Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

tarmoq_tizim
admin: @blackroot Cisco and Fortinet instructor
Subscribers
2 100
24 hours
30 days
40
Post views
5 286
ER
2,52%
Posts (30d)
2
Characters in post
1 414
December 07, 05:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi eng zo‘r kompaniyalardan biri
Blue Team
(Kiberhimoya) mutaxassislarini
bepul tayyorlashni
yo‘lga qo‘ymoqda
Kiberxavfsizlik bozori tez o‘zgarib bormoqda. Hujumlar kuchaymoqda, texnologiyalar murakkablashmoqda, talab esa oshmoqda. Siz esa bu jarayonda talabgor-raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishni istaysiz.Shu sabab Blue Team (Himoya jamoasi) ko‘nikmalari bugun har qachongidan muhim.
OneSec kiberxavfsizlik kompaniyasi
siz uchun kiberxavfsizlik sohasida katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Agar siz karyerangizni kiberxavfsizlikda boshlashni rejalashtirgan bo‘lsangiz yoki haqiqiy tahdidlarni qanday aniqlash va kibehodisalarni tahlil qilishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Sizni real amaliyotga yaqinlashtiradigan kuchli dastur kutmoqda.
💳
Dasturda:

rus va o‘zbek tillarida onlayn o‘qitish

loglar, alertlar va insidentlar bo‘yicha amaliy topshiriqlar

ONESEC mutaxassislarining real ish jarayonidan olingan keyslar

murabbiylar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot

haq to‘lanadigan stajirovkaga o‘tish imkoniyati
Bu dastur sizga faqat bilim bermaydi. Sizni bozor talab qiladigan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.
Bugungi kunda SOC, Blue Team va threat detection yo‘nalishlarida o‘smoqchi bo‘lganlar uchun bundan yaxshi start yo‘q.
✉️
Arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
O‘ylamang. Harakat qiling.

Ro‘yxatdan o‘tish:
https://defence.onesec.uz/
@tarmoq_tizim

November 26, 11:26

#ctf
📖
CTF platformalari - TryHackMe platformasi TryHackMe - bu kiberxavfsizlikni bosqichma-bosqich va interaktiv tarzda o‘rgatadigan onlayn o‘quv platforma bo‘lib, sohani endi o‘rganishni boshlaganlar uchun “Pre-Security” va “Complete Beginner” kabi yo‘nalishlar…

October 24, 06:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#ctf
📖
CTF platformalari - TryHackMe platformasi
TryHackMe
- bu kiberxavfsizlikni bosqichma-bosqich va interaktiv tarzda o‘rgatadigan onlayn o‘quv platforma bo‘lib, sohani endi o‘rganishni boshlaganlar uchun
“Pre-Security”
va
“Complete Beginner”
kabi yo‘nalishlar mavjud. Tajribali foydalanuvchilar uchun esa
“Red Team”, “Blue Team”, “Web Hacking”, “Pentesting”
kabi yo‘llar taklif etiladi.
Tizimdagi har bir mashq maxsus yaratilgan “xonalarda” (“room”) o‘tkaziladi va bu sizga haqiqiy tizimga ulanib, ekspluatatsiya yoki himoya amaliyotini bajarish imkoniyatini beradi.
Agar siz tarmoq, dasturlar yoki operatsion tizimlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasangiz ham, TryHackMe sizga kiberxavfsizlikni o‘rganishni oddiy va tushunarli tarzda boshlash imkonini beradi. Platforma sizdan murakkab tayyorgarlik talab qilmaydi — barcha mashqlar bosqichma-bosqich izohlanadi, har bir topshiriqda amaliy ko‘rsatmalar va nazariy tushuntirishlar beriladi. Shuning uchun
siz dastlabki tajribaga ega bo‘lmasdan ham
kiberxavfsizlikning asosiy tamoyillarini, tarmoqdagi zaifliklarni, ekspluatatsiya jarayonlarini va himoya usullarini asta-sekin
o‘rganib borasiz
.
Har bir topshiriq uchun ball beriladi,
qancha ko‘p vazifa bajarsangiz, darajangiz (rank) oshib boradi
.
Platformada bemalol web brauzer orqali ishlashingiz mumkin — hech qanday qo‘shimcha dastur (VPN dasturlaridan tashqari) o‘rnatish shart emas.
TryHackMe sizga haqiqiy qiymat beradi.
Tizimdagi ko‘plab laboratoriyalar va amaliy topshiriqlar bepul, ammo yanada chuqurroq bilim olishni istasangiz,
yillik obuna atigi 126 AQSh dollar
turadi
— oyiga taxminan
10–11 AQSh dollari
. Bu narx ko‘plab markazlardagi ”professional kurslar”ning bir oylik to‘lovidan
(ko‘plab o‘quv kurslarining bir oylik to‘lovi taxminan 2 milliondan so‘mdan 5 million so‘mgacha)
ham arzon, lekin bu sizga yil davomida real amaliy tajriba, minglab mashqlar va doimiy o‘sish imkoniyatini beradi.
Ya’ni siz pulingizni reklama va va’dalarga emas, haqiqiy bilim va amaliyotga sarflaysiz.
TryHackMe’da masala ishlash sizni darhol professional kiberxavfsizlik mutaxassisiga aylantirmaydi.
Biroq bu platforma keyingi bosqichdagi chuqur o‘quv dasturlari va professional kurslarga tayyorlanish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi
(kiberxavfsizlik sohasidagi professional onlayn kurslar haqida keyinchalik kanalda info beramiz)
. Siz bu yerda asosiy tushunchalar, tahlil jarayonlari va amaliy ekspluatatsiya yo‘llarini o‘rganasiz — ya’ni bilimni “noldan” boshlab, mustahkam yo‘nalishga aylantirasiz.
Bugungi kunda ko‘plab “markazlar” yoki “professional kurslar” 1–2 yilda sizni mutaxassisga aylantirishni va’da qiladi. Aslida, bunday tezkor yo‘llar ko‘pincha sizni vaqt va pul yo‘qotishiga olib keladi. Haqiqiy natija esa mustaqil o‘rganish, izlanish va amaliyot orqali shakllanadi.
Oldingizda tanlov bor:
markazlarda yillik 2000–5000 AQSh dollari to‘lanadigan kurslar yoki atigi 126 dollarlik TryHackMe obunasi orqali minglab laboratoriyalar, mashqlar va bilim bazasiga ega bo‘lish. Bu platforma sizni reklama va soxta va’dalar emas, balki amaliy tajriba orqali o‘stiradi.
Savol faqat bitta — siz kimga sarmoya kiritasiz: marketingga yoki o‘zingizning bilimlaringizga?
TryHackMe platformasida ro

