
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Shahar hokimligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, sohaviy korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, soliq va bank mas’ullari hamda Kambag‘allikdan chiqarish shtabi a’zolari ishtirokida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab mahallalar kesimida kunlik soliq rejasining bajarilishi tahlil qilinib, ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mahallalar va mas’ullar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi xatlov jarayonlari sarhisob qilinib, biriktirilgan tijorat banklari va mas’ullarga ishlarni tizimli tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalarga individual yondashuv asosida ko‘maklashish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berilib, kelgusi ustuvor vazifalar kelishib olindi.
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
Termiz shahrida aholi murojaatlari tinglandi: Navbatdagi qabul o‘tkazildi
Xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining murojaat va muammolariga tezkor hamda samimiy yechim topish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu munosabat bilan Termiz shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida hamda mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi
qabul
bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida
40 nafar fuqaro
ning ijtimoiy-iqtisodiy hamda maishiy sohalardagi murojaatlari atroflicha tinglandi. Sayyor qabul jarayonida
ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlash
(moddiy yordam, bolalar puli, davolanish va "Ijtimoiy reyestr" masalalari),
uy-joy va infratuzilma
(yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlarga ko‘mak, ta’mirlash hamda qurilish masalalari) hamda
tadbirkorlik va ta’lim
(imtiyozli kreditlar va kontrakt to‘lovlari) va boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning
7 nafari joyida o‘z yechimini topdi
. Muayyan muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shahar hokimligi tomonidan
qat’iy nazoratga olindi
.
Shuningdek, huquqiy tushuntirish talab etgan murojaatlarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
"Shodlik" mahallasida liftlar, bolalar maydonchalari va uylar atrofi ko‘zdan kechirildi
.
Termiz shahrida ko‘p qavatli uylarda xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda kommunal infratuzilma sozligini ta’minlash borasida deputatlik nazorati davom etmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar "Shodlik" mahallasida bo‘lib, Senat tomonidan belgilangan muhim mezonlar doirasida o‘rganish o‘tkazishdi.
O‘rganishlar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Liftlar holati:
Uskunalarning uzluksiz va xavfsiz ishlashi, texnik ko‘rikdan o‘tgani va tugmalar sozligi;
Bolalar maydonchalari:
Konstruksiyalarning xavfsizligi, texnik va sanitariya holati;
Obodonchilik:
Uylar atrofi tozaligi, kirish yo‘laklari va chiqindi joylarining tartibga keltirilgani.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Boshqaruv servis kompaniyalari hamda daxldor tashkilotlarga qat’iy ko‘rsatmalar berilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
#Ijtimoiy_eksperiment
#Termiz_shahar
Favqulodda vaziyatlarda har bir soniya ham muhim
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
🛑
“Giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi
🏫
Surxondaryo yuridik texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
👮♂️
Tadbirda
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimi
ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi va iste’moli uchun belgilangan
huquqiy javobgarlik
haqida tushuntirishlar berdi.
📌
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.
🌿
Sog‘lom yoshlar — barqaror kelajak!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X
"Payshanba — yoshlar kuni": Termiz shahrida yosh shifokorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari tomonidan har haftaning payshanba kuni
"Yoshlar kuni"
deb e’lon qilinishi munosabati bilan barcha sohalarda yosh kadrlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ushbu amaliy tashabbuslar doirasida
Termiz shahar tibbiyot birlashmasida
ham yosh mutaxassislar ijodiy va kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida tibbiyot birlashmasi boshlig‘i
Rustam Odinayev
sohada faoliyat yuritayotgan yosh shifokor hamda tibbiyot xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Suhbat jarayonida yosh mutaxassislarning kunlik faoliyatida duch kelayotgan masalalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kasbiy mahoratini oshirish borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda yosh kadrlarning o‘z bilimi va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
E’tibor va imkoniyatlardan mamnunligini bildirgan yosh shifokorlar bildirilgan yuksak ishonchni samarali va fidoyilarcha mehnatlari bilan oqlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
#Termiz_shahar
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Tibbiyot_birlashmasi
#Yosh_shifokorlar
#Ochiq_muloqot
#Inson_qadri
#Sogliqni_saqlash
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
YANGI XUSUSIYLASHTIRISH IMKONIYATI: BOSHLANG‘ICH NARXI 1 MLN SO‘MDAN BO‘LGAN AKTIVLARNI SOTIB OLING!
Tadbirkorlar uchun auksion savdolariga
qulay narxlarda aktivlar
chiqarildi. Har bir obyekt haqida batafsil ma’lumotni quyida ko‘rsatilgan havolalar orqali olishingiz mumkin.
______
НОВАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ПРИВАТИЗАЦИИ: ПРИОБРЕТАЙТЕ АКТИВЫ СО СТАРТОВОЙ ЦЕНОЙ ОТ 1 МЛН СУМОВ!
Для предпринимателей на аукцион выставлены
активы по выгодным ценам
. Подробнее с каждым объектом можно ознакомиться по ссылкам, указанным ниже.
_______
NEW PRIVATIZATION OPPORTUNITY: PURCHASE ASSETS WITH A STARTING PRICE FROM UZS 1 MILLION!
Assets at attractive prices
are now available for entrepreneurs through auction. You can find more information about each asset through the links provided below.
1.
Toshkent shahri
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
3.
Andijon viloyati
4.
Buxoro viloyati
5.
Jizzax viloyati
6.
Qashqadaryo viloyati
7.
Navoiy viloyati
8.
Samarqand viloyati
9.
Sirdaryo viloyati
10.
Surxondaryo viloyati
11.
Toshkent viloyati
12.
Fargʻona viloyati
13.
Xorazm viloyati
___
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”
Termiz shahar 2-son texnikumida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish maqsadida
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!”
shiori ostida targ‘ibot fleshmobi tashkil etildi.
Fleshmob davomida texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari birgalikda o‘zlarining qat’iy pozitsiyalarini namoyon etib,
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!”
degan chaqiriq bilan videorolikda ishtirok etdilar.
Ushbu tashabbus orqali yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom va farovon hayot tarzini tanlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga undash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga e’tibor qaratildi.
Sog‘lom hayot — yorqin kelajak! Biz giyohvandlikka qarshimiz!
🇺🇿
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅
Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram