
TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
INSONNI ANGLAGAN RAHBAR — XAVFNI OLDINDAN KOʻRA BILADI
🇺🇿
Zominda soliq tizimi rahbar va kadrlar mutaxassislari uchun “HR xavflarini boshqarish” mavzusida amaliy trening boshlandi.
📍
Jizzax viloyatining soʻlim Zomin tumanida 10–13-sentyabr kunlari Soliq qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun “
HR xavflarini boshqarish
” mavzusida amaliy trening oʻtkazilmoqda.
Bugungi tez oʻzgarayotgan mehnat muhitida tashkilot samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiya yoki mukammal tizimlarga, balki
inson resurslarini qanchalik toʻgʻri boshqara olishga
ham bevosita bogʻliq.
Zero, har bir xodimning oʻz kuchli va zaif tomonlari, qobiliyati, salohiyati, motivatsiyasi va kasbiy oʻsishga boʻlgan ehtiyoji bor.
Rahbarning vazifasi esa ana shu jihatlarni oldindan anglash, kuchli salohiyatga ega xodimni qoʻllab-quvvatlash va uning imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Chunki oʻz vaqtida aniqlanmagan muammo — keyinchalik boshqaruv xavfiga, eʼtiborsiz qoldirilgan salohiyat esa — yoʻqotilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, mazkur trening Soliq qoʻmitasi tizimida inson resurslarini samarali boshqarish,
kadrlar bilan bogʻliq xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish
, xodimlarning salohiyatidan oqilona foydalanish hamda zamonaviy HR yondashuvlarini amaliyotga keng tatbiq etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Treningda belgilangan roʻyxatga muvofiq hududiy soliq organlari hamda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari, barcha hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari va kadrlar boʻlimi rahbarlari, shuningdek, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
🎙
Tadbirni Soliq qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori
Toʻrabek Toʻrayev
boshqarib borib, treningning maqsad va vazifalari, inson resurslarini strategik boshqarishning bugungi kundagi ahamiyati xususida soʻz yuritdi.
U taʼkidlaganidek, samarali HR siyosati — bu faqat kadrlarni ishga qabul qilish yoki ularning faoliyatini baholash emas. Bu, avvalo,
insonni tushunish, uning salohiyatini toʻgʻri baholash, jamoadagi munosabatlarni boshqarish va ehtimoliy xavflarni muammoga aylanishidan oldin koʻra bilish
demakdir.
🤝
Shuningdek, tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligi masʼul xodimi
Xotambek Shokirov
ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, rahbarlik salohiyati va inson resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
🌐
Amaliy mashgʻulotlar jarayonida xalqaro tajribaga ega trenerlar ishtirok etib, HR sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, risklarni baholash, jamoani samarali boshqarish, xodimlarning kuchli va rivojlantirilishi zarur boʻlgan jihatlarini aniqlash hamda inson omili bilan bogʻliq xavflarni tizimli ravishda boshqarish boʻyicha tajriba almashilmoqda.
Zero,
kuchli xodimni faqat aniqlashning oʻzi yetarli emas.
Uning salohiyatidan toʻgʻri foydalanish, kasbiy oʻsishi uchun imkoniyat yaratish, munosib ish muhitini taʼminlash va mehnatiga munosib baho berish ham samarali boshqaruvning muhim shartidir.
Aks holda, eʼtiborsiz qolgan salohiyatli mutaxassisning motivatsiyasi pasayishi, jamoadagi ichki muvozanat buzilishi yoki kadrlar qoʻnimsizligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu maʼnoda,
HR xavflarini boshqarish — muammo paydo boʻlgach, uni bartaraf etish emas, balki muammoning paydo boʻlish ehtimolini oldindan koʻra bilish va unga oʻz vaqtida yechim topish sanʼatidir.
🤝
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari
Zafar Azimov
ham ishtirok etib, hududda samarali boshqaruv va inson kapitali bilan ishlash borasidagi yondashuvlar haqida fikr bildirdi.
🏨
Trening Zomin tumanidagi “Zafaron premium” mehmonxonasida tashkil etilgan.
Inson — har qanday tizimning eng qimmatli resursi. Rahbarning haqiqiy mahorati esa ana shu resursni nafaqat boshqarish, balki uni anglash, rivojlantirish va asrashdadir.
Chunki inson salohiyatini oʻz vaqtida anglagan rahbar — imkoniyatni boy bermaydi.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#Mulohaza_uchun
SOLIQ SOHASI — ZAMON BILAN HAMNAFAS
Bugun texnologiyalar yangi imkoniyatlar eshigini ochib, soliq xizmatlarini yanada
qulay, tezkor va zamonaviy
qilmoqda.
Sun’iy intellekt
— tadbirkorning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilikni kamaytirish va xizmatlardan foydalanishni yengillashtirish yo‘lidagi muhim qadam.
“Tushunmayman” deb chetda turish emas, izlanish, kuzatish va o‘rganish — bugunning talabi.
Chunki zamonaviy imkoniyatlardan foydalangan inson, albatta, yutadi.
Davr o‘zgarmoqda. Xizmatlar takomillashmoqda. Qulayliklardan foydalanish esa — barcha uchun manfaatli!
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#hamkorlik
🇺🇿
🇷🇺
Soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi va Rossiya FSX YBB Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda soliq sohasi uchun zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida
Soliq qo‘mitasi huzuridagi
Soliq oliy maktabi
hamda
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati yetakchilik va biznes-jarayonlarini boshqarish Akademiyasi
(FSX YBB) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi
bitim imzolandi.
Soliq oliy maktabi rektori
Yigitali Narziyev
va FSX YBB Akademiyasi rektori
Ivan Yefremov
mazkur bitim ikki mamlakat o‘rtasida soliq sohasida kadrlar tayyorlash, kasbiy rivojlanish, ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Tashrif doirasida tomonlar
soliq ma’muriyatchiligi va kadrlar salohiyatini rivojlantirish
, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Akademiyaning ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishidagi faoliyati hamda ilg‘or o‘quv dasturlari bilan tanishildi.
Uchrashuvlar yakunida har ikki tomon o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, tajriba almashishning amaliy mexanizmlarini kengaytirish hamda soliq sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#Antikorrupsiya
#yashirin_iqtisodiyot
Chekni sotish — jamiyat va biznesga xiyonat
Fiskal cheklarni sotish, sotib olish yoki boshqa shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish noqonuniy harakatdir. Bu borada Soliq xizmati xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda nazorat va tahliliy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Arzimagan daromadni deb, moliyaviy firibgarliklarga sherik bo‘lib qolmang!
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
So'nggi o'n yillikdagi soliq tizimidagi yangiliklar
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
🏢
UCHTEPADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHOKAMAVIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
📍
Uchtepa tumani Madaniyat saroyida
kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokamaviy yig‘ilish tashkil etildi.
⚡️
Yig‘ilishga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
A. Azimov
, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi o‘ribosari
J.Abdiyev
,
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari
S. Abduvaliyev
hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari
S. Usmanbekov
hamda tuman prokurori
S.Muxtarov
boshchilik qildi.
👍
Yig‘ilish davomida mahallalarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarining vazifalari batafsil tushuntirildi.
📌
Asosiy yondashuvlar:
🔹
Sababni aniqlash
— oilaning kambag‘allikka tushib qolish sabablarini manzilli va chuqur o‘rganish;
🔹
Imkoniyatni topish
— mehnatga layoqatli oila a’zolari, ularning kasbi, malakasi va mavjud ichki resurslarini aniqlash;
🔹
Daromad manbaini yaratish
— ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik yoki loyihalar orqali barqaror daromad manbaini shakllantirish;
🔹
Natijani o‘lchash
— aholining real daromadi va barqaror bandligini muntazam monitoring qilib borish.
🌐
Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirishda
har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va barqaror daromad manbalarini yaratish
muhimligi alohida ta’kidlandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Web-site
📸
facebook
💬
instagram
📹
youtube
#tv
#Yakkasaroy
“Teletahlil” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida
Yakkasaroy
tumanida soliq sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.
👉
BATAFSIL
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#tv
#ochiq_muloqot
#seminar
Axborot24 |
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#Mirobod
#ochiq_muloqot
TADBIRKOR MUAMMOSI — E’TIBORDA, YECHIMI — AMALDA
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i
J. Mirpulatov
Mirobod tumanida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning masalalarini o‘rgandi va muammolarini hal etish bo‘yicha aniq yechimlar belgiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#alkogol
#yigʻim
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida
license.gov.uz
orqali xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.
❗️
Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi
license.gov.uz
orqali yuboriladi.
Bunda xabarnoma:
🗓
joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
🗓
joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
❗️
Eslatma: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyati tugatilganida
license.gov.uz
orqali xabarnoma bekor qilinganligini tekshirish tavsiya etiladi.
Xabarnoma elektron litsenziyalash tizimi
license.gov.uz
orqali bekor qilinmaguniga qadar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar hisoblanadi.
👉
2026-yil uchun alkogol
mahsulotlarini
realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari
❗️
Bildirishnoma alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlariga asosan 20 foizgacha oshirilishi mumkin.
👉
(PQ-387. 2v-band)
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo
qilish faoliyati tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatiladi.
👉
Soliq kodeksi 460-modda
Tugatilgan faoliyat tiklanganda
tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads