Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tarix va Tahlil

tarix_va_tahlil
🌐 Kanaldagi aksariyat ma'lumotlar internet manbalaridir. Admin ularning manbasini ko'rsatib borishga harakat qiladi; ❗️ Kanaldan ma'lumot olinsa, ''Tarix va Tahlil'' nomi bo'lishi shart; Murojaat uchun: @Firdavs_Zafarovich
Subscribers
2 939
24 hours
3
30 days
-26
Post views
231
ER
7,86%
Posts (30d)
138
Characters in post
984
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
September 19, 08:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bundan 3383-yil oldin vafot etgan Misr firavni Seti I ning mumiyolangan bosh qismi.
@Tarix_va_Tahlil

September 19, 06:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 19, 04:18

Drakula nomi ila tanilgan Vlad III o'ta shavqatsizlikda nom chiqargan:
U katta qozon qurdirgan va uning qopqog'ini odam kallasi sig'adigan darajada teshib qo'ygan edi. Asirlar shu qozonga solinar va boshini teshikdan chiqarib qo'yishardi. Qozonga suv solinib, olov yoqilgach, Vlad ularning chiqib turgan boshidan ko'zlari qanday oqib tushishigacha zavqlanib tomosha qilgan. Yaqinda ona bo'lgan ayollarni esa xochga mixlab qo'ygan.
Asirga tushgan 20 ming turk aholisi va askarlari ham shu zaylda qatl qilingan.
Vlad haqida yozgan har bir tarixchi albatta uni " shavqatsiz, asabiy, savdoyi va qonxo'r" sifatida tasvirlagan.
Uning qanday o'ldirilgani ham aniq emas. Ba'zi tarixchilar uning boshini Mehmed II ga yuborishganini yozadi.
@Tarix_va_Tahlil

September 19, 03:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 19, 02:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Konslager Qurbonlar xotirasi uchun
@Tarix_va_Tahlil

September 19, 00:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 18, 07:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

AQSh, Arizona shtati;
@Tarix_va_Tahlil
uchun

September 18, 06:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 18, 04:13

Ma’rifatparvar Fitratning Amir Shohmurod haqidagi fikrlari:
“Shohmurod tor dunyoqarashli kishi edi, Lekin unchalik ahmoq ham emas edi. Otasi hayot paytida boshyalang va oyoqyalang yurar edi. Hammol yoki tilanchiga o’xshar edi. Shohmurod fe’l atvori o’ziga o’xshaydigan juda ko’p so’fi va shayxlarni o’z atrofiga to’pladi va ular gumroh xalq oldida uni “avliyo” darajasiga ko’tarishdi. Marv sutonligining tanazzulga uchrashi Shohmurodning fasod niyatlari tufayli edi. Shohmurod dunyoqarashi cheklangan kishi edi. U qo’shni davlatlardan panoh istab kelganlarni qatl ettirar, obod va osoyishta bir shaharni kulini ko’kka sovurar, minglab aholini qul bozoriga sottirar edi”.
Fitratning yuqoridagi so'zlarini o'qidingiz. Sizda savol paydo bo'lgani tabiiy.
So’nggi uch xonlik tariximizning eng tanazzulli davrlari bo’lib, tarixshunosligimizda xonlar va amirlarni ana shu tanazzulda ayblash an’anadir. Bu xalqqa ham singdirilgan. Ayniqsa Buxoro amirlari haqida gap ketganda deyarli barcha ularga faqat salbiy fikrda qaraydi.
Men haqiqattan ham ular yomon yoki yaxshi bo’lgan deya aytishdan yiroqman.Bu boshqa masala. Faqat nima uchun aynan Buxoro amirlari bunchalik yomonlanishi haqida o’yladim…..
O’zbek tarixshunosligi istaymizmi yo’qmi sovet tarixshunosligi ostonasi orqali bino bo’lgandir. Sovet tuzumi bo’lmaganida O’zbekiston nomli mamlakat ham, uning tarixshunosligi degan atamalar ham paydo bo’lishi mumkun bo’lmas edi. Chunki mintaqani bo’ib tashlab, 5 ta alohida “iston” ni qurgan aynan bolsheviklardir. Yangi O’zbekistonga “O’zbekiston tarixi” deya ataluvchi zamonaviy ammo g’oyalarga to’lib toshgan fanni sovg’a qilganlar ham aynan bolsheviklar va ularga xizmat qilgan mahalliy ziyolilardir. Bu faktlarni rad etish mumkun emas.
Sovet davriga nisbatan bugun salbiy ko’z  bilan qaralsa-da, u davrdagi tariximizga oid sovetcha fikrlash bugun ham mavjud. Demak ayta olamizki Buxoro amirlari haqidagi eng salbiy fikrlar aynan sovet zamonida bo’lgan va bu isloh qilinmagan holatda bugungi ziyolilar ongiga kirib borgan. Sovet davlatchiligi o’z tomonida faoliyat ko’rsatgan mahalliy ziyoli jadidlar vositasida amirlik tuzumi tarixini qaytattan yozdirdi. Bunda Fitrat, S.Ayniy kabi tarixchilar asosiy rol o’ynashdi.
Sabablar
1.     Buxoro amirligi sovet davlatning ashaddiy raqibi bo’lgan. Tabiiyki dushman mamlakatni ayblash odatiy holat. Bir tuzum o’zidan oldingi tuzumni ayblashi tabiiy. Bu xuddi biz bugun sovet zamonini ayblashimizdek bir gap.
2.     Jadidlar va amirlik qarama qarshiligi….
Fitrat va S.Ayniy bunday ayblovlarni sovet davlati bosimi ostida yozmagan. Nafaqat bu odamlar, balki butun yosh buxoroliklar sistemasi vakillari amirlikni yoqtirishmagan. Bu sizga ayon. Jadidlar 1917-1918-yilgi qiyin siyosiy davrda guruhlarga bo’linishdi: kimdir sovet davlatidan yuz o’girdi, kimdir esa aksincha. Aksincha ish qilganlar tirik qolish va o’sish hamda mustaqillik g’oyasini rivojlantirish uchun sovet qolipida yashashga rozi bo’lishdi.
3.     Xalq qayta tarbiyalanishi, kommunistcha ruhda yashashi va o’sishi, eski dunyoni unutishi va unga xatolik bir davr sifatida qarashi lozim edi. Butun O’zbekiston endilikda faqat kommunistik fikrlashi lozim edi. Birinchi navbatda tarixdan qurol sifatida foydalanishdi: Buxoro amirligning ijobiy va salbiy jihatlarining barchasi bitta - “jaholat, qoloqlik va diniy fanatizm davri” sifatida baholanib, yangi davr yoshlari ko’z o’ngida jilvalandi. Tarix (Buxoro amirligi) qora bo’yoqda, buguni (Sovet davlati) esa oq bo’yoqda ko’rsatildi.
100 yil oldin sovetlar buyurtmasi ila alloma Fitrat va S.Ayniy kabi yetuk jadidlar boshlab bergan biryoqlama tarix sovet zamonida gullab-yashnab, ziyolilarimiz va xalq ongiga kirib bordi.
Biz ushbu fikrlar orqali Buxoro amirlarini maqtash lozimligini va aksincha jadidlar fikri faqat buzg’unchilik asosiga qurilganini uqdirmoqchi emasmiz. Biz faqat Buxoro amirlariga va tarixiga nisbatan bunday biryoqlama fikrlashning paydo bo’lish sabablarini juda sodda tahlil qilishga urindik.
@Tarix_va_Tahlil

September 18, 03:47
Media unavailable
1
Show in Telegram