Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TISU Tibbiyot

tisu_tibbiyot
Guruh - @tisu_tibbiyot_guruhi Ma’lumotlar bazasi - @tisu_davolash Ilmiy maqolalar - @tisu_maqola Qabul bo’limi: 55 452-77-77 Fakultet yoshlar yetakchisi- @tisu_admin Odiljonov Ozodbek Odiljonovich ☎️ +998888084888
Подписчики
5 204
24 часа
-6
30 дней
-227
Просмотры
2 621
ER
50,37%
Посты (30д)
22
Символов в посте
851
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 24, 08:51
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Insonning kelajagiga ko’rinmas imzo qoldiradigan inson bu - ustoz…

October 22, 07:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 03:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ona_tili
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Farzandingizning ilk so‘zlari, xayollari va fikrlari o‘zbek tilida bo‘lsin.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
@tisu_tibbiyot

October 20, 16:07
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

TISUda ASIIN xalqaro akkreditatsiyasi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
▶️
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun
“ASIIN xalqaro ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun o‘z-o‘zini baholash hisobotini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma va andozalar”
mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
✨
Seminar davomida ASIIN xalqaro akkreditatsiyasining oliy ta’lim sifatini oshirish, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟢
Shuningdek, ishtirokchilarga ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida o‘z-o‘zini baholash hisobotini tayyorlash, zarur hujjatlarni shakllantirish, ta’lim sifatini baholash mezonlari va xalqaro talablar asosida faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔼
Treningda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro tajribani universitet ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📱
Instagram
📱
Telegram
📱
Websayt
📱
You Tube
📱
Facebook
📱
Twitter

October 19, 07:12
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

UI GreenMetric 2026: xalqaro reyting sertifikati qo‘lga kiritildi!
✨
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
UI GreenMetric World University Rankings 2026
xalqaro reytingida erishgan natijasini tasdiqlovchi sertifikatni qabul qilib oldi.
☄️
Universitetimiz dunyoning 110 mamlakatidan 2 016 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etgan mazkur nufuzli reytingda
dunyo bo‘yicha 486-o‘rinni
egallab, xalqaro miqyosdagi natijasini yana bir bor mustahkamladi.
📊
Universitetimizning reytingdagi natijalari:
🌐
Dunyo bo‘yicha — 486-o‘rin;
🟢
Osiyoda — 279-o‘rin;
🇺🇿
O‘zbekiston OTMlari orasida — 10-o‘rin;
📌
Nodavlat OTMlar orasida — 10-o‘rin;
📍
Surxondaryo viloyati OTMlari orasida — 1-o‘rin.
🗣️
Mazkur sertifikat universitetda ekologik mas’uliyat, barqaror kampus muhitini shakllantirish, energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yashil taraqqiyot tamoyillarini ta’lim va boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning xalqaro e’tirofidir.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

October 19, 05:10
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

TISU talabalari endi harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishlari mumkin
🛡
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari uchun yangi imkoniyat! Endilikda ular Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olib, oliy ta’lim bilan bir qatorda harbiy tayyorgarlikdan ham o‘tishlari mumkin.
💥
Mazkur imkoniyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Termiz davlat universiteti o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi.
🟢
Bugun Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi boshlig‘i, podpolkovnik Kamol Abdujabborov ishtirokida TISU talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌
Uchrashuv davomida talabalarga ushbu markazda tahsil olish tartibi, harbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati tushuntirildi.
🗣️
Shuningdek, belgilangan talablar va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga tegishli tartibda
harbiy unvon olish imkoniyati
yaratiladi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

October 18, 13:18
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

TISU va Hacettepe universiteti hamkorligi amaliy bosqichga o‘tmoqda
📌
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida Anqara shahridagi nufuzli Hacettepe universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌐
Muzokaralarning asosiy maqsadi ikki universitet o‘rtasida avval imzolangan hamkorlik memorandumida belgilangan yo‘nalishlarni aniq amaliy dasturlar orqali amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.
🗣️
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari
Hacettepe universitetining zamonaviy klinikasi
faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Turkiyaning tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Hacettepe universitetining klinik infratuzilmasi, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash tizimi hamda klinik amaliyot imkoniyatlari o‘rganildi.
📈
Muzokaralarda ikki universitet klinikalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot talabalari va mutaxassislari uchun klinik amaliyot, qisqa muddatli kurslar va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Ps:
Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, tibbiy ta’lim va klinik amaliyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

October 18, 09:55
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
TISU delegatsiyasi Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi Gazi universitetiga tashrif buyurdi
📊
Tashrif doirasida ikki universitet o’rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqot va akademik almashinuv sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Jumladan, TISU talabalarining Gazi universitetida 1–2 semestr davomida tahsil olishini tashkil etish, tibbiyot, stomatologiya, farmatsiya, axborot texnologiyalari va boshqa yo’nalishlarda qisqa muddatli o’quv va amaliy tayyorgarlik dasturlarini yo’lga qo’yish ko’zda tutilmoqda.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

October 18, 05:10
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🇹🇷
TISU Anqara ijtimoiy fanlar universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda.
Universitetimiz delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida
Anqara ijtimoiy fanlar universiteti (Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi – ASBÜ)
rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🧾
Muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
📥
2013-yilda tashkil etilgan ASBÜ Turkiyaning ijtimoiy va gumanitar fanlarga ixtisoslashgan, ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan davlat universitetlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida tomonlar
talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qisqa muddatli o‘quv dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar hamda akademik tajriba almashish
kabi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Ayniqsa, iqtisodiyot, biznes, xalqaro munosabatlar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
📊
Mazkur memorandum Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
🔝
Ushbu kelishuv universitetimizning Turkiyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va xalqaro akademik integratsiyani kuchaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
@tisu_tibbiyot

October 17, 15:50
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#OAV_biz_haqimizda
✍️
Turkiyadagi Ankara Hacı Bayram Veli universiteti rasmiy saytida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bilan imzolangan memorandum hamda yo'lga qo'yilayotgan hamkorlik haqida maqola e'lon qilindi.
➡
️
Batafsil
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
@tisu_tibbiyot