yxatdan o

tish
*Davomi bor
@tarmoq_tizim

October 24, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

💻
Kiberxavfsizlikni amaliy o‘rganish yo‘li: eng samarali 5 ta CTF platforma
Hozirgi kunda kiberxavfsizlik bo‘yicha
kurslar va o‘quv markazlari “bolalab” ketdi
. Bu markaz va kurslarning ko‘pchiligida asosan nazariy bilimlar berilmoqda. Kiberxavfsizlikni nazariy o‘rganish yetarli emas, bu sohada haqiqiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun amaliy tajriba zarur. Bu sohaga endi qadam qo‘yganlar uchun eng samarali yo‘llardan biri —
CTF (Capture The Flag)
platformalarida mashq qilish.
Bu kabi tizimlar sizni haqiqiy hujum va himoya ssenariylariga olib kiradi, axborot tizimlaridagi zaifliklarni topish, ekspluatatsiya qilish va tizimni tahlil qilishni o‘rgatadi. Va eng muhimi siz bular uchun “osmondan” olingan narxlarni to‘lashingiz shart emas.
Quyida keltirilgan mashhur platformalar — TryHackMe, HackTheBox, VulnHub, picoCTF va SANS Holiday Hack Challenge aynan shular jumlasidandir. Bu platformalar sizning kiberxavfsizlikdagi bilim va tajribangizni yangi bosqichga olib chiqadi.
*Har bir platrforma haqida batafsil keyingi postlarda o‘qing.
@tarmoq_tizim

October 23, 08:41

Idora: Deep Space
📚
Texnologiya:
Tarmoq Administratori
🇺🇿
Telegram:
@devFlCy
📞
Aloqa: 998 94 2449989
🌐
Hudud:
Toshkent Shahar
✍️
Mas'ul:
Asadbek
🕰
Murojaat vaqti: 9:00 - 20:00
🕰
Ish vaqti: 9:00 - 19:00
💰
Maosh: 700$
‼️
Qo`shimcha: Kafe Restoranlarga POS tizimini o'rnatish uchun tarmoqni va kompyuter umumiy sozlamalarini yaxshi biladigan xodim kerak. Nomzodning shaxsiy mashinasi bo'lishi shart. Nomzod komandirovkalarga tayyor bo'lishi kerak. Barcha yo'l xarajatlari kompaniya tomonidan qoplab beriladi. Oylikka qo'shimcha bonus tizimlari mavjud

October 20, 09:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🖥
Bepul Cisco kurslari va sertifikatlari
Agar siz IT sohasida karyera qurmoqchi bo‘lsangiz yoki dasturlash, kiberxavfsizlik va kompyuter tarmoqlari bo‘yicha bilimingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda! Cisco Networking Academy platformasi orqali dunyoning eng yaxshi IT kurslarini mutlaqo bepul o‘rganish va xalqaro tan olingan sertifikatlar olish mumkin.
Eng yaxshi tomoni shundaki, bu kurslar uchun sizdan bir tiyin ham talab qilinmaydi va o‘qituvchi ham shart emas – barcha darslarni o‘zingiz uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holatda o‘rganishingiz mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan keyin esa LinkedIn va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profilingizga qo‘shishingiz va ish beruvchilarga ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan rasmiy raqamli
(digital)
sertifikat va yorliq
(badge)
olasiz.
🟥
Sizdan faqat ingliz tilini bilish talab etiladi.
Cisco Netacad platformasida ta’lim olish uchun instruktor (o‘qituvchi) talab qilinmaydigan
(self-paced)
va sertifikat olish imkoni mavjud kurslarning ro‘yxati:
📖
IT Asoslari

Computer Hardware Basics
- Kompyuter apparati asoslari

Operating Systems Basics
- Operatsion tizimlar asoslari

IT Essentials - IT asoslari (8 ta kurs) (CompTIA A+ ga tayyorlaydi)
📖
Raqamli savodxonlik

Digital Awareness
- Raqamli xabardorlik

Using Computer and Mobile Devices
- Kompyuter va mobil qurilmalardan samarali foydalanish

Create Digital Content, Communicate and Collaborate Online
- Raqamli kontent yaratish, onlayn muloqot va hamkorlik

Digital Safety and Security Awareness
- Raqamli xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
📖
Tarmoq (Networking)

Networking Basics
- Tarmoq asoslari

Networking Devices and Initial Configuration
- Tarmoq qurilmalarini sozlash

Networking Addressing and Basic Troubleshooting
- Manzillash va muammolarni hal qilish

Network Support and Security
– Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik

Getting Started with Cisco Packet Tracer
- Packet Tracer bilan ishlash

Exploring Networking with Cisco Packet Tracer
- Tarmoqlarni Packet Tracer orqali o‘rganish
📖
Kiberxavfsizlik (Cybersecurity)

Introduction to Cybersecurity
- Kiberxavfsizlik asoslari (6 soat)

Cybersecurity Essentials
- Keng qamrovli kiberxavfsizlik kursi

Endpoint Security
- Qurilmalar xavfsizligi

Network Defense
- Tarmoq himoyasi

Cyber Threat Management
- Kibertahdidlarni boshqarish

Ethical Hacker
- Etik xakerlik
📖
Dasturlash (Programming)

Python Essentials 1 (PE1)
- Python asoslari (30 soat)

Python Essentials 2 (PE2)
- Python ilg‘or darajasi (40 soat, PCAP sertifikatiga tayyorlaydi)
*Shuningdek HTML, CSS, C/C++, Java Script kurslari ham
mavjud
📖
Linux

NDG Linux Essentials
- Linux asoslari

NDG Linux I & II
- Linux ilg‘or darslari
📖
IoT va sun’iy intellekt

Introduction to IoT and Digital Transformation
- IoT va raqamli transformatsiya

Exploring IoT with Cisco Packet Tracer
- IoT ni Packet Tracer bilan o‘rganish

Introduction to Modern AI
- Zamonaviy AI kirish kursi
@tarmoq_tizim

August 25, 15:51
Media unavailable
3
Show in Telegram

#css2025
#cknews
🦁
“CYBERKENT 3.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2025-yilning 7-8 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida
“Cyberkent 3.0”
respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Kiberxavfsizlik markazi
“Cyberkent 3.0”
da ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinish bo‘lib o‘tadi:
🔴
Hujumchi jamoa (Red team)
– har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
2025-yil 9-sentabr kuni
Hujumchi jamoa (Red team)
jamoalari uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 8-sentabrgacha qabul qilinadi.
Hujumchi jamoa (Red team)
saralash musobaqalari
attack.cyberkent.uz
orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o‘tadi.

Himoyachi jamoa (Blue team)
– har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
2025-yil 16-sentabr
Himoyachi jamoa (Blue team)
uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 15-sentabrgacha qabul qilinadi.
Himoyachi jamoa (Blue team)
saralash musobaqalari
defence.cyberkent.uz
sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
❗️
Hujumchi jamoa (Red team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Himoyachi jamoa (Blue team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.
🟢
Ochiq topshiriqlar
– Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.
“Cyberkent 3.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🔴
Hujumchi jamoa (Red team)
🥇
1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈
2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉
3-o‘rin –10 mln so‘m

Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇
1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈
2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉
3-o‘rin –10 mln so‘m
🟢
Ochiq topshiriqlar
🥇
1-o‘rin –15 mln so‘m
🥈
2-o‘rin –10 mln so‘m
🥉
3-o‘rin –5 mln so‘m

Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt:
cyberkent.uz
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube

August 08, 12:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔎
Tajribali tarmoq administratori ishga qabul qilinadi
📍
Ish joyi:
UZBEKISTAN GTL LLC (ish joyi xodimning xohishiga qarab Toshkentda yoki Qashqadaryoda)
🕘
Tajriba:
Kamida 3 yil
Asosiy talablar:
• Cisco, Juniper, Checkpoint bilan ishlash tajribasi
• TCP/IP, BGP, OSPF, EIGRP, STP, VLAN, NAT, VPN protokollari
• Firewall, IDS/IPS, DMZ, HA/HS, QoS, L2/L3 tarmoq arxitekturasi
• Troubleshooting: ping, traceroute, log tahlili
• Monitoring tizimlar: Zabbix, PRTG, SolarWinds
• Tarmoq xavfsizligi, zaxira infratuzilma yechimlari
Afzallik beriladi:
• CCNA, CCNP, JNCIA, CCSA sertifikatlari
• Data-markaz va virtualizatsiya (VMware NSX, Proxmox) tajribasi
• Linux/Unix muhitida ishlash ko‘nikmalari
• Ingliz tilini texnik darajada bilish
Shaxsiy fazilatlar:
• Jamoada ishlash, mas’uliyat, tashabbuskorlik
• 24/7 ishlashga tayyorlik (navbatchilik asosida)
💸
Oylik maosh
: Suhbat asosida aniqlanadi
📩
Biz bilan aloqa
:
jobs.uzgtl.com
Linkedin
@tarmoq_tizim

July 02, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Go'zallik
@tarmoq_tizim

June 09, 16:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

💥
💥
💥
KERIO CONTROL bo‘yicha video darsligimiz endi YouTube’da ochiq holatda!
Ushbu darslikda Kerio Control’ning asosiy funksiyalari, sozlamalari va samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tarmoq xavfsizligini oshirish va tizimni boshqarishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, videodarslikni tomosha qiling. Va ushbu postni imkon qadar boshqalar bilan ham bo

lishing.
01.
KIRISH. VIRTUALBOX DASTURI
👉
VIDEO
02.
VIRTUAL ISHCHI MAYDONNI TAYYORLASH
👉
VIDEO
03.
KERIO CONTROLNI O"RNATISH
👉
VIDEO
04.
KERIO CONTROLDA DASTLABKI SOZLAMALARNI AMALGA OSHIRISH
👉
VIDEO
05.
TARMOQ INTERFEYSLARIGA IP MANZILLARNI BERISH
👉
VIDEO
06.
KERIO CONTROLDA DHCP SERVER
👉
VIDEO
07.
TARMOQ DNS SOZLAMALARI
👉
VIDEO
08.
FOYDALANUVCHILAR BILAN ISHLASH. AD DOMEN FOYDALANUVCHILARI
👉
VIDEO
09.
KERIO CONTROLDA TRAFIK QOIDALARI
👉
VIDEO
10.
TRAFIK QOIDALARI (TELEGRAMNI BLOKLASH)
👉
VIDEO
11.
TRAFIK QOIDALARI (FAQAT TAS-IX)
👉
VIDEO
12.
KERIO CONTROLDA WEB FILTIRATSIYA
👉
VIDEO
13.
KERIO CONTROLDA TEZLIKNI NAZORAT QILISH
👉
VIDEO
14.
XAVFSIZLIK PARAMETRLARI (IKKI BOSQICHLI AUTENTIFIKATSIYA)
👉
VIDEO
15.
XAVFSIZLIK PARAMETRLARI (GEO IP FILTR, BOG"LANISHLAR)
👉
VIDEO
16.
XAVFSIZLIK PARAMETRLARI (MAC FILTR)
👉
VIDEO
17.
VPN SERVER (KERIO VPN, IPSEC VPN)
👉
VIDEO
18.
PROXY SERVER
👉
VIDEO
19.
BOSHQARUV MODULLARI (IP TOOLS, SSH)
👉
VIDEO
20.
KERIO CONTROLDA STATISTIKA VA HISOBOTLAR
👉
VIDEO
21
. BONUS DARS (PAT)
👉
VIDEO
@tarmoq_tizim