Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)

sukutsaqlama
18+. Ўзбекистонда зўравонликка қарши лойиҳа. https://www.facebook.com/SukutSaqlama/ Ҳикоянгизни аноним юборинг: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
Подписчики
1 976
24 часа
1
30 дней
-10
Просмотры
332
ER
16,8%
Посты (30д)
35
Символов в посте
2 504
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
September 10, 18:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romani o‘zbek adabiyotida xotin-qizlar fojiasini, ularning ijtimoiy arosatda qolganini eng shafqatsiz va go‘zal tarzda ochib bergan asardir
.
Roman markazida turgan Zebi obrazi shunchaki bir qiz timsoli emas, balki XX asr boshidagi huquqsiz, ovozsiz va o‘z taqdiriga o‘zi egalik qila olmaydigan o‘zbek ayolining umumlashtirilgan ko‘zgusidir. Muallif an’anaviy jamiyatda xotin-qizlarning qadr-qimmati qay darajada yerga urilganini ayovsiz fosh etadi.
Asarda ayol kishi mustaqil shaxs emas, balki faqat "mulk" va "buyum" sifatida ko‘riladi. Zebi o‘zining orzu-umidlari, bolalarcha beguborligi bilan yashayotgan bir paytda, uning fikri, ruxsati yoki xohishi mutlaqo so‘ralmasdan yoshi ulug‘ Akbarali mingboshiga to‘rtinchi xotin qilib uzatiladi. Erkaklar hukmron bo‘lgan ushbu ijtimoiy tuzumda qiz bolaning taqdiri faqat otasining irodasiga va jamiyatning qat’iy, adolatsiz qoliplariga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Mingboshi xonadonidagi hayot esa xotin-qizlarning bir-biriga raqib qilib qo‘yilishi va ularning o‘zaro nizo vositasida yanada ko‘proq ezilishini ko‘rsatadi. Kundoshlik balosi, uy ichidagi makr-hiylalar va erkak kishining ko‘nglini ovlash majburiyati ayollarning shaxsiy erkinligini butunlay yo‘qqa chiqaradi. Pirovarda, o‘z haq-huquqini anglamagan va himoya qila olmagan begunoh Zebi boshqalar tomonidan tayyorlangan fitna qurboniga aylanib, Sibir surguniga hukm qilinadi.
"Kecha va kunduz" o‘sha davr ayollarining ijtimoiy zanjirlardan uzilish, ilm olish va mustaqil yashash huquqiga bo‘lgan ehtiyojini ularning chekkan cheksiz azoblari orqali isbotlab bergan isyonkor asardir. Cho‘lpon Zebi fojiasi misolida o‘quvchida ayollarning xorlanishiga nisbatan chuqur norozilik va ularning jamiyatda teng huquqli shaxs sifatida tan olinishi kerakligi haqidagi qat’iy tushunchani uyg‘otadi.
#SukutSaqlama
#SukutSaqlamaKutubxonasi

September 08, 11:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qozog‘istonning «Qozog‘iston temir yo‘li» milliy kompaniyasi 1-oktyabrdan Olmaota-Toshkent-Olmaota yo‘nalishidagi poyezd tarkibida «ayollar vagoni» qatnovini
boshlaydi
. Bunday vagonga chiptalar faqat ayollarga sotiladi, ularga esa faqat ayol kuzatuvchilar xizmat ko‘rsatadi. Ayollar bilan birga 7 yoshgacha (7 yosh ham kiradi) bo‘lgan o‘g‘il bolalarning safar qilishiga ruxsat beriladi. Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, «ayollar vagoni» xizmati ichki yo‘nalishlarda katta talabga ega — undan allaqachon 946 mingdan ziyod yo‘lovchi foydalangan. Yangi vagonning ishga tushirilishi bilan bunday yo‘nalishlar soni 14 taga yetadi.
Nemolchi.uz
loyihasi asoschisi va rahbari Irina Matviyenko ushbu yangilikka
munosabat bildirdi
.
— Olmaota-Toshkent yo‘nalishida ayollar vagonining yo‘lga qo‘yilishiga nisbatan menda ikki xil munosabat bor. Bir tomondan, bu chorani tushunaman: Markaziy Osiyoda ayollar jamoat transportida:
avtobuslar
va
taksilarda
tez-tez shilqimliklarga duch keladi. Masalan, safarlarda men qo‘shimcha pul to‘lab bo‘lsa ham ayollar kupesini yoki hostellarda ayollar uchun mo‘ljallangan xonalarni tanlayman — bu men yaratmagan muhitdagi oqilona tanlovdir.
Biroq bunday tanlovning ham, umuman, gender segregatsiyasining ham salbiy jihati mavjud — uzoq istiqbolda u dunyoni xavfsizroq qilmaydi. Nazariyaga murojaat qilsak, Britaniyalik feminist-tadqiqotchi Maksin Molinyu amaliy va strategik gender manfaatlarini
ajratgandi
.
Amaliy manfaatlar
mavjud voqelik doirasida ayollar hayotining aniq sharoitlaridan kelib chiqadi.
Strategik manfaatlar
bo‘ysundirish tuzilmalarining o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan. Ayollar vagoni — aynan amaliy manfaatning ro‘yobga chiqishidir.
Amerikalik tadqiqotchi Vendi Braun davlat gender tengsizligiga diskriminatsiyani transformatsiya qilish va yo‘qotish mantig‘i orqali emas, balki proteksionizm mantig‘i orqali javob berishga moyilligini ko‘rsatib bergan. Braun yana bir paradoksga ishora qiladi:
gender segregatsiyasi orqali himoya qilish qurbon maqomini yanada mustahkamlaydi.
Ayollar vagonidagi ayol xavfsizlikda, chunki u tahdidlardan ajratib qo‘yilishi kerak bo‘lgan zaif shaxs sifatida taqdim etiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston Konstitutsiyalariga ko‘ra, ayol jamoat joylarida teng huquqlarga ega fuqaro ekani unutiladi.
Proteksionizm siyosiy jihatdan qulay: u erkaklar hukmronligini qayta ko‘rib chiqishni ham, haqiqiy institutsional o‘zgarishlarni ham talab qilmasdan, g‘amxo‘rlik ko‘rinishini yaratadi. «Ayollar vagoni» — proteksionistik choraning yaqqol namunasidir: davlat go‘yoki
«Biz sizni himoya qilyapmiz» deydiyu, ammo «Sizni kimdan himoya qilyapmiz? Nega aynan shunday himoya qilish kerak? Tahdid manbai bo‘lganlar nima bo‘ladi?»
degan savollarni o‘rtaga tashlamaydi.
Bu chora muammoning asl sababi bilan emas, balki uning simptomlari bilan kurashadi.
Jamoat transportida shilqimlik qilishga moyil bo‘lgan erkak, ayollar alohida vagonga ajratilgani sababli bu odatini tashlab qo‘ymaydi. Ayollar uchun vagon ishga tushirilishi haqidagi xabarlarni ko‘ryapman, lekin davlat bu muhitni o‘zgartirish uchun nima qilayotgani haqida yangiliklar ko‘rmayapman. Kuzatuvchilar va xavfsizlik xodimlari shilqimlikni aniqlash va unga qarshi chora ko‘rish bo‘yicha maxsus treninglardan o‘tdimi? Istalgan poyezd va vagonda shilqimlikka uchragan ayol uchun aniq va tushunarli shikoyat qilish tartibi mavjudmi? Bu tashabbus jamoatchilik orasida harassmentning qabul qilinishi mumkin emasligi bo‘yicha tushuntirish kampaniyasi bilan qo‘llab-quvvatlanishi rejalashtirilganmi? Va nihoyat, bunga nisbatan adekvat jazo qani?
Ushbu yo‘nalishda qatnaydigan ayollar muqobil tanlovga ega bo‘lganidan xursandman. Biroq bu imkoniyat transportdagi umumiy xavfsizlik bo‘yicha tizimli yondashuvning bir qismi bo‘lishini istardim. Yuqoridagi savollarga aniq javoblar va amaliy choralar ko‘rilmas ekan, tizimli islohotlar haqida gapirishga hali erta.
To‘liq matn
Gazeta.uz saytida
.
#SukutSaqlama
#gendernotenglik

September 04, 12:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 04, 11:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oddiy bolg‘ani olamiz, sopini bir-ikki santimetrga qisqartirib, pushti rangga bo‘yaymiz — qarabsizki, “ayollar uchun dastak” tayyor. Vazifasi o‘sha-o‘sha, materiali ko‘pincha yomonroq, lekin narxi nimagadir qimmatroq. ⠀
XX asr o‘rtalaridagi marketologlar bu masalani shunday hal qilishdi: ayol qo‘lining tuzilishi qandayligini yoki u uchun qanday og‘irlik/bosim qulayligini o‘rganish o‘rniga, ular tayyor “erkaklar mahsuloti”ni olib, unga bolalar xonasiga mos palitradan rang qo‘shib qo‘ya qolishdi. Hisob-kitob aniq edi: maishiy xaridlar bo‘yicha qarorlarning 80% igacha bo‘lgan qismini ayollar qabul qilishardi va ularni mahsulotni qayta loyihalashdan ko‘ra shu yo‘l bilan ko‘ndirish osonroq edi. Keng tarqalgan bu sxema barcha industriyalarga yoyildi.
“Ayollar uchun” otvyortka kichraytirilgan sop va yengillashtirilgan korpusga ega bo‘ladi — bunda ishlab chiqaruvchi ayolga professional mustahkamlikning keragi yo‘q degan qarorga keladi. Ushlash qulayligi, harakat amplitudasi, panjaga tushadigan yuklamaning taqsimlanishi kabi mavzular esa chetda qolib ketadi.
Pushti yoki binafsharang korpusdagi smartfon yoki smart-soatlar bazaviy model bilan bir xil gabaritlarda chiqadi. Erkaklar versiyasida kichikroq kaft bilan ushlash noqulay bo‘lgan ekran ayollar versiyasida ham noqulayligicha qoladi — rang ergoonomika masalasini faqat vizual tarzda “hal qiladi”. ⠀
1955-yilgi Dodge La Femme mashinasi o‘ylab chiqilgan o‘tirg‘ich va boshqaruv o‘rniga ayollarga maxsus bo‘limdagi lab bo‘yog‘i va salonning pushti qoplamasini taklif qilgan. “Ayollar uchun” moto-ekipirovka ham uzoq vaqt davomida tana vaznining boshqacha taqsimlanishi va biomexanikani hisobga olish o‘rniga shunchaki kichraytirilgan o‘lchamni taqdim etdi.
Hatto kanselyariya va bolalar uchun sport anjomlari ham bu qismatdan qutula olmadi: “qizlar uchun” pushti ruchkalar oddiylaridan hech ham yomonroq yozmaydi, lekin alohida liniya bo‘lib boshqa narxda sotiladi — qiz bolaga oddiy buyumning alohida, yumshoqroq varianti kerak degan g‘oyaning o‘zi yoshlikdanoq singdiriladi. ⠀
Bo‘yoqning pushti qatlami ortida juda aniq xabar turadi: jiddiy narsalar — bu erkaklarning hududi, ayollarga esa uning kichraytirilgan va chiroyli nusxasi yetarli. Bu sxemaning xavfi rangda yoki qadoqda emas, balki u real ishning o‘rnini bosib qo‘yishidadir. Ishlab chiqaruvchi standart mahsulotni pushtiga bo‘yayotgan bir paytda, hech kim ayol tanasining instrument, avtomobil yoki himoya anjomlari bilan qanday ta’sirlashishi haqida ma’lumot yig‘maydi. Natijada, erkaklar biomexanikasiga moslab loyihalashtirilgan va shunchaki o‘lchami kichraytirilgan moto-ekipirovka yiqilganda yomonroq himoya qiladi. Avtomobil krash-testlari o‘n yillar davomida o‘rtacha erkak manekeniga mo‘ljallangan va aynan shu sababli zarba kuchi bir xil bo‘lgan avariyada ayollarda og‘ir jarohatlar olish xavfi statistik jihatdan yuqoriroq.
Ushbu sxemadagi “pushti soliq” – xato emas, balki mantiqiy oqibatdir: e’tiborga olinganini his qilish huquqi uchun ayol kishi, garchi uning ehtiyojlari obyektini hech kim o‘rganmagan bo‘lsa ham, ko‘proq to‘laydi. Haqiqiy muqobil — eskisini boshqa rangga bo‘yash emas, balki yangisini loyihalashdir: antropometriya, ushlash qulayligi, vazn taqsimoti, foydalanishning real tajribasini hisobga olgan holda. Female-Centric Design va Gender-Neutral Design aynan shu tomonga qarab harakatlanmoqda, lekin hozircha bu industriya standarti emas, balki istisnodir. ⠀
Minimizary

#SukutSaqlama
#gendertengsizligi

September 04, 08:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Onam juda qattiq kaltaklangan edi: yuzining deyarli yarmi ko‘kargan, butun yuzi ko‘kargan va ishib ketgan edi”
, — deya xabar berdi
Nemolchi.uz
tahririyatiga murojaat qilgan ayol. Onasini o‘g‘li shafqatsizlarcha do‘pposlaganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘pposlagandan so‘ng akasining o‘zi tez yordam chaqirgan. Hozirda ayol reanimatsiyada, shifokorlar unga zarur yordamni ko‘rsatishmoqda, ammo ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Jabrlanuvchida bosh miya gipoksiyasi aniqlangan. U zorg‘a gapirib, o‘rindan mustaqil ravishda deyarli tura olmaydi.
Qizning aytishicha, u 102 raqamiga murojaat qilgan, lekin unga hujjatlar bo‘yicha u qiz hisoblanmasligini, chunki onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilganini bildirishgan. Shunga qaramay, u bugungi kunda deyarli har kuni onasidan xabar olmoqda, tagliklar sotib olmoqda va davolanish bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan, vaholanki uning o‘ziga ham bu oson kechmayapti. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, akasi tez-tez spirtli ichimlik ichib turgan va sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng uni 15 sutkaga qamoqqa olmoqchi bo‘lishgan, ammo ertasi kuniyoq qo‘yib yuborishgan. Buni sudyaning bayram kunlariga chiqqani bilan tushuntirishgan.
Yunusobod tumani IIO FMB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgani haqida hisobot berib, nafaqaxo‘r ayol tushlik vaqtida o‘z ehtiyotsizligi orqasida o‘z uyida yiqilib tushganini ma’lum qildi. Ular o‘g‘ilning uydaligi va balkonda qadam tovushlarini eshitgani haqidagi versiyasiga tayanisgan. So‘ng u onasining yiqilganini ko‘rib, uni ko‘targan va tez yordam chaqirgan. U urmaganini aytgan, shuningdek, onasi ichib turishi va tez-tez yiqilishini ta’kidlagan. Vaholanki, qiz va qo‘shnilar qishdan beri ayoldan spirtli ichimlik hidi kelmaganini aytishmoqda.
Organlar shoshilinch xizmatlarni chaqirgan shifokor ayolni o‘z farzandi urganini ma’lum qilganini e’tiborsiz qoldirishgan. Aslida, faqat potentsial tajovuzkorning versiyasiga tayanib, 31-avgust kuni Yunusobod tumani IIO FMB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan. Nafaqaxo‘r ayol hamon reanimatsiyada, u qiyinchilik bilan gapiradi – asosan bosh silkitadi yoki “ha”, “yo‘q” deydi.
Nemolchi.uz
Bosh prokuraturaga murojaat qilganidan so‘ng, tuman prokuraturasi nazorat tartibida ish materiallarini o‘rgandi. 2-sentabr kuni ular jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorni bekor qilishdi. Hozirda tekshiruv qaytadan o‘tkaziladi.
Huquq-tartibot organlarining barcha mumkin bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilmasdan vaziyatga loqaydlik bilan yondashgani va ishni yopgani xavotir uyg‘otadi. Yunusobod tumani IIO FMBning avgust oyida ishni olib borish va yopishga aloqador bo‘lgan har bir xodimini tekshirish zarur. Ular yana qancha jinoyatlarni xas-po‘shlagan bo‘lishi mumkinligini kim biladi... Tuman prokuraturasi bu masala bilan shug‘ullanadi degan umiddamiz.
#SukutSaqlama
#AdolatTalabEtamiz

August 31, 12:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Men Turkiya fuqarosiga turmushga chiqdim va Turkiyada yashab keldik. Bu inson o‘zini nazorat qila olmaydigan asabiy odam ekanligini keyin bildim. Menga homiladorlik paytimda yegim kelganlarni olib bermay, o‘zim tashqariga chiqib kelsam janjal qilardi. Meni yolg‘iz tashlab qo‘ygan, qo‘rqitgan, o‘ldirishini aytgan. Uning to‘pponchasi borligi uchun undan qo‘rqib yashaganman.
Kichikligimdan odamlarning burnini sindirganman deydi. Bolam 3 oylik paytida uning ruxsati bilan O‘zbekistonga keldim va qaytib bormadim. Endi mendan bolani olib ketdi, deb shikoyat qilgan va ajrimga bergan. Hozir bolam 12 oylik, men qanday yo‘l tutishim kerak?
=============
Sukut
saqlama.uz
ga kelgan maktublardan. Siz ham o‘z hikoyangizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin:
https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
‼️
Hurmatli anonim, yuristlarimizga (
@nemolchilaw_bot
)
Telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin, ular sizga yordam berishadi.
____
___
#SukutSaqlama
#O‘quvchilardan

August 31, 11:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilgari o‘zbek ayolining kiyimiga qarab nafaqat uning yoshi, balki oilaviy ahvoli va hatto ba’zan qaysi hududdan ekanligini ham aniqlash mumkin bo‘lgan. Libosning har bir elementi o‘z ma’nosiga ega edi.
Ayollar garderobining asosini uzun va keng ko‘ylak tashkil etgan. XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida u bichimi bo‘yicha erkaklar kiyimini eslatardi, ammo uzunroq va yenglari kengroq edi.
Yoqa alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Tik yoqani ko‘pincha turmushga chiqqan ayollar kiyishgan, chunki bu chaqaloqni emizish uchun qulay edi. Yotiq yoqa esa turmush qurmagan qizlarda, ba’zi hududlarda esa birinchi farzandi tug‘ilguncha yosh ayollarda uchragan.
Vaqt o‘tishi bilan ko‘ylak bichimi o‘zgarib bordi. Sekin-asta old qismi ochiq yangi modellar, keyinchalik esa ko‘krak qismi ko‘ketkali (ko‘krakdor), burmali va qaytarma yoqali ko‘ylaklar paydo bo‘ldi.
Milliy libosning ajralmas qismi lozim bo‘lgan. Uning shakli deyarli o‘zgarmagan, faqat matolari va ranglari o‘zgarib turgan. Yosh qizlar odatda yorqin ranglarni, yoshi katta ayollar esa bosiqroqlarini kiyishgan.
Ustki kiyimlar orasida eng keng tarqalgani chopon va kaltacha edi. Kundalik kiyimlar mahalliy matolardan tikilgan, kelinchaklar va bayramona holatlar uchun esa qimmatbaho shoyi hamda nimshoyi matolardan foydalanilgan.
O‘zbek ayollarining an’anaviy libosi yoshini, oilaviy ahvolini, turmush darajasini va mamlakatning turli hududlariga xos xususiyatlarni aks ettirgan. Bugungi kunda uning ko‘plab elementlari — atlas, adras, choponlar va milliy kashtachilik yana ommalashib, tarix va zamonaviy moda o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlagan holda zamonaviy dizaynerlarni ilhomlantirmoqda.
Milena tayyorladi
#SukutSaqlama

August 27, 16:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Agar siz an’anaviy o‘zbek oilasida asrlar davomida shakllangan gender qoliplaridan charchagan bo‘lsangiz, ayol erkinligi va huquqlari tizimli ravishda qanday yo‘q qilinganini tushunmoqchi bo‘lsangiz, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» (1920-yillar) romaniga mutlaqo boshqacha — fem-optika prizmasidan qayta qarashingiz kerak.
Ko‘pchilik bu asarni shunchaki «buyuk sevgi qissasi» deb biladi. Ammo bu kitob aslida o‘z davridagi feodal-patriarxal tuzumning ayol shaxsiyatiga, uning orzu-istaklari va tanlov huquqiga ko‘rsatgan ayovsiz tazyiqi haqidagi o‘tkir ijtimoiy dramadir. Jamiyat va ota-onalar ambitsiyasi ikki yosh ayol — Kumush va Zaynabning hayotini qafasga soldi va ularni bir erkak atrofida fojiali to‘qnashuvga majbur qildi.
Kitob o‘zbek adabiyotida xotin-qizlar taqdiri misolida erkak hukmronligi va undan kelib chiquvchi fojialarni fosh etuvchi eng kuchli asarlardan biridir. Muallif Kumushbibi, Zaynab va Otabekning onasi O‘zbek oyim obrazlari orqali patriarxatning turli qirralarini ochib beradi.
«Qurbon qilingan ayol» arxetipi:
Romanda Kumush shunchaki go‘zal va itoatkor kelin emas, u patriarxal qarorlarning birinchi qurbonidir. Ota-onasining xohishi, jamiyatning ko‘p xotinlilik (kundoshlik) do‘zaxi va ayol kishi o‘z taqdirini o‘zi belgilay olmasligi uning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ladi. Uning fojiasi — o‘z ovozidan va huquqidan mahrum etilgan ayol ruhiyatining sinishidir.
Sun’iy raqobat va manipulyatsiya
: Tizim Kumush va Zaynabni bir-biriga dushman qilib qo‘yadi. Aslida esa har ikki ayol ham bitta zolim tuzumning — ayolni faqat erkakka xizmat qiluvchi obyekt deb biladigan jamiyatning qurbonlaridir. Zaynabning ruhiy kasallikka chalinishi va jinoyatga qo‘l urishi — majburiy nikoh, sevgisizlik va jamiyatning «xotinlik majburiyati» formulasiga qarshi ichki ruhiyatning isyoni edi.
Patriarxatni quvvatlovchi ayollar:
O‘zbek oyim obrazi orqali Qodiriy juda muhim narsani ko‘rsatadi: patriarxat faqat erkaklar tomonidan emas, balki shu tizim ichida o‘z qadrini yo‘qotgan va endi boshqa ayollarni ham ezish orqali hokimiyatga erishmoqchi bo‘lgan ayollar tomonidan ham davom ettiriladi. O‘zbek oyimning o‘g‘lini majburlab uylantirishi — an’analar qafasidagi ayolning o‘zgalar erkinligini bo‘g‘ishidir.
«O‘tkan kunlar» — bu shunchaki o‘tmish ertagi emas. Bu bugun ham oramizda yashayotgan, majburan turmushga berilayotgan, kundoshlik va oilaviy tazyiqlar ostida o‘zligini yo‘qotayotgan yuzlab ayollarning ovozsiz nolasi va ijtimoiy haqiqati aks-sadosidir.
#SukutSaqlama
#SukutSaqlamaKutubxonasi

August 27, 12:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Dismenoreya — bu og‘riqli hayz ko‘rishning tibbiy atamasi bo‘lib, u ikki turga bo‘linadi.
Birlamchi dismenoreya
— bu kichik chanoq a’zolarining biror-bir kasalligi bilan
bog‘liq bo‘lmagan
og‘riqdir. U odatda o‘smirlik yoshida, hayz ko‘rish boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay paydo bo‘ladi va uning sababi — bachadonning me’yordan ortiq qisqarishiga majbur qiluvchi moddalarning ortiqcha ishlab chiqarilishidir. Bu eng keng tarqalgan ginekologik shikoyatdir. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hayz ko‘radigan ayollarning 50 foizidan 90 foizigacha bo‘lgan qismi og‘riqli hayz sikliga uchraydi, 5–10 foizida esa og‘riq shunchalik kuchli bo‘ladiki, ishlash yoki o‘qishga
xalaqit beradi.
Ikkilamchi dismenoreya
— bu aniq tashxis qo‘yilgan kasallik: endometrioz, bachadon miomasi, kichik chanoq a’zolaridagi yallig‘lanish jarayonlari, adenomioz, endometriy poliplari yoki tuxumdonlar polikistozi sindromi tufayli
kelib chiqadigan
og‘riqdir. U ko‘pincha kechroq, voyaga yetgandan keyin
paydo bo‘ladi
va shunchaki og‘riqsizlantirishni emas, balki asosiy kasallikni davolashni talab qiladi.
Aynan ikkilamchi dismenoreyani — ya’ni tasdiqlangan tashxisga ega og‘riqni Ispaniya, Portugaliya va Chernogoriya qonunchiliklari ta’til berish uchun asos deb tan oladi.
Ikkilamchi dismenoreya — bu ta’til “ishga borishni xohlamaydigan barcha uchun” ixtiyoriy imtiyoz bo‘lib ko‘rinmasligi uchun rasman qayd etilishi kerak bo‘lgan kengroq salomatlik muammosining alomatidir. Tashxis tibbiy ma’lumotnoma bilan tekshirish mumkin bo‘lgan xolis mezonni beradi, bu esa davlat uchun imtiyozni boshqarishni hamda susiste’molliklarning oldini olishni osonlashtiradi.
Biroq, ushbu yondashuvning bir tomoni bor va bu haqda bunday qonunlarni qabul qilgan mamlakatlarning o‘zidagi tadqiqotchilar va huquqshunoslar ochiq gapirishmoqda. Muammo shundaki, ikkilamchi dismenoreya tashxisini qo‘ydirish ko‘ringanidek oson va tez kechmaydi. Masalan, ikkilamchi dismenoreyaning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bo‘lmish endometrioz uchun alomatlar paydo bo‘lishi va tashxis qo‘yilishi o‘rtasidagi o‘rtacha muddat 6,6–7 yilni
tashkil etadi,
ba’zi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 10–11 yilgacha boradi.
Sabablari turlicha: ayollar yillar davomida og‘riqni “normal hayz ko‘rish”ga yo‘yishadi, shifokorlar har doim ham zarur ko‘riklarga yuborishmaydi, diagnostikaning o‘zi esa (masalan, endometriozni tasdiqlash uchun laparoskopiya) hamma joyda ham mavjud emas.
Yillar davomida tashxis qo‘ydirishga imkoniyati (puli, vaqti, mutaxassisga murojaat qilish imkoni) bo‘lmagan, birlamchi dismenoreyadan aziyat chekayotgan ayol — rasman tasdiqlangan tashxisga ega ayoldan farqli o‘laroq, yuridik jihatdan ta’til olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Ya’ni, ayollar og‘rig‘ini tan olish uchun o‘ylab topilgan qonun amaliyotda ayollarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilishiga xalaqit berayotgan tibbiyotga kirishdagi o‘sha tengsizlikni qayta hosil qilishi mumkin.
Ushbu tanqidning kengroq ko‘rinishi ham bor — bu "hayz ta’tili" g‘oyasining o‘ziga alohida kategoriya sifatida qarshi chiqishdir: tadqiqotchilar va faollarning bir qismi hayz ko‘rishni ta’til uchun alohida sabab qilib ajratish, aksincha, ayollarni kamroq ishonchli xodimlar degan stereotipni kuchaytirishi hamda ish beruvchilarni ishga qabul qilishda yashirin kamsitishga undashi mumkinligidan xavotirda. Muqobil yechim sifatida ba’zan soddaroq yo‘l
taklif etiladi
— alohida byurokratiya va aniq tashxisni isbotlash zaruratisiz, oddiy kasallik ta’tilini kuchli hayz og‘rig‘i hollariga ham tatbiq etish.
A. Kurmychkina tayyorladi
#SukutSaqlama

August 26, 14:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Men turmush o‘rtog‘im va qaynonam tomonidan uzoq vaqt davomida jismoniy va ruhiy tazyiqqa uchraganman.
Juda erta turmushga chiqqanman. Turmushning dastlabki kunlaridanoq qaynonamning doimiy tanqidi va bosimi ostida yashadim. Qaynonam «yaxshi sarpo qilmaganim»ni aytib, ko‘zimni ochirmasdi. Homiladorligim davomida ham og‘ir mehnat va ruhiy bosimdan aziyat chekdim. Farzandim rivojlanmay qoldi, tug‘ilgach, yashamadi. Bu fojiadan keyin ruhiy jihatdan juda og‘ir ahvolga tushdim, ammo oiladagi bosim davom etdi. Qaynonamga esa o‘g‘lini menga qarshi qayrash bilan band edi.
Keyinchalik men yana farzandli bo‘ldim. Oilani saqlab qolish uchun ko‘p narsaga chidadim. Erim esa meni moddiy ta’minlamadi, ba’zan ovqat va kiyim-kechakdan ham chekladi. Ishlashni xohlaganimda turli ayblovlar bilan bosim o‘tkazdi.
Oiladagi zo‘ravonlik kuchayib, men hatto o‘z jonimga qasd qilishga uringanman. Keyinchalik ham jismoniy zo‘ravonlik davom etdi. Homiladorligim paytida ham kaltaklanganman va farzandimdan ayrildim. Qaynonam ham menga qo‘l ko‘targan.
Hozir men farzandlarim bilan juda og‘ir ahvoldaman. Sog‘lig‘im yomonlashgan, doimiy ish joyim va mustaqil yashash imkonim yo‘q. Turmush o‘rtog‘im meni ta’qib qiladi, tahdidlar ham bo‘lgan.
Men va bolalarim xavfsizligi uchun huquqiy va amaliy yordamga muhtojman. Qayerga murojaat qilishim, o‘zimni va farzandlarimni qanday himoya qilishim mumkinligini bilishni istayman.
=============
Sukut
saqlama.uz
ga kelgan maktublardan. Siz ham o‘z hikoyangizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin:
https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
‼️
Hurmatli anonim, yuristlarimizga (
@nemolchilaw_bot
)
Telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin, ular sizga yordam berishadi.
____
___
#SukutSaqlama
#O‘quvchilardan