Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

toshkentviladliya
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Подписчики
776
24 часа
-1
30 дней
-13
Просмотры
58
ER
7,47%
Посты (30д)
100
Символов в посте
1 167
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 05:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Diqqat_tanlov
📚
“ADLIYA KITOBXONLARI” TANLOVIGA MARHAMAT!
📢
28-oktabr kuni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida
“Adliya kitobxonlari”
tanlovi o‘tkaziladi.
📅
Sana:
28-oktabr, 2026-yil
⏰
Vaqt:
soat 15:00
📍
Manzil:
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi binosi
🎯
Tanlovning maqsadi
— xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kasbiy bilimlarni oshirish, mustaqil va tahliliy fikrlash hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish.
📖
Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar o‘zlari tanlagan kitob yuzasidan taqdimot-taqriz bilan chiqish qiladilar.
📌
Taqdimotda quyidagilar yoritilishi lozim:
🔹
Kitobning asosiy g‘oyasi;
🔹
Shaxsiy taassurot va xulosalar;
🔹
Kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati;
🔹
Mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlar.
❗️
Muhim:
Kitob mazmunini to‘liq hikoya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreativ, o‘ziga xos va yangicha yondashuvlar rag‘batlantiriladi.
🏆
Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

October 26, 05:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
6 oylik kurslarga qabul davom etmoqda!
➡️
Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.
✅
Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
⏰
Hujjatlarni qabul qilish
5-oktabrdan 5-noyabrga qadar
(shu kuni ham)
qabul.minjusttraining.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✉️
Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
♻️
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun)
;
to‘lov-kontrakt miqdori: 17 990 952 so‘m.
❗️
Bitiruvchilarga diplom berilib,
yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari
v
a fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida
oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️
55 518-57-77 (ichki raqam 9)
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 26, 04:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Diqqat_muhim
📣
Hurmatli hamyurtlar!
Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.
Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter

October 23, 12:52

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Ekologiya
❗️
Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxonalar uchun maxsus ekologik tartib joriy etiladi
Hukumat qarori (
586-son, 22.10.2026 y.
) bilan Maxsus hududda joylashgan qattiq yoqilg‘ida ishlovchi issiqxonalarga belgilanadigan ekologik talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
🔰
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlari issiqxona xo‘jaliklari faoliyati uchun
maxsus ekologik tartib
joriy etiladigan hudud
(Maxsus hudud)
etib belgilandi.
🏡
Maxsus hududda isitish tizimiga ega bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklari faoliyati faqatgina tabiiy gaz
shu jumladan, suyultirilgan gaz)
, elektr energiyasi, geotermal energiya, quyosh energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
⏳
Qattiq yoqilg‘ida
(ko‘mir, briket va biomassa pelletlari)
faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaliklari
2026 yil 1 dekabrga qadar
isitish turini yuqoridagi turlarga o‘zgartirib, faoliyatini davom ettiradi.
❗️
Qattiq yoqilg‘idan faqatgina quyidagi talablarning
barchasini bir vaqtning o‘zida
bajargan holda foydalanishga ruxsat etiladi:
🔸
qozon qurilmalarini
yoqilg‘i
uzatish va yonish jarayonini
avtomatik boshqarish tizimi
hamda
chang-gaz tozalash uskunalari
bilan jihozlash;
🔸
uzluksiz avtomatik monitoring
tizimini o‘rnatish va uni Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga integratsiya qilish;
🔸
uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi;
🔸
onlayn kameralar,
quvvat manbai va zaxira generatori o‘rnatish;
🔸
hosil bo‘lgan chiqindilarni
utilizatsiya qilish.
🚫
Issiqxona xo‘jaliklarida shinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shunga o‘xshash tarkibli materiallarni yoqilg‘i sifatida yoqish
qat’iyan taqiqlanadi.
📝
Ekologik modernizatsiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari:
💰
2028 yil 1 yanvarga qadar
chang-gaz tozalash uskunalari, qozon qurilmalari, energiya tejamkor ekranlar, energiya samarador texnologiyalar, elektr, geotermal, quyosh va kogeneratsiya asosidagi isitish uskunalarini xarid qilish xarajatlarining
50 foizi,
biroq har bir gektari uchun
50 mln so‘mdan
oshmagan qismiga davlat byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
💰
avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilishda istak bildirgan issiqxonalarga uch tomonlama shartnoma tuzish orqali
7 yil
muddatga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan har bir stansiya uchun
350 mln so‘mdan
ortiq bo‘lmagan mablag‘lar moliyalashtiriladi;
💰
2026–2027 yillarda
elektr energiyasi, geotermal, quyosh energiyasi, kogeneratsiya isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik
14 foiz
stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) loyiha qiymatining 50 foizigacha qismiga va har b
ir gektarga
3 mlrd so‘mgacha
k
reditlar ajratiladi.
⚠️
2026 yil 1 dekabrdan
boshlab belgilangan talablarga javob bermaydigan issiqxona xo‘jaliklariga davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosa
berilmaydi,
ilgari berilgan xulosaning amal qilishi belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda issiqxonani elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔎
Maxsus hududdagi issiqxona xo‘jaliklarida har yili
15 oktyabrdan 15 martga qadar
nazorat va monitoring ishlari amalga oshiriladi. Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar aniqlangan taqdirda issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba
10 kungacha
vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

October 23, 09:39
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Davlat_xizmatlari
#Deputatlar_nigohida
🏛
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI FAOLIYATI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
📍
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent viloyatining
Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida
bo‘lib, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔹
Tashrif davomida deputatlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini bevosita kuzatib, aholiga yaratilgan sharoitlar, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning amaldagi holatini o‘rgandilar.
📊
Shuningdek, davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va xizmatlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
🤝
O‘rganish davomida xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Youtube

October 23, 06:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tezkor
⚡️
Diqqat e’lon
‼️
Ayni vaqtda
Chirchiq shahridagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limi binosida
elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shu sabab, fuqarolarga xizmatlar ko’rsatishda vaqtinchalik muammolar yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
👉
Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar,
boshqa tumanlarda
ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.
📍
Siz bu vaziyatda Toshkent viloyatidagi
boshqa tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo’limlariga
murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Youtube
Telegram

October 23, 06:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Adliya_TV
#Jonli_Efir
❗️
Hadya qilingan uy-joyni qaytarib olish mumkinmi? Meros kimlarga va qanday tartibda taqsimlanadi?
❓
Savolingizni yo‘llang yoki jonli efirda ishtirok eting.
✅
"Adliya TV"ning navbatdagi jonli efirida
hadya va meros bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan savollarga javob beramiz. Hadya shartnomasi, vasiyatnoma, merosxo‘rlarning huquqlari va merosni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
✍️
Savollaringizni
@mehnatpodkast_bot
orqali yuboring. Shuningdek, efir davomida ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yo‘llashingiz mumkin.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

October 23, 06:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Bilasizmi
#Mehnat_huquqi
🏖
Har yilgi mehnat ta’tili
dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun
ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
♾️
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi
21 kalendar kunni
tashkil etadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

October 23, 05:57
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Davlat_xizmatlari
#Deputatlar_nigohida
🏛
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI FAOLIYATI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
📍
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent viloyatining
Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida
bo‘lib, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔹
Tashrif davomida deputatlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini bevosita kuzatib, aholiga yaratilgan sharoitlar, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning amaldagi holatini o‘rgandilar.
📊
Shuningdek, davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va xizmatlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
🤝
O‘rganish davomida xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, fuqarolar uchun mavjud qulayliklar hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Youtube

October 23, 05:28

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Moliyaviy xizmatlar sohasidagi "Tartibga solish qumdoni"da 3 ta alohida sinov yo‘lagi joriy etildi
Adliya vazirligi Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibiga idorvaiy idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (
ro‘yxat raqami 3956, 2026-yil 19-oktyabr
).
🔰
Mazkur idoraviy hujjat bilan Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi
maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish
, shuningdek mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilanmoqda.
📝
Unga ko‘ra:
🔹
"Tartibga solish qumdoni"ning institutsional modeli kengaytirilib,
3 ta
alohida sinov yo‘lagi joriy etildi:
➖
"innovatsiya";
➖
"akseleratsiya";
➖
"texnologik hamkorlik";
🔹
Ishtirokchilar doirasi kengaytirilib,
norezident yuridik shaxslar
(birgalikda ariza beruvchi sifatida) hamda faoliyati Markaziy bankdan boshqa davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan yuridik shaxslarning "Tartibga solish qumdoni"da
ishtirok etishiga imkoniyat yaratildi;
🔹
Yangi moliyaviy xizmatni joriy etish istagida bo‘lgan yuridik shaxslar uchun
ariza topshirish oldi maslahati (pre-application support)
instituti joriy etildi;
🔹
"Tartibga solish qumdoni" ishtirokchilari reestrini
yuritish tartibi belgilandi;
🔹
"Tartibga solish qumdoni" doirasidagi moliyaviy xizmatni targ‘ib qilishga qaratilgan
reklama
va
axborot
materiallarida
ushbu xizmat "Tartibga solish qumdoni" doirasida
sinov tarzida taqdim etilayotganligini ko‘rsatish shartligi
belgilandi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin