Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

taturektori
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Telegram bot: @taturasmiybot www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Subscribers
23 171
24 hours
-3
30 days
-381
Post views
2 010
ER
8,67%
Posts (30d)
30
Characters in post
1 578
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 25, 04:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#табрик
🇺🇿
25 октябрь — Ички ишлар органлари ходимлари куни!
Ҳурматли ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийлари!
Сизларни касб байрамингиз билан самимий муборакбод этаман!
Юртимизда тинчлик ва осойишталикни таъминлаш, жамоат тартибини сақлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш йўлида олиб бораётган масъулиятли ва шарафли хизматларингиз алоҳида эътирофга лойиқ.
Жамиятда қонун устуворлигини таъминлаш, ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш ҳамда халқимизнинг эртанги кунга бўлган ишончини мустаҳкамлаш йўлидаги фаолиятингизга улкан муваффақиятлар тилайман.
Барчангизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик, куч-ғайрат ва шарафли хизматларингизда зафарлар ёр бўлишини тилайман!
Касб байрамингиз муборак бўлсин!
🇺🇿
✈️
@taturektori

October 24, 04:41
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🇺🇿
Параспортчиларимиздан тарихий натижа! Ўзбекистон Осиёда учинчи!
Яқинда Осиё ўйинларида спортчиларимиз 70 та медаль билан умумжамоа ҳисобида 5-ўринни эгаллаб, юртимиз шарафини муносиб ҳимоя қилган эди.
🇯🇵
Энди эса V ёзги Параосиё ўйинларида параспортчиларимиз эришган тарихий натижа Ўзбекистон спортининг яна бир юксак муваффақияти бўлди. Японияда 18–24 октябрь кунлари ўтказилган мусобақада вакилларимиз жами
145 та медаль
жамғариб, Хитой ва Япониядан кейин умумжамоа ҳисобида
3-ўринни
эгаллади. Бу мамлакатимиз параспорти тарихидаги энг яхши натижа бўлди!
Бу муваффақиятлар мамлакатимизда спортни ривожлантириш, спортчиларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва улар учун муносиб шароитлар яратишга қаратилаётган эътиборнинг самарасидир. Энг муҳими, параспортчиларимизнинг матонати, қатъияти ва ғалабага бўлган ишончи ҳар биримиз учун ибратдир!
👏
Барча спортчиларимизни тарихий натижа билан табриклаймиз! Ғалабаларимиз бардавом бўлсин, Ўзбекистон байроғи халқаро майдонларда янада юксакларга кўтарилаверсин!
✈️
@taturekori

October 22, 15:39
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar
#Amaliy_hamkorlik
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda universitet va texnikumlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida
Bo‘ka tumani 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
hamda Sayyor qabul tashkil etildi.
👥
Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
rahbariyati vakillari, xodim va mutaxassislari, texnikum pedagoglari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
💬
Tadbir davomida yoshlarning zamonaviy IT yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish, innovatsion fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🏆
Shuningdek, texnikum o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan
Dasturlash, Kompyuter grafikasi va dizayn hamda Raqamli axborotlar bilan ishlash
yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada g‘oliblari hamda texnikumda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar universitet rahbariyatining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda universitet va texnikum o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
➖
➖
➖
➖
🇺🇿
В целях реализации Указа Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2024 года № УП–158, совершенствования системы профессионального образования и укрепления практического сотрудничества между университетами и техникумами в техникуме № 1 Букинского района состоялась встреча
«Руководитель и молодёжь»
, а также была организована
выездная приёмная
.
👥
В мероприятии приняли участие представители руководства
Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий, сотрудники и специалисты, педагоги техникума, а также учащаяся молодёжь.
💬
В ходе мероприятия состоялся открытый диалог по вопросам повышения интереса молодёжи к современным IT-направлениям, содействия профессиональному развитию, формирования инновационного мышления и практических навыков. Были выслушаны предложения и инициативы молодых людей, а также даны рекомендации по их поддержке.
🏆
Кроме того, победители олимпиады среди учащихся техникума по направлениям
«Программирование», «Компьютерная графика и дизайн» и «Работа с цифровой информацией»
, а также группа сотрудников, многие годы плодотворно работающих в техникуме, были торжественно награждены благодарственными письмами и памятными подарками от руководства университета.
Данная встреча послужила поддержке знаний и потенциала молодёжи, ориентации учащихся на современные профессии и дальнейшему укреплению интеграции между университетом и техникумом.
✈️
@taturektori

October 22, 13:17
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#TATU
#Samsung
#Hamkorlik
🤝
TATU va Samsung Electronics Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
💻
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “
Samsung Electronics Uzbekistan
” bosh direktori Yoon Seong Chan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
👥
Tashrif davomida mehmonlar universitet kampusi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
💬
Uchrashuvda yoshlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish hamda
Samsung Innovation Campus
xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
📝
Uchrashuv yakunida talabalar va yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan
hamkorlik memorandumi imzolandi
. Hujjat doirasida ta’lim materiallari almashish, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
✨
Mazkur hamkorlik TATU talabalari uchun Samsung kompaniyasining xalqaro ta’lim tajribasidan foydalanish, sun’iy intellekt, IoT, katta ma’lumotlar va dasturlash yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
#TUIT
#Samsung
#Partnership
🤝
TUIT and Samsung Electronics Uzbekistan sign a memorandum of cooperation
💻
A delegation led by Yoon Seong Chan, General Director of Samsung Electronics Uzbekistan, visited the Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi.
👥
During the visit, the guests toured the university campus, its teaching and research laboratories, and its modern infrastructure, and saw the facilities created for students.
💬
The meeting focused on developing young people’s knowledge and skills in modern technologies, jointly carrying out educational initiatives, and opportunities for cooperation under the Samsung Innovation Campus international education program.
✍️
At the end of the meeting, the two sides signed a memorandum of cooperation on career guidance for students and young people and on building their knowledge and skills. Under the memorandum, they will exchange educational materials, hold seminars and master classes, share expertise in modern technologies, and carry out joint initiatives.
This partnership gives TUIT students new opportunities to draw on Samsung’s international educational experience and to build practical skills in artificial intelligence, IoT, big data, and programming.
✈️
@taturektori

October 21, 17:50
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

#TUITLab
#TATU
#AmaliyHamkorlik
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda kasbiy ta’limda universitet va texnikumlar integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Bo‘ka tumani 1-son texnikumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xomiyligida tashkil etilgan “
TUIT-Lab” o‘quv xonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
.
💡
Ochilish marosimidan avval texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalar, amaliy loyihalar hamda IT yo‘nalishidagi startaplar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
👨‍💻
Mazkur laboratoriya orqali o‘quvchilar:
•
zamonaviy IT va sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy o‘rganish;
• startap va innovatsion loyihalar ustida ishlash;
• olimpiada va tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
• xalqaro platformalardagi raqamli kurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“
TUIT-Lab
”ning tashkil etilishi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda TATU va texnikumlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
✈️
@taturektori

October 21, 03:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

#табрик
🇺🇿
21 октябрь — Ўзбек тили байрами муборак бўлсин!
Қадрли устозлар, азиз талабалар ва юртдошлар!
Она тилимиз — миллатимизнинг руҳи, миллий ўзлигимиз ва маънавий бойлигимизнинг бебаҳо ифодасидир. Унда халқимизнинг тарихи, тафаккури ва асрий қадриятлари мужассам.
Бугун ўзбек тилини асраб-авайлаш, уни илм-фан, таълим ва замонавий технологиялар тили сифатида ривожлантириш, келажак авлодларга бой ва бетакрор мерос сифатида етказиш ҳар биримизнинг муҳим вазифамиздир.
Буюк шоир Муҳаммад Юсуфнинг она тилимизга бағишланган мисраларида ҳам миллий ғурур ва Ватанга муҳаббат туйғулари мужассам.
Барчангизни Ўзбек тили байрами билан самимий табриклайман! Она тилимизнинг нуфузи янада юксалиб, унинг жозибаси ва бойлиги авлодлар қалбида абадий яшасин!
Она тилимиз — ғуруримиз ва ифтихоримиз!

October 20, 06:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#DIQQAT
Hurmatli universitet xodimlari va talabalari!
🚫
So‘nggi kunlarda noma’lum shaxslar tomonidan universitet rahbariyati nomidan soxta Telegram profillari ochilib, o‘qituvchi va xodimlarga turli topshiriqlar berish hamda xabarlar yuborish holatlari kuzatilmoqda.
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bugungi kibermakonda firibgarlar tomonidan tashkil etilayotgan bunday aldovlarga aldanmasligingizni qat’iy so‘raymiz.
❗️
Iltimos, quyidagilarga alohida e’tibor bering:
— noma’lum yoki shubhali profillardan kelgan xabarlarga ishonmang;
— shaxsiy va maxfiy ma’lumotlaringizni hech kimga yubormang;
— moliyaviy masalalarga oid topshiriqlarni faqat rasmiy manbalar orqali tasdiqlang.
Aks holda, firibgarlar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi yoki hisobingizdagi mablag‘larni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirishi mumkin.
❗️
Ogoh bo’ling, yolg’on xabarlarga aldanib qolmang.
Rasmiy manbaalar:
Rasmiy telegram kanal:
@tuituz_official
Rasmiy sayt:
tuit.uz
Rektorning murojaat boti:
@taturasmiybot
Har qanday xabarlarni
@tuitpress
profiliga yuborish orqali tasdiqlatib olishingiz mumkin.
➖
➖
➖
➖
#ВНИМАНИЕ
Уважаемые сотрудники и студенты университета!
🚫
В последние дни участились случаи создания неизвестными лицами поддельных аккаунтов в Telegram от имени руководства университета. С таких аккаунтов преподавателям и сотрудникам направляются различные сообщения и поручения.
В условиях стремительного развития цифровых технологий и искусственного интеллекта мошенники всё чаще используют подобные схемы обмана.
Настоятельно призываем вас сохранять бдительность и не поддаваться на уловки злоумышленников.
❗️
Просим обратить особое внимание на следующие рекомендации:
— не доверяйте сообщениям, поступающим с неизвестных или подозрительных аккаунтов;
— ни при каких обстоятельствах не передавайте посторонним лицам свои персональные и конфиденциальные данные;
— поручения, связанные с финансовыми вопросами, обязательно проверяйте и подтверждайте через официальные источники.
В противном случае мошенники могут завладеть вашими персональными данными или незаконно получить доступ к денежным средствам на ваших счетах.
❗️
Будьте бдительны и не поддавайтесь на уловки мошенников!
Официальные источники:
Официальный Telegram-канал:
@tuituz_official
Официальный сайт:
tuit.uz
Бот для обращений к ректору:
@taturasmiybot
Любые сообщения и поручения вы можете проверить, направив их в профиль
@tuitpress
.
✈️
@tuituz_official

October 19, 12:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

ҲАЁТ ЙЎЛИ
Замон тез, фурсат оз,
Ҳар лаҳза зиқдир,
Ҳар лаҳза зиқлиги билан қизиқдир.
Ҳаёт йўли надир? Қабр тошида
Икки сана аро қисқа чизиқдир.
✍
Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 2004 йил.

October 17, 11:53
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

TATU VA QS: XALQARO REYTINGLARDA YUQORI NATIJALAR, GLOBAL HAMKORLIK VA YANGI ISTIQBOLLAR SARI
🌐
14-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida QS xalqaro reyting agentligining mintaqaviy direktori
Sergei Khristoliubov
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝
Mazkur tashrif TATUning xalqaro akademik maydondagi mavqeini mustahkamlash, global ta’lim standartlariga uyg‘unlashish va universitetning xalqaro reytinglardagi raqobatbardoshligini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim muloqotlardan biri bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmon universitetda tashkil etilgan
Living Lab va FabLab
laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy innovatsion infratuzilma, amaliy tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar TATUning ilmiy-ta’limiy salohiyati va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini namoyon etdi.
📈
Uchrashuv davomida universitetning
QS xalqaro reytinglaridagi pozitsiyasini mustahkamlash va yanada yuqori natijalarga erishish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, QS reytinglarining yangilangan metodologiyasi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik hamjamiyat va ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish hamda universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv universitetning xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanishi, innovatsion ekotizimini kengaytirishi va yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
TATU — xalqaro e’tirof, innovatsiya va yuksak akademik natijalar sari!
➖
➖
➖
➖
TUIT AND QS: TOWARDS HIGHER INTERNATIONAL RANKINGS, GLOBAL PARTNERSHIPS AND NEW OPPORTUNITIES
🌐
On October 14, a meeting was held at Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi (TUIT) with
Sergei Khristoliubov
, Regional Director of the QS international ranking agency.
🤝
The visit marked an important step towards strengthening TUIT’s position in the international academic arena, aligning with global education standards, and taking the university’s international ranking competitiveness to a new level. During the visit, the guest also became acquainted with the activities of the newly established
Living Lab and FabLab
laboratories. The modern innovation infrastructure and facilities created to support applied research and the development of new technologies demonstrated TUIT’s academic and research potential, as well as its commitment to innovation-driven development.
📈
During the meeting, particular attention was paid to
strengthening the university’s position in the QS international rankings and achieving even higher results
. Specifically, the updated QS ranking methodology, the expansion of international cooperation, systematic preparation for surveys among the academic community and employers, and priority measures to enhance the university’s international reputation were discussed.
This meeting is of great importance for the university’s development in line with international standards, the expansion of its innovation ecosystem, and the advancement of cooperation with leading international organizations to a new level.
TUIT — towards international recognition, innovation, and outstanding academic achievements!
✈️
@taturektori

October 15, 08:40
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Тафаккур
#Илмий_мерос
⚙️
Буюк кашфиётлар тарихдан бошланади.
Бир замонлар қоғозга битилган илмий ғоялар бугунги технологиялар тараққиётига йўл очди. Муҳаммад ал-Хоразмийнинг алгебра ва алгоритмлар ривожига қўшган ҳиссаси эса илм-фан тарихида алоҳида ўрин тутади.
Асрлар ўтса-да, ҳақиқий илмий мерос ўз аҳамиятини йўқотмайди. У янги авлодлар учун изланиш ва кашфиётларга илҳом манбаи бўлиб қолаверади.
✈️
@taturektori