Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Локомотивное депо «Узбекистан». +99871-299-68-05 Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/
Subscribers
3 050
24 hours
30 days
-18
Post views
2 723
ER
89,28%
Posts (30d)
9
Characters in post
740
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 10, 03:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi o‘tkazildi
09.09.2026 kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishi korxona rahbarining lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari
Sh.X. Valiyev
boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish hamda lokomotiv brigadalarining mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mashinist va mashinist yordamchilarining xizmat davomida hushyor bo‘lishi, elektron marshrutlarni to‘g‘ri yuritishi hamda o‘g‘irliklarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.

September 09, 14:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

"O‘zbekiston" lokomotiv deposiga Smart depo loyihasini o'rganish hamda takomillashtirish, mashinist elektron marshrut tizimini ko’zdan kechirish maqsadida kelgan delegatsiya ish jarayonlaridan videolavha.

September 09, 11:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

2026 yil 9 sentyabr kuni "O‘zbekiston" lokomotiv deposiga Smart depo loyihasini o'rganish hamda takomillashtirish, mashinist elektron marshrut tizimini ko’zdan kechirish maqsadida Boshqaruv raisining Raqamlashtirish va sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi A.B.Maxmudov,
Raqamlashtirish va suʼniy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshligʻi B.E.Usmanov, Axborot hisoblash markazi boshlig’i T.K.Ubaydullayev, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’ining Raqamlashtirish bo’yicha o’rinbosari Z.A.Anvarov hamda "DAS UTY" MChJ Bosh direktori B.M.Begaliyev keldi.
Ushbu delegatsiyaga korxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari va raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan shaxsan depo boshlig’i O.M.Maxsumov tanishtirib o‘tdi.
Yakunda barcha dasturlar va raqamlashtirish ishlari bo’yicha kelgusida qilinadigon yangiliklar va qo’shimchalarni o’zaro muhokamasi bo’ldi.

September 02, 15:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi o‘tkazildi
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishi korxona rahbarining lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari
Sh.X. Valiyev
boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish hamda lokomotiv brigadalarining mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mashinist va mashinist yordamchilarining xizmat davomida hushyor bo‘lishi, elektron marshrutlarni to‘g‘ri yuritishi hamda o‘g‘irliklarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.

September 01, 02:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — tariximizning muhim burilish nuqtasi, bugunimizning tayanchi va kelajagimiz uchun mas’uliyatdir. O‘tgan yillar davomida uning mazmuni yurtimizning izchil taraqqiyoti, inson qadrining yuksalishi va yangi imkoniyatlarning kengayishi bilan tobora boyib bormoqda.
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu tashabbuslaringiz va munosib faoliyatingiz bundan buyon ham samarali davom etishiga tilakdoshman.
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O.M.Maxsumov!

August 29, 10:59
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bugun
“O’zbekiston” lokomotiv deposi
hamda barcha filiallarda (
Angren, Xovos, Jizzax va Marokand
) O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan umumxalq hashari tashkil etildi.
Depo hamda filiallar ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish va tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida depo hududi va uning atrofi tozalanib, yig‘ilgan chiqindilar belgilangan joylarga olib chiqildi.
Shuningdek, binolar atrofi va yo‘laklar tartibga keltirilib, tozalash ishlari olib borildi. Natijada depo hududi yanada chiroyli va ozoda holatga keltirildi hamda yashil hududlar kengaytirildi. Bunday tadbirlar ekologik muhitni yaxshilash va jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

August 27, 11:49
Media unavailable
5
Show in Telegram

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin, aziz temiryo'lchilar!
🇺🇿

Bugun “O’zbekiston” lokomotiv deposida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fidokorona mehnat qilgan, o‘z ishiga sidqidildan yondashgan 13 nafar eng yaxshi xodimlarimiz munosib taqdirlandilar.
​Yig’ilishda korxona rahbari temiryo‘lchilarning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
​"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Bu mukofot har bir temiryo‘lchining mehnatiga berilgan yuksak baho va e’tirofdan dalolatdir.
​Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz! Keyingi faoliyatlaringizda ham shunday shijoat va fidokorlik bilan ishlashingizga tilakdoshmiz.

August 27, 08:42
Media unavailable
3
Show in Telegram

O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.
"O'zbekiston" lokomotiv deposi bosh muhandisi A.A.Baltabayev hamda ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosar M.Y.Zulfiqorov va J.M.Mirzarahmedovlar boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.

August 27, 04:56
Media unavailable
4
Show in Telegram

2026-yil 26-avgust kuni korxonada haftaning har chorshanba kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish Korxona rahbari O.M.Maxsumov hamda lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Sh.X. Valiyev boshchiligida tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida temiryo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda ish jarayonlarida intizomni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Korxonada terrorizm, diniy ekstremizm va ularning salbiy oqibatlariga tushib qolishni oldini olish maqsadida hodimlarga ogohlikka chaqiruvchi videorolik qo’yib berildi.
Yig’ilish yakunida korxona rahbari hamda kasaba uyushma raisi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan nafaqa yoshiga yetgan bir nafar hodim
Xolboyev Baxtiyor Abdusamatovich
depo navbatchisi tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

August 12, 11:29
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida navbatdagi
“Harakat xavfsizligi kuni”
doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish
depo rahbarining lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Sh.X. Valiyev
boshchiligida o‘tkazildi.
Unda harakat xavfsizligini ta’minlash, ish jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, lokomotivlardan to‘g‘ri foydalanish hamda xodimlar o‘rtasida ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ish jarayonida e’tiborli bo‘lish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, texnika xavfsizligi va mehnat intizomiga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.