
ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (480-son, 08.09.2026-y.) bilan “Davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
🔰
Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridi predmetining
o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini
aniqlash tartibini belgilaydi.
⏳
Mazkur Vaqtinchalik nizom
2028-yil 31-dekabrgacha
amal qiladi.
📜
Nizomga ko‘ra, davlat buyurtmachisi:
🤓
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lardan
samarali foydalanishi,
shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishdan ko‘rilgan foyda (naf), ularning sifati va qiymati o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashi;
🤓
davlat xaridlarining
maqsadga muvofiqligi
va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashda uning xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlarini o‘tkazish xarajatlarini va tovar (ish, xizmat) qiymatining asoslanganini hisobga olgan holda amalga oshirishi;
🤓
har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining
o‘rtacha bozor narxini
o‘rganishi shart.
🕰
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin davlat buyurtmachisi narxlar moduli orqali xarid predmetining o‘rtacha bozor narxini shakllantirishda oxirgi
90 kunda shakllangan
bozor narxlari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanadi.
📖
Xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxi
elektron ma’lumotnomasi
belgilangan namunaviy shaklda shakllantiriladi va unda quyidagilar aks ettiriladi:
▪️
xarid predmeti;
▪️
o‘rganilgan manbalar,
shu jumladan, tovarlar (ish, xizmatlar) haqidagi ma’lumotlar;
▪️
xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
😎
😎
😎
😎
😎
😎
#Adliya_xabari
❗️
“Bu bizning vakolatimizga kirmaydi”
Davlat organlari mazkur asos bilan murojaatni rad etishi mumkinmi?
👉
Batafsil:
https://www.youtube.com/watch?v=-V3VrUey9WI
#adliya_yoshlar
“Rahbar va yoshlar”: sun’iy intellekt bilan kelajak sari
📍
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Piskent tumani 1-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi tashkil etildi.
🤖
Uchrashuv doirasida
“Sun’iy intellekt bilan kelajak sari”
mavzusida master-klass o‘tkazilib, yoshlarga sun’iy intellektning imkoniyatlari, undan ta’lim va kundalik faoliyatda samarali foydalanish usullari tushuntirildi.
💻
Amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt yordamida ma’lumot izlash va tahlil qilish, matn hamda tasvirlar yaratish imkoniyatlari namoyish etildi.
🎯
Tadbir yakunida yoshlarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt |
Youtube
Telegram
⚖️
E'LON
📣
HURMATLI FUQAROLAR!
🗓
Joriy yilning 11-sentyabr
kuni soat
09:30
da
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Navro‘z" MFY
binosida
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Dadajonov Abdumutalib Karimovich
tomonidan navbatdagi
"Sayyor qabul"
o‘tkaziladi.
📖
Sayyor qabul
davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan huquqiy muammolar, qonunchilik ijrosi hamda adliya organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
📍
Manzil:
Bo‘stonliq tumani,
"Navro‘z" MFY
binosi.
🕘
Vaqti:
2026-yil 11-sentyabr, soat
09:30
.
☎️
Ma'lumot uchun:
(71) 501-02-50 (2524)
🤝
Barcha yurtdoshlarimizni sayyor qabulga taklif etamiz!
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt |
Youtube
Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Akademiyaga o‘qishga qabul qilish va kadrlar tayyorlash jarayoniga yangi mexanizmlar joriy etiladi
🔰
Qarorga ko‘ra,
2026/2027-o‘quv yilidan
Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tartibi va kadrlar tayyorlash jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
➖
vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari g‘olibi bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘quvchilari Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng belgilangan qabul kvotalari doirasida o‘qishga yakka tartibdagi
yakuniy suhbatsiz
qabul qilinadi;
➖
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining
2-bosqichini tamomlagan
talabalar Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga
“2+2” dasturi
(davlat granti) asosida maqsadli tanlov orqali o‘qishga qabul qilinishi mumkin;
➖
ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va kursantlar
1-kursdan boshlab
Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy bo‘linmalariga biriktiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlariga o‘qishni yakunlaguniga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi;
➖
ta’lim dasturini o‘zlashtirmaganligi uchun kursantlar safidan chetlashtirilgan shaxslar ichki ishlar organlari tegishincha safdorlar yoki serjantlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni o‘tashga yo‘naltiriladi hamda ularga
1 yildan 3 yilgacha muddatda
qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi;
➖
har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy-pedagogik va o‘quv-uslubiy tarkibdagi xodim (xizmatchi)larning kamida
50 nafari “Yangi O‘zbekiston” universitetida malaka oshirishi
(stajirovka o‘tashi),
shuningdek, 30 nafarini xorijiy ta’lim tashkilotlariga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimi joriy etiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning yaxlit va uzluksiz tizimi yaratiladi
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 26.08.2026-y.) qabul qilindi.
🔰
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (Institut)ning
Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali
(filiallar) sifatida qayta tashkil etiladi. Bunda:
🤑
2027-yil 1-yanvardan
tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va o‘qituvchilari uchun tegishlicha Institut boshlig‘i o‘rinbosari, xodimlari va o‘qituvchilari lavozimlariga belgilangan pul ta’minoti tartibi va miqdorlari qo‘llanadi;
💚
Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filiali
Serjantlar tayyorlash markazi
sifatida qayta tashkil etiladi;
💚
vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida
(1 nafar tinglovchi uchun 1 akademik soatga BHMning 12 foizi miqdorida)
amalga oshiriladi.
🏛
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich dunyoning
top–1000 talik
reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillashtiriladi:
🔸
Akademiyada
“ta’lim – tadqiqot – amaliyot”
integratsiyasini ta’minlash hamda kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro akademik modellar asosida tashkil etish maqsadida maktablar (school) tizimi joriy etiladi;
🔸
Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida
maktablar va sho‘balar
tashkil etiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
⚖️
Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi
✅
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori
bilan
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni
ta’sis etildi.
📣
Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan
davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga
beriladi.
📌
Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
✔️
intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki;
✔️
intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati;
✔️
intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki;
✔️
jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi;
✔️
intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki.
😅
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar
har yili 1-yanvardan 1-martga qadar
Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🖥
Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
🔘
Taqdirlangan shaxslarga
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti
beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
✅
Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan
faqat bir marta
taqdirlanadi.
Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi.
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter
📌
NOTARIAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida notariuslar ishtirokida notariat sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
🔐
Seminar davomida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ijro xatini ijroga qaratish, ijro xatini rasmiylashtirish, yerga bo‘lgan ijara huquqini qayta ijaraga berish hamda notariat sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
💬
Shuningdek, notariuslar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🤝
Seminar sohadagi amaliy masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga yechim topish hamda notarial xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratildi.
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt |
Youtube
Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqei va xizmat mas’uliyati oshiriladi
🧾
Qarorga ko‘ra,
mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi bilan yaqindan ishlash bo‘yicha
huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli tashkil etishda
quyidagi tartib o‘rnatiladi:
🔸
profilaktika inspektori kasbiy faoliyatining ustuvor maqsadi unga nisbatan aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish hamda xizmat joyida
jinoyatchilikni jilovlash
etib belgilanadi;
🔸
profilaktika inspektorlariga ularning kasbiy faoliyatiga doir vazifalardan tashqari qo‘shimcha vazifalar belgilanishi, shuningdek,
bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
boshliq bo‘lmagan boshqa rahbarlar tomonidan topshiriq va ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
🔸
aholi tomonidan ovoz berish tartibida profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga nisbatan
“ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish
tizimi joriy etiladi hamda natijada unga nisbatan ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatishgacha bo‘lgan jazo chorasi qo‘llanilishiga asoslar yaratiladi;
🔸
sudlar tomonidan profilaktika inspektorlarining elektron shaklda yuritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlari bo‘yicha zaruratsiz qo‘shimcha ravishda
qog‘oz shaklidagi hujjatlarni
talab etishga oid amaliyot bekor qilinadi.
📖
Profilaktika inspektorining xizmat joyidagi kasbiy faoliyati natijadorligini baholash quyidagi ustuvor mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
🔹
aholining profilaktika inspektoriga ishonchi darajasi;
🔹
xavf guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan (
aholining huquqbuzarliklar sodir etishga moyil toifasi
) yoki ularga nisbatan (huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi bo‘lgan toifasi) jinoyat sodir etilishi darajasi;
🔹
shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarni
qayta sodir etish
darajasi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
🌱
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda
🔹
Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.
🔹
Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹
Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
📌
“Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot