
TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
#TATU
#Kookmin
#Hamkorlik
🇺🇿
🇰🇷
TATU va Kookmin universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi
Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kookmin universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari
J. Maxsudov
bilan birgalikda delegatsiya tarkibida tashrif buyurdik.
Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida raqamli ta’lim, laboratoriya infratuzilmasi, qo‘shma innovatsiya markazini tashkil etish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Marosim so‘ngida Kookmin universiteti prezidenti Seung Ryul Jeong ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun TATUning Faxriy medali bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida delegatsiya a’zolari Kookmin universitetining
zamonaviy infratuzilmasi
,
ilmiy-amaliy laboratoriyalari
va
universitet muzeyi
bilan yaqindan tanishdi.
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
🇺🇿
🇰🇷
Partnership Between TUIT and Kookmin University Advances to a New Level
We visited Kookmin University, one of the prestigious higher education institutions in the Republic of Korea, as part of a delegation together with
J. Makhsudov
, Deputy Minister of Digital Technologies.
During the visit, an agreement was signed between the two universities covering digital education, laboratory infrastructure, the establishment of a joint innovation center, and support for startups.
At the conclusion of the ceremony, Seung Ryul Jeong, President of Kookmin University, was awarded the TUIT Honorary Medal in recognition of his significant contribution to the development of bilateral cooperation.
At the end of the event, the delegation members became closely acquainted with Kookmin University’s modern
infrastructure, research
and
practical laboratories
, and
university museum
.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
YouTube
🔵
Facebook
#TATU_OAV_NIGOHIDA
TATUda ochilgan “Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi” OAV nigohida
🗣
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “
Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi
”ning ochilish marosimi ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘ldi.
♻️
Mazkur tadbir:
⏺
“
Yoshlar” telekanali, “Yangi davr” informatsion dasturi
;
⏺
“
Renessans TV” teleradiokanali, “Ovoza” informatsion dasturi orqali yoritildi
.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
YouTube
🔵
Facebook
#videolavha
#OchilishMarosimi
#ImkoniyatlarMarkazi
✅
Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun
100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan "Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi
"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📹
Mazkur marosimdan videolavhani tomosha qiling
✈️
@taturektori
#fotolavha
📷
Universitetimizda tashkil etilgan,
100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan "Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi
"ning ochilish marosimidan fotolavhalar
✈️
@taturektori
#OchilishMarosimi
#YoshlarUchun
#ImkoniyatlarMakrazi
Talaba uchun yana-da qulay muhit: TATUda "Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi" ochildi
💻
Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun
100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan "Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi
"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
Ayubxon Sultonov
, soha korxonalari rahbarlari, universitet jamoasi, hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning sifatli ta’lim olishi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida to‘xtaldilar.
Zero,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan yoshlarga bildirilayotgan ishonch — ularga yuklatilayotgan yuksak mas’uliyatdir. Shu bois talabalarga munosib ta’lim muhitini yaratish, ularning vaqtini qadrlash va universitet xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtirish muhim vazifalardan biridir.
Aynan shu maqsadda tashkil etilgan Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi talabaning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda universitet xizmatlaridan tezkor foydalanish imkonini beradi.
🔝
Markazda jami
101 ta xizmat
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning
70 foizi raqamlashtirilgan
. Bu esa xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada tezkor va qulay tashkil etish imkonini bermoqda.
📈
Markaz faoliyatiga bo‘lgan ehtiyojni murojaatlar soni ham ko‘rsatib turibdi.
O‘tgan o‘quv yili davomida markazga qariyb 32 mingta murojaat kelib tushgan. 2026/2027-o‘quv yilida esa ushbu ko‘rsatkich 45 mingdan oshishi kutilmoqda.
Bu esa talabalar uchun yagona va qulay xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.
🤗
Shu bilan birga, markaz tasarrufida
“Ona va bola” hududi
ham tashkil etildi. Bu esa universitetda talaba-yoshlar, xususan,
qizlar va ayollar uchun ham qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.
Bugun IT sohasida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan qizlar safi kengayib borayotgan bir paytda, ular uchun zarur sharoitlarni yaratish ham muhim vazifalardan biridir.
✈️
@taturektori
#TATU_OAV_nigohida
#Maqola
#статья
📰
Bugun, 9-sentabr kuni «
O‘zbekiston ovozi
» gazetasining 36-sonida «
Yangi O‘zbekistonning raqamli taraqqiyoti kadrlar salohiyatiga bog‘liq
» nomli maqolam chop etildi.
➖
➖
➖
➖
➖
➖
📰
Сегодня, 9 сентября, в газете «
Голос Узбекистана
» №36 была опубликована моя статья «
Цифровое развитие Нового Узбекистана зависит от кадрового потенциала
».
✈️
@taturektori
#XalqaroHamkorlik
🌐
TATU va NUST: xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
🏛
2026-yil 7-sentabr kuni
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ga Pokistonning
Milliy fanlar va texnologiyalar universiteti
(NUST) rektori, doktor Muhammad Zahid Latif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🤝
Tashrif davomida mehmonlarga TATUning ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda ta’lim va innovatsiya yo‘nalishidagi imkoniyatlari, jumladan, ilmiy laboratoriyalar, Media markaz, Living Lab va Fab Lab faoliyati namoyish etildi.
💡
Uchrashuvda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlash hamda talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
📊
Ma’lumot uchun:
NUST QS World University Rankings 2026 reytingida 371-o‘rinni, muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishida esa dunyoda 132-o‘rinni egallagan.
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
YouTube
🔵
Facebook
#TATU_talabari
#Mustaqillik
1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yangi o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklashga bag‘ishlangan
“Talabalikka bag‘ishlov”
tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Tadbir
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida tashkil etildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda universitetning 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
🎓
Tadbir yakunida yangi talabalar
“Mustaqillik darsi”
hamda tanishtiruv mashg‘ulotlariga taklif qilindi.
Talabalik — yangi imkoniyatlar sari ilk qadam!
✈️
@tuituz_official
❗️
Контракт учун тўланган маблағларга даромад солиғи солинмайди
Таълим учун тўлов қилинганида солиқ имтиёзидан қуйидаги ҳолларда фойдаланиш
мумкин
:
➖
ўзингиз учун;
➖
фарзандларингиз учун;
➖
26 ёшгача бўлган турмуш ўртоғингиз учун.
Агар контракт тўлови иш жойингиз орқали иш ҳақингиздан тўғридан-тўғри таълим ташкилотига ўтказилса,
ушбу суммага даромад солиғи ҳисобланмайди
.
Агар контрактни ўзингиз электрон, нақд ёки нақдсиз шаклда тўлаган бўлсангиз, йил якуни бўйича декларация топшириб,
тўланган даромад солиғини қайтариб олиш мумкин
.
Солиқ имтиёзи тижорат банкларидан олинган
таълим кредитини ва унинг фоизларини қоплаш учун йўналтирилган даромадларга ҳам
татбиқ этилади.
Агар Онанг дуо қилмаса.
Ёниб қуёш, порламас ойинг,
Шовқин солиб оқмасди сойинг,
Тўрда эмас, пойгакда жойинг,
Агар Онанг дуо қилмаса.
Қўлларингдан омад тутмасди,
Қадамингда қувонч кутмасди,
Пешонангга бахтлар битмасди,
Агар Онанг дуо қилмаса.
Бароридан келиб ҳар ишинг,
Баҳор каби гуллаб куз, қишинг,
Ўша сенинг энг азиз кишинг
Агар Онанг дуо қилмаса.
Ёмонликлар бўлмасмиди фош,
Кўзларингда тинмасмиди ёш,
Зулмларга беролмасдинг дош,
Агар Онанг дуо қилмаса.
Маконинг боғ бўлармиди ё,
Юлдузларга қўл етиб гўё,
Кимга вафо қилар бу Дунё,
Агар Онанг дуо қилмаса.
Камтар бўлу, кибрдан кеч воз,
Савоб ишни қанча қилсанг оз,
Умри кунинг ўтармиди соз,
Агар Онанг дуо қилмаса!