
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
#Ijtimoiy_himoya
#Sayyor_qabul
"
Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan mahallada sayyor qabul o‘tkazildi
🔰
Aholining muammo va takliflarini o‘rganish, ularni joyida hal etish maqsadida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori N. R.Tashtemirova hamda Toshkent viloyati boshqarma vakili Sh.Yorovlar tomonidan Uch chinor mahalla binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
✅
Mazkur qabulda Uch chinor va Xalimko‘p
mahalla fuqarolari faol ishtirok etib, ijtimoiy himoya, bandlik, moddiy yordam, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.
♻️
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
#Nazm_va_navo_kechasi
Toshkent tumanidagi Madaniyat markazlari rahbarlari kontsertda
Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi ansambli tomonidan
“Vatanni madh etib”
nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda
Toshkent tumanidagi 71-sonli Gulzor hamda 73-sonli Ayriota madaniyat markazlari rahbarlari
ham faol ishtirok etib, tadbir davomida davrani munosib tarzda olib bordilar.
Konsert dasturida milliy maqom san’atining betakror namunalari ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashildi.
📸
Jarayon fotolavhalarda.
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Alisher Baxadirovich Samadov
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан
Самадов Алишер Бахадирович
назначен на должность председателя Счетной палаты Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности начальника Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook
|
Instagram
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Timur Nuryigitovich Butunbayev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан
Бутунбаев Тимур Нурйигитович
назначен на должность заместителя руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по водным реформам – начальника Департамента правовой экспертизы и в связи с этим освобожден от должности заместителя руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по реформированию системы водоснабжения.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#pensiya
Kelajakdagi pensiya ta'minoti uchun muhim tavsiyalar
Kelajakdagi pensiya ta'minoti bugungi to'g'ri ma'lumotlardan boshlanadi. Shu sababli, har bir fuqaro o'zining mehnat faoliyatiga oid yozuvlarning aniqligiga alohida e'tibor qaratishi hamda davlat xizmatlari orqali o'z shaxsiy hisobini nazorat qilib borishi lozim.
✔️
Ish stajingiz, ish haqingiz va sug'urta badallari to'g'risidagi ma'lumotlar raqamlashtirilganini muntazam tekshirib boring.
✔️
Ushbu jarayonga mas'uliyat bilan yondashish kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli tushunmovchiliklar va ovoragarchiliklarning oldini oladi.
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
#kiberxavfsizlik
Kiberxavfsizlik: nafaqa pullarini asrashning muhim choralari
Hurmatli fuqarolar, xususan, nafaqadagi yurtdoshlarimiz diqqatiga! Hozirgi kunda kiberjinoyatchilar tomonidan fuqarolarning nafaqa pullarini ruxsatsiz yechib olish (o'g'irlash) holatlari keskin ko'payib bormoqda. Bunday ko'ngilsiz vaziyatlarning oldini olish hamda shaxsiy mablag'lar xavfsizligini kafolatlash maqsadida, barchangizdan taqdim etilayotgan maxsus videorolikni diqqat bilan ko'rib chiqish va unda ko'rsatilgan "APK qo'riqchisi" ilovasini mobil qurilmalaringizga darhol o'rnatish qat'iy talab etiladi.
Mazkur xavfsizlik tadbirini amalga oshirishda kattalarga ko'maklashish maqsadida, yoshlarimizdan barcha bobo va buvijonlarimizning telefonlariga ushbu himoya ilovasini o'rnatib, ularning qurilmalarini to'liq xavfsizlik tekshiruvidan o'tkazib berishlari so'raladi. Hurmatli fuqarolar, ushbu ogohlantirishga aslo e'tiborsizlik qilmang, aks holda o'z mablag'laringizdan butunlay mahrum bo'lib qolishingiz mumkin. Kiberxavfsizlik qoidalariga ogohlik bilan yondashish orqali o'zingiz va yaqinlaringiz mol-mulkini himoya qiling.
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
#Toshkent_tumani
#MilliylikKuni
#MilliyQadriyatlar
HAR JUMA — MILLIYLIK KUNI!
Toshkent tumanida har juma kuni an’anaviy tarzda
“Milliy liboslar kuni”
o‘tkazilib, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlarimiz keng targ‘ib etilmoqda.
Navbatdagi “Milliy liboslar kuni”da mahalla faollari, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar.
Milliy liboslarimiz — xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati va milliy o‘zligimiz ifodasidir.
Milliylik — millat ko‘zgusi, qadriyat — kelajak poydevori!
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
#Eʼlon
Sayyor qabulga taklif qilamiz!
Joriy yil 5-sentabr kuni, soat 10:00
da
Toshkent tumani Uch chinor mahalla binosida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Tashtemirova Nadira Rixsimbayevna
tomonidan soat 10.00da
Uch chinor
va
Xalimko‘p
mahalla fuqarolarining murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkaziladi.
Qabul davomida fuqarolar ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi qator masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Uch chinor
va
Xalimko‘p
mahallasi fuqarolarini belgilangan vaqtda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📍
Manzil: Toshkent tumani Uch chinor mahalla binosi
🕙
Vaqt: 2026-yil 5-sentabr, soat 10:00
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Website
📢
Tadbirkorlar diqqatiga!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning
zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish
yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Bugungi kunda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mazkur yo‘nalishda tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan
zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlari
Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning
zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak
ko‘rsatiladi.
☎️
Murojaat uchun:
@Icppa_aloqa_bot
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram