
TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
#matbuot_anjumani
Hurmatli OAV vakillari!
27-oktabr kuni soat 11:00
da Soliq qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida
jonli efirda matbuot anjumani
bo‘lib o‘tadi.
Mavzu -
"AI Soliq: sun’iy intellekt asosida soliq xizmatlarining yangi imkoniyatlari"
Barcha OAV vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz!
📍
Manzil:
Toshkent, Navoiy 30
📞
Murojaat uchun telefon:
71 244 98 09
(ichki raqam 01224)
____________
#пресс_конференция
Уважаемые представители СМИ!
27 октября в 11:00
при участии руководства и специалистов Налогового комитета состоится
прямая пресс-конференция
.
Тема -
"AI Soliq: Новые возможности налоговых услуг на основе искусственного интеллекта"
Приглашаем всех представителей СМИ и блогеров принять участие в пресс-конференции!
📍
Адрес:
г. Ташкент, Навои 30
📞
Контактный телефон:
71 244 98 09
(внутр. 01224)
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#sayyor_qabul
Insonga e’tibor – xavfsiz va farovon mahalla sari
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
A.Soliyev
rahbarligida Toshkent shahri
Yangihayot tumanidagi «Xushnud» mahallasida
sayyor qabul o‘tkazildi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#mol_mulk_soligʻi
#yer_soligʻi
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi hamda
my.soliq.uz
sayti orqali ham to‘lashi mumkin.
__
_
#налог_на_имущество
#земельный_налог
Физические лица могут уплатить налоги на имущество и землю как в мобильном приложении Soliq, так и через сайт
my.soliq.uz
.
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#tabrik
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan chin qalbdan tabriklayman.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini muhofaza qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatingiz jamiyatimiz barqarorligi va yurtimiz taraqqiyotining muhim omilidir.
Sadoqatingiz, intizomingiz va fidoyiligingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Soliq xizmati xodimlari nomidan qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi hamkorligimiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va xizmatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jaxongir Mirpulatov
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i
#tabrik
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari!
Sizlarni Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi xizmatlari alohida eʼtirofga loyiq.
Zimmangizdagi masʼuliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etish, yurt osoyishtaligi va xalq farovonligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatish, har qanday vaziyatda adolat tamoyillariga sodiq qolish yuksak kasbiy mahorat, matonat va vatanparvarlikni talab etadi.
Soliq organlari va ichki ishlar organlarini umumiy maqsad — qonuniylikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash hamda fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish birlashtirib turadi. Ushbu yoʻnalishlardagi hamkorligimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlash va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ushbu qutlugʻ sanada Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga kuch-gʻayrat va masʼuliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, tizim ravnaqi uchun koʻplab professional shogirdlarni tayyorlab bergan soha faxriylariga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.
El-yurt tinchligi yoʻlidagi sharafli xizmatingizda hamisha omad yor boʻlsin!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Soliq qoʻmitasi jamoasi nomidan
Farrux Pulatov
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
HAMKORLIK VA EHTIROM — XIZMATDAGI HAMJIHATLIK IFODASI
25-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirlari doirasida xizmat burchiga sadoqat, kasbiy masʼuliyat va idoralararo hamkorlikni eʼtirof etishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.
Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Poʻlatovning taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan, ichki ishlar organlarining 11 nafar rahbar va xodimi munosib taqdirlandi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tantanali tadbirda ularga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar topshirildi.
Bunday eʼtiroflar davlat idoralari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik, ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, jamiyat osoyishtaligi va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning xizmatlarini qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, davlat xizmatidagi hamkorlikning qudrati — umumiy maqsad, oʻzaro ishonch va xalq manfaati yoʻlidagi birdamlikdadir.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#AI_soliq
«
AI Soliq
» platformasi
soliq to‘lovchilarga qonunchilikka oid savollariga tezkor va tushunarli javob olish imkonini beruvchi sun’iy intellekt asosidagi raqamli yordamchidir.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#maʻnaviyat_maʻrifat_soati
BILIM — SAMARADORLIK VA ISLOHOTLAR POYDEVORI
Bugun Soliq qoʻmitasida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, soliq qonunchiligidagi yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida navbatdagi
“Iqtisodiy oʻqish”
tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligi departamenti hamda Resurs soliqlari maʼmuriyatchiligi boshqarmasi masʼullari tomonidan ikki muhim yoʻnalishda taqdimotlar oʻtkazildi.
🔹
Qishloq xoʻjaligida QQSning “nol” stavkasini qoʻllash.
Prezidentning 2025-yil 4-sentyabrdagi PF-153-son Farmoni asosida joriy etilgan tartib, imtiyozlardan foydalanish shartlari va QQSning salbiy farq summasini uch kun ichida avtomatlashtirilgan tarzda qoplash mexanizmlari tushuntirildi.
🔹
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Soliq bazasi, 2026-yil uchun belgilangan stavkalar, koeffitsiyentlar, hisobot va toʻlov muddatlari, shuningdek, 2027-yildan kutilayotgan oʻzgarishlar muhokama qilindi.
Bunday tadbirlar nafaqat xodimlarning bilimlarini mustahkamlash, balki qonunchilik normalarini yagona yondashuv asosida qoʻllash, soliq toʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish va maʼmuriyatchilik samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Zero, bilimli kadrlar — samarali islohotlar, samarali islohotlar esa taraqqiyot garovidir!
“Iqtisodiy oʻqish” tadbirlari soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish va tizim faoliyatini takomillashtirish maqsadida izchil davom ettiriladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#uchrashuv
Murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyat va ijro nazorati
Toshkent shahar soliq boshqarmasida
Toshkent shahar Xalq qabulxonasi
bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida murojaatlar sonini qisqartirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijro nazoratini samarali tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarning murojaatlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyida hal etish hamda takroriy murojaatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tizimli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram