Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)

sukutsaqlama
18+. Ўзбекистонда зўравонликка қарши лойиҳа. https://www.facebook.com/SukutSaqlama/ Ҳикоянгизни аноним юборинг: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
Subscribers
2 000
24 hours
-3
30 days
-22
Post views
216
ER
10,8%
Posts (30d)
57
Characters in post
1 729
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
October 25, 13:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qadrli obunachilar!
24-oktabr kuni Navoiy shahrida
NeUyat
festivali doirasida psixolog Maftuna Omonullayeva bilan metaforik assotsiativ kartalar bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar metaforik kartalar yordamida o‘z tuyg‘ularini tadqiq etdilar, shaxsiy tajribalariga nazar soldilar hamda ichki resurslarini topishga harakat qildilar. Ushbu uchrashuv bir lahzaga to‘xtab, o‘ziga quloq tutish va odatiy vaziyatlarga boshqacha nigoh bilan qarash imkonini berdi.
Mahorat darsi uchun Maftunaga hamda ochiqligi va jarayonga faol kirishgani uchun barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Loyiha Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
#SukutSaqlama
#NeUyat26
#NeUyat
#Navoiy

October 24, 10:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 23, 16:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

AQSHda voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda aybdor deb topilgan 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shavkat Abshukurovga hukm o‘qildi. Sud unga 25 yildan 30,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat 2019-yilda sodir etilgan, deb xabar bermoqda
Repost.uz
.
Yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan Sh. Abshukurov 2019-yilda yo‘l yoqasidan 13 yoshli qizni mindirib olgan. So‘ngra uni yuk mashinasining orqa qismiga g‘arazli yo‘l bilan olib o‘tib, jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan. Shundan so‘ng erkak jabrlanuvchini yaqin atrofdagi yuk mashinalari to‘xtash joyida tushirib qoldirgan.
2026-yilning avgust oyida Maxoning okrugi hakamlar hay’ati erkakni ayblovning barcha asosiy moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi. Ular orasida ikkita nomusga tegish (zo‘rlash) epizodi, voyaga yetmagan shaxs bilan noqonuniy jinsiy aloqa qilishning ikkita epizodi, fahsh harakatlar sodir etishning ikkita epizodi va odam o‘g‘irlashning bitta epizodi bor.
Hukmga kiritilgan maxsus qo‘shimchada hakamlar hay’ati og‘irlashtiruvchi holatni ham aniqladi: jinoyat sodir etilgan vaqtda sudlanuvchi jabrlanuvchidan kamida 10 yoshga katta bo‘lgan.
Dastlab Abshukurovga nisbatan yettita modda bo‘yicha ayblov ilgari surilgan edi, jumladan jinsiy maqsadda odam o‘g‘irlash (birinchi darajali jinoyat). Erkak o‘z aybini tan olmadi.
Okrug prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tayinlangan jazo ushbu ish bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori (maksimal) jazodir.
Shuningdek, sud Abshukurovni shtatda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha eng qat’iy talablar qo‘yiladigan jinsiy jinoyatchilar qatoriga kiritdi. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng, u umrining oxirigacha har 90 kunda yashash joyi bo‘yicha sherifda ro‘yxatdan o‘tib turishga majbur bo‘ladi.
Bunday jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslar mamlakatimizni uning tashqarisida namoyon etayotgani, O‘zbekiston nomi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqidagi hikoyalar yonida tilga olinayotgani uyatli holatdir. Bunday qilmishlar mamlakat obro‘siga putur yetkazadi va xaqli e’tiroz hamda g‘azabni keltirib chiqaradi.
Hech bir mamlakat zo‘ravonlik bilan bog‘lanishga loyiq emas. Lekin kattalarning qurboniga aylanayotgan bolalar bunga ayniqsa loyiq emaslar.
Zarya Ergasheva
#SukutSaqlama
#bolalar

October 23, 11:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tasavvur qiling, siz deputatsiz va to‘y taklifnomasini oldingiz. Yorqin gullar, qiya yozilgan harflar, flomasterda chizilgan rasmlar... Lekin bu mitti bolaning to‘yiga taklifnoma va uni bolaning o‘zi chizgan.
«BMT-Ayollar» (UN Women) tashkilotining Pokistondagi «Bolalarning to‘y taklifnomalari» kampaniyasi shunday ko‘rinishda taqdim etilfi.
Ushbu mamlakatda to‘y taklifnomalari
shaxsan
topshiriladi. Oilalar uchun bu juda muhim marosimdir. Kampaniya mualliflari ushbu an’anani qonun ijodkorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish vositasiga aylantirishdi.
5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘nlab qizaloqlar o‘zlarining to‘ylariga taklifnomalar
chizishdi
. Ulardan biri allaqachon
kelinchak
bo‘lgan. Usbu rasmlardan oltita otkritka tayyorlandi — mamlakatning har bir hududi uchun bittadan — va Milliy majlis (parlament) a’zolariga topshirildi.
Qizaloqlar rasmlarni bolalarcha beg‘uborlik bilan chizishgan edi. Otkritkalardan birida to‘y yakshanba kuniga belgilangan edi, chunki dushanba kuni «kelin» maktabga borishi kerak edi. Ushbu kichik detal bolalik va nikoh o‘rtasidagi ziddiyatni juda yaqqol ko‘rsatib berdi.
YUNISEF
ma’lumotlariga
ko‘ra, Pokistonda qariyb 19 million ayol 18 yoshga gacha turmushga chiqqan. Erta nikohlar qizlarni o‘qish va o‘z kelajagini mustaqil tanlash imkoniyatidan mahrum etadi, erta homiladorlik esa salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Homiladorlik va tug‘ruq asoratlari 15–19 yoshdagi qizlar o‘limining asosiy sabablaridan biridir.
Deputatlar ushbu kampaniyaga tezda munosabat bildira boshlashdi. Ular qo‘llarida taklifnomalarni tutgan holda videolar yozib olishdi va bolalar nikohiga qarshi ochiqchasiga chiqish qilishdi. Kampaniya 25 milliondan ortiq insonni qamrab oldi. Parlament majlisida deputatlar nikohning eng kichik yoshini 18 yosh etib belgilashni talab qilib, ushbu otkritkalarni yuqoriga ko‘tarishdi.
Kampaniya xarajati 1500 dollardan kamroqni tashkil etdi va u 2024-yilda «Kann sherlari» xalqaro festivalining Gran-prisini qo‘lga kiritdi.
O‘shandan beri Pokistonda eng kichik nikoh yoshini 18 yoshga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Biroq, qonunchilik hududlarga qarab farq qiladi, ayrim normalar esa sudlarda e’tirozga uchramoqda. Shuning uchun bolalar nikohiga qarshi kurash hali yakunlangani yo‘q.
Ba’zan muammoga e’tibor qaratish uchun katta mablag‘ talab etilmaydi. Kattalarga ular ko‘rmaslikka o‘rganib qolgan narsani ko‘rsatishning o‘zi kifoya. Ushbu holatda — kelin hali shunchaki bola ekanligini ko‘rsatish.
A. Kurmichkina tayyorladi
#SukutSaqlama
#BolalarHuquqlari

October 23, 10:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Navoiyda "NeUyat"ni ochamiz!
​Soat 18:30 da "San'at galereyasi"da (park yonida) O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston ayol rassomlarining asarlari namoyish etiladigan ko‘rgazma ochiladi.
​Bugun, 23-oktabr
18:30 - ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o'tadi.
​
📍
"San'at galereyasi",
mo‘ljal: 1-sonli ichki ishlar bo‘limi, Navoiy shahri
​18+ | Kirish bepul
​Galereya dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
​Ko‘rishguncha!
​Loyiha Shveysariyaning O‘zbekistdagi Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
​
#NeUyat26
#NeMolchiUz
#NeUyat

October 23, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sud binosi oldidagi tahdidlar va hujum: Navoiydagi bolaga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha yangi tafsilotlar
​Avvalroq Navoiy viloyatida 19 yoshli S.Yusupov 13 yoshli qizni aldov yo‘li bilan chaqirib olib, uni nomusiga tekani haqidagi shov-shuvli ish haqida
yozgan
edik. Birinchi instansiya sudi uni 15,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan edi. Biroq sudlanuvchi tomon apellyatsiya shikoyati berdi va sud jinoyat sodir etilganidan bir yil o‘tib, takroriy sud-tibbiylik ekspertizasini tayinladi.
​Qizcha takroriy ekspertizadan o‘tishni rad etganiga qaramay, u baribir o‘tkazildi, lekin tibbiy ko‘riksiz — bola bilan suhbat shaklida bo‘ldi. Ekspertlar jabrlanuvchining ruhiy holati va ko‘rikdan o‘tishni xohlamaganini e’tiborga olishdi.
​17-oktabr kuni apellyatsiya instansiyasi sudining yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi. Biroq voqea bu bilan tugamadi. Sud binosidan chiqish joyining o‘zidayoq sudlanuvchining qarindoshlari jabrlangan qizning onasi va uning advokatiga hujum qilishdi.
​«Bugun oxirgi sud bo‘ldi va hukm o‘zgarishsiz qoldi. Lekin advokat bilan sud binosidan chiqqanimizda, sudlanuvchining qarindoshlari bizga hujum qilishdi. Ular qizimni maktabdan haydatish bilan qo'ritib, uni haqoratlab, go‘yo u "buzuq" deb tuhmat qilishdi. Shuningdek, ular sud qarori uchun advokatimizni haqoratlab, urishdi. Ular butun shahar bo‘ylab, maktabda va ishda ma’lumotlarni tarqatishga ulgurishdi. Men barcha haqiqatni bilishini va ularning hayoliga ham bizga tahdid qilish fikri kelmasligini xohlayman», — deb so‘zlab berdi jabrlanuvchining onasi.
​Jabrlanuvchilarga tahdid qilish, bolaga tazyiq o‘tkazish, obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, o‘z kasbiy burchini bajarayotgan advokatga nisbatan jismoniy kuch ishlatish — bu jinoiy va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan qo‘pol huquqbuzarliklardir.
​
Nemolchi.uz
loyihasi ushbu vaziyatni kuzatishda davom etadi va Navoiy viloyati huquq-tartibot organlarini sudlanuvchining qarindoshlari harakatlariga huquqiy baho berishga hamda ularni hujum va tahdidlar uchun javobgarlikka tortishga chaqiradi.
​
#SukutSaqlama
#Bolalar
#AdolatTalabEtamiz

October 22, 18:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Isajon Sultonning “Ma’suma” romani — özbek adabiyotidagi an’anaviy ayol obraziga butunlay yangiça, ayol erki va şaxsiyati prizmasidan qaraş imkonini beruvchi asardir.
Roman markazida turgan Ma’suma obrazi — şunçaki taqdir zarbalariga jimgina çidaydigan, patriarxal tizimning mute qurboni emas. U jamiyat tomonidan ayollar zimmasiga yuklangan asriy andişalar, qoliplar va ijtimoiy tazyiqlarga qaramay, özining içki pokligi, insoniy qadr-qimmati va ayollik munosabatini saqlab qoliş uçun kuraşgan ramzdir.
Asarni ayol huquqlari va ijtimoiy tenglik ruhida tahlil qilganda, quyidagi muhim jihatlar közga taşlanadi:
Sukunat isyoni: Ma’sumaning taşqi körinişdagi vazminligi va sabri — ojizlik emas. Bu uning öziga nisbatan qilinayotgan adolatsizliklarga, erkaklar hukmron bölgan dunyoning şafqatsiz qonunlariga qarşi içki, ma’naviy isyonidir.
Mustaqil şaxsiyat sifatida namoyon böliş: Muallif qahramonni atrofdagi erkaklar kutganidek "itoatkor yoki zaifa" qolipida emas, balki mustaqil fikrlovchi, öz og‘riqlarini anglajon va içki dunyosi erkaklar irodasidan ustun bölgan şaxs sifatida tasvirlaydi.
Körinmas mehnat va qadrsizlik: Romanda ayol kişining ruhiy keçinmalari, oila va jamiyat uçun qilgan körinmas fidoyiliklari hamda bu mehnatning tizim tomonidan kamsitilişi ijtimoiy muammo sifatida oçiq körsatib berilgan.
“Ma’suma” — ayol kişining öz huquqlari va şaxsiyati uçun kuraşida eng katta kuç uning özligi va ma’naviy qat’iyatida ekanini isbotlovchi, bugungi özbek jamiyatidagi gender tengligi muammolariga hamohang kuçli asardir.
#SukutSaqlama
#KitobTavsiya

