Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

toshkent_mtu
✔️ Toshkent MTU rahbariyatiga MTUni rivojlantirish bo'yicha taklif, muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin: @RJU_Tashkent_bot Tel: 712999620 Instagram: www.instagram.com/rju_tashken_offical/ Veyb-sayt: www.tashkent.railway.uz
Subscribers
6 354
24 hours
-10
30 days
-158
Post views
4 475
ER
70,43%
Posts (30d)
72
Characters in post
996
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 13, 01:14
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🏆
⚽️
TURNIR YAKUNLANDI!
🚉
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ tizimidagi hududiy filiallar hamda tashkilotlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasi yakuniga yetdi.
⚽️
Chorak final bahsida Toshkent MTU filiali terma jamoasi DASUTY MCHJ jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
🔥
Yarim finalda esa Qo‘ng‘irot MTU filiali terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
🥉
3-o‘rin uchun bahsda Toshkent MTU filiali terma jamoasi Qo‘qon MTU filiali jamoasi bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda jamoamiz 4:3 hisobida g‘alaba qozonib,
Toshkent MTU jamoasi turnirning faxrli 3-o‘rini sohibi bo‘ldi.
🏅
Jamoamizga diplom hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 1 000 000 so‘mlik vaucheri topshirildi. Shuningdek, Jamoasi darvozaboni Sirojjidin Ergashev turnirning “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi g‘olibi deb topilib, 500 000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 13, 01:13
Media unavailable
3
3
Show in Telegram






“TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026
Futbol musobaqasining FINAL bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisining 2026-yil 23-iyundagi 570-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat tarkibidagi xodimlar o‘rtasida 2026-yil 12-sentyabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisi kubogi – 2026 futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆
Mazkur musobaqa jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, o‘zaro hurmati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yorqin namoyon etdilar.
Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Final bosqichida quyidagi jamoalar g‘oliblikni va sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇
1-o‘rin — Qo‘ng‘irot MTU filiali jamoasi
🥈
2-o‘rin — Buxoro MTU filiali jamoasi
🥉
3-o‘rin — Toshkent MTU filiali jamoasi
🏆
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni hamda barcha ishtirokchilarni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
Facebook
❤️‍🔥
Instagram

September 12, 04:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Axborot24
|
Buxorodan Xivaga va Toshkentdan Andijonga
tezyurar elktropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 12, 04:42
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

KUZ- QISH MAVSUMI OLDIDAN
😈
O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida kuz-qish mavsumida “O'zbekko'mir” АJda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o'rganildi.
Xususan, “O'zbekko'mir” АJ, "Ko'mir taʼminot" MChJ,
🚉
“O'zbekiston temir yo'llari” АJ va boshqa mutasaddi masʼul xodimlar ishtirokida mavjud muammolar o'rganilib, kuz-qish mavsumi uchun ko'mir yoqilgʼisini aholi va byudjet tashkilotlariga oʼz vaqtida, to'liq va sifatli yetkazib berish, vagonlarga bo'lgan ehtiyojini taʼminlash, ko'mir ortilgan
📦
🪨
vagonlar tarkibini turib qolishini oldini olish, vagonlar harakatini jadallashtirish uchun qoʼshimcha lokomotiv (elektrovoz)lar jalb etish hamda xavfsizlikni taʼminlash va talon-toroj holatlariga chek qo'yishga alohida eʼtibor qaratish bo'yicha ko‘rsatmalar berildi
.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 11, 13:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

TOSHKENT–ANDIJON YOʻNALISHIDA YANGI TEZYURAR POYEZD QATNOVI BOSHLANDI
muxbir: S. Mo’minov
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 10, 12:21
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda
Xitoyning
Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti
Uzluksiz ta’lim instituti tomonidan “Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari davlat temir yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va moddiy resurslarni boshqarish bo‘yicha malaka oshirish seminari tashkil etildi.
📍
8-sentabr kuni
Janubi-g‘arbiy Jiaotong universitetining Jiuli kampusida seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda
Ozarbayjon, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Tanzaniya, Uganda va Iordaniya
kabi 6 ta davlatdan temir yo‘l sohasi vakillari — jami
34 nafar mansabdor xodim va boshqaruv mutaxassisi
ishtirok etmoqda.
🎯
Seminar doirasida
Ishtirokchilar:
🔹
Xitoy temir yo‘l tizimining rivojlanish tajribasi bilan tanishadi;
🔹
temir yo‘l ekspluatatsiyasining zamonaviy yondashuvlarini o‘rganadi;
🔹
moddiy-texnik resurslarni samarali boshqarish tajribasini o‘zlashtiradi;
🔹
transportni rejalashtirish va texnik standartlar bilan tanishadi;
🔹
temir yo‘l sohasi uchun kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganadi;
🔹
xorijiy temir yo‘l mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantiradi.
Shuningdek, seminar turli mamlakatlar temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi
uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma
bo‘lib xizmat qiladi.
📅
Seminar 2026-yil 21-sentabrga qadar davom etadi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
Facebook
❤️‍🔥
Instagram

September 10, 10:45
Media unavailable
10
2
Show in Telegram


🏆
“SHAXMAT KUBOGI — 2026” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori hamda tegishli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida "
Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali "Yoshlar va ijtimoiy loyihalar" bo‘limi boshlig‘i Sh.U. Sadullayev rahbarligida
xodimlar o‘rtasida “Shaxmat kubogi — 2026” musobaqasi tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida shaxmat sportini keng targ‘ib qilish, ularning mantiqiy fikrlashi, intellektual salohiyati va sport mahoratini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidan jalb etilgan malakali hakamlar
ishtirokida, belgilangan tartib-qoidalar asosida adolatli va qizg‘in tarzda o‘tkazildi. Unda Toshkent MTU tizimida faoliyat yuritayotgan turli filial va bo‘linmalarning shaxmatga qiziqadigan xodimlari o‘zaro kuch sinashdilar.
🥇
1-o‘rin — Karimov Sherzod Qahramon o‘g‘li
, "Toshkent vagon ekspluatatsiyasi uchastkasi" filiali
vagonlarni ko‘rikdan o‘tkazuvchi-ta’mirlovchi
.
🥈
2-o‘rin — Abduraxmonov Zohid
"Jizzax temir yo'l stansiyasi" navbatchisi
🥉
3-o‘rin — Pirmatov Shuxrat
"Salor temir yo'l masofasi" filiali yo'l sozlovchisi
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Karimov Sherzod Qahramon o‘g‘liga keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma taqdim etildi.

Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli yoshlari
o‘z filiallarida shaxmat musobaqalarida faol ishtirok etib, nafaqat sportda, balki intellektual bellashuvlarda ham o‘z salohiyatlarini namoyon etib kelmoqda.
🌍
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda!
Joriy yilning
15-sentyabr kuni
Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga
start beriladi. 1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Musobaqada
396 ta jamoa
ishtirok etishi kutilmoqda. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanishi kutilmoqda.
🇺🇿
Samarqandda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘layotgan bir paytda, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli yoshlari ham o‘z filiallarida shaxmat taxtasi atrofida jam bo‘lib, ushbu aql va tafakkur sportiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etmoqdalar.
Shaxmat — tafakkur, sabr, strategiya va g‘alabaga bo‘lgan ishonch maktabidir!

👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 10, 04:32
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

“TOSHKENT-АNDIJON-TOSHKENT” YO‘NАLISHIDА BIRINCHI TEZYURАR ELEKTROPOYEZD QАTNOVI BOSHLANDI
Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil qilindi.
Unda dastlab, so‘nggi yillarda temir yo‘l sohasida, ayniqsa, yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida  keng maʼlumotlar berildi.
Xitoy davlatidan yurtimizga olib kelingan 2 ta “CRRC-Dalian” tezyurar elektropoyezdining 1 tasi joriy yil 9-sentabrdan boshlab,
🌍
"Xiva-Buxoro-Xiva" yo‘nalishida qatnovini boshladi. Bugun, yaʼni, 10-sentabrdan, ana shunday zamonaviy tezyurar elektropoyezdning ikkinchisi, ilk bor
🌍
“Toshkent-Аndijon-Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Аyni daqiqada jurnalistlar mazkur tezyurar elektropoyezdda Аndijonga yo‘l olishdi. Ular yo‘l davomida poyezd vagonidagi qulayliklar bilan yaqindan tanishadilar
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 10, 03:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

2026-yil 10-Sentyabr “Temiryoʻlchi” gazetasining
35
-soni.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

September 10, 02:18
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

POYEZDLAR HARAKATI XAVFSIZLIGINI, TEZ VA RAVON YURISHINI TA'MINLASH DOLZARB VAZIFA!
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Joriy yil 8-9 sentabr kunlari “Toshkent MTU” filialiga qarashli
🌍
“Ohangaron” temir yo'l stansiyasining 1-yo‘lidagi 13-sonli strelkali o‘tkazgichni, temir beton bruslari bilan almashtirish, og'ir turdagi texnikalardan foydalangan holda 19, 21-sonli strelkali o‘tkazgichlarni surib to‘g'irlash, kontakt tarmog'ini sozlash ishlari amalga oshirildi.
Ajratilgan “okno” vaqtida, ushbu jarayon
🌍
Toshkent va Salor temir yo‘l masofasi filiali, signallashtirish va aloqa hamda elektr ta'minoti xo‘jaliklarining tajribali mutaxassislari tomonidan bajarildi.
Ishlarni sifatli bajarish, harakat xavfsizligini ta'minlash, rahbarlar va xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishi hamda “
okno
” uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ishlarning boshlanishi va tugallanishi “Toshkent MTU” filiali rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram