
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
⚡️
Xalqaro almaşinuv dasturi doirasida Toşkent şahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan yaponiyalik öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni Özbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan taniştiriş, şuningdek, mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarini kengaytiriş maqsadida turli ma’rifiy va madaniy sayohatlar taşkil etilmoqda.
➖
Navbatdagi sayohat davomida mehmon öquvçilar Samarqand şahriga taşrif buyurib, qadimiy obidalar, tarixiy maskanlar hamda xalqimizning boy me’moriy merosi bilan yaqindan tanişdilar.
✅
Mazkur sayohat orqali yaponiyalik öquvçilar Özbekistonning köp asrlik tarixi, milliy madaniyati va betakror me’moriy yodgorliklari haqida yangi bilimlarga ega bölib, mamlakatimizning boy tarixiy merosini yaqindan kaşf etiş imkoniga ega böldilar.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Toşkent şahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda
ilk bor
Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi
bölib ötmoqda.
Jarayonlar yuzasidan
Turkiyaning TRT Avaz
telekanali
tomonidan maxsus lavha tayyorlandi.
Bizni kuzatişda davom eting...
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
⚡️
Xalqaro almaşinuv dasturi doirasida Yaponiyaning Hiroşima şahridagi Hiroşima Global Academy (HiGA) maktabida tahsil olayotgan Toşkent şahridagi Prezident maktabining 6 nafar öquvçisi özbek milliy taomlarini tarğib etiş orqali mamlakatimiz madaniyati va milliy qadriyatlarini namoyon etdilar.
🟢
Ijtimoiy dastur doirasida öquvçilarimiz yaponiyalik döstlari uçun özbek xalqining sevimli milliy taomlaridan biri — oş tayyorlab berdilar. Jarayon davomida ular milliy taomimizning tayyorlaniş usullari, öziga xos xususiyatlari va özbek oşpazlik an’analari haqida ham ma’lumot berdilar.
✅
Mazkur taşabbus öquvçilarimizga öz milliy madaniyatimizni xalqaro miqyosda namoyiş etiş hamda madaniyatlararo döstlik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaş imkonini berdi deyişimiz mumkin.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Toşkent şahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️
Toşkent şahridagi Prezident maktabining bir neçta 11-sinf öquvçilari Digital SAT imtihonida yuqori natijalarni qölga kiritdilar.
Jumladan:
🫥
Abdumalikov Yusufbek — 1560 ball
🫥
Hamidullayev Mahmud — 1540 ball
🫥
Olimov Dilmurod — 1530 ball
🫥
Isroilov Şohjahon — 1530 ball
🫥
Nişonxöjayev Bahodir — 1530 ball
🫥
Xurşidzoda Rayhon — 1510 ball
➖
Şuningdek, öquvçilarimiz ingliz tilini biliş darajasini baholovçi xalqaro IELTS imtihonida ham yuqori natijalarni qayd etdilar. Xususan, Xurşidzoda Rayhon IELTS imtihonidan 8,5 ball, Hamidullayev Mahmud esa 8,0 ball olişga muvaffaq böldi.
✅
Ta’kidlaş joizki, uşbu yutuqlar öquvçilarimizning bilim olişga bölgan intilişi, ustozlarining fidokorona mehnati hamda ta’lim jarayonida yaratilgan imkoniyatlarning yaqqol ifodasidir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Toşkent şahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabida 5–6-sinf o‘quvchilari ishtirokida bolalar yozuvchisi, filologiya fanlari doktori Sa’dullo Quronov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📚
Sevimli asaringiz muallifiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni bevosita berish — kitobxon uchun o‘zgacha zavq! Samimiy suhbat davomida o‘quvchilar «Galaktikada bir kun» asari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muallifning o‘zidan javob oldilar. Shuningdek, asarning yaratilish tarixi va ijodkorning adabiy qarashlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
✅
Uchrashuv yakunida Sa’dullo Quronov o‘quvchilarga kitobning yangi nashrini sovg‘a qildi. Endi asarni mutolaa qilishning zavqi yanada o‘zgacha! Axir muallif bilan yuzma-yuz suhbatdan so‘ng tanish sahifalarni qayta varaqlash, ulardagi yangi ma’no va g‘oyalarni kashf etishning gashti bo‘lakcha.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Asar muhokamasi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
➖
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda Nurafshon Prezident maktabining bir guruh o‘quvchilari va ustozlari ham ishtirok etdilar.
📚
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zbek adabiyotining nodir namunalaridan biri — Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani yuzasidan fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. Asardagi qahramonlarning xarakteri, ularning hayotiy qarashlari, asarda aks etgan tarixiy davr va ijtimoiy munosabatlar atroflicha muhokama qilindi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
⚡️
O‘ZBEK TILI — MILLIY QADRIYATIM!
📍
Toshkent shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zbek tili — milliy qadriyatimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🫥
Tadbirda tilimizning ifoda imkoniyatlarini ochib beruvchi tanqidiy ruhdagi sahna ko‘rinishi, ona tilini madh etuvchi hikmatli so‘zlar hamda 5-sinf o‘quvchilarining “Ona tilim” she’rini ifodali ijrosi namoyish etildi.
➖
Xalqaro almashinuv dasturi ishtirokchilari — maktabimizda tahsil olayotgan yaponiyalik o‘quvchilarning “Andijoncha” milliy raqsi madaniyatlararo muloqotning go‘zal ifodasiga aylandi. “Milliy so‘zlar viktorinasi” esa kundalik turmushimizda qo‘llanadigan buyumlarning o‘zbekcha nomlarini o‘rganish va faol nutqqa olib kirishga xizmat qildi.
🚨
Tadbir yakunida diktantlar, “Ona tilimni madh etaman” rasmlar tanlovi g‘oliblari, o‘zbek tili malakasini aniqlash testi sertifikati sohiblari hamda pedagoglar o‘rtasidagi diktant tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.
✅
Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlikka ehtirom, uning imkoniyatlarini namoyon etish esa ma’naviy merosimizni kelajak avlodga yetkazishdir!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
⚡️
Xabaringiz bor, ayni damda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6 nafar o‘quvchisi Yaponiya davlatining Hirosima shahrida joylashgan "Hiroshima Global Academy" (HiGA) maktabida xalqaro almashinuv dasturi doirasida bir oy davomida tahsil olib kelishmoqda.
➖
Ijtimoiy dastur doirasida O’zbekistonlik o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Yaponiya tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, o‘zaro madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida HiGA maktabi tomonidan turli ekskursiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
📷
Yuqorida o‘quvchilarimizning Yaponiyadagi ta’lim va madaniy almashinuv jarayonlaridan lavhalar.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabining "Ma’nolar maxzani" loyihasining navbatdagi soni 21-oktabr- O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "So'zimiz o'zimizniki bo'lsin!" mavzusiga bag'ishlanadi.
✅
O'zbekcha fikrlash- o'zlikni anglashdir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
|
🔎
Veb-sayt
O‘zbekiston xalqiga bayram
tabrigi
—
Праздничное
поздравление
народу Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X