Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shaharses.uz | Rasmiy kanal

toshsanepid
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali - @toshsanepid Rasmiy sayt: www.toshshahar.sanepid.uz Instagram: shaharses.uz Facebook: shaharses.uz
Subscribers
1 361
24 hours
1
30 days
-14
Post views
207
ER
15,21%
Posts (30d)
100
Characters in post
953
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 11, 14:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 11, 14:02

#dolzarb_mavzu
🦠
MUTAXASSIS TAVSIYASI: GRIPPNING OLDINI OLISHDA EMLASH MUHIM
🌡
Kuz-qish mavsumida gripp bilan kasallanish holatlari ko‘payishi mumkin. Grippni oddiy shamollash deb qabul qilish esa ba’zan jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉
Grippga qarshi emlash — kasallikning oldini olishning muhim usullaridan biridir.
Mutaxassislar, ayniqsa, quyidagi guruhlarga grippga qarshi emlanishni tavsiya etadi:
👶
yosh bolalar;
👵
yoshi katta insonlar;
🤰
homilador ayollar;
🫁
surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan shaxslar;
👨‍⚕️
tibbiyot xodimlari va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchilar.
🛡
Nega emlanish muhim?

Gripp bilan kasallanish xavfini kamaytirishga yordam beradi;

kasallik og‘ir kechishi va asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi;

atrofdagilarni, ayniqsa kasallikka moyil insonlarni himoya qilishga hissa qo‘shadi.
⚠️
Muhim:
gripp virusi mavsum davomida o‘zgarib turishi mumkin. Shu sababli grippga qarshi vaksinatsiya masalasida shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim.
🩺
Sog‘lig‘ingizni kasallikdan keyin emas, undan oldin asrang!
📌
Grippning oldini olishda emlash bilan bir qatorda qo‘l gigiyenasiga rioya qilish, xonalarni shamollatish, sog‘lom ovqatlanish va kasallik alomatlari kuzatilganda shifokorga murojaat qilish ham muhim.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt

September 11, 12:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

‼️
Aholi shovqinning zararli ta’siridan himoya qilinadi
📃
“Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan,
inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir bo‘lgan a’zolarida
jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi hisoblanadi.

Qonunda belgilangan tartibda quyidagi vaqt oralig‘ida shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan ortiq shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi:
🌙
ish kunlari soat 23.00 dan 07.00 gacha;
🌙
dam olish kunlari va
ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha.
⚖️
Shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt

September 11, 08:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#dolzarb_mavzu
🧠
MENINGOKOKK INFEKSIYASI: MENINGIT BELGILARINI BILASIZMI?
🦠
Meningokokk infeksiyasi qisqa vaqt ichida og‘ir kechib, hayot uchun xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Infeksiya miya pardalarini zararlaganda
meningit
rivojlanadi. Uni o‘z vaqtida aniqlash juda muhim.
❗️
Meningokokk infeksiyasining og‘ir kechishi eshitish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qolishi, asab tizimi zararlanishi, tutqanoq va boshqa jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
💉
OLDINI OLISH — ENG MUHIM QADAM!
⚠️
Meningokokk infeksiyasining ayrim turlaridan himoyalanishning samarali usullaridan biri —
vaksinatsiya
. Emlanish kasallik va uning og‘ir oqibatlari xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
🛡
Meningit belgilarini biling. Vaqtni boy bermang. Emlanish orqali himoyalaning!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram
|Web sayt

September 11, 07:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏫
Maktablarda sanitariya-epidemiologik nazorat olib borildi
‼️
Mirobod tumanida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida bolalar o'rtasida yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi yuzasidan
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi
mutaxassislari tomonidan 65-sonli hamda 175-sonli maktablarda sanitariya-epidemiologik nazorat o'rnatildi.
🔍
O'rganishlar davomida
quyidagilar o'rganildi:
📮
har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning mavjudligi;
📮
ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli bo'lishi;
📮
filtrlash ishlari o'tgan yilgi qaydlar bo'yicha qolib ketmaganlik holati;
📮
qo'l yuvish chanoqlarining yetarli bo'lishi batarafsil monitoringdan o'tkazildi.
📝
O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchiliklar xususida maktab ma'muriyati va mas'ul hamshiralarga tushuntirish hamda targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instag

September 11, 04:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#muhim_tavsiya
#mutaxassis_fikri
⚡️
⚡️
Mutaxassis: Qizamiqdan qolgan asorat oqibatida bola nogiron bo'lib qolishi mumkin

Qizamiqdan qolgan asorat tufayli og'ir holatlar ham kuzatilishi mumkinmi?

Kasallanib tuzalgach, inson organizmida unga qarshi immunitet shakllanadimi?

Bolalarni qizamiq kasalligiga qarshi emlash qanchalik muhim?
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt

September 10, 15:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#dolzarb_mavzu
#foydali_maslahat
🦠
MENINGOKOKK INFEKSIYASI LABORATORIYADA QANDAY ANIQLANADI?
Meningokokk infeksiyasi — tez rivojlanadigan va jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
xavfli kasalliklardan
biridir. Shu sababli uni
laboratoriya sharoitida to‘g‘ri va tezkor aniqlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
🔬
Mutaxassislar tomonidan
biologik namunalarni olish, ularni to‘g‘ri saqlash hamda maxsus laboratoriya usullari orqali tekshirish jarayoni
kasallikni aniq tashxislashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
📹
Quyidagi videorolikda meningokokk infeksiyasini laboratoriyada aniqlash jarayonining bosqichlari va muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt

September 10, 14:08

#qonunchilikdagi_yangiliklar
‼️
Aholi shovqinning zararli ta’siridan himoya qilinadi
📃
“Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1171-son, 09.09.2026 y.) qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan,
inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir bo‘lgan a’zolarida
jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi hisoblanadi.
🏛️
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
🔊
Shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
🏠
turar joy binolari hududida insonlarning
maishiy, uy-xo‘jalik faoliyati
natijasida yuzaga keladigan shovqin;
🏗️
qurilish maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda
qurilish texnikasi va transport vositalaridan
yuzaga keladigan shovqin;
🚗
turli toifadagi
transportlarning ishlashi va harakatlanishi
natijasida yuzaga keladigan shovqin va boshqalar.

Qonunda belgilangan tartibda quyidagi vaqt oralig‘ida shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan ortiq shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi:
🌙
ish kunlari soat 23.00 dan 07.00 gacha;
🌙
dam olish kunlari va
ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha.
⚖️
Shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin.
📌
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
3 oy
o‘tgach kuchga kiradi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt

September 10, 14:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 10, 13:31
Media unavailable
1
Show in Telegram


Как защититься от вирусного гепатита?
🦠
В рамках сотрудничества
Санитарно-эпидемиологического комитета города Ташкента и телеканала «Dunyo bo‘ylab»
был подготовлен телесюжет, в котором представлена информация о мерах защиты от вирусного гепатита и его возможных негативных последствиях.
Информационная служба Ташкентского городского управления Санитарно-эпидемиологического комитета
Telegram
| Instagram |Web sayt