Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Hid Gallyutsinatsiyasi

tillanisoen
(-) cheksizlikdan (+) cheksizlikkacha
Subscribers
2 033
24 hours
—
30 days
9
Post views
364
ER
17,9%
Posts (30d)
39
Characters in post
1 140
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
October 27, 11:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 24, 17:28

Ijodkor sevgisi, og'rig'i, kurashi, istagini emas, aslida energiyasini qayerga qo'yishni bilmaydi. Uni ado qiladigan ham o'z kuchi - ya'ni energiyasi.
Shaxsan men o'z kuchimdan ko'p qochganman. Chunki cho'chirdim - berilib ketishdan. Hayotimning qolgan hamma jabhasi izdan chiqishdan. Natijada tahlil qilardim, muvozanat axtarardim. Tushindimki, na tahlildan javob bor, na xotirjam muvozanat. Ijod qilishimga na og'riq, na sevgi, na bilim sabab. Hech qaysisi. Faqat qayerga qo'yishimni bilmayotgan energiya tinch qo'ymaydi. Yeb bitiradi. Uni o'z joyiga qo'yish kerak. Boshqa narsalar izdan chiqadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar. Seni nimadir yeb bitirayotgan bo'lsa, boshqa narsaning izda bo'lishidan ne naf?
Nega Balzak, Dostoyevskiy 15-17 soatlab ishlaganini tushinaman. Van Gog, Sezan bosh olib ketganini shahardan... Ularni energiyasi tinch qo'ymagan. O'zini bermasa, ado bo'lgan. Boshqa sababi yo'q buning.
Avval shuhrat ijod yoqilg'isi deb o'ylardim. Tushindimki, u bir o'yinchoq. Yoqilg'i o'zingga bog'liq bo"lmagan ichingdagi Quvvat. Boshqa hech narsa.
Buni o'zimiz tanladikmi yo u bizni? Bunga javob yo'q. Ammo u uchun ma'suliyatni olish kerak ekan. O'sha energiya uchun. Qochganing bilan u baribir seni quvib yetadi. Farqi, abjag'ingni chiqarib tashlash uchun.
Undan ko'ra u uchun ma'suliyatni ol. Uni Dastyoringga aylantir va o'zing ham uning Dastyori bo'l. Shunda hayotga xizmat qilasizlar.

October 24, 17:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Cho'lponning mana bu she'riga nega shu paytgacha diqqat qilmaganmizeeey?! Yo men o'qimagan, ko'zdan qochirganmanmi?
Ola-bula, quyuq-suyuq bulutlar' deganidan ado bo'luvdim, "Qorong'ulik Sharq tomondan qo'zg'algan" da esa butunlay to'kilib, tarqab ketdim.
Belgisizlik qanotini keng yoyib'dan esa umuman o'zimga kelolmayapman. Mana Metafizika! Nima degani o'sha belgisizlik? O'zbek tilida metafizik hislar qanaqa yoyiladi, jaranglaydi? Endi o'zing mazza qilib, o'zing ado bo'laver.
Aytgancha, bu she'r "Jinlar bazmi"da bor ekan.

October 24, 17:01

Yuragim toriqdi
Sen kelasanmi...
Toliqtirdi she'rli asabiy kunlar
Kelasanmi sen?
Qara, o'zimni quyoshga tikkan kabi
Juda tetik, juda yorqinman.
Ko'zlarim qamashdi
Tinkam quridi bu quyoshdan.
Meni yomon urdi bu quyosh.
Qorong'i sevgim, ko'lanka sevgim, sen kelasanmi?
Men namoyonlikka emas, yo'qlikka oshiq edim
Singib ketishlarga oshiq edim men
Yo'qliklaring bilan qilding elga oshkorlar...
Kel, bag'ringda yitir, bag'ringga yashirasanmi?
Eng charchagan toladan ip eshadi kun
Chayir bo'lur, uzilmas emish.
Mendan o'rgan ipin muncha qattiq tortadi hayot -
Bir zum salqi qilib qo'lingga o'ra(y) sanmi?
Muncha ma'yusiyat eshadi mendan dunyo,
Termulib turish-chun o'z ijodiga...
Bir faslman - keziladigan, bir she'rman - termiladigan, birga ketish uchun bir yo'lman balki.
Meni chayqat, odam qilib tiriltirasanmi?
Tirik yo o'lik deya bag'ringga ko'masanmi?
Sen kelasanmi?

October 24, 09:54

Ro'moling oqmi, qizim,
Tevaragi ko'kmi, qizim,
Toshquduq bo'ylarida
Saylaganing yo'qmi, qizim?
Yulg'unlar purlandi, ana,
Ko'nglim xiyollandi, ana,
Toshquduq bo'ylarida
Bir yigit sollandi, ana.
"
AJINATEPA
" dan.
Ps
: bu men ilk - 3-4 yoshimda yod olgan she'r. Momom o'rgatgandi. Shu she'rni aytib to'ylarda pul "supirib" kelardim. Oila davrasida - pul, saqich, shirinlik evaziga tog'amlar, xolamlar, ammamlarga aytib berardim.
Bu xalqnikimi, yo momom to'qiganmi, bilmayman. Qizig'i, eng chekka otizimizning chelida yulg'unlar o'sardi - odam bo'yini bemalol yashirardi. Ular gullagandan keyin, shamolda juda go'zal purlanardi. Sal-sal ulg'aygach o'sha yerda biror qizni kutayotgan yigitni tasavvur qiladigan bo'lgan.
Ishga qo'lim qopadigan davrga yetganda esa 5-6 uy naridagi ariq roshidagi tosh quduqdan suv tashish ma'suliyatini onamning qo'lidan oldim.
Yo'lda birinchi o'sha yulg'unlar chiqardi. So'ng qabriston tomonga qaragan po'sirdagan tuproq yo'l. Bir tomonimda yulg'un, bir tomonimda qabriston, orqamda toshquduq - chelaklarimni qo'yib, nafas rostlardim. Shu she'r lablarimdan to'kilishi bahonasida, mana shu she'r ochib bergan holat ichida o'zimni idrok qilishni o'rgandim. Toshquduqqa suvga borib kelguncha bo'lgan yo'lda tasavvurlarim bilan yolg'iz qolardim. Bu mening yagona xilvatimga aylana bordi. Kim bo'lishim, qanday bo'lishim yo bo'lmasligimni idrok qila boshladim - qo'shiq bilan birga o'zimning ichimga kirdim.
Onam "bitta suvga o'lantak ketma" deb dakki berardi ko'p qolib ketganimga. Lekin men yangi bahona topardim - ko'proq borish uchun: idish yuvishga yetmaydi, ovqatga yetmaydi, ichishga yetmaydi.
Ko'proq borgan sari tasavvurimni chiyladim. Yulg'unlar bo'yida yigit ko'rmagan bo'lsam ham, o'zim uchun uni to'qib oldim, yonida mahbubasini ham. Shoxrux, Dilorom deb ism berdim ularga. O'zimdan ortib qoladigan kunlarim ularning hikoyasini yashadim. Shunaq qilib tasavvurlarimni qondirishni, cho'zishni, uzaytirishni o'rgandim.
Toshquduq bo'yida esa yangi kelinchak paydo bo'ldi. Uning qorni burniga yetgan, shu holida 20-30 chelaklab suv tashirdi. Unga men tortib berishni bo'ynimga oldim. Endi kelinchak ham tasavvurimga kirib keldi va xayoliy hikoyalarimdan unga joy ajratdim.
Endi esa o'zim bilmagan tarzda o'sha yulg'un, toshquduq, qurg'oqchilik, kelin, o'zini anglash chog'idagi o'smir qiz - rejalashtirishsiz romanimga kirib keldi. Ha, ongning ishlarini tushinish qiyin. Lekin shu narsalar yozayotgan narsalarimga joziba berayotganini ham anglab turaman.
Hech narsa beiz ketmaydi.
Tepadagi she'r-qo'shiq esa eshigimga aylangan. Biror holatga kirolmasam, shuni xirgoyi qilishni boshlayman. Qarabsizki, o'zimni unutib o'sha holatda yashayotgan bo'laman.
P.s2:
shu suv tashish chog'ida kitoblarimni g'altakka bosib olib ketishim, har nafas rostlaganda 2-3 betini o'qib olib, yo'l bosayotganda ularni qayta ichimda qiroat qilishim hech kutilmaganda meni hamma "sen kirolmaysan, unga kirish uchun yillab repititorda tayyorlanish kerak" degan litseyga ob kirib qo'yganini yozsam, o'zi bir katta hikoya bo'ladi. Ha, yo'lda, istakda, yulg'unlarda, toshquduqda gap ko'p)

October 23, 12:32

Daraxtlarning uçi nolali şovulladi. Allaqaçon bargi to`kilgan qoqshol shoxlar pishangchi shamol har zo`r berganida bir-biriga qarab yummatalarga intilardi. Osmon g`azabini har odamning betiga purkamoqchi aydahordek chodrasiga burkanib pastga enib keldi. Chumchuqlar ham, qaldirg`oçlar ham havoni qayçisimon kesib o`tarkan, qaylargadir “gum ollo” bo`ldi. Anavi qattiq şamol o`zi ham junjikadigan bir tarzda sovuq haroratini kiydi va shamolning havoga sovrilgan zarra-zarralari nashtardek qadalaverdi. Sovuqning har zarrasini tortib ko`rsa, bir botmon, ikki botmon zamharir çiqdi. Har zarraning mana şunaqa og`irligi makka barglariga singib, tanasini mayishtiraverib, oxir qondek ko`k suvlarini – tanasidagi tiriklikni yaxlatib taşaladi. Sovuqning og`irligi faqat ekinlarning emas, odamlarning ham rang-ro`yiga ço`kib, zarralar yig`ilgança do`lvor kristall toshlarga do`ndi. Shunday toshlarning ikkitasini onasining nigohida ko`rdi – g`adir-budur va oq edi. Toshning bunaqa g`adir-budurligi nigohlarini o`yib-tirnab olganidan onasiga boqish endi malol kela boshladi. Osmondan tushgan muz kristall boshida Jannatdan tushirilgan Hajarul Asvatdek oq edi. Hajarul Asvatni odamlarning gunohlari qoraytirgan bo`lsa, sovuq urib qoraygan makka aççig`imi, onasining ko`zlaridagi ham qoraydi. Bu orada qahrga mingan osmon şu qadar yaqin keldiki, odamlarning g`ashiga battarroq tegish uchun Ayoz degan kuydirilgan kallani hammaning ko`z-qoşi orasiga osib qöydi.
"AJINATEPA" DAN

October 23, 10:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Noutbukka qarab o'tirganim o'tirgan. Vaholanki terishim kerak, asarimdan qog'ozdan kompyuterga ko'chirishim kerak edi. Vaqt qistab kelyapti. Har oy grant hisobotini topshirishim kerak. Yozishgaku mazza qilib yozdim haftaning har besh kunida tongda. Endi ularni o'qish azob. Terish davomida miyam avtomatim tahrir qiladi. Tahlil qiladi. Baholaydi va yana o'z maqsadingga yetolmagansan deya tashxis qo'yadi. Keyin dumini yeyotgan ilondek o'zingni yeyish boshlanadi. Orada kimgadir yo nimagadir o'zingni urish. Lekin o'sha paytdayam nimadir bahona ichingni ilon chaynab turadi. Baribir qaytib kelasan qismatingning oldiga. Doimiy o'zini yeb o'rgangan qayerga borsa o'zini tashiydi. Balki u o'z postini faqatgina o'zini yeyish orqali tashir (lar).
P.s:
xullas, menga yaxshi gap aytib, ko'nglimni omasalariz, shiddatim pasayib ketyapti o'zimni yevurganimdan

October 23, 05:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ba’zan zarif ayolga aylangim kelar,
Yakshanbalarda uyimni to’ldirsa she’rli kechalar.
Gulxanni yondirsa
Og’ochlardan ko’proq tuyg’uli so’zlar,
Stol bezataman do’stlarim uchun
Tabassum bilan.
Teatr haqda bahslashamiz,
Kino haqida,
Masalan, Tillaniso
Nobel olgan ayol haqda gapirarkan,
Olqishlaymiz,
“navbatdagisi sen!”, deya!
Shahboz “More, o, More”ni kuylaydi,
Jo’r bo’ladi jo’ralar,
Oppoq marjonlar tovshi,
Harir kiyimlar
Yomg’ir isi, she’r isi
To’ldiradi kuzakli kunni.
Ba’zan jangchiga do’ngim kelar tirnogimgacha,
Har haqsizlik,
Har yuzsizlik,
Har baxtsizlik uchun
Jazolagich.
Elning yo’liga boshimni tikib,
Erlar safida turib
Elni qo’rigich!
Kiprik qoqmas edim,
Titramas edim,
Tutib kelyotib,
Qo’lin chopyotib
Xoinni,
La’inni,
Vatanfurishni!
Zariflik,
Jangchilik,
Ayollik,
Barisi go‘zal!
Barini eplayman qachondir.
Faqat hozircha jimgina qo’shiq aytaman:
Ayol — jannatidan quvilgan malak!
@FeruzaXayrullayeva

October 22, 05:44

"
Tomchi suv ketidan favrak, favrak ketidan oqim, oqim ketidan sel kelganidek bir zahoti olamon Arkka sizdi, yoprildi, bosib ketdi."
"..
.harakatlari sirtlonning urg'ochisidek yengilu epchil bo'ldi, birdaniga munkayib qolgan otasining siniq ko'nglini asrab-avaylab chegaladi - ovozlari chinnidagi qiyomdek shiraladi."
Ana senga Nasr-u, mana senga Asar!
"Jinlar bazmi" romani uch davr va muhit tilida yozilibdi: Buxoro amirligi qismida tojikchaga belangan o'zbekcha, Qo'qon xonligi Navoiy g'azallari, Andijon sheva va "Muntabax ut tavorix"ning g'aroyib poetik tilida, Abdulla Qodiriy hayotiga oid sahnalar ruscha aralashgan adabiy til va Toshkentchada...
Asar faqatgina tarixiy emas, u yozuvchining xayoli (Abdulla Qodiriy misolida) qanday ishlaydi, degan manzarani ham keng masshtabda yorityapti. Shu jihatdan Pamukning "Mening otim Qirmizi" sidan aslo kam emas.

October 21, 09:18

O'zbek tilimiz boyisin. Hech qachon kambag'al bo'lmasin.
P.s:
Hamid Ismoilning "Jinlar bazmi" asariga oxirgi 20-30 yillikda o'zbek tili jozibasini mukammal ko'z-ko'z qilgan asar' mukofoti berilsin.
Bliin, til ustida bu darajada ishlash uchun yozuvchi nima qilishi kerak bo'lsa,
🤔