Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Termiz şahar hokimligi

termizshh
🇺🇿 Termiz şahar hokimligining rasmiy axborot kanali ☎️ Murojaat uçun: ➡️ +998 (76) 224-13-12
Подписчики
6 657
24 часа
-4
30 дней
-59
Просмотры
551
ER
8,28%
Посты (30д)
417
Символов в посте
874
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 15:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

​
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

October 26, 14:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:29
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Surxondaryo va Afğoniston: savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi
Surxondaryo viloyati hokimining topşiriğiga asosan, 24–25-oktabr kunlari viloyat hokimligi mas’uli boşçiligidagi delegatsiya Afğonistonning Balx viloyatida bölib, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Taşrif doirasida Balx viloyati sanoat va savdo raisi hamda 40 nafarga yaqin afğonistonlik tadbirkor iştirokida uçraşuv ötkazildi. Unda Afğonistondan meva-sabzavot, kömir, paxta, çigit va göşt mahsulotlarini import qiliş, ularni Termiz xalqaro savdo markazida qayta işlaş va qadoqlaş, şuningdek, uçinçi davlatlar bozorlariga yönaltiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Muzokaralarda tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda Hayraton hududida 100 gektar maydonda erkin iqtisodiy zona taşkil etiş taşabbusi ham muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari Balx viloyatidagi işlab çiqariş korxonalari, sanoat obyektlari va ulgurji savdo bozorlari faoliyati bilan tanişib, mahsulot yetkazib beriş, qayta işlaş va savdo aloqalarini yölga qöyiş böyiça amaliy hamkorlik imkoniyatlarini örgandilar.
Afğoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantiriş Surxondaryoning çegaraböyi hudud sifatidagi iqtisodiy salohiyatini kengaytiriş, tranzit va logistika imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, tadbirkorlar uçun yangi bozorlarni oçişda muhim ahamiyatga ega.
Taşrif Surxondaryo va Balx viloyatlari örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.

October 26, 13:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan
uçraşuv ötkazdi.

October 26, 11:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Renessans" kino uyiga tashrif buyurib, kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashadi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalarni muhokama qiladi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит дом кино «Renessans», где встретится с работниками кинематографии и обсудит с ними проводимую в сфере работу и дальнейшие планы.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 10:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.

October 26, 10:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

IŞGA TAKLIF!
“Surxondaryo suv ta’minoti” AJning Termiz şahar bölimiga santexnik-çilangar lavozimiga işga taklif qilamiz.
Mehnat şaroitlari:
• Oylik iş haqi-3 million 600 ming söm;
• Rasmiy iş bilan ta’minlanadi;
• Texnik işlarni bajariş uçun zarur bölgan asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.
Manzil: Termiz şahri, Termiz şahri, Mehrobod mahallasi, Temur Mirzayev köçasi, 124A-uy.
Murojaat uçun tel: 93-589-83-00, 97-143-00-06
✅
Kanalga ulaniş:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram

October 26, 10:21
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
✅
Kanalga ulaniş:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram

October 26, 10:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

FVV OGOHLANTIRADI!
Is gazi
hayot uchun xavfli! Xonani isitish vaqtida
texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qiling.
--------------------
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
Угарный газ
опасен для жизни! При обогреве помещений соблюдайте
технику безопасности.
✅
Kanalga ulaniş:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram

October 26, 07:10
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
Taqdimotga taklif etamiz!
💼
Davlat aktivlarini xususiylaştiriş — yangi investitsiya imkoniyatlari!
📍
2026-yil 27-oktabr kuni Termiz şahrida davlat aktivlarini xususiylaştiriş, hududga investitsiyalar jalb qiliş va tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan
«Roadşow» taqdimoti
bölib ötadi.
Tadbirda tadbirkorlar va investorlar davlat aktivlarini xususiylaştiriş imkoniyatlari bilan tanişib, yangi loyihalarni amalga oşiriş hamda biznesni kengaytiriş böyiça muhim ma’lumotlarga ega bölişlari mumkin.
🤝
Barça tadbirkorlar, investorlar va işbilarmon doiralar vakillarini faol iştirok etişga taklif etamiz!
🗓
Sana:
2026-yil 27-oktabr
🕙
Vaqt:
soat 10:00
📍
Manzil:
Termiz şahri, Islom Karimov köçasi, 288A-uy, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti binosi.
📞
Qöşimça ma’lumot uçun:
+998 91 577 98 00
(76) 227 30 80
🚀
Imkoniyatni qöldan boy bermang!
Yangi investitsiya loyihalari bilan tanişing, biznesingizni rivojlantiring va hudud iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qöşing!
✅
Kanalga ulaniş:
https://t.me/termizshh
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Web-site
|
Instagram