Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tez tibbiy yordam Buxoro

tezyordambuxoro
Мурожаатлар юбориш учун @direktor103gamurojaatbot Республика тез тиббий ёрдам маркази Бухоро вилоят филиали расмий канали «Инсонлар манфаати ҳамма нарсадан устун!»
Подписчики
5 109
24 часа
-20
30 дней
319
Просмотры
1 229
ER
24,06%
Посты (30д)
53
Символов в посте
993
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Медицина
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
September 10, 09:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
🌍
🌍
❗️
JSST: Tamaki iste’moli bepushtlik xavfini oshiradi
🚬
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, chekish reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, farzand ko‘rish imkoniyatini kamaytirishi mumkin.
📊
Xususan, chekuvchi ayollarda bepushtlik ehtimoli chekmaydiganlarga nisbatan
40 foizga yuqori
ekani qayd etilgan. Bu zararli odatni tashlaganlarda esa ushbu xavf chekishni davom ettirayotganlarga qaraganda
25 foizga kamayishi
aniqlangan.
‼️
Tamakining salbiy ta’siri faqat ayollar bilan cheklanmaydi. 60 mingdan ortiq erkak ishtirok etgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, chekish ularda ham bepushtlik xavfini oshirishi ma’lum bo‘ldi.
🔬
Bundan tashqari, bu zararli illat bepushtlikni davolash samaradorligiga salbiy ta

sir ko‘rsatadi.
🚭
Shu sababli, JSST farzand ko‘rishni rejalashtirayotgan ayol va erkaklarga tamaki iste’molidan butunlay voz kechishni tavsiya etadi.
🚑
SSV Matbuot xizmati.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 09, 02:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


🟦
🟦
🟦
🟦

«Инсон соғлиғига қилинган сармоя — энг фойдали ва ҳеч қачон қадрини йўқотмайдиган сармоядир.»
✍🏻
Бенжамин
Франклин
😎
Бухоро тиббиёти

September 06, 19:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Agar
miokard infarkti belgilari
kuzatilsa, vaqtni boy bermang —
zudlik bilan 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!
🚑
❤️
Yurakdagi og‘riqni e’tiborsiz qoldirmang — har bir daqiqa muhim!
Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali axborot xizmati

September 06, 12:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Ўлим фариштаси эмасмиз” – тез тиббий ёрдам фелдшери
Алёр Саидмирзаев 35 йилдан бери Фарғона шаҳар Тез тиббий ёрдам бўлимида фелдшер бўлиб ишлайди. Касбининг иссиқ-совуғи, пасту-баландини татиган қаҳрамонимиз соҳанинг бугунги кундаги ҳолати, ишдаги масъулият ҳамда одамларнинг шифокорларга бўлаётган муносабати ҳақида сўзлаб берди. “Чақирувга борганимизда баъзан бизни ҳақорат қилишади, кези келганда калтаклашади ҳам, лекин барчасига чидаймиз”, – дейди у.
📹
ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

September 04, 10:08
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🖥
🖥
🖥
🇺🇿
Tez tibbiy xizmat: kecha, bugun va ertaga
_______________
🇷🇺
Работа по развитию системы скорой медицинской помощи
#tez_tibbiy_yordam
#islohot
#Uzb35
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

September 04, 05:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔴
📌
📌
📌
📌
📌

So‘nggi 10 yilda Yangi O‘zbekiston tibbiyotida nimalar o‘zgardi?

Bu savolga yuzlab aniq misollar bilan asosli javoblar berish mumkin. O‘sish dinamikasi, rivojlanish ko‘rsatkichlari ham islohotlar samarasini ifodalovchi barometrdir. Ammo haqqoniy natijalar qiyoslarda, xalqning e’tirofi, bahosi va roziligida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
🎥
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va SSV Matbuot xizmati hamkorligida tasvirga olingan ko‘rsatuvda
tibbiyotimizning kechagi va bugungi kuni ta’sirchan misollar orqali tahlil qilinadi.
🚑
SSV Matbuot xizmati.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 04, 03:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🤖
СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ — ЗАМОН БИЛАН ҲАМНАФАС ҚАДАМ
Бухоро шаҳар туғруқхонаси томонидан сунъий интеллект ёрдамида тайёрланган ушбу видеоролик замонавий технологиялардан самарали фойдаланиш борасидаги янги ёндашувларни намоён этади.
Бугун сунъий интеллект ҳаётимизнинг тобора кўпроқ соҳаларига кириб бормоқда. Яқин келажакда ушбу технология кириб бормаган соҳа қолмаслиги, аксинча, инсон меҳнатини енгиллаштирувчи ва унга кўмак берувчи муҳим воситага айланиши кутилмоқда.
Бу йўналиш мамлакатимизда давлат сиёсати даражасида қўллаб-қувватланаётгани ҳам бежиз эмас.
Давлатимиз раҳбарининг тегишли қарорига мувофиқ, ҳокимликларда сунъий интеллект йўналиши бўйича маслаҳатчи лавозими жорий этилгани ҳам соҳада замонавий технологияларни кенг татбиқ этишга бўлган эътиборнинг яна бир амалий ифодасидир.
Бухоро шаҳар туғруқхонаси томонидан тайёрланган мазкур видеоролик ҳам сунъий интеллект технологиялари маҳсули бўлиб, унда фарзанд дунёга келтиришни олдиндан режалаштиришнинг аҳамияти ва афзалликлари ҳақида сўз юритилади.
📌
Замонавий ёндашув, долзарб мавзу ва янги технология уйғунлашган ушбу видеороликни эътиборингизга ҳавола этамиз.
📲
Тарқатамиз ва тавсия қиламиз
!
📱
Бухоро тиббиёти

September 02, 11:26
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

«Билимлар куни»да тез тиббий ёрдам — болажонлар саломатлиги посбонида
Хабар берганимиздек, бугун юртимиз бўйлаб 10 мингдан ортиқ умумтаълим мактабларида янги ўқув йили бошланди. Жумладан, Бухоро вилоятидаги 600 дан ортиқ мактабда «Билимлар куни» тадбирлари кўтаринки руҳда ўтказилди.
Миллионлаб ўқувчилар ўзлари учун қадрдон бўлган мактаб остонасидан қадам қўйиб, янги билимлар сари йўл олдилар. Айниқса, биринчи синфга илк бор қадам қўяётган жажжи болажонлар учун бу кун унутилмас воқеага айланди.
Тантанали тадбирларда тизимдаги раҳбарлар иштирок этиб, биринчи синф ўқувчиларига Президент совғаларини тантанали равишда топширдилар. Байрамона кайфият билан бир қаторда, тадбирлар иштирокчиларининг хавфсизлиги ва саломатлигини таъминлашга ҳам алоҳида эътибор қаратилди.
Жамоат тартибини сақлаш ва хавфсизликни таъминлаш учун ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари билан бир қаторда тез тиббий ёрдам хизмати ходимлари ҳам мактабларда навбатчилик қилди.
Тез тиббий ёрдам хизматининг асосий мақсади — инсон ҳаёти ва саломатлигини асраш, фавқулодда ҳолатларда беморга имкон қадар қисқа вақт ичида етиб бориб, зарур тиббий ёрдамни кўрсатишдан иборат.
Айниқса, болалар иштирокидаги оммавий тадбирларда тиббий хавфсизликни таъминлаш, эҳтимолий фавқулодда ҳолатларнинг олдини олиш ва зарурат туғилганда зудлик билан тиббий ёрдам кўрсатиш муҳим аҳамият касб этади.
Шу боис, бугун Бухоро вилоятидаги мактабларда ўтказилган «Билимлар куни» тадбирларида тез тиббий ёрдам ходимлари ҳам ҳушёр ва шай ҳолда туриб, болажонлар саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлашга муносиб ҳисса қўшдилар.
Инсон ҳаёти учун курашиш, саломатликни асраш ва ҳар бир чақирувга ўз вақтида етиб бориш — тез тиббий ёрдам ходимларининг кундалик шарафли бурчидир.
Янги ўқув йили барча ўқувчиларимизга мустаҳкам соғлиқ, куч-қувват, янги билимлар ва улкан муваффақиятлар олиб келсин!
😎
Бухоро тиббиёти

September 02, 05:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Ислом Каримовнинг болалик ва ўсмирлик йиллари ҳақида фильм
Бугун, 2 сентябрь Ўзбекистон республикасининг Биринчи президенти Ислом Каримовнинг вафот этган куни.
Эслатиб ўтамиз, Ислом Каримов 1938 йилнинг 30 январь куни Самарқандда таваллуд топган, 2016 йилнинг 2 сентябрь куни Тошкентда вафот этган.
😎
BUKHARA NEWS
Telegram
|
Youtube
|
Facebook
|
Instagram

September 01, 07:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
🟦
🟦
🟦
❗️
Aziz yurtdoshlar!
❗️
Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari!
📱
Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
🟢
Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazidan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar joy olgan. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari qo‘ygan talablar asosida sog‘liqni saqlash sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.
➡️
Xususan, birlamchi bo‘g‘inda tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etilyapti. Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
📊
Davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi, sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolajalar soni 50 tadan oshdi.

Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy tizimi shakllantirildi, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar hayotga tatbiq etildi.
💻
Sohani raqamlashtirish ham yangi bosqichga ko‘tarildi. DMED yagona elektron axborot tizimi orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda jamlandi. Shu yil oxirigacha davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini barcha hududlarda to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olishni maqsad qilganmiz.
📌
Bundan tashqari, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaygani, tibbiy ta’lim qamrovi va sifati oshayotgani, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sanoati jadal rivojlanayotgani ham soha islohotlari qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.
📊
Eng muhimi, izchil sa’y-harakatlarimiz natijasida so‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,4 yoshga yetdi.
Albatta, bu yutuqlar zamirida sizlarning bilim va mahoratingiz, mashaqqatli mehnatingiz, kasbga sadoqat va matonatingiz mujassam.
💫
O‘z navbatida, Prezidenimiz tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olishi, qolaversa, farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishi uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilgani barchamizni quvontiradi.
❗️
Qadrli tibbiyot xodimlari!
🔺
Oldimizda yanada ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish ko‘lamini hamda aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirish, sohani raqamlashtirish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish kelgusida diqqat markazimizdagi muhim masalalardan bo‘ladi.
➡️
Shu bilan birga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish, Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqilishini jadallashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari samaradorligini oshirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz.
💬
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish biz uchun bundan keyin ham asosiy o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, siz, aziz soha xodimlari o‘z fidoyiligingiz, bilim va tajribangiz bilan Yangi O‘zbekiston tibbiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz.
💐
Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Egningizdagi oq libosingizga aslo gard yuqmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram