Hid Gallyutsinatsiyasi
Britaniya kinosanoatida Nodira Aliyeva (Myurrey) nomi bilan tanilgan, qator nufuzli xalqaro mukofotlar sohibi bo‘lgan prodyuser – asli o‘zbekistonlik, hamyurtimiz. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi bo‘lgan Nodira oddiy o‘qituvchilik va repetitorlikdan tortib, London teatrlarida aktrisalik, qisqa metrajli filmlarda rejissyorlik hamda ssenariynavislikkacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
***
Hozirda Nodira Aliyeva Britaniya kino sanoatining yetakchi vakillaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning dastlabki yirik ishi – “G‘oliblar” (“Winners”) badiiy filmi BIFA (Britaniya mustaqil filmlar mukofoti)ning “Breakthrough Producer” hamda “Discovery Award” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi, shuningdek, BAFTA “Scotland Awards” tomonidan “Eng yaxshi badiiy film” mukofoti bilan taqdirlandi. Mazkur kartina 95-“Oskar” mukofotida Buyuk Britaniya nomidan da'vogar bo'ldi.
https://oyina.uz/uz/article/5020
Yangi maqolam chiqdi
Hammamizni kishi bilmas hasratimiz
Yostiqqa yig'lanar dardimiz
Isitmaga aylanar og'rig'imiz bor
Ichimizda.
Bizni chaynar zulm bor ichimizda.
Chaynab quvnar o'lim bor ichimizda.
Ba'zan Oyni quvlab ketamiz
Kunning qaytarig'iga ma'no yuklatamiz
Kapalakni sevamiz, gulni o'pamiz
Shiptirning badbo'yida yumalanamiz.
Shunday qo'lansa bor, so'lim bor ichimizda.
Kiyiklar o'lja, yugurgani yugurgan doim.
Xavotir,
piltirash,
hurkak bor ichimizda
O'lim emas devorlarga qistagan
Hayot degan qon so'rgak bor ichimizda.
Har kim qochsa, o'limdanmas o'z hayotidan qochar
Bir qotil,
bir nola,
qafasiga "duk"lab urilgan
Bir najotsiz yurak bor ichimizda.
📢
YANGI NASHR!
📚
Frans Kafka — "Jarayon"
Kafkamanlar
uchun uzoq kutilgan nashr! Dunyo adabiyotining eng sirli, teran va qalbi larzaga soluvchi shoh asarlaridan biri endi Alp nashriyotida chop etildi.
Gʻaroyib syujet, inson va uning taqdiri oʻrtasidagi ruhiy kurash hamda har bir sahifada yashiringan falsafiy nigoh sizni beixtiyor oʻz dunyosiga boshlab ketadi.
📌
Kitob haqida:
Muallif
: Frans Kafka
Tarjimon
: Vafo Fayzulloh
Muqova
: Qattiq
Hajm
: 416 bet
Narxi
: 75 000 soʻm
🛒
Buyurtma berish uchun:
👉
@alpsavdo
,
+998507607434
🚚
Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!
OpenAI «mingyillik masalasini» yechdi, biroq amerikalik matematik uni oʻz gʻoyasini oʻgʻirlaganlikda aybladi —
Kun.uz
https://share.google/1BSUzt8qSHdazXtm6
Mana bu yerda muhim bir ma'lumot keltirilibdi.
Ya'ni sun'iy intellekt g'oyalarni o'g'irlab, o'zlashtira boshlagan.
Yaqinda chetda ijod qiluvchi bir tanishim sun'iy intellekt bo'yicha 6 oylik kursda o'qidi. Mualliflik masalasi bo'yicha. Eng katta xavf sun'iy intellektning sizning g'oyangizni o'g'irlab boshqa birovga taqdim etishida (masalan, malayziyalik bir ijodkor senariy yoz desa, sizning kecha tunda u bilan muhokama qilgan senariy variantingizni taqdim etadi) ekan.
Shu sabab ijod mahsuli, ilmiy g'oyalaringiz hali to'liq sizning nomingizdan e'lon qilinmagan bo'lsa, uni AI bilan muhokama qilish, taqdim etishdan ehtiyot bo'ling. Ertaga o'z narsangizga o'zingiz da'vo qilolmay qolishingiz mumkin.
Rolan Bart "Butun dunyo Ulkan Matn" degandi. Men esa dunyo shunchaki Matnning o'zi emas, Talqin deyman.
Bu dunyoning matnlarini hamma har xil "o'qiydi" va Talqin qiladi. Masalan, kola reklamasini ko'rib, siz boshqa narsani, men boshqa narsani; Toshkent Sitidagi osmono'par binoga qarab, shaharsozlik haqida siz o'zga, men mutloq farqli narsani "o'qiyman" (xulosa, talqin qilaman ya'ni)
Hatto tarixiy faktlar sohasida ham shu. Aniq fanlar ham talqindek abstrakt tushinchaga ulanib ketadi. Olamning o'zi faqat talqin bo'lib qoladi.
Talqin Haqiqatini yo'qqa chiqaradi. Bitta muayyan, absolyut haqiqat emas, endi turli talqinlardan iborat haqiqatlar paydo bo'ladi.
(
Ichimdagi falsafa bezovta qilganda' turkumidan)
Yulduzlar duv qoqilgan
Qora osmon qayda qoldi
O'rik kabi do'p-do'p
Yuragimga to'kilgan -
hislar qayda qoldi?
Yo pishmadi, hali xom
Minyaptimi shiraga?
Qaysi biri sariq, ol
Quyoshdan olar ulgu -
Ta'sirdan olar ulgu?
O'ynoqlagan,
Shataloqlagan,
Gijinglatgan
Toy hislar qayda qoldi?
Bag'ri qon-u, yuzlari
ol hislar
Qayda qoldi?
Uyqu kelar, yo'l-yo'l, sokin
Arslonlar ko'z ochadi
Qalb toriga kuz uzandi
Dupur-dupur tovush yoyi
O'qin uzdi tongga qarab
Kunning uzun simini
Lablaridan o'tkazadi
Bu qiz tokim
Ul sim ketsin to'lqin bo'lib
Uzayib
Kunning simtorida
Hilpiradi
Labdan osgan odamlar.
Chunonchi, erkak ayolga qiyosan jismoniy tomonlama ham serharakat, ham ijtimoiylashgan, ekstravert bo‘ladi. Ayol esa psixo-logik, introvertroq. Shu tufayli “Playboy” singari muqovasida kiyim-siz ayol surati tushirilgan, ichida yalang‘och ayol suratlari qalashib yotgan oynomalarning keti uzilmaydi va ularning bozori chaqqon.
Dunyoning to‘rt kunjida yetarlicha pornografik materiallarning turli shakllari ommalashgan, biroq bu asosan erkaklarning zaruriyatidan kelib chiqqan. Ayol erkakning kiyimsiz ayollarga qiziqqani kabi ki-yimsiz erkaklarga qiziqmaydi.
Osho, "Tavofutlar" dan
Uhh, dahshat narsa topib oldim. Topib olmasam yaxshi edi, shuncha ish turganda...
Inglizchada 600 ming, qozoqchada 150 ming, o'zbekchada atigi 80 ming...
"Kambag'al" o'zbek tili haqida maqola yozdim.
https://oyina.uz/uz/article/4992
Kusharbayev oilaning yemirlayotganiga, bolalarning tarbiyasiz bo'lib ketayotganiga gender siyosatini ayblab chiqibdi. O'zi hech kimni kuzatmayman, ijtimoiy "yong'in" mavzularga kirmayman deganman-u (chunki aksari arzon piar uchun faqat) lekin shu rosa kulgumni keltirdi-da.
Menimcha Kusharbayev bugungi zumer avlod degan tushuncha bilan tanishmas. Ular ota-onani biz o'rgangan shaklda hurmat qilmayotgan bo'lsa, bu genderni aybimas. Hatto bu haqda eshitmagan ham bo'lib chiqadi aksari. Undan ko'ra zumer avlod psixologiyasi haqida ilmiy ishlar qilinsin desa to'g'riroq. Kusharbayev jabrdiyadani yoqib aytganidek, nainki otalarini, balki onalarini ham "bir tinga olmayotgandir" ular.
Ikkinchidan, esa sharqda doim turmushning ma'lum yillaridagina (boshlanish pallasi) asosan haddan oshgan patriarxat hukmron bo'ladi. Keyin asta-asta matriarxatga og'adi. Doim shunday bo'p kelgan. Sharqdagi patriarxal kelishuv shunday. 40-45 dan oshgandan so'ng erkak xotinning to'ng'ich bolasiday bo'p qoladi (Xayrulla Hamidov ham buni bir intervyusida ta'kidlagan ekan). Ehtimol buni sababi og'ir patriarxat zug'umiga chidagan kelinning vaqt o'tib hokimiyatni o'z qo'liga olish bilan olgan o'chidir. Bilmaymiz. Har holda sabablari o'rganilmagan.
Uni ustiga oilada yangi patriarx - o'g'il kuchga to'lgan bo'ladi shu paytda (shuni uchun kuchga to'lgan o'g'il va kuchdan qolayotgan ota ziddiyati doim bor, qancha yashirmaylik isitmasi oshkor qilaveradi. Diniy motiv bilan buni tuzatish juda qiyin. Ehtimol bu hayotning tabiiy qoidasidir)
Oddiygina O'zbekoyim yo Mahallada duv-duv gap'ni eslang. Erlar boladay bo'p qolganini ko'rasiz.
Shuni uchun bunaqa murakkab holatlar haqida arzon populistlik qilmaslik kerak. Chunki gender hali bizni aholimizga singib ulgurgani yo'q. Internetda kimlardir gapirayotgan bo'lsa, hamma shu bilan yashayapti degani emas.
Masalan, davlat ham gender siyosatni "o'liiib" qo'llavoryapti deb bo'lmaydi. Yaqin kunlarda vodiyda bir ayol 37 yoshli eri tomonidan hammaning ko'z oldida pichoqlanib, o'ldirilibdi. Ayol ajrashaman desa, doimgidek oilasi, mahalla, xotin qizlar qo'mitasi, sud to'sqinlik qilgan. Maqsad - oilani asrab qolish. Lekin ayolni asrab qolishni hech kim o'ylamabdi. Shunaqa o'limgacha borayotgan real muammolar haqida arzon populistlar gapirishdan qo'rqadi.
Yo ular rostdanam hayotni bilmaydi shekilli.
Umuman, agar zumer, alfa avlod bo'lgan bolangizdan hurmat istasangiz, ular bilan qanday gaplashishni o'rganish kerak. (Bolalar baribir o'z zamonini odami.)
Istalgan harakat yo odamni aybdor qilish esa shunchaki ma'suliyatni boshqaga ag'darish xolos.