Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
Локомотивное депо «Узбекистан». +99871-299-68-05 Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/
Подписчики
3 080
24 часа
-4
30 дней
25
Просмотры
2 303
ER
74,77%
Посты (30д)
16
Символов в посте
884
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 28, 04:06

Ishchi ta’mirlash hududida himoya vositalarisiz ishlayotganini ko‘rdingiz. Qanday yo‘l tutish kerak?
A)
Ishni davom ettirishiga ruxsat berish
B)
Ishni to‘xtatib, xavfsizlik talablariga rioya qilishini ta’minlash
C)
Faqat smena boshlig‘iga aytib, ishni davom ettirish

October 22, 09:36
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposining Xovos filialida Transport prokurori o‘rinbosari D.Q. Raxmatullayev boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, qonuniylikni ta’minlash hamda xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar va ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

October 22, 09:08
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposi rahbari O.M. Maxsumov Angren filialiga bordi.
Korxona rahbari Angren filialiga
730-Dalian rusumli poyezd
bilan bordi. U yerda navbatdagi “Harakat xavfsizligi kuni” doirasida ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, lokomotivlardan foydalanish jarayonida hushyorlik va mas’uliyatni oshirish, shuningdek, belgilangan texnik talablarni bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O.M. Maxsumov filialda olib borilayotgan
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini
ko‘zdan kechirdi. Mavsumni betalofat va barqaror o‘tkazish, ishlab chiqarish obyektlarining qishga tayyorligini ta’minlash, zarur sharoitlarni yaratish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif yakunida mas’ul xodimlarga harakat xavfsizligini ta’minlash, qishki tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va mehnat intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

October 22, 09:07
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida navbatdagi “Sifat kuni” o‘tkazildi.
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish, belgilangan texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi “Sifat kuni” yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig`ilish depo boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y. Zulfiqorov va I.Y. Usmonovlar boshchiligida bo`lib o`tti
Yig‘ilish davomida ta’mirlash jarayonlarida sifat nazoratini kuchaytirish, ehtiyot qismlar va agregatlarning texnik holatiga alohida e’tibor qaratish, mehnat intizomi hamda texnologik talablarga qat’iy amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, bajarilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va lokomotivlarning texnik sozligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

October 21, 09:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil bo‘ldi.
🇺🇿
Bugun bizning milliy g‘ururimiz, ona tilimiz — O‘zbek tili bayrami! Til bu xalqning ruhi, tarixining ovozi va kelajakka eltuvchi eng muhim ko‘prikdir.
21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan“O‘zbekiston” lokomotiv deposida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbek tili — xalqimizning bebaho boyligi, milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimizning uzviy qismi, o‘zligimizni dunyoga tanitadigan ulkan qadriyatdir.
Davlat tilimiz maqomi — faxr va g‘urur manbai bo‘lib, u orqali ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan boy tarix va madaniyatni asrab-avaylab kelmoqdamiz.
Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan tadbirda milliy tilimizga bagʻishlangan qiziqarli faktlar bilan yigʻilish qatnashchilari tanishtirib oʻtildi. Mehmon sanʼatkorlar esa tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishlashladilar.

October 21, 07:57
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi o‘tkazildi
21.10.2026 kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishi korxona rahbarining lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari
Sh.X. Valiyev
boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish hamda lokomotiv brigadalarining mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mashinist va mashinist yordamchilarining xizmat davomida hushyor bo‘lishi, elektron marshrutlarni to‘g‘ri yuritishi hamda o‘g‘irliklarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.

October 16, 14:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

2026-yil 15-oktyabr kuni
“O‘zbekiston” lokomotiv deposi boshlig‘i O.M. Maxsumov
boshchiligida
“Harakat xavfsizligi va sifat kuni”
doirasida Samarqand Marokand filialida ishchi hodimlar bilan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig‘ilish davomida filialdagi lokomotiv brigadalari hamda harakatli tarkibni ta’mirlashda ishtirok etuvchi chilangarlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat chog‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash, hushyorlikni oshirish, ish jarayonida ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar, ayniqsa, baxtsiz hodisalar sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, mas’ul xodimlar va mashinistlar o‘rtasida nazoratni kuchaytirish yuzasidan muhim topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida O.M. Maxsumov Samarqand “Marokand” lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktida bo‘lib, mavjud ish sharoitlari, uskunalar holati hamda ta’mirlash sifati bilan yaqindan tanishdi. Filial xodimlariga harakat xavfsizligi va ta’mirlash ishlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

October 15, 02:41
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🚂
Tajriba almashish maqsadida tashrif
Qo’qon lokomotiv deposi filiali bosh muhandisi B.Y.Karimov
boshchiligida ishchi guruh joriy yilning
14-oktyabr
kuni
O’zbekiston lokomotiv deposiga
tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida ishchi guruhlar depoda yangi foydalanishga topshirilgan sexlarni ko’zdan kechirdi. Qurilish ishlarining tashkil etilishi, bajarilish sifati, shuningdek, xavfsizlik talablarining ta’minlanishi o’rganildi.
Tomonlar o’rtasida mavjud tajriba va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi, ilg’or yondashuvlarni
Qo’qon lokomotiv deposi
faoliyatiga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ushbu tashrif depolar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
#QoqonLokomotivDeposi
#OzbekistonLokomotivDeposi
#tajribaalmashish
#qurilish
#temiryol

October 15, 02:41
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

October 14, 09:12
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi hamda Sayyor qabul o‘tkazildi
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishida Sayyor qabul korxona rahbari O.M.Maxsumov hamda O’zbekiston Temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’rinbosari M.Rozimetov, bosh huquqiy maslaxatchisi A.D.Azizov, mehnat huquq inspektori O.E.Xalbayev, Toshkent MTU kasaba uyushma hududiy qo’mitasi raisi G’.G’.Sabirov hamda o’rinbosari O.R.Tuxtamatovlar boshchiligida o’tkazildi.
Yig’ilishda xodimlar yangi qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuv davomida ishchilar bilan samimiy va ochiq savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.
Yig’ilishdan so’ng korxonaga kelgan mehmonlarga korxona ishchi hodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.