
Tarix va Tahlil
Tarix — insoniyat oʻtmishini tizimli oʻrganadigan, dalillarni tahlil va talqin etadigan fan. U birlamchi va ikkilamchi manbalarga tayanadi hamda arxeologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik bilan bogʻliq. @Tarix_va_Tahlil
Tarix
— insoniyat oʻtmishini tizimli oʻrganadigan, dalillarni tahlil va talqin etadigan fan. U birlamchi va ikkilamchi manbalarga tayanadi hamda arxeologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik bilan bogʻliq.
@Tarix_va_Tahlil
Boburiy Shohjahon va o’g’li Avrangzeb portreti, 1659-yil.
@Tarix_va_Tahlil
Usmoniylar davlati tarixida Sulton Mehmet II Fotih hukmronligida “Nizomi Olam” uchun joriy qilingan “qardosh qatli” avlodi Sulton Ahmet I tomonidan “Qafas” rejimiga o’tkazilishi, fikrimcha ushbu sulola davomiyligi va qudratiga rahna solgan qonun deb bilaman.
@Tarix_va_Tahlil
Attilaning qilichi.
Tarixchi Iordanning yozishicha Attilaning oldiga bir cho’pon ajoyib qilich ko’tarib keladi. Cho’ponning so’zlashicha u nimadandir jarohatlangan qo’ydan qon oqayotganini ko'rgan va oqqan qon izi bilan borib, yerni kovlab shu qilichni topib olgan. Uni qazib olib, to‘g‘ri Attilaning oldiga olib boradi. Attila bu sovg'adan xursand bo'ladi va shuhratparast bo'lib, o'zini butun dunyoning hukmdori deb o'ylaydi. Ushbu qilich ‘Mars qilichi” deya nomlanadi. Hukmdor butun elini ana shu qilich qudratiga ishontirdi hamda g’alabalar qozondi. Qilich qanday tuzilishda bo’lgani noaniq. Ammo keyinchalik Attila o’lgach asrlar davomida Venger hamda Nemis qirollari ushbu qilich borligiga odamlarni ishontirishgan va hatto nemis jangchisi Leopold ana shu qilichga egalik qilgani manbalarda yozilgan. Ammo o'rta asrlardagi bu da'volarni Attiladan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo'q. Attila qilichining esa bizgacha kelgan yoki kelmagani katta jumboq ostida bo’lib qoldi.
@Tarix_va_Tahlil