Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TATU Fargʻona filiali | Rasmiy kanali

tatuff_rasmiy
AOKA tomonidan berilgan №001511 guvohnoma
Подписчики
2 436
24 часа
-1
30 дней
-103
Просмотры
953
ER
39,12%
Посты (30д)
4
Символов в посте
831
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
September 03, 13:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨‍💻
Abituriyentlar natijalarini
my.uzbmb.uz
saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

August 27, 09:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
📚
Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining
2026-yilgi 3-mavsumini
e’lon qiladi.
📚
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar
@kitobtanlovbot
orqali ro‘yxatdan o‘tib,
12-sentabrga qadar
(rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵
4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖
Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️
Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

August 22, 07:59

Channel name was changed to «
TATU Fargʻona filiali | Rasmiy kanali
»

August 22, 07:58
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

July 30, 05:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#10Savolga_10Javob
❗️
Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi
2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar
15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham)
qadar qabul qilinadi.
🖥
Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

2 ta uzrli
sababga
ko‘ra
respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida
oʻqishni koʻchirish
, shuningdek,
bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash
bo‘yicha arizalar–

transfer.edu.uz

;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining
mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga


my.uzbmb.uz

.
🔰
Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:
✔️
umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha
milliy sertifikatlar
axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;
✔️
xalqaro sertifikatlar
esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.
☝️
Eslatib oʻtamiz,
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 11-iyundagi
299-son qarori
ga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan
tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball
beriladi.

Arizalarni qabul qilish
2026-yil 5-avgustga
(shu kuni ham)
qadar davom etadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 30, 05:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ovozli_chat
Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1
📣
2026-yil 30-iyul
kuni soat
15:00
da Bilimni baholash agentligining telegramdagi
rasmiy kanali
(
@BaholashUz
) da
ovozli chat
o‘tkaziladi.
🎙️
Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi
(onlayn
oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)
ga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑‍💻
Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining
mas’ullari
ishtirok etadilar.
📨
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana
bu yerda
qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 29, 03:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qizlar, navbat sizda!
🤝
"
Qizlar Akademiyasi
"
va
"
WikiMarafon
"
hamkorligida xotin-qizlar uchun maxsus tanlov —
WikiAyollar
tashkil etilmoqda. Unda ishtirok eting va sovg‘alar to‘plamini qo‘lga kiriting.
🤩
Tanlov yakunida 30 nafar g‘olib "
Qizlar Akademiyasi
"ning maxsus sovg‘a setlari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, g‘oliblarga diplom, faol ishtirokchilarning barchasiga esa elektron sertifikat topshiriladi.

Tanlov nizomi va batafsil shartlar tez orada e’lon qilinadi. Siz esa hozirdanoq tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 29, 03:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qonunchilik_yangiliklari
🖋
Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Hukumat qarori
(406-son, 24.07.2026-y.)
bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
☑️
Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat”
yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
📨
Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan f
an olimpiadasi va sport musobaqasi
g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:
📑
respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga
3 kunlik sayohat;
📆
viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga
2 kunlik sayohat.
📌
Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan
10 kun oldin
yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi.
➡️
Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi:

transport xizmati;

yashash va ovqatlantirish;

ekskursiyalar
(gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);

sayohat sug‘urtasi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 12, 01:35

#OʻqishniKoʻchirish
#Bakalavr
#Turdosh
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish
(ko‘chirib tiklash)
bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar
jami 34 ta turdosh
guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun
, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning
ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi
klassifikator
ga muvofiqlashtirgan holda
inobatga olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

July 12, 01:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Soʻragan_edingiz

Abituriyent ruxsatnomasi qanday beriladi?
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun
abituriyent ruxsatnomasi
quyidagi tartibda taqdim etiladi:

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning
1-bosqichi yakunlangach, ikki hafta ichida
ruxsatnoma
Bilim va malakalarni baholash agentligining
rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
📝
Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan
sana, vaqt va manzil
bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi.
⚠️
Eslatma:
Ruxsatnomada belgilangan
sana va vaqt qat’iy hisoblanadi
.
🚫
Abituriyentlarga test sinovlarini boshqa kun yoki boshqa vaqtda topshirishga ruxsat berilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram