
Poytaxt_adliya
✈️
Xorijga chiqyapsizmi?
Bir kun ortiqcha qolganingiz uchun jarima yoki chegaradan qaytarilish – ko’pchilik bunga qoidani bilmagani uchun duch keladi.
“Xorijda – huquq va yordam”
kanalida:
🔹
yurist sodda tilda tushuntiradi: qayerda qancha yurish mumkin, qanday ruxsatnoma kerak, muammo chiqsa qayerga murojaat qilish kerak
🔹
turli davlatlarning diqqatga sazovor joylari haqida qiziqarli videoroliklar ulashib boriladi
👇
Safardan oldin kirib qo’ying:
https://t.me/xorijda_huquq_va_yordam
#Adliya_mahalla
#sayyor_qabul
Xushnud mahallasida aholi murojaatlari o'rganildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i U.Sodikov tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan Yangihayot tumani “Xushnud” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida meros, uy-joy, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, soliq, ijara, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va kommunal sohalarga oid masalalarda 12 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 6 ta murojaatga tegishli huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat bo‘yicha masalalar joyida hal etildi.
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#20_kun
🛡
1 KUN — 1 YECHIM
Har bir aniqlangan kamchilik — tizimni yaxshilash imkoniyati
Korrupsiyaviy xavf yoki kamchilik aniqlanganda faqat unga munosabat bildirish bilan cheklanib qolmaslik kerak.
🔹
Uning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, kelgusida takrorlanmasligi uchun choralar belgilanadi.
✅
Yechim:
aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralarni kuchaytirish.
🎯
Natija:
bir xil muammolarning takrorlanish xavfi kamayadi.
#1Kun1Yechim
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
X (twitter)
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
#Mualliflik_huquqi
#Huquqiy_eslatma
📌
Mualliflik huquqlariga rioya qilish — ijodkorlar mehnatini qadrlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish demakdir.
⚖️
Unutmang: birovning ijod mahsulidan foydalanishda qonun talablariga rioya qiling!
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
©️
"Ijodga hurmat — huquqqa hurmat"
“Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida ta’lim muassasalari, kutubxonalar, teatrlar va kinoteatrlarda mualliflik va turdosh huquqlarning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyi ijodkorlari hamda Yashnobod tumani 69, 204-son umumta’lim maktablari kutubxonachi xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “
Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik”, “Intellektual mulk huquqi tushunchasi”
hamda
“Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?”
mavzularida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
⚖️
Suhbat davomida ishtirokchilarga intellektual mulk tushunchasi hamda huquqiy himoya qilish tartiblari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zgalarning asarlaridan qonuniy foydalanish va mualliflik huquqiga rioya etishning ahamiyati tushuntirildi.
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#Bilasizmi
#Mehnat_huquqi
🏖
Har yilgi mehnat ta’tili
dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun
ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
♾️
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi
21 kalendar kunni
tashkil etadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
#Yakkasaroy_tumani
Oila – muqaddas dargoh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, IIO FMB mas’ullari, diniy idora vakillari hamda tuman FHDY bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari orqali yosh nikohlanuvchilar turmush qurishdan oldin zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.
Jumladan, ularga tibbiy madaniyat, sog‘lom nasl tarbiyasi, oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, mehr-oqibat, hamjihatlikning o‘rni, oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalari, qonunchilik normalari, farzand tarbiyasi, shuningdek, oila muqaddasligi kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy tushunchalar berildi. Tadbir yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#Adliya_TV
#Jonli_Efir
❗️
Hadya qilingan uy-joyni qaytarib olish mumkinmi? Meros kimlarga va qanday tartibda taqsimlanadi?
❓
Savolingizni yo‘llang yoki jonli efirda ishtirok eting.
✅
"Adliya TV"ning navbatdagi jonli efirida
hadya va meros bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan savollarga javob beramiz. Hadya shartnomasi, vasiyatnoma, merosxo‘rlarning huquqlari va merosni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
✍️
Savollaringizni
@mehnatpodkast_bot
orqali yuboring. Shuningdek, efir davomida ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yo‘llashingiz mumkin.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#OAV_maqola
#Til_bayrami
Til
millat ko'zgusi. Millatning eng buyuk qadriyati
–
«Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur»
—
Abdulla Avloniy
Chilonzor tumani 1-son FHDY bo‘limi mudirasi Etiborxon Xalimova
ning ushbu mavzudagi maqolasi "Taraqqiyot va yoshlar" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube