
Ta'limga oid
⚡️
Oliy ta’limda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi
Bu bo‘yicha
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
ishlab
chiqildi
.
➖
Qaror loyihasi bilan
Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom
tasdiqlanadi. Mazkur tartib
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi;
➖
Yakuniy nazorat imtihonlari
ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi.
Videoyozuvlar kamida bir yil saqlanadi
;
➖
Yakuniy nazorat imtihonlarini ommaviy onlayn kuzatish
imkoniyati yaratiladi. Istalgan shaxs OTTlarning rasmiy veb-saytlari orqali imtihon jarayonini kuzatishi mumkin bo‘ladi;
➖
Professor-o‘qituvchilar
baholashda izoh (feedback) yozish tizimiga
o‘tadi. Har bir savol bo‘yicha
kamida 2–3 gapdan iborat asoslantirish
kiritilishi talab etiladi;
➖
Uch oy ichida
imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda OTTlar ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Shuningdek,
har semestr yakunida talabalar so‘rovnomasi
o‘tkaziladi;
➖
100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi
. Bunda joriy nazorat –
30 ball
, oraliq nazorat –
20 ball
, yakuniy nazorat –
50 ball
etib belgilanadi (
tibbiyot yo‘nalishlari uchun alohida taqsimot
amal qiladi);
➖
Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar
uchun
Brayl alifbosi, ovozli o‘qish, assistent yordami
kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etiladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
⚡️
2025-yil o‘tish ballari eʼlon qilindi!
Endi abituriyentlar to'plagan ballariga mos yo‘nalishlarni oson topishlari mumkin
!
Bilim va malakalarni baholash agentligi
platformasida
abituriyentlar
o‘tgan o‘quv yilining kirish ballariga
qarab yo‘nalish tanlashda
taxminiy mo‘ljal olishlari
uchun maxsus bo‘lim ishga tushirildi.
Abituriyent ruxsatnomada ko'rsatilgan
ID raqamini
quyidagi botlarga kiritish orqali quyidagi
muhim ma’lumotlarga
ega bo‘ladi:
👉
@mandat_uzbmbbot
👉
@mandat_uzbmb1bot
👉
@mandat_uzbmb2bot
➖
Abituriyentning
ta’lim tili
va
to‘plagan umumiy bali
;
➖
To‘plangan ballga mos keluvchi
barcha mavjud yo‘nalishlarning umumiy soni
;
➖
Hududlar
,
oliy ta’lim tashkilotlari
hamda
ta’lim shakllari
(kunduzgi, kechki va masofaviy) kesimidagi ta’lim yo‘nalishlari;
➖
Har bir yo‘nalish bo‘yicha
o‘tish ballari
hamda abituriyent bali ushbu yo‘nalishga
yetishi yoki yetmasligi
haqidagi aniq ko‘rsatkich.
⚡️
Yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar nima qiladi?
Agar abituriyentga 4 ballgacha yetmay qolsa quyidagicha shkalada super-kontrakt to'lab o'qishi mumkin:
➡️
o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➡️
1,01 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;
➡️
2,01 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;
➡️
3,01 balldan 4 ballgacha — 3 barobari to'laydi;
👉
Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt to'laydi. Bu miqdorni 2025-yildan boshlab OTMlar mustaqil belgilaydigan bo'lgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
⚡️
B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik
muhokamasiga qoʻyildi.
🔰
Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda
bekor qilinadi.
Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi
milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.
Loyiha
2026-yil 12-avgustga qadar
jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
🤩
Arab alifbosini noldan o’rganishni xohlaysizmi?
❤️
1-avgustdan
arab harflarini
mutlaqo noldan
o’rgatadigan yangi guruhimizda darslar boshlanadi.
Darslarda:
➡️
Harflarni to’g’ri yozish va o’qish
➡️
Har bir harfning 4 xil ko’rinishi
➡️
To’g’ri talaffuz
➡️
Bo’g’in va sodda so’zlarni o’qish
➡️
Muntazam uyga vazifalar va nazorat
💕
Hozircha bir nechta bo’sh o’rinlar mavjud.
Ro’yxatdan o’tishga shoshiling!
❤️
Darslar
eng qulay narxda tashkil etilgan.
🧕
Ilm yo’lidagi ilk qadamingizni bugundan boshlang. Inshaalloh, qisqa fursatda Qur’on va arabcha matnlarni o’qish sari mustahkam poydevor qo’yamiz.
🌸
⚡️
Ro’yxatdan o’tish uchun shaxsiy xabarga yozing:
@qolam_admin
🔵
Telegram
|
🟥
Youtube
|
🟥
Instagram
⚡️
Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt subsidiyasi yo‘lga qo‘yildi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida
15 yil ish staji
ga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun OTM bakalavriatida yillik to‘lov-kontraktning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun arizalar
subsidiya.imv.uz
platformasi orqali qabul
qilinmoqda
.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
❗️
Yo'nalish tanlashga shoshilmang!
Har yili minglab abituriyentlar
qabulning
ikkinchi bosqichida
bilimiga va
to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani
uchun
o'qishga kira olmaydi.
📉
Avval o'tgan yilgi o'tish ballari bilan tanishib tahlil qiling. Buning uchun maxsus
telegram-bot
(
@mandatjavobbot
)dan foydalaning.
📲
Botda nimalar bor?
🔴
O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
🔴
2026-yil fanlar majmuasi;
🔴
Barcha yo‘nalish va OTMlar ro‘yxati;
Eng asosiysi: siz kiritgan ballga mos universitetlar ro‘yxati!
Misol uchun:
➡️
57 ball bilan qaysi yo‘nalishga KONTRAKT asosida kira olasiz?
➡️
Eng oson, balli past yo‘nalishlar qaysilar?
👉
Barchasini
@mandatjavobbot
orqali bilib oling.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlovni o‘tkazish asoslari:
👉
tanlov
davlat granti uchun
– har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida;
👉
to‘lov-kontrakt uchun
– har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida;
👉
maqsadli qabul uchun
– har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi.
(
Asos
: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori
)
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
Vodiylik abituriyentlarga muhim yangilik –
past ball boʻlishi kutilayotgan 3 ta yoʻnalish
haqida!
Namangan davlat chet tillari instituti
da
yangi
3 ta ta'lim yoʻnalishi
ochilibdi:
◾️
60220300-Tarix;
◾️
60410100-Iqtisodiyot;
◾️
60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari
❓
Sizam hayron boʻldingizmi, tillar institutida bunaqa yoʻnalishlar nima qilyapti deb?
Eng qizigʻi hali
bu haqida koʻpchilikning xabari yoʻq,
xatto oliygohning oʻzi ham bu haqida
kechagina post joylagan.
Barcha
Namanganda asosan NamDU va NamDPIni asosiy yoʻnalishlari bor oliygohlar deb tushunadi.
Mana shu fikrlar ham
sizning foydangizga ishlashi mumkin.
Koʻpchilik bilmaganidan foydalanib, yuqoridagi uchta yoʻnalishdan birida oʻqimoqchi boʻlgan
tanlovlaringiz qatoriga Namangan davlat chet tillari institutini ham qoʻshib qoʻying
.
Ma'lumot yangiligi, oʻtish balining past boʻlishi, raqobat muhimi sezilarli boʻlmasligi kutilmoqda. Har xolda talaba boʻlish foizingiz yanada oshadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid
❓
OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak?
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda
davlat grantini
ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹
Davlat grantini tanlasa
— tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹
Ta’lim yo’nalishini tanlasa
— avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q,
asosiysi davlat grantiga kirishim kerak"
, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart,
kontraktga kirsam ham roziman
" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid