
TATU Fargʻona filiali | Rasmiy kanali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении победителей международного турнира по робототехнике и их тренеров»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri
Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
📘
Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi
tomonidan tayyorlangan
“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar”
nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo‘llanmada:
🔹
sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari;
🔹
sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari;
🔹
uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari;
🔹
katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar;
🔹
umumiy va multimodal sun’iy intellekt;
🔹
sun’iy intellektning fanlararo xususiyati;
🔹
sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.
“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar”
— sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba.
Qo‘llanmani
itstudy.uz portali
orqali o'qishingiz mumkin.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Farg‘ona viloyatida kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
Ayni kunlarda Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sammit doirasida Farg‘ona shahridagi "Digital Hub" majmuasida yoshlar uchun
“CTF Master”
kiberxavfsizlik musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilar kiberxavfsizlik bo‘yicha turli topshiriqlarni bajarib, yashirin tizimdagi muammolarni aniqlashi zarur bo‘ladi.
Ikki kunlik musobaqa yakunida g‘oliblar Farg‘ona viloyati hokimligi va Kiberxavfsizlik markazi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlanadi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨💻
Abituriyentlar natijalarini
my.uzbmb.uz
saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
📚
Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining
2026-yilgi 3-mavsumini
e’lon qiladi.
📚
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar
@kitobtanlovbot
orqali ro‘yxatdan o‘tib,
12-sentabrga qadar
(rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵
4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖
Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️
Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Channel name was changed to «
TATU Fargʻona filiali | Rasmiy kanali
»
#10Savolga_10Javob
❗️
Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi
2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar
15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham)
qadar qabul qilinadi.
🖥
Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:
➖
2 ta uzrli
sababga
ko‘ra
respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida
oʻqishni koʻchirish
, shuningdek,
bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash
bo‘yicha arizalar–
“
transfer.edu.uz
”
;
➖
xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining
mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
–
“
my.uzbmb.uz
”
.
🔰
Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:
✔️
umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha
milliy sertifikatlar
axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;
✔️
xalqaro sertifikatlar
esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.
☝️
Eslatib oʻtamiz,
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 11-iyundagi
299-son qarori
ga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan
tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball
beriladi.
⏳
Arizalarni qabul qilish
2026-yil 5-avgustga
(shu kuni ham)
qadar davom etadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Ovozli_chat
Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1
📣
2026-yil 30-iyul
kuni soat
15:00
da Bilimni baholash agentligining telegramdagi
rasmiy kanali
(
@BaholashUz
) da
ovozli chat
o‘tkaziladi.
🎙️
Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi
(onlayn
oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)
ga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑💻
Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining
mas’ullari
ishtirok etadilar.
📨
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana
bu yerda
qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Qizlar, navbat sizda!
🤝
"
Qizlar Akademiyasi
"
va
"
WikiMarafon
"
hamkorligida xotin-qizlar uchun maxsus tanlov —
WikiAyollar
tashkil etilmoqda. Unda ishtirok eting va sovg‘alar to‘plamini qo‘lga kiriting.
🤩
Tanlov yakunida 30 nafar g‘olib "
Qizlar Akademiyasi
"ning maxsus sovg‘a setlari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, g‘oliblarga diplom, faol ishtirokchilarning barchasiga esa elektron sertifikat topshiriladi.
‼
Tanlov nizomi va batafsil shartlar tez orada e’lon qilinadi. Siz esa hozirdanoq tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram