
Toshkent yoshlari
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” sayilgohi — talabalar uchun yangi taʼlimiy va madaniy maskan
Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumaniga tashrifi doirasida “Yoshlik” talabalar shaharchasida barpo etilgan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” sayilgohini koʻzdan kechirdi.
Yangi maskan ilm-fan, taʼlim, sport, zamonaviy infratuzilma va ekologik yondashuvlarni bir hududda uygʻunlashtirgani bilan ahamiyatli. Sayilgoh talabalarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, sport bilan shugʻullanishi, kitob oʻqishi va yangi loyihalar ustida ishlashi uchun moslashtirilgan.
😀
Batafsil — video lavhada.
#OAV
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
⭐️
Har bir voyaga yetmagan yoshning taqdiri davlat himoyasida!
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qism hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Har bir voyaga yetmagan yoshning taqdiri davlat himoyasida!” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
👉
Batafsil...
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Yosh murojaati – amaliy yechim topdi
📆
11-sentabr kuni Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlarning taklif va murojaatlari tinglangan edi.
💠
Uchrashuvda Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi Kamalova Ominaxon IT sohasida tahsil olayotgani, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish uchun noutbuk zarurligi haqida murojaat qilgan edi.
🗣
Mazkur murojaat e’tiborsiz qolmadi. Bugun Yakkasaroy tuman prokurori Bekzod Shamshiev Ominaxonga noutbuk sovg‘a qilib, uning ta’lim olishi va IT sohasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.
👉
Yoshlarning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish – kelajakka qaratilgan muhim qadamdir.
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
#vakansiya
Yoshlar uchun 21 mingga yaqin ish imkoniyati
Ish qidirayotgan yoshlar uchun
«Oson ish»
platformasida
ayni paytda
20 941 ta vakansiya
mavjud.
💼
Yo‘nalishlar turli xil:
— xizmat ko‘rsatish;
— savdo va marketing;
— ishlab chiqarish;
— IT va texnologiyalar;
— ta’lim;
— moliya va boshqa sohalar.
📍
Vakansiyalar — O‘zbekiston bo‘ylab
🎯
Yoshlar uchun maxsus saralangan imkoniyatlar
O‘zingizga mos ishni toping. Birinchi qadamni bugun tashlang.
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Prezidentimiz
Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi
natijalarini ham tahlil qildi.
Yil boshidan tumanga
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining professor-o‘qituvchilari biriktirilgan.
Ular
23 nafar tergovchi bilan ishlab,
hududda ko‘p uchraydigan jinoyatlarning oldini olish va tergov samaradorligini oshirish bo‘yicha
zamonaviy metodikalarni joriy etmoqda.
Akademiyaning
20 nafar talabasi esa dual ta’lim asosida tajribali tergovchilar va profilaktika inspektorlariga biriktirilgan.
Bu ularning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish bilan birga
mahallalarda profilaktika ishlariga ham ko‘mak bermoqda.
Natijada tumandagi
64 ta mahallaning 13 tasida jinoyat sodir etilmagan, kriminogen vaziyati og‘ir toifadagi mahallalar esa qolmagan. Ayollar ishtirokidagi jinoyatlar 22 tadan 10 taga kamaygan, muqaddam jazo o‘tagan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmagan.
Shu bilan birga, y
oshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va tan jarohati bilan bog‘liq holatlar hali ham alohida e’tibor talab qilishi
qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish bo‘yicha samarali profilaktika mexanizmlarini
ishlab chiqib,
Olmazor tajribasini shakllantirish
vazifasi
qo‘yildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
Prezidentimiz raisligida
Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish
masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu yerda bir vaqtning o‘zida
75 ming nafar talaba
tahsil oladi. Shu bois, ularning
o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish
zarurligi ta’kidlandi.
“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan
alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.
Tumanda
7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh
istiqomat qiladi. Ularning
yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan
Vaziyatlar markazi
orqali
oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani
qayd etildi.
Mazkur tizimni yil yakunigacha
Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish
vazifasi
qo‘yildi
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🇺🇿
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Olmazor tumaniga tashrif chog‘ida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#ToshTech
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#talabalar
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda olish va o‘z o‘quv markazingizni ochish imkoniyati borligini bilarmidingiz?
Yoshlar ishlari agentligining
“Ko‘mak”
loyihasi
xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar uchun
olis
va
chekka
hududlarda
zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil etish imkonini bermoqda.
Loyiha doirasida
158 ta tumandagi
olis va chekka mahallalarda
577 ta
o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu markazlarda
ingliz, nemis, rus, koreys
va boshqa xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar soni
25 mingdan oshdi.
Agar siz ham xorijiy tillar bo‘yicha kamida
C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga
ega bo‘lsangiz, o‘quv markazi tashkil etib, o‘z bilimingizni minglab yoshlarga ulashishingiz mumkin.
Buning uchun
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratiladi.
“Ko‘mak” orqali jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik harakatining munosib davomchisiga aylaning!
Ariza topshirish
👈
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🏆
TOSHKENT SHAHRI — RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBI!
🤾♂️
"Besh tashabbus olimpiadasi"
doirasidagi
#
gandbol
musobaqasining
respublika
bosqichi erkaklar jamoalari o‘rtasidagi final bahsi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda mezbon Toshkent shahri jamoasi Farg‘ona viloyati vakillariga qarshi maydonga tushdi.
Yuqori shiddatda kechgan final bahsida
Toshkent shahri jamoasi
18:12
hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning respublika bosqichida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi!
🥇
TOSHKENT SHAHRI — 1-O‘RIN
🥈
FARG‘ONA VILOYATI — 2-O‘RIN
🥉
SAMARQAND VILOYATI — 3-O‘RIN
👏
Toshkent shahri jamoasini respublika bosqichidagi munosib g‘alaba va chempionlik bilan muborakbod etamiz!
🏆
Mezbonlar o‘z maydonida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi!
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram