
Toshkent yoshlari
🇺🇿
🇹🇷
Toshkentda “Bilim Toshkent” ilm-fan va texnologiyalar markazi ochildi!
Toshkent shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida bunyod etilgan
“Bilim Toshkent”
markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamg‘armasi Boshqaruv kengashi raisi Elvan Kuzuju Hıdır hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash ishtirok etishdi.
Mazkur markaz Yoshlar ishlari agentligi, “Besh tashabbus loyiha ofisi” hamda Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.
Markazda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar:
• Aniq fanlar, aviatsiya, kosmik texnologiyalar, robototexnika va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar;
• Xorijiy tillarni interaktiv usulda o‘rganish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• Xalqaro ta’lim va mehnat bozoriga tayyorlanish.
🏆
Yurtimiz yoshlari xalqaro maydonlarda, jumladan, “FIRST Global Challenge 2026” jahon chempionatida ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgan bir paytda, ushbu markaz kelajakdagi ixtirochilar va yosh chempionlarni tarbiyalashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🇺🇿
Ayni damda “Prezident olimpiadasi” sport musobaqasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötmoqda.
🇺🇿
Toşkent şahri jamoasi uşbu nufuzli musobaqada öz salohiyati, kuçi va qat’iyatini namoyon etişga tayyor.
🏆
Jamoamizga keskin bellaşuvlarda mustahkam iroda, yuksak natijalar va ğalaba tilaymiz!
Toşkent — ğalaba sari olğa!
@durdonarakhimova
🇺🇿
🇹🇷
Turkiya Texnologiya Jamoasi jamg‘armasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa'dullayev
va Turkiya Texnologiya Jamoasi jamg‘armasi (T3 Foundation) Boshqaruv kengashi raisi
Elvan Kuzucu Hıdır
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida yoshlarni robototexnika, zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qitish, shuningdek, Turkiya tajribasi asosida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan
“Bilim Toshkent” ta’lim va texnologiyalar markazi
faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yosh mutaxassislarni tayyorlash, 2027-yilda Yoshlar ishlari agentligining
“Startup Fest” festivalini hamkorlikda tashkil etish
, Turkiyaning
“TEKNOFEST” festivalida O‘zbekiston vakillari va yoshlar jamoalari ishtirokini kengaytirish
va mamlakatimizda
“Take Off” xalqaro startap tanlovini o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish
bo‘yicha kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik yoshlarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
💼
"Prezident olimpiadasi"
sport musobaqalarining
Respublika
bosqiçida iştirok etuvchi
Toşkent şahri
sportchilariga omad yor bölsin.
Sportçilarimiz özlarining munosib natijalari va yorqin ğalabalari bilan poytaxtimiz şarafini munosib himoya qiladilar!
🛜
Barça iştirokchilarga omad va zafarlar yor bölsin!
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
MENTAL ARIFMETIKA BO‘YIÇA BILIMLAR BELLAŞUVI O‘TKAZILDI!
Toshkent şahar Yoshlar markazida Toshkent şahar Yoshlar işlari başqarmasi hamda Toshkent şahar Bolalar tashkiloti hamkorligida mental arifmetika böyiça bilimlar bellaşuvi bölib ötdi.
Bellashuv davomida iştirokçilar özlarining tezkor fikrlaş, diqqatni jamlaş va matematik hisoblaş böyiça bilim hamda könikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga köra, faol iştirokçilar esdalik medallari, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday bellashuvlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oşiriş, mantiqiy fikrlaşini rivojlantirish va bilimga bölgan qiziqişini yanada kuçaytirishga xizmat qiladi.
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🅰
25-OKTYABR — ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI!
Qonun ustuvorligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar osoyiştaligi va xavfsizligini himoya qilış yölida fidokorona xizmat qilayotgan içki işler organlari xodimlarining mehnati yuksak e’tirofga loyiq.
Uşbu kasb egalariga mas’uliyatli va şarafli faoliyatida mustahkam sog‘liq, kuç-g‘ayrat, oilaviy farovonlik hamda xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bölsin!
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
“Vatan osoyiştaligi yo‘lida 35 yil!”
Özbekiston Respublikasi İçki işlar vazirligi Akademiyasi kursantlari
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev