Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TISU Tibbiyot

tisu_tibbiyot
Guruh - @tisu_tibbiyot_guruhi Ma’lumotlar bazasi - @tisu_davolash Ilmiy maqolalar - @tisu_maqola Qabul bo’limi: 55 452-77-77 Fakultet yoshlar yetakchisi- @tisu_admin Odiljonov Ozodbek Odiljonovich ☎️ +998888084888
Subscribers
5 146
24 hours
-6
30 days
1 662
Post views
3 319
ER
64,5%
Posts (30d)
203
Characters in post
753
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 11, 17:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

SHIFO ISTAB.
Gepatit A kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish choralari.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM

YouTube

Instagram

Efirni ko'rish

Web-site

Facebook

September 11, 05:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚀
TERMIZDA STARTAPLAR UCHUN YANGI MARKAZ OCHILMOQDA!
Siz zamonaviy bilimlarni o‘rganishni, yangi g‘oyalar yaratishni va kelajak kasblarini egallashni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Termiz Yoshlar texnoparkida yoshlarning g‘oyalarini rivojlantirish, startap yaratish va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashuvchi yangi markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
🔥
MARKAZNING DASTLABKI ISHTIROKCHILARIGA QABUL BOSHLANDI!

KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, startap yaratishni o‘rganish hamda o‘z g‘oyasini rivojlantirishni istagan barcha yoshlar!
Sizda tayyor g‘oya yoki jamoa bo‘lishi shart emas. Eng muhimi — o‘rganish, izlanish va yangi loyiha yaratishga bo‘lgan ishtiyoq!
🎯
MARKAZDA SIZNI NIMALAR KUTADI?
💡
g‘oyani startapga aylantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
🏢
o‘qish, ishlash va loyiha yaratish uchun qulay joy;
🤝
hamfikr yoshlar bilan jamoa tuzish imkoniyati;
👨‍💼
mentor va mutaxassislarning amaliy yordami;
🛠
prototip va MVP yaratish;
📈
biznes, marketing va sotuv bo‘yicha bilimlar;
💰
loyihalarni tanlovlar, grantlar va investorlarga tayyorlash;
🌐
yangi tanishuvlar va kuchli startap hamjamiyati.
Bu yerda siz shunchaki tinglovchi emas, yangi g‘oyalar yaratuvchisiga aylanasiz!
📍
Manzil: Termiz Yoshlar texnoparki
📞
Murojaat uchun: +998902260011
📲
Guruhga qoʻshilish:
https://t.me/+aWiox6XE8YdiYzVi
Bugun kichik g‘oya sifatida boshlangan loyiha ertaga katta biznesga aylanishi mumkin. Birinchi qadamni biz bilan boshlang!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🌐
Web sayt

September 10, 16:18

Ushbu kanalda talabalarga yengillik yaratish maqsadida tibbiyotga oid kitoblar slaydlar video darsliklar tashlab boriladi.
https://t.me/tisu_davolash

September 09, 10:03

Talabalarga maqolalar yozish va chop etish, turli xil konferensiyalarga tezislar yuborishga ko’maklashish hamda ilmiy savodxonligini oshirish maqsadida ochilgan kanal. Ushbu kanalda yordamida siz turli tanlovlar, xalqaro konferensiyalar haqida oldindan habar topish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
https://t.me/tisu_maqola

September 09, 04:08
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Tibbiyot
fakulteti talabalariga ilk darslarda muhim bilim va ko‘nikmalar berilmoqda
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining
Tibbiyot fakultetida
yangi o‘quv yili ilk dars mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Fakultetga
1-bosqichga qabul qilingan talabalar
uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan “
Mustaqillik darslari
” tashkil etilib, unda mamlakatimiz mustaqilligi, uning tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot yo‘li hamda yoshlar oldidagi ulkan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
📚
Shuningdek, talabalar universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Jumladan, oliygohda
yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, ichki tartib-qoidalar, talabalarning huquq va majburiyatlari
, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot madaniyati hamda universitetdagi mavjud imkoniyatlar haqida tushunchalar berilmoqda.
💻
Talabalarga
HEMIS axborot tizimi
dan foydalanish, elektron ta’lim jarayonlari, fanlar va o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish, topshiriqlar hamda akademik faoliyat bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha ham zarur ma’lumotlar yetkazilmoqda.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📱
Instagram
📱
Telegram
📱
Websayt
📱
You Tube
📱
Facebook
📱
Twitter

September 07, 07:34

https://t.me/tisu_tibbiyot_guruhi
Talabalar o’zaro ma’lumot almashishlari va talabalar uchun manfaatli e’lonlarini berishga ko’maklashish hamda talaba yoshlarni bir joyda birlashtirish uchun ushbu guruh o’z faoliyatini olib boradi

September 07, 05:40
Media unavailable
10
Show in Telegram

🎓
TISU Tibbiyot fakultetida yangi o‘quv yiliga start berildi
🎓
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar, mas'ullar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida professor- o'qituvchilar so‘zga chiqib, barcha talabalarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan qutladi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan iliq tilaklarini bildirishdi.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
@tisu_tibbiyot

September 07, 05:15
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

TISU talabalarni o‘z bag‘riga chorladi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis univesiteti Tibbiyot fakultetida
yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar jam boʻlishdi.
🟢
Dastlab, davlat madhiyasi yangradi. Soʻng, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori Sadriddin Eshkarayev, fakultet dekani Oybek Ruziyev va Stomatologiya kafedrasi mudiri Anvar Pardayevlar soʻzga chiqishib, universitetga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni samimiy tabriklashdi.
🟢
Universitetimizdagi mavjud imkoniyatlar va yutuqlar haqida soʻz yuritarkan, yoshlarni ushbu yaratilgan sharoitlarga munosib ravishda ilm talabida boʻlishga chaqirdi.

Shundan soʻng, talabalar uchun mustaqillik darslari oʻtildi.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
@tisu_tibbiyot

September 05, 06:13
Media unavailable
4
Show in Telegram

Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.
Yangi yondashuvlar asosida:

tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji hamda kadrlar yetishmovchiligi asosida shakllantiriladi. Davlat buyurtmasi yoʻnalishlar kesimida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

2027/2028 o‘quv yilidan
“Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga
6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturi
joriy etish taklif qilinmoqda. Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi;

dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga
oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyati
beriladi;

tor soha mutaxassislarini tayyorlash bosqichma-bosqich
rezidenturaga
o‘tkaziladi, magistratura esa asosan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi;

rezidentlarning oilaviy poliklinikalarda bir vaqtning o‘zida
ta’lim olishi va amaliyot o‘tashi
yo‘lga qo‘yiladi;

farmatsevtika ta’limi ishlab chiqarish bilan yanada yaqinlashtirilib,
dual ta’lim
kengaytiriladi va talabalarning amaliy tayyorgarligi kuchaytiriladi;

barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan
yagona elektron reyestr
shakllantiriladi;

mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini
mustaqil baholash tizimi
joriy etiladi;

2027-yildan davlat ro‘yxatidan o‘tish ixtiyoriy, 2030-yildan majburiy
tartibda amalga oshirilishi taklif qilinmoqda;

tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun
uzluksiz kasbiy ta’limning kredit-modul tizimi
joriy etiladi. Oliy ma’lumotli xodimlar har yili kamida
50 kredit
, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari esa
28 kredit
to‘playdi;

mutaxassislarga ta’lim provayderi, dastur va o‘qish shaklini
mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi. Onlayn kurslar, masofaviy ta’lim, ish joyida malaka oshirish, seminar va treninglar kabi shakllardan foydalanish mumkin bo‘ladi;

xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy dastur va tadbirlarda olingan
kreditlarni tan olish mexanizmi
joriy etiladi.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#taʼlim
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 02, 03:51

Assalomu aleykum hurmatli talabalar. Imtohon bo’lib o’tadigan joylarga o’zgartishlar kiritildi. “Областной”ga qo’yilgan imtihonlar Tibbiyot fakulteti binosida bo’lib o’tadi. Batafsil ma’lumot uchun fan o’qituvchisiga murojaat qiling.