October 22, 10:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Nega qochmading?», «Nega gapirmading?», «Nega qarshilik ko‘rsatmading?»
Ehtimol, zo‘ravonlikni boshidan kechirgan va hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsa ham ushbu savollarni eshitmagan ayolning o‘zi bo‘lmasa kerak. Ba’zan bu savollar yanada shafqatsizroq yangraydi: jabrlanuvchining o‘zi o‘sha soniyalarda nega «to‘g‘ri» tanlov qilmaganini tushunishga urinib, o‘z-o‘ziga shu savollarni beradi.
Inson zo‘ravonlik, shilqimlik yoki tahdidga duch kelganida, ko‘pincha undan muayyan bir reaksiya kutiladi: qochib ketish, baqirish, yordamga chaqirish yoki faol qarshilik ko‘rsatish kerakdek tuyuladi. Ammo xavf-hatar vaziyatida asab tizimi mutlaqo boshqacha munosabat bildirishi mumkin.
Xavfga nisbatan bir nechta avtomatik (ixtiyorsiz) reaksiyalar mavjud:
ur, qoch, qotib qol va taslim bo‘l.
Ular inson ojiz, aqli past yoki sodir bo‘layotgan hodisaga rozi bo‘lgani uchun paydo bo‘lmaydi. Bu — xavf-xatarga bardosh berishning ixtiyorsiz (instinktiv) usullaridir.
Qotib qol (Freeze)
— badan harakatdan to‘xtaganda
Bu — jabrlanuvchini ayblash uchun juda tez-tez bahona qilinadigan reaksiyalardan biridir.
Masalan:
Nodira kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Qorong‘i tor ko‘chada unga noma’lum kishi yaqinlashadi, tahdid qila boshlaydi va unga qo‘l tegizadi. Nodira baqirmaydi ham, qochishga ham urinmaydi. U qotib qoladi va sodir bo‘layotgan hodisa tugashini kutadi.
Bunday reaksiya miya vaziyatni o‘ta xavfli deb qabul qilganida avtomatik ravishda yuzaga kelishi mumkin. Inson harakat qilishga, gapirishga yoki biror qaror qabul qilishga qodir emasligini his qilishi mumkin. Bu rozilikni anglatmaydi va bu ongli tanlov emas.
Shuning uchun
«Nega u qarshilik ko‘rsatmadi?»
degan savol ayol bilan nima sodir bo‘lganini ko‘rsatmaydi. U faqatgina jamiyat xavf-xatar paytida insondan nimalarni kutishini namoyon etadi, xolos.
Aytganiga ko‘n (Fawn)
— xavfni kamaytirishga urinish
Bu reaksiya haqida kamroq gapiriladi. U inson tajovuzkorni tinchlantirishga, u bilan kelishishga yoki keyingi zo‘ravonlik xavfini kamaytirish uchun imkon qadar bosiq va muloyim tutishga urinayotganida namoyon bo‘ladi.
Bolaligidanoq ko‘plab qizlarga xushmuomala bo‘lish, nizoga bormaslik va qaltis vaziyatlarni yumshatish o‘rgatiladi. Ammo tahdid daqiqalarida bu odat avtomatik reaksiyaga aylanishi mumkin.
Masalan:
Rahbari Diloromning tizzasiga qo‘lini qo‘yadi va ma’noli iltifot qiladi. Dilorom asabiy ravishda kulib yuboradi, xushmuomalalik bilan hazil aralash javob beradi va sekingina o‘zini chetga olishga urinadi.
Keyinchalik Dilorom o‘zini ayblashi mumkin:
«Nega kuldim? Nega hech narsa demadim? O‘zim bahona beribman-ku».
Lekin asabiy kulgi, xushmuomalalik yoki vaziyatni hazilga burishga urinish rozilikni anglatmaydi. Ba’zan inson shu yo‘l bilan boshqa odamning tajovuzini pasaytirishga va o‘zi uchun minimal xavf bilan xatardan chiqib ketishga urinadi.
Shuning uchun
tabassum, sukut yoki qarshilikning yo‘qligini avtomatik ravishda rozilik deb qabul qilish mumkin emas.
Inson zo‘ravonlikka «to‘g‘ri» munosabat bildirishga majbur emas. Uning asab tizimi o‘zi nazorat qila olmaydigan reaksiyani tanlashi mumkin.
Boshqa ikki reaksiya — «urish» va «qochish» haqida keyingi postda so‘z yuritamiz.
Rina Ergasheva
#SukutSaqlama

October 21, 12:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 21, 10:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

MAHORAT DARSI | NeUyat
Metaforik assotsiativ kartalar: o‘zingiz bilan uchrashuv
Sizni psixolog Maftuna Omonullayeva bilan o‘tkaziladigan mahorat darsiga taklif etamiz! Unda metaforik assotsiativ kartalar yordamida o‘z tuyg‘ularingizni tadqiq qilishingiz, o‘zingizni chuqurroq tushunishingiz va ba’zan so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan kechinmalaringizga e’tibor qaratishingiz mumkin bo‘ladi.
Xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda ishtirokchilar ichki qarashlar ustida ishlashlari, shaxsiy manbalarini topishlari hamda odatiy vaziyatlarga boshqacha nigoh bilan qarashlari mumkin.
📅
24-oktabr
⏰
14:00
📍
Navoiy shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 412-uy, «Kimyogar» MFY
Ishtirok etish bepul.
Loyiha Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
#NeUyat26
#NeUyat
#SukutSaqlama
#NeUyatNavoiy