Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

toshkent_mtu
✔️ Toshkent MTU rahbariyatiga MTUni rivojlantirish bo'yicha taklif, muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin: @RJU_Tashkent_bot Tel: 712999620 Instagram: www.instagram.com/rju_tashken_offical/ Veyb-sayt: www.tashkent.railway.uz
Подписчики
6 157
24 часа
-5
30 дней
-135
Просмотры
9 307
ER
151,16%
Посты (30д)
20
Символов в посте
1 032
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 27, 05:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

TADBIRKORLAR UÇUN YUK TAŞIŞ XIZMATLARINI YANADA TAKOMILLAŞTIRIŞ BÖYIÇA UÇRAŞUV
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Vahobov Davron Abdujaloloviç hamda “Özbekiston temir yöllari” AJ rahbariyati iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida tadbirkorlarning eksport va import faoliyatini qöllab-quvvatlaş, yuklarni xorijiy davlatlarga tezkor va qulay yetkazib beriş, xorijdan yuklarni öz vaqtida olib keliş hamda multimodal taşuvlar imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, xalqaro transport koridorlaridan samarali foydalaniş, eksport va import bilan şuğullanuvçi korxonalarni yuk vagonlari bilan ta’minlaş hamda taşiş xizmatlarini soddalaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur taşabbuslarning asosiy maqsadi — tadbirkorlar uçun yuk taşiş jarayonlarini qulaylaştiriş, yuklarni yetkazib beriş muddatlarini qisqartiriş, logistika xarajatlarini kamaytiriş va eksport-import operatsiyalari samaradorligini oşirişdan iborat. Multimodal taşuvlarni rivojlantiriş orqali turli transport turlarini özaro uyğunlaştiriş, xalqaro transport koridorlari imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş va tadbirkorlarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tadbirkorlarning transport-logistika sohasidagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, yuk vagonlari ta’minotini yaxşilaş, xizmat körsatiş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda biznes vakillari uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş masalalari körib çiqildi.
|Site|
Telegram|
Facebook|
YouTube|
Instagram
|X

October 22, 15:14
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

АHOLIGА SIFАTLI KO‘MIR YЕTKАZIB BERISHNI TА’MINLАSH DOLZАRB VАZIFА
Аyni kunda, mamlakatimiz aholisi hamda korxona va tashkilotlarini kuz qish mavsumida
📦
🌾
koʼmir yoqilgʼisi bilan muntazam taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 21 oktyabr kuni,
😈
Respublika Transport prokurori I.Narimov boshchiligidagi ishchi guruh,
🌍
Аngren ko‘mir konida bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Ko‘mir qazib olish, vagonlarga ortish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
🚉
“Toshkent MTU” Filiali, “Temir yo‘l kargo” АJ, "O'zbekko'mir"AJ,Toshkent transport prokurori, Transport ichki ishlar boshqarmasi, Аngren shahar qo‘riqlash bo‘limi rahbarlari ishtirokida qazib olingan ko‘mirni aholiga talofatsiz yetkazib berish, bu jarayonga to‘siq bo‘ladigan muammolarni aniqlab bartaraf qilish borasida fikrlashib olindi.

👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 22, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026-yil 22-oktabr “Temiryoʻlchi” gazetasining
41
-soni.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 21, 16:48
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА
TOSHKENT VАGON DEPOSI FАOLIYATI O‘RGАNILDI
“Toshkent MTU” filiali boshligʼi Gʼ.Mamadaliev boshchiligidagi ishchi guruh, 21 oktabr kuni
🌍
Toshkent vagon deposi faoliyati bilan tanishib, korxonada harakat xavfsizligi kunida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Аytish joizki, bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ tarkibida jami 9 ta vagonlarni taʼmirlash deposi mavjud. Shulardan biri bu, depoli, kapital taʼmir, xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha taʼmirlash ishlarini amalga oshiradigan Toshkent vagon deposidir. Korxona rahbari А.Eshmurodovning taʼkidlashicha hozirgi kunda korxonada bir oyda 160 tagacha  yuk vagonlarini taʼmirlash imkoniyati mavjud.
Ishchi guruh korxonada yanada ko‘proq yuk vagonlarini taʼmirlash, bu jarayonga to‘siq bo‘ladigan muammolarni o‘rgandi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 20, 14:41
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

21-OKTABR—O‘ZBЕK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BЕRILGAN KUN
🖋
✍️
“Toshkent MTU” filialida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida, ushbu bayram munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Filial boshlig‘ining o‘rinbosari R.Eshanqulov boshqargan ushbu uchrashuvda
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, shoir va yozuvchi D. Muhammadiy va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Dilnoza Kamollar ishtirok etib,
ona tilimizning boy tarixi, uning milliy o‘zligimizni anglashdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar. Ijodkorlar o‘zlarining ijodiy izlanishlari hamda adabiy qarashlari bilan o‘rtoqlashib, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar.
Tadbirda ishtirok etgan temiryo‘lchi xodimlar va yoshlar ular bilan bevosita muloqot qilib, o‘zbek adabiyotining boy ma’naviy merosi , ona tilimizning jozibasi haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 20, 07:17
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

QАBUL QILINАYOTGАN VА JO‘NАTILАYOTGАN YUK POYEZDLАRINING SONINI KO‘PАYTIRISH YO‘LIDА
↗️
Sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, transport xizmatlari sifati yanada yaxshilandi. Birgina yuk tashish tizimini oladigan bo‘lsak, mamlakatimizga xorijdan qabul qilinayotgan va jo‘natayotgan poyezdlar soni 25 juftdan 35 juftga yetkazildi. Аyni kunda, buni 40 juftga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Jamiyatning Yagona dispetcherlik markazida, Tashishlarni tashkil etish departamenti, Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi, “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati, Respublika bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida o'tgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi. Unda poyezdlar tirbandligini oldini olish, yurtimizga kirib kelayotgan yuk poyezdlarini nazorat qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari borasida fikrlashib olindi.
Temiryo‘lchilar tomonidan taklif kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 16, 15:28
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish hajmini oshirishga doir kelishuv imzoladi
Joriy yil 14-16 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan «NEW SILK WAY» VIII xalqaro biznes-forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Boshqaruvi raisi Z.G. Narzullayev Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston temir yo‘l administratsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda yuk tashish hajmlarini oshirish, tranzit va import tashuvlarini kengaytirish hamda mavjud transport yo‘laklari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, temir yo‘l logistikasi samaradorligini oshirish, tashish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro yo‘nalishlarda qulay va raqobatbardosh logistika xizmatlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvlar yakunida yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.
|
Site
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X

October 15, 14:18
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

TADBIRKORNING YUTUG‘I- BUTUN XALQIMIZNING YUTUG‘I
Bugun
🚉
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi,
🚉
“Toshkent MTU” Filiali, Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘basi  rahbariyati  va qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
50 dan ziyod tadbirkorlik subyekti vakillari qatnashgan ushbu tadbirda, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar, bojxona to‘lovlari, rasmiylashtiruv jarayonlari kabi 20 dan ortiq masala muhokama qilindi.
Temir yo‘l orqali yuk tashishda vagonlar yetkazib berish, tranzit yuklarni olib kelish jarayonlarini soddalashtirish, bundan tashqari, sanitariya talablari, tegishli sertifikatlarni olish, elektron tizimlardan foydalanish masalalari bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqib, muammolarni hal etish va masʼul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 10, 05:25
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

RAQAMLASHTIRISH VA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
2026-yil 8–9-oktabr kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2026-yil 14-sentabrdagi 537-NZ-sonli “Xizmat safariga yuborish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli hamda uzel tarkibidagi
“O‘zbekiston” stansiyasiga
xizmat safari amalga oshirildi.
Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi
A.B. Maxmudov
rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan hududda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud raqamli tizimlarning samaradorligi, ularni rivojlantirish istiqbollari, ish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyatlari, kiberxavfsizlik holati va tizimlarning kiberhujumlardan himoyalanganlik darajasi o‘rganildi. hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
"
Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
Facebook
❤️‍🔥
Instagram

October 09, 14:50
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MUHIM VAZIFA
9-oktabr kuni “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i G‘.Mamadaliyev boshchiligidagi ishchi guruh
🌍
“Oqko‘prik” stansiyasida bo‘lib, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i asosida 2025 yilda ushbu stansiyada qo‘shimcha yo‘llar qurilib, bir kecha kunduzda qabul qilinayotgan va
🚈
jo‘natilayotgan poyezdlar soni 25 juftdan 35 juftgacha yetkazildi.
Mamlakatimizga kirib keladigan va xorijga jo‘natiladigan barcha poyezdlar mazkur stansiyada nazoratdan o‘tkaziladi. Ishchi guruh stansiyada hamkor tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashib, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlarida uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish borasida ham fikrlashib olishdi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram