Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ta'limga oid

talimgaoid
—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot
Подписчики
11 354
24 часа
-52
30 дней
-2 136
Просмотры
1 605
ER
14,14%
Посты (30д)
8
Символов в посте
905
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 21, 13:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Ta’lim va ilm-fan vazirligida qator tayinlovlar amalga oşirildi
Vazirning tegişli buyruqlari bilan:
▶️
Fayziyev Farruxjon Nematillayeviç
— Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği;
▶️
Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinoviç
— Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği;
▶️
Ğaybullayev Farrux Yuldaşeviç
— Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği;
▶️
Nematov Inatillo Ubaydullayeviç
— vazirlikning Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

October 20, 16:35
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
–
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich
— vazirning birinchi o‘rinbosari. Ilgari “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori bo‘lgan.
–
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna
— vazir o‘rinbosari. Avval Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
–
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li
— vazir o‘rinbosari. Bungacha Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori bo‘lgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

October 15, 05:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi
Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning
30 foizi
qoplab berilishi mumkin.
🔹
Imtiyoz davlat OTMlarida
bakalavriat kunduzgi
ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.
🔹
Ariza
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali yuboriladi va
2 ish kunida
ko‘rib chiqiladi.
🔹
Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma
har biriga alohida
qo‘llanadi.
🔹
Imtiyoz har o‘quv yili uchun
bir marta
beriladi.
Kimlarga berilmaydi:
nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 17-sentabrdagi 501-son
qarori.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

October 08, 16:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Xushxabar: Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi
📄
Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida
15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining
farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori
BHMning 15 baravari
(6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
✔️
Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.
Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:
▶️
Subsidiya uchun arizalar
yil davomida
har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;
▶️
Subsidiya
davlat va nodavlat oliygohi
talabalariga toʻlanadi;
▶️
Subsidiya
bakalavriatdagi talabalar uchun
ajratilgan;
▶️
Subsidiya
har bir farzand uchun
kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;
▶️
Subsidiya talaba
oʻqishni tamomlaguncha
(yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.
▶️
Subsidiya
super-kontrakt uchun ham amal qiladi
.
▶️
Subsidiya
oliygoh hisob raqamiga
tushadi;
▶️
Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan
subsidiya qaytarilmaydi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

October 03, 16:53

⚡️
Rasman: Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona
Ta’lim va ilm-fan vazirligi
sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini
zamon talablari asosida tashkil etish
,
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
hamda
inson kapitalini rivojlantirish
bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi
o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha
barcha bosqichlarni hamda
ilmiy faoliyatni
qamrab olgan
yagona samarali boshqaruv tizimini
joriy qilish, uning
jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish
ko‘zda tutilgan.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

October 02, 17:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
14 ta oliy ta'lim
muassasalari
Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

September 30, 10:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi
Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi.
Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi.
Prezident bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida:
“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

September 30, 07:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: Birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati ochildi
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari asosida tanlovda ishtirok etib,
ikkinchi–beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga
o‘z xohishiga ko‘ra, ustuvorlik tartibida tanlagan
birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga ruxsat berildi
.
Mazkur tartib
maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi
.
Belgilangan mezonlarga muvofiq
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar
arizalarni
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari
mumkin
.
Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza
oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi
. Shundan so‘ng, abituriyent uchun
QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi
.
Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

September 16, 13:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladi
Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “
Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi 191-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra,
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida
bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan
maksimal ballning 60 foizi
etib belgilanadi.
Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda
113,4 ball etib belgilandi
. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.
‼️
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
▶️
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari
har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun
eng yuqori ballning 70 foizi,
oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun
60 foiz
etib belgilanadi;
▶️
qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha
(qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
▶️
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari
(internatura)ga qabul bekor qilinadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid

September 10, 11:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi xodimlarning yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi
📃
Maktab va qo‘shma ta’lim, madaniyat va sport muassasalari, davlat maktabgacha ta’limi tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati hamda maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati hodimlari uchun
yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi.
📌
2026-yil 1-sentyabrdan
maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari ushbu hujjatda ko‘rsatilgan miqdorlarda belgilanadi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
@Talimgaoid