
Aziz Axtamov
Alisher Isaev bilan bo’lgan “Alohida mavzu” podkastini ko’rdim
Alisher akani darslarida
o’qimaganman.
Obsess marketing agentligi mijozlari bo’lgan biznes egalarining aksariyati Milliard Club a’zosi.
Tanqidiy-tahliliy fikrlash bo’yicha kuchli deb eshitgandim.
Haqiqatda — tan olish kerak ekan.
Temurbek aka jurnalist-mezbon rolida yaxshi savollar va fikrlar bildirganlar.
Media va podkastdagi tajribalari sezildi.
Lekin, Xurshid Maroziqov aka o’zlariga ancha minus olsalar kerak bunaqa fikrlash va o’zini tutish bilan.
Balkim, debatdosh Alisher aka bo’lganlariga ko’p tomonlama yutqazdila, no o’zlariyam hozir info-biznesdala. Sal o’ylash kerak.
Tavsiya qilaman xullas, ko’ring.
https://youtu.be/a2T_IeOK2m0?si=eQSDKUeDGRcpdSjr
💸
Oxirgi intensiv oylarda umumiy 20+ loyihalarda yirik natijalar qildik
P.S. Ba'zi loyihalarimizdagi natijalarni tepada ko'rishingiz mumkin.
Jarayondan xulosalarimni ulashaman:
1️⃣
Bozor tez o'zgaryapti
Oldin ishlagan instrumentlar birpasda ish bermay qolgan holatlarni ko'p ko'rdim.
Tezroq vaziyatni chuqur tahlil qilib, yangi yechim qo'llash kerak.
2️⃣
TOP natijalar bitta TOP marketolog, bitta zo'r biznes egasi bilan qilinmaydi
Jamoa kerak. Tizim kerak. Kuchli nazorat va intizom kerak.
3️⃣
"Obyom" ko'p natijani tubdan o'zgartiradi.
Qaysidir loyihalarimizda bir oyda
30 ta kontent chiqardik
.
Targetga bir loyihaning o'ziga
$5k, $13k, $20k, $54k lab sarflandi.
Sotuvchilar soni oshirildi.
Sotuv kanallari ko'paytirildi.
Obyom — hal qiluvchi rol o'ynadi.
4️⃣
Operatsionkadan chiqishni esdan chiqaring
Marketologmisiz, agentlik rahbarimisiz, biznes egasimisiz — farqi yo'q.
Rekordlarni yangilash
chill mode' da qilinmaydi.
Agressiya kerak, deep work kerak, o'zni va jamoani qiynash kerak.
-
P.S. Hozir loyihalarimizdagi ishlarning yangi to'lqini boshlandi.
➕
Qo'shimchasiga Obsess marketing agentligining
7.0 kuchaytirilgan produkti ustida ishlashni boshladik.
Muhim post — yangi dastur ishlab chiqyapman.
🗺
Marketologlar yo'l xaritasi deb nomlangan. Unda marketolog sifatida eng yaxshi 6 ta karyera yo'li... Va o'z yo'lingizni topish bo'yicha sinalgan tavsiyalarimni berganman. Asosiy qism undan keyin boshlanadi.…
Muhim post
— yangi dastur ishlab chiqyapman.
🗺
Marketologlar yo'l xaritasi
deb nomlangan.
Unda marketolog sifatida eng yaxshi 6 ta karyera yo'li...
Va o'z yo'lingizni topish bo'yicha sinalgan tavsiyalarimni berganman.
Asosiy qism undan keyin boshlanadi.
Agar sizda 3+ loyiha bo'lsa, agentlik formatida ishlayotgan bo'lsangiz — siz uchun shunchaki internetdan topish qiyin bo'lgan tajriba-xulosalar beriladi.
Asosiy modullar quyidagicha:
🔘
Marketing xizmatingizni —
kuchli "produkt"ga aylantirish
qadamlari (produkt, narxlash va hk)
🔘
Mijozlar navbatini shakllantiruvchi
marketing mashinasini
qurish
🔘
To'g'ri prinsplar asosida
sotish ko'nikmalari
🔘
Loyihalarni tizimli natijaga olib chiqish va
LTV oshirish sirlari
(4 yil+ ishlab kelayotgan loyihalarimiz misolida)
🔘
Kuchli jamoa yig'ish va
agentlikda tizim qurish qadamlari
🔘
Marketolog sifatida
shaxsiy rivojlanish "framework"i
Sizga savol esa...
Shu dastur ichiga yana nima modul qo'shsam,
siz uchun yanayam foydali bo'ladi.
O'zingizga
qiziq bo'lgan mavzu va savollarni qoldiring
.
P.S. Qimmatli tajribalar jamlanadigan dastur bo'ladi.
Qanday qilib "kuchsiz" sotuvchilar bilan ham ko'proq sotuv qilish mumkin?
Javob
—
sodda, lekin aqlliroq marketing bilan.
Yangi olgan loyihamizning 2-oyidamiz.
Loyiha — lokatsiya o'zgarishi sababidan yangi filialida 0 dan boshlayapti.
Birinchi oyni to'liq fundament qurishga sarfladik:
• Chuqurlashtirilgan CustDev — joriy mijozlar, avval sotib olganlar, yarmidan bekor qilib ketganlar va hokazo
• Yaqin atrofdagi raqobatchilar bilan qo'ng'iroq va tashrif buyurib, analiz qilinishi.
• Xulosadan kelib chiqib — yangi takliflar tizimini ishlab chiqish.
Fundament oyida 2 ta sotuv bo'ldi.
Ikkinchi oyning
14 kunida esa 22 ta sotuv.
Eng qizig'i — shundan 19 ta sotuv
call center ishtirokisiz
, marketing va oflayn menejerlar bilan sotilgan.
Bu bir tomondan yaxshi — marketing ishlayapti.
Ikkinchi tomondan — nima triggerlar hisobiga call-centersiz sotib olishdi.
Mana shu analitika juda katta insayt berdi:
🔘
Birinchi sabab
— ba'zi mijozlaringiz kelib pul to'lashi uchun shunchaki, sizning borligingizni bilishi yetarli.
Buning uchun, borligingizni, nima taklifingiz borligini, asosiy ustunligingizni "lo'nda" qilib tushuntirish yetarli.
🔘
Ikkinchi sabab
— ba'zi, local bizneslarda mijozlar kontakt nomer qoldirib, sotuvchidan ma'lumot olib sotib olishdan ko'ra...
Shunchaki, yo'li tushganda kirib o'tishni ma'qul ko'radi.
Bu ajoyib topilma bo'ldi.
Chunki, endi bizda faqat
"lid va call center"
kanali emas.
To'g'ridan-to'g'ri:
• borligimizni bildiradigan
• taklifimizni yaxshi ochib beradigan
• natijalarimiz bilan ishonch quradigan
taniqlilik reklamalari ham ish beradi.
Ba'zida, sizga ilk sotuvlarni qilish uchun yoki kamroq doimiy sotuvlar qilish uchun qiyin sotuv voronkalari shart emas.
Minusi — sonni aniq prognoz qilib sotish qiyin.
Ma'lum songa shunday qilib chiqib olgandan keyin…
lid voronkalarga va boshqa murakkabroq instrumentlarga qadamba-qadam o'tish kerak bo'ladi.
Undan tashqari, sizda quyidagi kanallar ham bor:
* Sarafanni kuchaytiruvchi instrumentlar qo’llash
* Mavjud mijozlar bazasiga “cross-sell” qilish — hozirgi loyihamizda umumiy hajmni 49% ga oshirish potensialiga ega
* Mos keluvchi oflayn yechimlar
Foydalaning.
Agar g’oyangizni kimdirlar
sizdan oldin amalga oshirgani uchun
harakat qilmayotgan bo’lsangiz…
Apple
Samsungdan 7 yil keyin
Foldable (buklanadigan) telefon chiqarganini eslang)
1 soatdan oshiq og'ir hazm bo'ladigan kontent
🥩
18 soatda mingdan oshiq odam ko'rib chiqibdi.
Judayam muhim tamoyillar va ishlatsa bo'ladigan instrumentlar haqida tushuntirilgan.
Vaqt ajratib ko'rib chiqishni maslahat beraman.
📹
$100M Money Models kitobidagi eng muhim tamoyillar — borgan sari loyihalarimizda aktuallashayotganini ko'ryapman.
Aynan, shu qoidalarni bilmaslik biznes egasiga qimmatga tushyapti.
Marketologlar yaxshi ishladim deb o'ylaganda — loyihasi FAIL bo'lyapti.
Chunki, siz qanchalik zo'r reklama yoqsangiz ham...
Qanchalik zo'r sotsangiz ham...
Agar money model, ya'ni biznes model to'g'ri bo'lmasa:
• Siz mijoz jalb qilasiz, lekin,
zararda chiqasiz
;
• Mijozlardan foyda qilasiz, lekin foyda qilguncha
pul oqimida uzilish bo'ladi;
• Siz
yangi sotuv qilmasangiz
, o'sa olmaydigan holatga kelib qolasiz;
Umumiy qilib aytganda —
kengayish sizga ko'proq va kattaroq muammolarni olib keladi.
💡
Yechim — money models qoidalarini bilib olish.
Siz uchun bu bo'yicha 1 soatdan oshiq darslik tayyorladim.
Hozirgina yuklandi, YouTube da ko'rishingiz mumkin:
🔗
https://youtu.be/dWyIb-zCynE
Iman Gadzhi va Russell Brunson zapuski — 2 kunda $36.68M
💸
Imanning strategiyasi quyidagicha:
Jonli efirni 2 xil formatda qiladi.
1. Birinchisi — VIP sessiya
2. Ikkinchisi — General, ya'ni umumiy sessiya
VIP sessiya bu pullik, qo'shimcha qiymatlar qo'shilgan jonli efir hisoblanadi.
Pullik efirning birinchi kunini
o'zi olib bordi
.
Ikkinchi kunini esa
uning jamoasi.
Buning plyus tomoni shundaki, mavzu taktik jarayonlarga chuqur kirib ketganda, uning jamoasi kunlik operatsionka ichida bo'lgani uchun...
Va produkt yaralishi qadamlarida qo'li bilan ishtirok etgani uchun...
Ular bu qismni yoritishni yaxshiroq eplaydi.
General sessiyada ham xuddi shu tartibda ketadi.
Lekin, bitta narsa o'zgaradi — sotib olish uchun
sabab triggeri o'zgaradi.
Ya'ni, birinchi kunda sotib olmagan auditoriya uchun o'sha narsani o'zini takrorlamasdan, boshqa qiymat qo'shadi.
Va
ikkinchi kunda sotib olish ham ustunlik beradi.
Qolgan sotuv triggerlari deyarli bir xil.
Qiymatni to'liq yoritib berish, narxni qiymatga nisbatan arzonligini ko'rsatib berish.
💸
Asosiy sotgan narxi — $1,995 edi.
Shaxsiy fikrim —
Imanning Russell Brunson
bilan collabi eng aqlli qaror bo'lgan.
Va bu collabni davomiy qilsa, manimcha yaxshi bo'ladi.
Sababi,
Russell Brunson bu
—
dotcom qiroli
👑
Hormozining hamma kitoblari Russellni kitoblarini sodda tilga tarjimasi.
Biza Rossiya bozoridan "ko'chiradigan" voronkalarni ruslar undan ko'chiradi.
Faqat, u organik kontent zamoniga moslasha olmadi.
Organikada boshqalardan orqada qolib ketdi.
Iman esa —
organik kontentda kuchli fenomen.
Ikkalasining birlashishi va buni davomli seriyalar qilishi ikkalasi uchun ham foydali bo'ladi.