Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tez tibbiy yordam Buxoro

tezyordambuxoro
Мурожаатлар юбориш учун @direktor103gamurojaatbot Республика тез тиббий ёрдам маркази Бухоро вилоят филиали расмий канали «Инсонлар манфаати ҳамма нарсадан устун!»
Subscribers
3 550
24 hours
30 days
-150
Post views
1 075
ER
30,28%
Posts (30d)
23
Characters in post
840
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
June 11, 22:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

Buxoro shahrida yana bir chaqaloq tez tibbiy yordam avtomashinasida dunyoga keldi
👼🏻
🤱🏻
🚑
Tez tibbiy yordam xodimlariga yana bir bor RESPECT
🎗️

June 11, 16:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔴
❗️
❗️
❗️
❗️
Тиббиёт ташкилотларида “Сирли мижоз” тадбирлари ўтказилади
💫
Баъзи хусусий ёки давлат тиббиёт муассасаларида клиник протоколлардан четга чиқиб, қўшимча текширувлар ўтказиш, ортиқча тиббий таҳлил ва зарур бўлмаган дори воситалари ёки биологик фаол қўшимчаларни буюриш ҳолатлари учраётгани сир эмас.
📝
Шундай ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
ва
Рақобат қўмитаси ўртасида меморандум имзоланди
.

Унга кўра,
вазирликнинг Комплаенс-назорат бошқармаси ва унинг ҳудудий бўлинмалари
томонидан вазирлик клиник протоколларига амал қилинганлиги ёки четга чиқилганлиги ҳамда соҳада турли йўналишда коррупциявий ҳолатлар юзасидан тегишли хулосалар берилади.
📌
Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 22 октябрдаги 667-сон қарори асосида тасдиқланган тегишли низомга мувофиқ,
дори воситалари ва тиббий буюмларни тайинлаш, реализация қилиш ҳамда тиббий хизмат кўрсатиш фаолиятини назорат қилишда "Сирли мижоз" тадбирларини ўтказиш
белгиланган.
📹
Бундай тадбирлар фақатгина аудио ёки видеокузатув мосламаларидан
яширин фойдаланилган ҳолда уюштирилади
.
‼️
Айни пайтда барча тиббиёт ташкилотларида
“Сирли мижоз”
тадбирларига
старт берилганлиги маълум қилинади.
🚑
ССВ Матбуот хизмати.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

June 11, 10:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚑
Buxoro haydovchilariga inson hayotiga bo‘lgan hurmati uchun rahmat
Bugun Buxorodagi gavjum chorrahalardan birida tirbandlik yuzaga keldi. Shu paytda ortdan maxsus chiroq va ovozli signal yoqilgan tez tibbiy yordam mashinasi harakatlanayotgan edi.
Haydovchilarning deyarli barchasi tezda yo‘l bo‘shatib, tez yordam avtomobilini o‘tkazib yuborganini ko‘rish quvonarli holat bo‘ldi.
Har bir haydovchi unutmasligi kerak: tez yordamga yo‘l berish orqali siz shifokorlarning bemorga tezroq yetib borishiga yordam berasiz. Bunday vaziyatlarda bir necha soniya insonning sog‘lig‘i va hatto hayotini saqlab qolishi mumkin.
Ongli va mas’uliyatli harakat qilayotgan barcha haydovchilarga rahmat.

🚑
Спасибо водителям Бухары за уважение к жизни
Сегодня на одном из оживлённых перекрёстков Бухары образовалась пробка. В этот момент сзади двигался автомобиль скорой медицинской помощи с включёнными спецсигналами.
Приятно было видеть, как водители практически сразу начали освобождать дорогу, чтобы пропустить скорую помощь.
Каждый водитель должен помнить: уступая дорогу скорой, вы помогаете медикам быстрее добраться до пациента. В такие минуты от нескольких секунд могут зависеть здоровье и даже жизнь человека.
Спасибо всем водителям, которые проявляют сознательность и уважение к другим людям.
@potrebitelbukharaplus

June 09, 15:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

Hayot uchun kurash — 103 xodimlarining har kunlik vazifasi.
Har bir chaqiriqda tezkorlik, bilim va fidoyilik bilan inson hayotini saqlab qolish yo‘lida xizmat qilayotgan barcha tez tibbiy yordam xodimlariga omad, kuch-quvvat va zafarlar tilaymiz.
#103
#TezTibbiyYordam
#HayotUchunKurash
#Fidoyilik

June 09, 11:43

https://t.me/Rasmiy_axborot24uz
Hurmatli kuzatuvchilar, obunachilar diqqatiga!!!
Yuqorida keltirilgan havola orqali Buxoro hamda boshqa viloyatlardagi yangiliklarni kuzatib borish imkoniyati bo
ladi. Obuna bol
ib qo`ying!!!

June 08, 13:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Яна бир чакалок тез тиббий ердам машинасида дунега келтирилди.
Когон шахар тез тиббий ердам ходимларининг касбий махорати ва тезкорлиги туфайли яна бир кувончли холат кайд этилди.
Чакирикка зудлик Билан етиб борган тез тиббий ердам бригадаси шифокор Немадова Дилобар ва фельдшер Шукурова Сабохатлар тез тиббий ердам автомашинасида тугрукни мувоффакиятли амалга оширишди.
Беморнинг холатига кура тугрук жараени амалдаги стандартларга мос равишда профессионал ва хамжихатликда мувоффакиятли якунланди
Кўрсатилган малакали тиббий ёрдам натижасида она ва чақалоқнинг аҳволи қониқарли деб баҳоланди ҳамда улар соғ-саломат ҳолда туғруқхонага етказилди.
Мазкур ҳолат тез тиббий ёрдам ходимларининг юксак масъулияти, фидойилиги ва касбига садоқат билан хизмат қилаётганининг яна бир ёрқин намунасидир.

June 06, 14:47
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Joriy yilning 6-iyun kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori
Abduvoitjon Xuseynovich Gafurov
ning 08.00.16 –
“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan
“Tez tibbiy yordam xizmat samaradorligini raqamli texnologiyalar asosida ta’minlash”
mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Himoya
Tashkent International University
huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.30.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi Abduvoitjon Xuseynovichni PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan samimiy muborakbod etadi.
Bu yuksak natija Sizning ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishingiz, chuqur bilim va tinimsiz izlanishlaringizning munosib samarasidir. Erishilgan ushbu yutuq nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatingiz, balki sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shayotgan salmoqli hissangizning e’tirofidir.
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, ilmiy izlanishlaringizda yangi yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
PhD ilmiy darajasi muborak bo‘lsin!
Yangi marralarni zabt etishda omad va muvaffaqiyatlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi
#tez_tibbiy_yordam
#dissertatsiya
#himoya
#PhD
#Gafurov
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

June 05, 04:11
Media unavailable
1
Show in Telegram


Инсультни қандай тез ва осон аниқлаш мумкин?

Чет элда бу холатда F.A.S.T. деган инглизча терминни ишлатишади. Бу «тез!» деган маънони англатади.
❗️
FAST
❗️
⬇️
🔸
Face(юз)-Бемор юзига эътибор берилганда қийшайишни(ассиметрия) кўриш мумкин
🔸
Arm(қўл)- Қўлларини харакати бузилади
🔸
Speech(гапириш)-Гапиришда бузилиш кузатилади
🔸
Time-бу вақт дегани, яъни юқоридаги холатлар кузатилса вақтни ўтказмай тезда
тез ёрдамга(103)
мурожаат қилиш зарур

June 04, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

🕊️
Chuqur hamdardlik bilan…
Ba’zi ayriliqlar bor — ularni so‘z bilan ifodalash mushkul. Buxoro shahar 1-tez tibbiy yordam podstansiyasi xodimi, fidoyi hamshira
Soatova Shaxnoza Toyirovnaning
bevaqt vafoti haqidagi xabar jamoamiz qalbini chuqur larzaga soldi.
Insonlarga shifo ulashish, og‘ir damlarda ularga madad bo‘lishni o‘z hayotining mazmuniga aylantirgan Shaxnoza Toyirovna bugun oramizda yo‘q. Uning samimiy chehrasi, mehribon qalbi, kasbiga bo‘lgan sadoqati va insoniy fazilatlari hamkasblari xotirasida abadiy yashaydi.
Bu og‘ir judolik munosabati bilan marhumaning oila a’zolari, farzandlari, yaqinlari va barcha hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Ushbu musibatli kunlarda ularga sabr-toqat va matonat tilaymiz.
Yaxshi insonlar ketadilar, ammo ularning ezgu ishlari va yorug‘ xotiralari qalblarda mangu qoladi.
Alloh taolo marhumaning gunohlarini mag‘firat etib, joylarini jannat bog‘laridan aylasin.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
🕯️
💔

June 01, 04:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
👼
Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi.
👩‍👩‍👦
Koʻzimiz quvonchi, ertamiz egasi boʻlgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.
🤱
Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa,
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
da sayyoramiz bolajonlarning samimiy va begʻubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi.
Ushbu xalqaro bayram 1925-yilda Jenevada boʻlib oʻtgan hamda bolalar farovonligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan umumjahon konferensiyasida ilk bor eʼlon qilingan.
BMT tashkil etilgach bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilot faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi va 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanishi yanada ommalashdi.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi yurtimizning barcha bolajonlarni
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etadi.
✏️
Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak boʻlsin! Dunyodagi eng goʻzal narsalar sizlar uchun boʻlsin. Hayotingiz ertakdek goʻzal va quvonchli oʻtsin!
Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi
#tez_tibbiy_yordam
#tabrik
#bola
#1iyun
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube