Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Aziz Axtamov

theazizakhtamov
⬜️ Marketing & copywriting 🟨 Head of growth at Obsess Ko’proq video kontent: instagram.com/theazizakhtamov Aloqa uchun: @obsessceo
Subscribers
2 385
24 hours
-5
30 days
21
Post views
757
ER
31,74%
Posts (30d)
11
Characters in post
801
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
MAMarketing
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Marketing & Sales
Summary
September 11, 13:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

1 soatdan oshiq og'ir hazm bo'ladigan kontent
🥩
18 soatda mingdan oshiq odam ko'rib chiqibdi.
Judayam muhim tamoyillar va ishlatsa bo'ladigan instrumentlar haqida tushuntirilgan.
Vaqt ajratib ko'rib chiqishni maslahat beraman.

September 10, 19:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📹
$100M Money Models kitobidagi eng muhim tamoyillar — borgan sari loyihalarimizda aktuallashayotganini ko'ryapman.
Aynan, shu qoidalarni bilmaslik biznes egasiga qimmatga tushyapti.
Marketologlar yaxshi ishladim deb o'ylaganda — loyihasi FAIL bo'lyapti.
Chunki, siz qanchalik zo'r reklama yoqsangiz ham...
Qanchalik zo'r sotsangiz ham...
Agar money model, ya'ni biznes model to'g'ri bo'lmasa:
• Siz mijoz jalb qilasiz, lekin,
zararda chiqasiz
;
• Mijozlardan foyda qilasiz, lekin foyda qilguncha
pul oqimida uzilish bo'ladi;
• Siz
yangi sotuv qilmasangiz
, o'sa olmaydigan holatga kelib qolasiz;
Umumiy qilib aytganda —
kengayish sizga ko'proq va kattaroq muammolarni olib keladi.
💡
Yechim — money models qoidalarini bilib olish.
Siz uchun bu bo'yicha 1 soatdan oshiq darslik tayyorladim.
Hozirgina yuklandi, YouTube da ko'rishingiz mumkin:
🔗
https://youtu.be/dWyIb-zCynE

September 10, 14:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kimlar bordi, nima yangiliklar ekan olamda

September 10, 14:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Iman Gadzhi va Russell Brunson zapuski — 2 kunda $36.68M
💸
Imanning strategiyasi quyidagicha:
Jonli efirni 2 xil formatda qiladi.
1. Birinchisi — VIP sessiya
2. Ikkinchisi — General, ya'ni umumiy sessiya
VIP sessiya bu pullik, qo'shimcha qiymatlar qo'shilgan jonli efir hisoblanadi.
Pullik efirning birinchi kunini
o'zi olib bordi
.
Ikkinchi kunini esa
uning jamoasi.
Buning plyus tomoni shundaki, mavzu taktik jarayonlarga chuqur kirib ketganda, uning jamoasi kunlik operatsionka ichida bo'lgani uchun...
Va produkt yaralishi qadamlarida qo'li bilan ishtirok etgani uchun...
Ular bu qismni yoritishni yaxshiroq eplaydi.
General sessiyada ham xuddi shu tartibda ketadi.
Lekin, bitta narsa o'zgaradi — sotib olish uchun
sabab triggeri o'zgaradi.
Ya'ni, birinchi kunda sotib olmagan auditoriya uchun o'sha narsani o'zini takrorlamasdan, boshqa qiymat qo'shadi.
Va
ikkinchi kunda sotib olish ham ustunlik beradi.
Qolgan sotuv triggerlari deyarli bir xil.
Qiymatni to'liq yoritib berish, narxni qiymatga nisbatan arzonligini ko'rsatib berish.
💸
Asosiy sotgan narxi — $1,995 edi.
Shaxsiy fikrim —
Imanning Russell Brunson
bilan collabi eng aqlli qaror bo'lgan.
Va bu collabni davomiy qilsa, manimcha yaxshi bo'ladi.
Sababi,
Russell Brunson bu

dotcom qiroli
👑
Hormozining hamma kitoblari Russellni kitoblarini sodda tilga tarjimasi.
Biza Rossiya bozoridan "ko'chiradigan" voronkalarni ruslar undan ko'chiradi.
Faqat, u organik kontent zamoniga moslasha olmadi.
Organikada boshqalardan orqada qolib ketdi.
Iman esa —
organik kontentda kuchli fenomen.
Ikkalasining birlashishi va buni davomli seriyalar qilishi ikkalasi uchun ham foydali bo'ladi.

September 06, 12:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Do'stimiz Abdulhamid Yakubov marketing sohasidagilar uchun
so'rovnoma tayyorlabdi
So'rovnomani to'ldirish orqali o'zi yoki jamoasi bilan konsultatsiyada ishtirok etib,
savollaringizga javob olishingiz mumkin.
So'rovnomada ishtirok etish

September 03, 18:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Pul_ishlab_chiqaruvchi_TARGET_MASHINASI_OBSESS.pdf

September 03, 05:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎁
Targetdagi eng muhim — 2 ta instrument haqida batafsil qo'llanma tayyorladim
Tez kunda — ekranglaringizda reklamasini ko'rasiz))
No, sizga reklamadan ham oldin qo'llanmani o'zini beraman.
Ba'zida, bu ma'lumotlarni ulashish man uchun
oddiy ma'lumotdek tuyiladi.
Vaqtingizga arziydimi yoki yo'qligi haqida ko'p o'ylayman.
Lekin, bizga kelayotgan loyihalarning birortasida bu usullar to'liq qo'llanmaganini ko'rganimdan keyin...
Qo'llasa,
foyda bo'lishini real raqamlarda ko'rganimdan keyin...
Vaqtingizga arzishiga va sizgayam foydali bo'lishiga
ishonch paydo bo'ladi.
Shuning uchun ham bu qo'llanmani sun'iy intellektda emas, o'zim type qilib, qo'lda yozdim.
O'qishga oson va haqiqiy fikrlarim bilan chiqishi uchun.
O'qing.
Ishlating.
💸
Natijasini ko'ring.
Izohda rahmatlaringiz va fikrlaringizni kutaman)

August 21, 13:26

Info kurslar kelajagi haqida fikrim va ba'zi rejalarim
Oxirgi yillardagi sun'iy intellekt tezligi
ma'lumotlar qiymatini keskin tushirib yubordi
.
Hozir ma'lumot har qachongidan ham
dostupniyroq va absolyutno tekin.
Ma'lumotning qadri qolmadi.
Onlayn kurs sotayotgan yoki oflayn mentorlik niqobi ostida oddiy kurs o'tayotganlar bo'yicha ham fikrim —
agar ular ma'lumot sotayotgan bo'lsa

umri qisqa.
Birinchidan,
hozirgi sabab — ma'lumot BEPUL.
Ikkinchidan,
bir marta sotib olgan odam — bildi, bo'ldi.
Unga yana kelib sotib olishdan
manfaat ham yo'q.
Ehtiyoj ham yo'q.
Ma'lumotning o'zi bilan
natija ham yo'q.
Judayam buzuq biznes-model.
Xo'sh, nima qilish kerak?
Endi, ma'lumot emas, balki o'quvchilaringiz:

Mas'uliyatini
nazorat qilishingiz;
• Ularga o'zingiz real misollarda
ko'rsatib berishingiz
;
• Ular o'z qo'li bilan bajarganda aynan ular uchun o'stiruvchi
feedback berishingiz
;
• Haqiqatda amalda qo'llay olib, natija olishiga yordam berishingiz;
• Doimiy o'suvchi
Community
yaratishingiz
qiymat beradi.
Qizig'i, bozorda bugun
shunaqa produktlar bor.
Ulaga o'quvchila navbat kutadi, qimmat to'laydi.
Shu fikrlardan kelib chiqib, o'zim uchun ba'zi qarorlarni qabul qildim.
Tujjor Akademiyasi internet marketing kursimni BEPUL berib yubormoqchiman.
P.S. Pul to'lab o'qiganlar, rozi bo'lasiz)
Bu kursni tayyorlash uchun judayam ko'p vaqt sarflangan.
Va
$10k dan oshiq pul sarflaganmiz.
Albatta, birinchi potokning o'zidayoq o'zini oqlagan.
Va
raqamda yaxshi natijalar ko'p bo'lgan.
Lekin, buyog'iga
ma'lumot sotmoqchi emasman.
Asli, shu fikrlar bilan juda uzoq vaqt to'xtatib qo'ygandim.
Vaqtim va energiyamni shunga sarflashga tayyor bo'lganimda
ta'lim produktimni shunaqa formatga o'zgartiraman.

August 18, 20:37

O'zimdayam loyihalarimizda mijozlar bilan qandaydir tushunmovchilik yoki bahsli holat chiqib qolsa...
Boshida haqligimni isbotlashga kirishib ketmoqchi bo'laman.
Keyin o'zimga
"Manga bahsda yutib chiqishim muhimmi yoki shu loyiha bilan uzoq muddat yaxshi ishlashmi?"
,
— deb savol beraman))

August 18, 20:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Marketingda bitta oddiy narsa bor...
💸
Bu istalgan biznes uchun
eng qimmat
instrument hisoblanadi.
Bu —
xizmat ko'rsatish sifati.
Ba'zi bizneslardagi xodimlar muomalasini ko'rib, ular nima uchun haligacha bozordaligiga hayron qolasiz.
Mckinsey tadqiqotiga ko'ra, mijozlar narx yoki mahsulot sabab emas, balki
yomon servis sabab ketib qolarkan
.
Yaxshi servis mijozlar o'rtasida ishonch quradi, ularni sodiqligini oshiradi, qimmatroq to'lashga ham rozi qiladi.
Qayta-qayta keluvchi va qimmat to'lovchi mijozlar esa biznesga eng katta daromad olib keladi.
Xo'sh, o'zi qanday qilib xizmat sifati yaxshilanadi?
⭐️
5 yulduzli xizmat 5 ta elementdan iborat bo'ladi.
1️⃣
Birinchisi bu — mijozlar holati haqida qayg'urish
Mijozlar sizga aloqaga chiqqani uchun yoki sotib olgani uchun ularga rahmat aytish...
Qandaydir muammo bor-yo'qligi va hammasi joyida ekanligi haqida so'rashingiz...
Qandaydir muammo aniqlangan holatda ularning holatini tushungan holda yechim berish.
2️⃣
Ikkinchisi bu — mijozlarga yuqori hurmat va professionallik bilan munosabatda bo'lish
Bunga mijozlaringizni rostakamiga eshitish, ularni ismi bilan chaqirib, eslab qolish...
Ular e'tiroz va jahl bilan murojaat qilganda ham ularga professionallikni saqlab munosabat bildirish kiradi.
3️⃣
Uchinchisi bu — ularga ko'proq ma'lumot berish
Muammolari va uning kelib chiqish sabablari...
Siz beradigan yechim va u mijozga qanday foyda berishi...
Mijozning hozirgi holati va keyingi qadamlar rejasi haqida doimiy xabardor qilib borish.
4️⃣
To'rtinchisi — muammosini birinchi ro'y bergandayoq hal qilib, takrorlanishini oldini olish
Judayam ko'pchilik xato qilsangiz, to'g'ri tushunadi.
Lekin, bu xatolarni tuzatilmasligi ularni bezitadi.
Bitta xato haqida xabar topdingizmi, o'sha zahotiyoq hal qilib...
Oldini oling.
5️⃣
Tezkorlik — kuttirmaslik
Bular qanchalik ish berayotganini aniqlash uchun sifat nazorati tizimingiz bo'lsin.
Mijozlarga xizmat ko'rsatishning yoki sotuvning qadamlarida g'amxo'rlik sifatida aloqaga chiqib...
Hammasi joyida ekanligini va xizmat sifatingizni baholashni so'rang.
Hatto, hammasi joyida bo'lsa ham, so'raganingizning o'zi ishonch va sodiqlik beradi.