
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
⚡️
“Bir avlod – bir yo‘l” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchilari Javid Akram hamda Abdurashidova Anora Yunusobod tumanida joylashgan 98-sonli umumta’lim maktabida matematika fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.
🧮
Mashg‘ulot “Aylana teoremalari” mavzusiga bag‘ishlangan bo’lib, dars davomida o‘quvchilar amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aylana teoremalarini o‘rganib, ularning muhim xossalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, o‘rganilgan geometrik xossalarning arxitektura hamda dizayn sohalarida qo‘llanishi bilan ham tanishishdi.
➖
Ushbu loyiha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PF-4199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident maktablari tajribasini umumta’lim maktablariga tatbiq etish va fanlararo yondashuv asosida integratsiyalashgan ta’limni joriy etish uchun tashkil etilmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchilari ishtirokidagi "Ma’nolar maxzani" loyihasining navbatdagi soni “Ekologiyani asrash – hayotni asrash" mavzusiga bag’ishlanadi.
🫥
Bunda aytilayotgan har bir fikr, har bir misol insoniyatni o'ylantirishi, kelajak haqida qayg'urishiga sabab bo'lishi lozim.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
#imtihon
#foto_reportaj
📍
Toshkent shahridagi Prezident maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari uchun xalqaro imtihonlarning MOCK sinovlari davom etadi.
✅
Ma’lumot uchun, 9-sinf o‘quvchilari Pearson Edexcel GCSE, 10–11-sinf o‘quvchilari esa Cambridge xalqaro AS hamda A daraja sinov imtihonlarini topshirmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muqaddas Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish, shuningdek, mahallalar hamda aholi turar joylarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilishi belgilangan edi.
➖
Shu munosabat bilan 13–14-mart kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida ham hashar ishlari tashkil etildi. Hashar davomida maktab hududi obodonlashtirilib, yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxt va gul ko‘chatlari o’tkazildi, hudud tozaligi ta’minlandi.
✅
Mazkur xayrli tadbirda maktab jamoasi faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash, ozodalik va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
#kelajak_uchun_xorijiy_til
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasidagi “Global Mindset in Motion” nomli maxsus kursning mashg‘ulotlari davom etmoqda.
📁
Ma’lumot uchun, ushbu kurs joriy yilning may oyigacha davom etadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 11-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov bilan birgalikda lug'at boyligingizni yaxshilashda davom eting!
✅
Bugungi mavzu: Mirtemir she'rlari
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Sohibxon Azizov 8–12-mart kunlari dunyo reytingida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan Gongkong universiteti — The University of Hong Kong tomonidan tashkil etilgan “Counsellor Taster” xalqaro tadbirida ishtirok etdi.
➖
Mazkur dastur maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi universitetning bakalavriat ta’lim dasturlari, qabul talablari hamda kampus hayoti bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek kelgusida ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iboratdir.
✅
Bunday tashriflar Prezident maktablari o‘quvchilari uchun dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
⚡️
Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Til va sport” loyihasi doirasida navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nodira Mahmudova hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Sherzod Akxodjayev tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqada maktabning 7-“Blue” va 7-“Green”-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, qizg‘in va mazmunli bahs-munozaralarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
➖
Tadbir to‘rtta asosiy shart bo‘yicha o‘tkazilib, o‘quvchilar jismoniy mashqlarni bajarish bilan birga ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarda bellashdilar.
✅
Bunday fanlararo integratsiyalashgan tadbirlar nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratadi, balki tezkor fikrlash, muloqot madaniyati va ona tiliga hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
🚨
“Biz bilgan va bilmagan tarix” loyihasida insoniyat yaratgan buyuk obidalar, ilmiy kashfiyotlar va o‘zbek xalqining faxrli merosi bilan tanishamiz. Har bir videoda yangi sirlar, kutilmagan faktlar va ilhom bag‘ishlovchi bilimlar ulashib boriladi.
✅
Ushbu videoda dunyodagi eng mashhur hukmdorlar saroylari —Versal, Topkapi va Buxorodagi Ark qal’asi haqida so‘z boradi.
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
📍
Toshkent shahridagi Prezident maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari uchun xalqaro imtihonlarning MOCK sinovlariga start berildi. Jumladan,
9-sinf o‘quvchilari Pearson Edexcel GCSE, 10–11-sinf o‘quvchilari esa Cambridge xalqaro AS hamda A daraja sinov imtihonlarini topshirmoqda.
➖
Ushbu jarayonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida AS va A daraja sertifikatlari uchun o‘tkaziladigan yakuniy imtihonlarga o‘quvchilarni tayyorlashdan iborat. Asosiy AS hamda A daraja imtihonlari esa joriy yilning may–iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅
Ma’lumot uchun, Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A daraja sertifikati
xalqaro miqyosda tan olingan yuqori standartdagi ta’lim sertifikati hisoblanadi. Ushbu imtihonlarda A+ (a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini qo‘lga kiritish mumkin.
🫥
A+ (a+) — eng yuqori ko‘rsatkich
🫥
E (e) — eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏛
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube