Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

The Bookfather

timur_books
© Темур Тангриберганов. ✍️ Ношир, таржимон, китобхон 📚 *Танланган китоблар ✂️ *Танқид ва таҳлил 📝 *Тақриз ва тавсия ♻️ *Тил ва таржима ⚜️ *Тарих ва тафаккур 📽 *Тасвирий санъат, кино
Subscribers
2 490
24 hours
-10
30 days
Post views
460
ER
0,2%
Posts (30d)
35
Characters in post
573
December 09, 16:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

Urdu Book clubdagi uchrashuv haqida qisqacha taassurotlarim:
- "Ikki eshik orasi" - o'zbek adabiyotining eng yig'lab o'qilgan va eng ko'p muhokama qilinadigan asari
- Universitetlarda biz bilmagan, serqirra ijodkor va kitobxonlar, kashf qilinmagan iste'dodlar bor!
- Kitoblarga sarflanadigan pul va vaqtingizga achinmang.
- Kitob bu - sehrli portal.
Har birining ichida yashaymiz.
Ular orqali nimalargadir erishamiz.
Ular tufayli yangi-yangi do'stlar topamiz...
Bugungi uchrashuv uchun hammangizga rahmat!!!
@timur_books

December 09, 08:29

​​
📚
Kitobxonlar clubida uchrashuv
Bugun soat 15:30da Urganch davlat Universitetida Kitobxonlar klubida kitoblar haqida suhbat bo'ladi. Xorazmdagi kitobxonlar, vaqtingiz bo'lsa kelinglar.
Suhbatlashamiz...
🏢
Manzil: UrDU, Yangi ARM binosi, 5-qavat. Faollar zalida.
🙂
Qatnashish mutlaqo BEPUL
@timur_books

December 08, 11:02

#yangikitoblar
Rus adabiyotining 100 tomligidan yana 10 ta keldi. Kolleksiya to'lishiga oz qoldi.
Kitoblar uchun Qashqadaryolik adash do'stim
@Temur_1127ga
rahmat!
Qanday kitob kerak bo'lsa, unga yozaveringlar.
Ham arzon, ham ishonchli!!!
Telefon raqami - +998 93 919 11 27
@timur_books

December 07, 14:00

Шахсий кутубхонамнинг энг ноёб ва улкан қатлами - букинистлардан олган эски китобларимдир

December 06, 07:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

O'zbekiston yozda Cristiano Ronaldoga qarshi o'ynaydi!
Ha, 2026-yilgi Jahon chempionatining K guruhida terma jamoamiz - Portugaliya, Columbia va pley offda yutgan (Congo, Yamayka, New Caledonia) bir jamoaga qarshi o'ynaydi.
Bizdagi Ronalduning muxlislari o'yinni qanday tomosha qilishlarini tasavvur qilyapman.
CR7 Yozgacha 45 ta gol urib ulgurib, 1000-golini bizga urib qo'ysa-ya...
😎
@timur_books

December 04, 10:57

Shams Tabriziy - tarixiy shaxs. U XIII asrda Mavlono Rumiyning eng yaqin do'sti bo'lgan, biroq biz kitoblarda o'qiganimizdek "Ishqning 40 yoki 41 qoidasi"ni yozmagan. Bu qoidalar Tabriziyning "Maqolot" nomli kitobidan olingan hikmatlardir. "Maqolot" ham aslida uning qalami bilan emas, suhbatlaridan terib olingan kitobdir. Quyida ana shu
41 ta qoida
ning qisqacha mazmuni bilan tanishishingiz mumkin.

December 04, 06:52

​​
#taqriz
Yapon hikoyalari: A.Ryunoske ijodi haqida
“Huzur” nashriyotida “DUNYO” nomli 4 kitobli hikoyalar to‘plami (arab, koreys, yapon, hind) chiqqanidan xabaringiz bor. Shu to‘plamlardan biri bo‘lmish - yapon adabiyoti hikoyalarini o‘qib tugatdim.
To‘plamdan A.Ryunoske, Ya.Kavabata, E.Rampo, K.Abe, Miura, Kita, Yamamoto, Nakamura kabi iste’dodli adiblarning asarlari o‘rin olgan.
Barchaga ma'lumkin. bularning har biri alohida bir olam. Bir-biriga o‘xshab ketadigan, biroq o‘z o‘rnida butkul o‘xshamaydigan yozuvchilar hammasi. Har bittasi haqida soatlab gapirish yoki sahifalarni to‘ldirib yozish mumkin. Ammo, bugun ularning sardori – XX asr yapon adabiyotining modernistik lideri – A.Ryunoske ijodi haqidagina to‘xtalishga qaror qildim. Sababi, yapon adabiyoti haqida avvalroq yozgandim. Shuningdek, to‘plamning yarmi Akutagavaning novellalaridan iboratdir.
Akutagava Ryunoske (yaponchadan “ajdar”) – (1892-1927) bor yo‘g‘i 35 yil yashab,atigi 13 yil ijod qildi. Ammo ana shu 13 yilning o‘ziyoq uning ismini abadiyatga muhrlanishiga yetarli bo‘ldi.
U Yaponiyaning iqtisodiy va siyosiy bo‘hronli davrida telbadek hayot kechirdi. 200 ga yaqin novella, maqola, esse, sharhlar yozdi.
Va ana shu novellalari orqali tilga tushdi. Akutagava novellalarini o‘qigan bo‘lsangiz, an’anaviy yapon adabiyoti uslublaridan voz kechmagan holda, g‘arb adabiyoti an’analariga ham taqlid qilganini sezishingiz mumkin.
Yozuvchining ijodida – Po, Ibsen, Mopassan, Gogol, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov, Bodlerlarning ta’siri yaqqol seziladi. U faqatgina g‘arb adabiyotini emas, mumtoz yapon adabiyotini ham o‘rgangan va o‘z ijodida ularning motivlaridan foydalangan edi.
Har bir novellasida – syujetdan ko‘ra inson ruhiyati tahlili ustun keladi. U yapon kishisining eng yashirin qo‘rquvi, vijdoni, irodasizligi, nafsi va yolg‘onlarini fosh etadi.
Qahramonlarining axloqi qanchalar mo‘rtligi ko‘plab novellalarida sezilib turadi.
“Du Szichun” va “O‘n iyenlik pul” hikoyalarida pulsizlik tufayli qat’iyati va maqsadini yo‘qotgan yosh yigitning ruhiyatini ochib berishga harakat qilsa, “O‘rgimchak ipining tolasi” va “Tashlandiq bola”da e’tiqod ortidagi inson xudbinligini ko‘rsatib beradi.
“Loyxo‘rak” novellasida esa ikki buyuk yozuvchi Turgenev va Tolstoyning Yasnaya Polyanada uchrashib, ov qilganini mahorat bilan qalamga oladi.
Yozuvchining “Chakalakda” novellasi bu janrning o‘ziga xos kashfiyotidir. Unda bitta qotillikka 7 xil odamning ko‘zi bilan nazar tashlanadi va har biri voqeani o‘zicha hikoya qilib beradi. O‘quvchi esa voqea aslida qanday bo‘lgan ekan deb o‘ylanish barobarida, odamzodning qanchalar yolg‘onchi maxluq ekanini ham anglab yetadi.
Akutagavaning taqdiri Mopassannikiga o‘xshab ketadi. Qisqa umr, qisqa ijodiy yillar va ruhiy hastalik... Yapon yozuvchisi ham fransuz yozuvchisi kabi umri oxirida pessimistik asarlar yozadi va o‘z joniga qasd qiladi. Olimlar bunga ko‘plab sabablarni keltirishadi. Biroq biz uchun bu ahamiyatsiz...
Muhimi uning adabiyotga qoldirgan asarlaridir.
Akutagavaning qisqa va ixcham shaklda yozilgan novellalarini o‘qib, bo‘lajak yozuvchilar ham bu janrda o‘z tajribalarini boyitishlari mumkin...
@timur_books

December 03, 12:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu tavsiyaga amal qilgan yigitlar kam bo'lmaydi
🙂
😎
@timur_books

December 03, 08:30

Viktor Gyugoning mana shu romani juda noyob. 1965-yilda o'zbek tilida nashr etilgan. Tez orada qayta nashr qilinishi mumkin deb eshitdim, lekin muddati noma'lum. Qiziqsangiz elektron variantini ulashaman. Bemalol o'qishingiz mumkin.

December 03, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#sarhisob
Noyabr oyida o‘qigan kitoblarim
📔
Y.Kavabata – Uyqudagi nozaninlar
📘
K.Chapek – Hikoyalar
📑
X.Murakami – Tun zulmati ortida
📙
Yapon hikoyalari
📕
XX asr jahon she'riyati
Kuz faslida asosan yapon adabiyotini o‘qibman.
Siz kuzda qaysi kitoblarni o‘qidingiz?
Nechta o‘qidingiz?
@timur_books