
Poytaxt_adliya
#Huquqiy_mahalla
#Chilonzor_tumani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ–1-son qarori
ijrosi yuzasidan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda
“Gavhar”, “Mevazor”, “Xirmontepa”, “Zarqo‘rg‘on”, “1-Qatortol”, “Diyor” va “Nafosat”
mahallalarida oilalar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda oilaviy nizolarni
mediatsiya yo‘li bilan tinch va qonuniy hal etish
, xotin-qizlar muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy profilaktika choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar
firibgarlikning zamonaviy turlari va ulardan himoyalanish usullari
haqida ogohlantirilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalla yettiligining vazifalari yuzasidan amaliy huquqiy tushuntirishlar berildi.
Asosiy maqsad — nizolarning oldini olish, oilalarda barqaror muhitni shakllantirish va mahallada xavfsiz hamda huquqiy muhitni ta’minlashdir.
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#Huquqiy_aksiya
#Mirobod_tumani
“Xodimlar mehnatini muhofaza qilish” huquqiy aksiyasi
doirasida Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan 3-sonli oilaviy poliklinika mehnat jamoasida huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga mehnatni muhofaza qilish sohasida qonunchilik talablari, xodimlarning mehnat huquqlari, qonunchilikda belgilangan kafolat va imtiyozlar, amaliyotda yo‘l qo‘yiladigan asosiy kamchiliklar hamda muammoli holatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida xodimlar bilan muloqot olib borilib, ularni qiynab kelayotgan huquqiy masalalar va muammolar tinglandi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
O‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari orqali xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, mehnat sohasidagi huquqlari, kafolatlari va imtiyozlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
#2026_yil_1_sentyabrdan
🏚
Qonunchilikka ko‘ra, hududlarda
inklyuziv ijodiy ustaxonalar
tashkil qilinadi.
✅
Bunda inklyuziv ijodiy ustaxonalarni tashkil etish hamda ularni darsliklar va ijod uchun zarur anjomlar bilan ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan
har yili
30 mlrd so‘m
ajratib boriladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2026_yil_1_sentyabrdan
#Transport
🚌
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi validatorlar bilan jihozlangan
avtobusga chiqish vaqtida
quyidagi usullar orqali to‘lanadi:
▪️
transport kartasini
validatorga tekkizgan holda
uni validatsiya qilish;
▪️
bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz
elektron to‘lov turlaridan foydalanis
h
(NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida to‘lash)
;
▪️
ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda
imtiyozli yoki bepul
yurish huquqini tasdiqlash.
🚫
Yo‘lkira haqi mazku usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda, yo‘lovchi avtobusda
chiptasiz yurgan
deb hisoblanadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
😎
😎
😎
😎
😎
😎
#Mustaqillik_solnomasi
#35_yil_huquq_bilan
❗️
Mustaqillik: shonli 35 yil, 1994 yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil infografikada
👆
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So
'rovnoma
📊
Mehnat jamoalarida xodimlar huquqlarini ta’minlanganlik holatlarini o‘rganish bo‘yicha o'tkazilayotgan anonim so'rovnomada faol ishtirok eting!
📝
Maqsad
: Mehnat muhofazasi sohasida xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari holati, xodimlarning huquqiy xabardorligi va mehnat munosabatlaridagi muammolarni aniqlash.
📣
Hurmatli fuqarolar,
sizning fikringiz biz uchun muhim!
✅
So'rovnomada ushbu
👉
havola
👈
orqali ishtirok etishingiz mumkin.
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube
‼️
DIQQAT EʼLON
‼️
📌
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz!
Joriy yilning
21-avgust
kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz besh yillik bayramiga bag‘ishlangan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan
“Mustaqillik xotirasi!”
nomli fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
❗️
Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi
21-avgust
kuni soat
11.00
da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.
Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi,
Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal:
Toshkent kurantlari yonida.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati