o‘zi yetarlimi? Gumanitar fanlar, badiiy adabiyot va falsafa jamiyat hayotida qanday o‘rin tutadi?
Ilk suhbatda iqtisodchi Jamshid Muslimov va shifokor Odilxon Alimxonov noshir va faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev bilan kitobxonlik madaniyati, ilmga munosabat va bola tarbiyasi haqida suhbatlashdi.
Suhbat davomida bolalar va kattalarning kitob o‘qishga qiziqishi nega pasaygani, ota-onaning farzand taʼlimidagi o‘rni, kasbiy bilim bilan umumiy bilim o‘rtasidagi farq, aniq va gumanitar fanlarning ahamiyati, jamiyatdagi etik standartlar hamda «yaxshi hayot kechirish uchun yaxshi o‘qishning o‘zi yetarlimi?» degan savollar muhokama qilindi.
PS: Podkastning maqsadi — ilm, kitobxonlik va tafakkur madaniyati haqida ochiq suhbatlar orqali jamiyatda intellektual muhitni
kuchaytirish
.
📹
TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING

September 04, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Китоб ўқимай қўйган жамият қандай ўзгаради? — Илм, тарбия ва зиёлилик ҳақида суҳбат
Китоб ўқишдан воз кечган жамиятнинг келажаги қандай бўлади? Инсонга яхши яшаш учун фақат касбий билимнинг ўзи етарлими? Гуманитар фанлар, бадиий адабиёт ва фалсафа жамият ҳаётида қандай ўрин тутади?
Илк суҳбатда иқтисодчи Жамшид Муслимов ва шифокор Одилхон Алимхонов ношир ва файласуф Хуршид Йўлдошев билан китобхонлик маданияти, илмга муносабат ва бола тарбияси ҳақида суҳбатлашди.
Суҳбат давомида болалар ва катталарнинг китоб ўқишга қизиқиши нега пасайгани, ота-онанинг фарзанд таълимидаги ўрни, касбий билим билан умумий билим ўртасидаги фарқ, аниқ ва гуманитар фанларнинг аҳамияти, жамиятдаги этик стандартлар ҳамда «яхши ҳаёт кечириш учун яхши ўқишнинг ўзи етарлими?» деган саволлар муҳокама қилинди.
PS: Подкастнинг мақсади — илм, китобхонлик ва тафаккур маданияти ҳақида очиқ суҳбатлар орқали жамиятда интеллектуал муҳитни
кучайтириш
.
📹
ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