
Taomlanish ilmi
98. MUSHAKNI KUCHAYTIRISH uchun oqsil qachon yeyiladi?
Zaldan chiqqan ko‘pchilik shoshib kokteyl ichadi: «30 daqiqa o‘tsa, mashq behuda ketadi» deyishadi. Lekin tanamiz bunchalik shoshqaloq emas.
Mashq mushakda mayda yoriqlar qoldiradi. Tana ularni oqsildan olingan «g‘isht»lar bilan bir necha soat davomida tuzatadi. Xuddi uy ta’miri: g‘isht ertalab kelganmi yoki tushdan keyin — ustalar devorni baribir ko‘taradi. Muhimi, kun bo‘yi g‘isht yetib tursin.
Olimlar 525 kishi qatnashgan 23 ta tajribani bir joyga yig‘ib ko‘rishgan. Bir guruh oqsilni mashqdan sal oldin yoki darrov keyin yegan, boshqasi — boshqa paytda yoki umuman yemagan. Kunlik jami oqsil hisobga olinganda farq qolmadi: na kuchda, na mushak hajmida. Mushakni eng ko‘p o‘stirgan narsa — kun bo‘yi yegan jami oqsil. Tadqiqotlar kichik edi, shuning uchun bu hali yakuniy gap emas.
💡
Amaliy xulosa: Mashqdan oldin yoki keyin oddiy ovqat yetadi, kukun shart emas. Bir o‘tirishda taxminan 25 g oqsil bo‘lsin: 2–3 ta tuxum, bir kosa suzma yoki kaftdek go‘sht. Kuch mashqini tashlamang: oqsil g‘isht bo‘lsa, mashq — buyurtma. Buyrak kasalligingiz bo‘lsa, oqsilni ko‘paytirishdan oldin shifokor bilan gaplashing.
[Manba]
@taomlanish_ilmi
— ovqatlanish bo‘yicha ilmiy kutubxonaga obuna bo‘ling.
Ovqat haqida gapirganda koʻp soʻzni ruscha aytib yuboramiz: «гречка», «перекус», «изжога».
Shu so‘zlarni ishlatishga odatlanib qolganmiz. Holbuki ularning oʻzbekchasi bor: marjumak, tamaddi, jigʻildon qaynashi.
Rasmga shunday 19 ta soʻzni yigʻdim.
Nechtasining oʻzbekchasini bilardingiz?
Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur.
Abdulla Avloniy
Bugun hech boʻlmasa bitta soʻzni oʻzbekcha aytib koʻring. Rasmni yaqinlaringizga ham yuboring, balki ular ham "yasmiq" nimaligini bilishmas...
Oʻzbek tili bayrami barchamizga muborak boʻlsin!
🇺🇿
@doctorferuz
97. D VITAMINI shamollashdan saqlaydimi?
Kuzda bola burnini tortib maktabdan qaytdi. Onalar shu zahoti dorixonaga yuguradi: «D vitamini ichirsam, shamollamay qo‘yadi». Olimlar eng katta tekshiruvni qilib ko‘rishdi: D vitamini shamollashdan deyarli saqlamas ekan.
Tanamizda mikrob bilan urushadigan «qo‘riqchi» hujayralar bor. D vitamini ularga qurol yasashga kerak. Lekin tanada D vitamini yetarli bo‘lsa, yana ichish — baki to‘la mashinaga yana benzin quyishdek: mashina baribir tezroq yurmaydi.
Olimlar 40 ta tajribani birlashtirib, 61 ming odamni ko‘rishgan. Bir guruhga D vitamini, boshqasiga soxta dori berishgan. Ikkalasi ham deyarli bir xil shamollagan. Farq juda oz — tasodif bo‘lishi mumkin. Avvalgi kichik tajribalarda ozgina foyda chiqqandi. Katta tajribalar qo‘shilgach, u deyarli yo‘qoldi.
💡
Amaliy xulosa: D vitaminini «shamollamaslik dori»si deb o‘zingizcha ichmang. Quyoshni kam ko‘rsangiz yoki suyagingiz og‘risa, qonda qancha ekanini tekshirtiring; shifokor kam topsa, aytgan dozasini iching. Shamollashdan oddiy odatlar yaxshiroq saqlaydi: qo‘lni sovun bilan yuvish, xonani shamollatish, yetarli uxlash. Bolaga katta doza — faqat shifokor aytsa: ortiqchasi tanada yig‘ilib qoladi.
[Manba]
@taomlanish_ilmi
— ovqatlanish bo‘yicha ilmiy kutubxonaga obuna bo‘ling.
Formula ilovasini yuklab oldingiz-u, qandaydir muammoga duch keldingizmi?
Yoki hali «Bu menga toʻgʻri keladimi?» deb oʻylab yuribsizmi?
Ikkala savolga ham javob endi bitta joyda. Formulaning oʻz kanalini ochdik —
@formula_ilovasi
U yerda:
— Formula nima uchun yaratilgani va ichida nima borligini birma-bir ochib boramiz;
— ilovadan qanday foydalanishni koʻrsatamiz va «dars ochilmayapti», «qadamlar hisoblanmayapti», «toʻlov qanday qilinadi» kabi savollarga javob beramiz;
— ilovadagi yangiliklar birinchi shu yerda chiqadi.
Formuladan foydalanayotgan, endi boshlamoqchi yoki qayerdadir toʻxtab qolgan boʻlsangiz — qoʻshiling, kanal aynan siz uchun.
👉
@formula_ilovasi
@doctorferuz
Bir kun kelib, bugungi kunni birga eslaymiz.
Ongli Ozishda sizlar bilan bosib o‘tgan yo‘limiz bugun yangi bosqichga o‘tyapti. Niyatimiz — qilayotgan ishimiz yana ko‘plab xonadonlarga yetib borishi.
Men bugungi kun katta bir tarixning boshlanishi bo‘lishiga ishonaman. Yillar o‘tib, siz ham:
"Men o‘sha birinchi taqdimotda bor edim"
, deb aytishingizni xohlayman.
15 daqiqadan keyin taqdimot boshlanadi. Tariximizning yangi sahifasini birga ochamiz...
👉
https://youtu.be/WRh6W_HPEs4
@doctorferuz
— O‘zim yeyman!
— To‘kasan, ber, o‘zim yediraman.
Qoshiqni olasiz — yig‘i boshlanadi. Ko‘ndirasiz, chalg‘itasiz, oxiri baqirib yuborasiz. Bola uxlagach esa o‘zingizni koyiysiz: «Nega yana baqirdim?»
Farzandingiz ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha savollaringiz ko‘pmi?
3-4-oktabr kuni Toshkentda
“Montessori hamma uchun” V Xalqaro konferensiyasi
bo‘lib o‘tadi.
2 kun davomida:
- 0–6 yosh rivojlanishi
- jazolarsiz tarbiya
- pozitiv intizom
- akademik bilimlar
- o‘smirlik
- sun’iy intellekt davrida ta’lim va boshqa dolzarb mavzularda amaliy yechimlar beriladi.
Konferensiya
6 davlatdan 13 ta spiker va mutaxassislar
bir joyda jam bo‘ladi:
🇺🇿
O‘zbekiston
🇰🇿
Qozog‘iston
🇰🇬
Qirg‘iziston
🇫🇮
Finlyandiya
🇱🇻
Latviya
🇳🇱
Niderlandiya
📍
Toshkent, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti asosiy binosi
📆
3-4-oktabr
Joyingizni band qiling:
@conf_menejer
@Montessori_conf
Yaxshi ustoz faqat javobni aytmaydi. Fikrlashni ham o‘rgatadi.
"Shunday qilish kerak" deyish bilan "Nega shunday qilish kerak?"ni tushuntirishning farqi katta.
Birinchisida odam aytilganni bajaradi. Ikkinchisida esa tushunib bajaradi. Keyingi safar yonida ustoz bo‘lmasa ham, o‘zi qaror qila oladi.
Men bugun nimaiki bilsam, hammasining ortida kimningdir mehnati turibdi: menga harf tanitgan birinchi o‘qituvchimdan tortib, bemor yonida o‘zini qanday tutishni ko‘rsatgan klinikadagi ustozlarimgacha.
Yillar o‘tib, yodlagan formulalarimiz, nazariyalar, olgan baholarimiz unutilishi mumkin. Lekin savolimizni erinmay eshitgan, xato qilganimizda yerga urmagan, "Sen uddalaysan" degan insonlar esda qoladi.
Bugun, 1-oktyabr —
O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
Kanalimizdagi o‘qituvchi va murabbiylarni tabriklayman. Har kuni kimningdir tushunishi uchun qayta-qayta tushuntirish, sabr qilish, unga ishonishda davom etish — katta mehnat.
Bergan ilmingizni
ikki dunyo rohatini ko‘ring.
Bayramingiz muborak
bo‘lsin ustozlar!
—
@doctorferuz
96. JIGARRANG GURUCH — kutilgan foyda chiqmadi
Jigarrang guruch — bu po‘sti (kepagi) olib tashlanmagan oddiy guruch. Narxi qimmat, sotuvchi esa «qandni ko‘tarmaydi» deb maqtaydi. Mantiq oddiyday ko‘rinadi: kepakda kletchatka bor, u ichakda supurgi bo‘lib, kraxmalning qonga so‘rilishini sekinlatishi kerak.
Olimlar buni sinab ko‘rgan. Qandi baland va diabeti bor 417 kishi qatnashgan 7 ta tadqiqotni birlashtirib ko‘rishganda, oq guruch o‘rniga jigarrangini yeganlarda HbA1c — oxirgi uch oyning o‘rtacha qandi — ham, och qorindagi qand ham o‘zgarmagan. Farq yo‘q.
Nimaga? Chunki guruch qaynab pishganda kraxmal butunlay bo‘kadi, hazm fermentlari uchun ochiq bo‘lib qoladi. Bir chimdim kepak bu oqimni to‘sib qola olmaydi.
Eng qizig‘i shunda: boshqa tadqiqotda guruch loviya-no‘xat bilan qo‘shib berilganda qand eng kam ko‘tarilgan. Ya’ni qaysi guruch emas, guruchning YONIDA nima borligi hal qilar ekan.
💡
Amaliy xulosa:
Qimmat jigarrang guruch olishga shoshilmang. Oshga yoki shavlaga bir hovuch mosh, no‘xat, loviya qo‘shing — moshkichiri shuning uchun ham oshdan afzal. Yoniga bir kosa achchiq-chuchuk yoki ko‘kat salat qo‘ying, laganni esa yarimlatib torting. Ovqatdan keyingi og‘irlik va uyquchillik kamayganini o‘zingiz sezasiz.
[Manba]
@taomlanish_ilmi
— ovqatlanish bo‘yicha ilmiy kutubxonaga obuna bo‘ling.
95. QORA NON — rangiga aldanmang
Non tanlayotganda ko‘pchilik rangga qaraydi: qoramtir bo‘lsa «kepakli, foydali», oppoq bo‘lsa «zararli». Ma’lum bo‘lishicha, rang hech narsani hal qilmaydi — nonni solod yoki karamel qo‘shib ham qoraytirish mumkin.
Butun donning ustida po‘st bor, buni kepak deymiz. U — donning qalqoni. Ichkaridagi kraxmalni hazm fermentlaridan yashirib turadi, shuning uchun shakar qonga sekin o‘tadi. Murtagi ham qolsa, magniy (Mg), temir (Fe) va B guruh vitaminlari yo‘qolmaydi. Oq unda-chi? Faqat kraxmal qoladi, qalqoni ham, murtagi ham tegirmonda qolib ketgan.
Eng qizig‘i shunda: bu qalqon donni maydalash bilan ham buziladi. Olimlar bir xil to‘liq donli undan, lekin har xil yiriklikda tortilgan un bilan non pishirib taqqoslashganda, mayda tortilgani qondagi shakarni sezilarli ko‘targan. Ya’ni «to‘liq donli» yozuvi turibdi-yu, un kukundek mayda bo‘lsa — foyda kamayadi.
Uzoq muddatda farq yana ham aniq. Olimlar 45 ta tadqiqotni birlashtirib ko‘rishganda, kuniga atigi 28 gramm to‘liq don — taxminan bitta tilim non — umumiy o‘lim xavfini 9%, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 14% pastroq qilgan.
💡
Amaliy xulosa:
Non olayotganda rangiga emas, sirtiga qarang — kepak zarralari ko‘zga tashlanib, qo‘lga dag‘al tegsa, bu yaxshi belgi. Kuniga 2-3 tilim oq nonni shunday non bilan almashtiring. Haftada 2 marta guruch o‘rniga arpa yormasi, bulg‘ur yoki yorma sho‘rva qiling. Ertalabki holsizlik va ovqatdan keyingi uyquchanlik kamayganini o‘zingiz sezasiz.
Manbalar:
[1]
[2]
@taomlanish_ilmi
— ovqatlanish bo‘yicha ilmiy kutubxonaga obuna bo‘ling.
94. OVQATDAN KEYINGI 10 DAQIQA — sizdan kelgan savol
Osh yeb bo‘lgach choy ustida bemalol o‘tiramiz, ba’zilar yonboshlab ham oladi. «Harakat qilish» deyilsa ko‘z oldimizga bir soatlik zal keladi, keyin «vaqtim yo‘q» deb qo‘yamiz. Aslida kunning eng qimmatli harakati — ovqatdan keyingi o‘n daqiqa.
💬
Kanal obunachilaridan 1 kishi shu mavzuda so‘radi: «Kuniga qancha harakat qilsam yetadi va qaysi vaqtda qilganim foydaliroq?»
Gap shundaki, ovqatdan keyin qonga glyukoza to‘lqini quyiladi. Uni hujayraga kirgizish uchun insulin kerak — insulinni hujayra eshigining kaliti deb tasavvur qiling. Harakatdagi mushak esa glyukozani kalitsiz, o‘zining «yon eshigi» orqali ham ichiga tortadi. Ya’ni yurib turgan oyoq — qondagi ortiqcha qandni shimadigan shimgich kabi. O‘tirgan oyoq buni qilmaydi.
Olimlar sinab ko‘rishgan. Qandli diabetning 2-turi bo‘lgan 41 kishi (o‘rtacha 60 yosh) ikki hafta kuniga bir mahal 30 daqiqa yurgan, keyingi ikki hafta esa har ovqatdan keyin atigi 10 daqiqadan yurgan. Qand teriga o‘rnatiladigan doimiy o‘lchagich (CGM) bilan kuzatilgan.
Umumiy vaqt bir xil bo‘lsa ham, ovqatdan keyin bo‘lib yurilganda qandning ko‘tarilishi 12% pastroq chiqqan. Boshqa tadqiqotlar birlashtirib ko‘rilganda ham shu tasdiqlangan: uzoq o‘tirishni qisqa yurishlar bilan bo‘lish qand va insulinni pasaytiradi, shunchaki o‘rnidan turib turish esa ancha kuchsiz ishlaydi.
💡
Amaliy xulosa:
Ovqatdan keyin darrov o‘tirmang — 10-15 daqiqa oddiy tempda yuring, uy ichida u yoqdan-bu yoqqa bo‘lsa ham bo‘ladi. Ayniqsa kechkisini qoldirmang. Shunda tushdan keyingi bosib keladigan holsizlik ham yengilroq o‘tadi, chunki qand keskin ko‘tarilib, keskin tushmaydi. Diabetingiz bor va qand tushiruvchi dori ichsangiz, rejimni o‘zgartirishdan oldin shifokoringiz bilan gaplashing.
Manbalar:
[1]
[2]
@taomlanish_ilmi
— ovqatlanish bo‘yicha ilmiy kutubxonaga obuna bo‘ling.